AI | DigiTech
53.5K subscribers
3.65K photos
1.72K videos
3.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 iPhone narxidagi robot-yordamchi — NORI Robotics startapi qahva damlaydigan va hatto to‘shakni yig‘ishtirib qo‘yadigan sun’iy intellektli robot yordamchini chiqardi.

NORI L imkoniyatlari deyarli cheksiz: agar bir foydalanuvchi robotga yangi ko‘nikmani o‘rgatsa, qolganlar ham uni o‘z robotiga yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. Bu yoqimtoy robotni 1288 dollarga olish mumkin.

📟 DigiTech
🔥39👍15🤯8👏322💯1🫡1
💿 Sony 2028-yildan PlayStation uchun o‘yin disklarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi.

Bu barcha yangi o‘yinlarga ta’sir qiladi, lekin bu sanagacha chiqarilgan o‘yinlarni diskda xarid qilish mumkin bo‘ladi. 2028-yil yanvaridan so‘ng yangi o‘yinlarni faqat raqamli formatda, ya’ni PlayStation Store va onlayn do‘konlardan sotib olish imkoni bo‘ladi.

Kompaniya buni «iste’molchilarning xohish-istaklari va ko‘ngilochar sanoat jismoniy disklardan raqamli nusxalarga o‘tishda davom etayotgani» bilan izohladi.

📟 DigiTech
🫡42👍1610😢8🤯31💯1
🔭 Saudiya Arabistonida o‘zga sayyoradan kelgan ulkan chig‘anog‘ga o‘xshash kosmik rasadxona quriladi.

Majmua ichida laboratoriyalar, planetariy, restoran va tomosha maydonchasi bo‘ladi, uning yoniga esa kuchli teleskoplar hamda yulduzli osmonni kuzatish hududlariga ega mehmonxona joylashtiriladi.

Dizayn uchun aylanuvchi fasadli bino va boshqa aqlbovar qilmas loyihalarni yaratgan Britaniyaning Heatherwick studiyasi mas’ul. Rasadxonani 2030-yilgacha ochish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
79👍1917👏7😁3🤔3🫡2🔥1💯1
⚡️Nvidia'da bepul tushliklar yo‘q — sport zali va stol tennisi ham. Buning evaziga barcha xodimlarga kompaniya aksiyalari beriladi.

Dasturiy ta’minotlar chiqaruvchi gigantlaridan farqli o‘laroq, Nvidia o‘z faoliyatini arzimas marja bilan boshlagan. Resurslarni qat’iy tejash odati kompaniya madaniyatiga singib ketgan. Bu yerda hatto top-menejerlar ham ko‘pincha ekonom-klassda uchishadi va shaxsiy yordamchilarsiz ishlashadi.

Ish va zavq boshqa-boshqa narsalar. Bepul «bonuslar» odamlarni ofisda shunchaki uzoqroq ushlab turadi, — deb hisoblaydi Nvidia rahbari.


📟 DigiTech
👍8216👏10🔥6🤝21😁1
⚡️Claude xakerga chipta sotish tizimini buzib kirishga va AQSh'dagi deyarli barcha musiqa festivallariga kirish chiptalarini qo‘lga kiritishga yordam berdi.

Ian Kerroll «Front Gate Tickets» saytini o‘rganib, uning himoyasida bo‘shliq topdi. U Claude Opus 4.7’dan bu bo‘shliqni chetlab o‘tishni so‘raganida, neyrotarmoq unga chipta chiqarish paneliga kirish imkonini berdi.

Yigit narxi 4 ming dollargacha bo‘lgan chiptalarni cheksiz chop eta olar edi, biroq tizimdagi zaiflik haqida xabar berishga qaror qildi. Bu xatolik allaqachon bartaraf etilgan.

📟 DigiTech
🔥92😁456👍65👏5🫡4💯1😡1
⚡️Kompaniyalar xodimlarining sun’iy intellektdan foydalanishini cheklab, soddaroq modellarga o‘tmoqda. Xarajatlar nazoratdan chiqib ketdi — bu vaziyatni allaqachon «tokenapokalipsis» deb atashmoqda.

Atlassian'ning sun’iy intellekt uchun xarajatlari oyiga 5 million dollardan 15 million dollargacha oshib ketdi. Ayrim dasturchilar limitlarni 2-3 kunda ishlatib yuborishyapti. Bir yilda ularning xarajatlari 120 million dollardan oshishi mumkin.

Citi banki bir haftaga barcha uchun Opus 4.7 va GPT-5.5 ga kirishni o‘chirib qo‘yishga majbur bo‘ldi. Shunga o‘xshash choralarni Amazon, Adobe va boshqa kompaniyalar ham joriy etmoqda.

📟 DigiTech
47😁2911🫡7👍3👏2💯2🔥1
📲 Xiaomi o‘z tarixidagi eng katta sotuvlar qulashiga tayyorlanmoqda — sotuvlar pasayishi qariyb 80 million smartfonni tashkil etishi mumkin.

Xotira chiplari inqirozi Xitoy brendlarining yetkazib berish hajmini ommaviy ravishda pasayishiga olib keldi: Oppo, vivo va Honor o‘z prognozlarini 15–20 foizga, Xiaomi esa deyarli ikki barobarga pasaytirdi.

Shuningdek, Xitoyning Ultra-flagmanlaridan asta-sekin voz kechilishi haqida ham xabar berilmoqda: ularni ishlab chiqarish juda qimmatga tushadi, sotuvlari esa hozir 100–200 ming donani tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun, Xitoyning o‘zida iPhone 17 seriyasi 35 million nusxada sotilgan.

📟 DigiTech
👍48🤯1894👏2💯1👨‍💻1🫡1
⚡️Yaponiyada Ilon Mask sun’iy yo‘ldoshlari asosida ishlaydigan jamoat Wi-Fi tarmog‘i sinovdan o‘tkazilmoqda — Starlink nuqtalari yong‘in gidrantlari belgilariga o‘rnatilmoqda.

Sun’iy yo‘ldosh internetini tabiiy ofatlar, mobil aloqadagi uzilishlar va shahar tadbirlari vaqtida ishga tushirish rejalashtirilgan — undan bepul foydalanish mumkin bo‘ladi.

Mamlakat bo‘ylab allaqachon 120 000 ta shunday belgi mavjud, shu sababli yangi antennalar qurishga pul sarflashga hojat qolmaydi.

📟 DigiTech
🔥7013👍13👏6👨‍💻3🤝3🫡31
⚡️Nokia qaytdi — kompaniya neyron tarmoqli tugmachali telefonlarni chiqardi.

Sun’iy intellekt yordamchisi kontaktlarga qo‘ng‘iroq qila oladi, chiroqni yoqa oladi, budilnik o‘rnata oladi va boshqa ovozli buyruqlarni bajara oladi. Shuningdek, brendning videoqo‘ng‘iroqlarni qo‘llab-quvvatlaydigan ilk tugmachali telefoni — Nokia 200 4G ham paydo bo‘ldi.

U old kamera bilan jihozlangan va HMD Chat xizmati orqali hatto smartfon foydalanuvchilariga ham videoqo‘ng‘iroq qila oladi.

📟 DigiTech
122👍64😁28🫡6🔥54👏1🤯1
📲 Insayderlar aytishicha, iPhone 18 Pro Max rekord sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Uning eSIM’li versiyasidagi batareya hajmi 5425 mA/soatgacha yetadi.

Bu seriyalar o‘rtasidagi eng katta o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Taqqoslash uchun: iPhone 17 Pro Max akkumulyatorining sig‘imi 5088 mA/soatni tashkil qiladi.

📟 DigiTech
😁100🔥199👍4👏2🤓2👨‍💻21😨1
🚘 Britaniyaliklar tom ma'noda shiftda yura oladigan superkar-«changyutgich»ni namoyish etishdi.

McMurtry Speirling Pure'ning pastki qismiga burilishlarda barqarorlikni ta’minlash uchun 2 tonnagacha bosim kuchini hosil qiluvchi ventilyator o‘rnatilgan. 1000 ot kuchiga ega elektromotor avtomobilning 1,5 soniyada 0-100 km/soat tezlikka chiqishini ta’minlaydi, maksimal tezlik esa 305 km/soatgacha. Bunday tezlikda quvvati atigi 50 km masofaga yetadi.

Narxi — 1 330 000 dollar.

📟 DigiTech
🤯68😁17👏95👍4🔥4💯32🫡1
⚡️Samsung‘ning xotira va chiplar bo‘limi bu yil oldingi 40 yillik faoliyatidan ko‘proq daromad topishi mumkin.

Bunga sun’iy intellekt bumi va xotira tanqisligi sabab bo‘lmoqda. Tezkor xotira va SSD uchun chiplar bir chorakda 44% va 53% ga qimmatlashdi.

Ikkinchi chorakda Samsung‘ning umumiy foydasi 56 mlrd dollargacha o‘sishi mumkin. Bu o‘tgan yilning shu choragiga nisbatan 18 baravar ko‘pdir.

📟 DigiTech
4717👏11👍6💯2🫡1
🕹️ Microsoft Xbox'ning 3200 nafar xodimini qisqartirmoqda, bo‘shatishlarning aksariyati o‘yinlar bo‘linmasi va tijorat jamoalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Kompaniya shuningdek, bir nechta studiyalarini yopadi: Double Fine va Compulsion Games mustaqil bo‘ladi, Ninja Theory hamda Undead Labs uchun esa xaridorlar qidirilmoqda.

2027-yilning iyuliga qadar xodimlarning 20 foizini qisqartirish rejalashtirilgan. Qisqartirishlar Activision, Bethesda, Blizzard, King, Mojang va Xbox Game Studios'ga ham ta’sir qiladi, biroq avval e’lon qilingan o‘yinlarning birortasi ham bekor qilinmaydi.


Kompaniya eng daromadli franshizalarga e’tibor qaratib, xarajatlarni kamaytirmoqchi.

📟 DigiTech
😢32👍104💯31🤯1🫡1
⚡️Yaponiyada 14 yoshli maktab o‘quvchisi ChatGPT yordamida Bandai Channel striming xizmatini buzib kirdi. U 46 mingta akkauntning obunasini bekor qildi.

2025-yilning noyabrida u trafikni tahlil qilish orqali tizimdagi zaiflikni topgan. So‘ng bir kechada ChatGPT yordamida obunalarni ommaviy bekor qiladigan dastur tuzib chiqqan. Oqibatda striming xizmati deyarli bir oy ishlamadi, Bandai esa 1,37 million akkaunt ma’lumotlari sizib chiqqan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Qo‘lga tushmaslik uchun o‘quvchi o‘zining IP manzilini qariyb 30 marta o‘zgartirgan. Uni faqat yaqindagina hibsga olishdi.

📟 DigiTech
😁175👍181110🤯8👏4🫡4
⚡️Tillarni o‘rganish miyani «yoshartiradi»: qancha ko‘p til o‘rganilsa, insonning kognitiv qobiliyatlari tengdoshlarinikiga qaraganda shuncha yuqori bo‘ladi.

Tadqiqotchilar 700 dan ortiq kishining MRT natijalarini o‘rganishdi. Ikki tilni biladigan odamlarning miyasi suratlarda o‘z yoshidan 6 yoshga, to‘rtta tilni egallaganlarniki esa naq 13 yoshga yoshroq ko‘ringan. Agar tillarni yoshlikdan o‘rganish boshlansa, samara yanada yuqoriroq bo‘ladi.

📟 DigiTech
1🔥10220👍15👏42💯1🤝1
🌓 NASA Oy va Marsga parvozning bir yillik simulyatsiya missiyasi uchun ko‘ngillilarni olishni boshladi.

Ishtirokchilar 12 oyni Xyustondagi Jonson nomidagi kosmik markaz hududida boshqa odamlardan ajratilgan holda o‘tkazadi. Tayyorgarlik va ma’lumotlar yig‘ish bilan birga dastur taxminan 14 oy davom etadi. Tajriba 2027-yilning avgustida boshlanadi.

Avvaliga ekipaj sayyoralararo parvozni taqlid qiluvchi ikki qavatli modulga joylashtiriladi. So‘ngra ishtirokchilar boshqa sayyora sirtidagi hayotni aks ettiruvchi boshqa modulga o‘tib, uning tashqarisiga chiqishadi. Ko‘ngillilar hatto dala operatsiyalari uchun rover modulini ham sinovdan o‘tkazishadi.


Qatnashchilarga kompensatsiya puli to‘lanadi, olingan natijalar esa NASAning uzoq muddatli ekspeditsiyalarga tayyorgarlik ko‘rishiga yordam beradi.

📟 DigiTech
👍59129😇3👨‍💻2🔥1👏1
📱GTA 6 shunchalik uzoq vaqt davomida ishlab chiqilayotganidan, hatto qahramonlarning telefonlari ham eskirib ulgurdi — muxlislar o‘yinning yangi qismidagi iFruit smartfonlari iPhone X'ga o‘xshashini payqab qolishdi.

Ishqilib, shu narsani deb Rockstar relizni yana kechiktirmasa bo’ldi :)

📟 DigiTech
1😁221🔥98👍6👏3👨‍💻21