AI | DigiTech
53.1K subscribers
3.55K photos
1.7K videos
3.24K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️2026-yil oxiriga kelib tezkor xotira narxi ikki baravarga oshishi mumkin — xotira bozorini inqiroz va narxlar o‘sishining ikkinchi to‘lqini kutmoqda, deb bayonot berdi yirik xotira qurilmalari ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan Lexar kompaniyasi top-menejeri.

Hozirgi barqarorlik uzoqqa cho‘zilmaydi va bundan so‘ng narxlar keskin ko‘tarila boshlaydi. Uning prognoziga ko‘ra:

— Hozirda bozor eski ombor zaxiralarining sotuvi hisobiga ushlab turilibdi;
— Samsung, SK Hynix va Micron kabi yirik ishlab chiqaruvchilar ommaviy segmentga emas, balki sun’iy intellekt tizimlari uchun mo‘ljallangan xotiraga ko‘proq e’tibor qaratmoqda;
— Bu oddiy foydalanuvchilar uchun mavjud RAM va SSD hajmlarini kamaytiradi;
— 2026-yil oxiriga borib narxlar 130 foizgacha oshishi mumkin, shundan so‘ng noutbuklar, smartfonlar va planshetlar ham qimmatlashadi.

📟 DigiTech
🤯49👍8😢7💯211🎉1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️AQSh'da orbitani chiqindilardan tozalash uchun kosmik sakkizoyoq ishlab chiqildi.

REACCH nomli robot ochiq kosmosda parvoz qilib, nosoz sun’iy yo‘ldoshlarni paypaslagichlari bilan ushlaydi va ular yonib ketishi uchun atmosferaning zich qatlamlariga itarib yuboradi.

Prototip 2024-yildan beri XKSda sinovdan o‘tkazilmoqda va uni 2027-yilda orbitaga chiqarish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
45👍12🔥74👏4
⚡️WIRED nashrining yozishicha, Ray-Ban aqlli ko‘zoynaklari ilovasiga yuzni tanish kodi qo‘shilgan va u allaqachon 50 million martadan ortiq yuklab olingan.

Eng qizig’i, kompaniya bu imkoniyatni «shunchaki o‘rganayotganini» aytgandi. Agar bu funksiya yoqilsa, ko‘zoynak ko‘chadagi o‘tayotganlarni taniy oladi va egasiga aynan kimni ko‘rayotganini aytib turadi.

📟 DigiTech
🔥60🤯25👍7🤔531😁1😨1🤝1😡1
📱Buklanadigan iPhone Ultra’ning yakuniy dizayni shunday bo’ladi va smartfon faqat oq rangda chiqariladi.

Insayder Sonni Dikson juda batafsil maket bilan bo‘lishdi va smartfonning oq rangdan boshqa ranglari bo’lmasligini ma’lum qildi.

Barcha insayderlar ma’lumotlariga ko‘ra, smartfonda Face ID bo‘lmaydi, uning o‘rniga Apple yon tugmaga Touch ID’ni joylashtiradi. Apple smartfon dizayni ustida ishlashni to‘liq yakunlagan va oy oxirida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

📟 DigiTech
😁63👍11🤯53🔥21💯1🫡1🎄1
📲 Apple WWDC 2026 konferensiyasida iOS 27’ning yangi funksiyalarini namoyish qildi.

– “Suyuq shisha” shaffofligini aniqroq boshqarish uchun slayder paydo bo‘ladi;

– AirPods uchun tizimli ekvalayzer qo‘shiladi;

– Apple Intelligence va Siri “aqlliroq” bo‘ladi, hamma narsa Gemini modellarida, lekin to‘liq lokal tarzda ishlaydi;

– Ilovalar ikonkalari yanada “shishasimon” ko‘rinishga ega bo‘ladi;

– Wi-Fi tarmog‘iga ulanish “aqlliroq” bo‘ladi. Masalan, iPhonelar kafedan chiqqanda tarmoqdan tezroq uziladi;

– Fayl tizimi tezlashtiriladi, fayllar 5 baravar tezroq ochiladi. Tizimdagi Spotlight qidiruvi ham takomillashtirilgan;

– Ota-ona nazorati funksiyalari kengaytiriladi, bolalar uchun akkauntlar yaratish imkoni qo‘shiladi, ilovalar va alohida saytlarga kirish jadvalini sozlash mumkin bo‘ladi;

– Yangilanish hatto iPhone 11 da ham ishlaydi, bu iOS tarixidagi eng keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlashdir.


Reliz an’anaga ko‘ra kuzda bo‘ladi.

📟 DigiTech
🔥31👍1392😁1🤔1🎉1
📲 iOS 27 da Siri nihoyat aqlliroq bo’ladi, Apple iOS 27 uchun Siri AI’ni namoyish etdi. U Google Gemini asosida ishlaydi va quyidagilarni bajara oladi:

— iOS sozlamalarini boshqarish;
— Suhbat mazmunini tushunish;
— Rasmlar va fon rasmlarini yaratish hamda o‘zgartirish;
— Internetdan batafsil ma’lumot qidirish;
— Ovqatning kaloriyasini suratga qarab hisoblash;
— Fotosuratdagi noto‘g‘ri burchakni to‘g‘irlash;
— Matn tavsifi bo‘yicha avtomatlashtirish va "Buyruqlar" yaratish;
— Suhbatlar va yozishmalarni konspekt qilish.


Asosiy xususiyati — hammasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilmaning o‘zida ishlaydi va Apple yoki Google serverlariga uzatilmaydi. Uning asosiy kamchiligi ham aynan shunda: tizim unchalik tez ishlamaydi.

Siri AI “vaqtincha” faqat ingliz tilida ishlaydi. Boshqa tillar keyinroq qo’shiladi.

📟 DigiTech
😁50👍1271🔥1👏1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Niderlandiyada dunyodagi birinchi hayvonlarsiz «ferma» ochildi — u yerda go‘sht sigir hujayralaridan bioreaktorlarda o‘stiriladi.

Mutaxassislarning va’da qilishicha, uning tuzilishi va ta’mi tabiiy go‘shtdan farq qilmaydi, shuningdek, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar miqdorini sozlash ham mumkin. Ishlab chiqarish uchun hayvonlarni qurbon qilish talab etilmaydi, tannarxi esa arzonroqqa tushadi.

Hozirda ferma sinov rejimida ishlamoqda. Uni 2028-yilda to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
🔥61😨27😁24😡105😢5🫡42👍2👏2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Google Tarjimonda xorijiy nutqni real vaqtda tarjima qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Endi tizim suhbatdoshning gapini tugatishini kutmaydi, balki ohang va tempni saqlagan holda nutq oqimini uzluksiz tarjima qiladi.

U Gemini 3.5 asosida ishlaydi va 70 ta tilni, jumladan, o’zbek tilini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

📟 DigiTech
👍8288🔥7👏2👨‍💻2
⚡️Apple parollar menejerida ma’lumotlar sizib chiqishiga yo‘l qo‘ygan barcha ilovalarning parollarini bir tegishdayoq o‘zgartirish imkoni paydo bo‘ladi.

Parollar bir vaqtning o‘zida ham «Passwords» ilovasida, ham servislar ichida yangilanadi. iPhone dasturlarga o‘zi kirib, kirish sozlamalarini o‘zgartiradi.

📟 DigiTech
👍3692🔥2👨‍💻2😡2👏1😢1💯1🫡1