⚡️Sun’iy intellekt kompaniyalarga 1,4 trillion dollar zarar keltirdi — bu Saudiya Arabistoni yalpi ichki mahsulotidan ham ko‘proqdir.
Bu vaziyatda faqat Nvidia foyda ko‘rmoqda, uning sun’iy intellektdan olgan sof daromadi 253 milliard dollarni tashkil etdi. Silikon vodiysining qolgan top-kompaniyalari esa o‘nlab va yuzlab milliardlarni sarflamoqda, lekin hozircha samarasiz.
📟 DigiTech

😁93⚡16❤10😨7👍6👏1
⚡️Pi soni bo’yicha yangi rekord o‘rnatildi: matematiklar uni verguldan keyin 314 trillion belgigacha hisoblab chiqishdi. Bu endi rasman tarixdagi eng aniq qiymat hisoblanadi.
Bitta serverda deyarli 110 kun davom etgan uzluksiz hisob-kitoblar amalga oshirildi. Tizim 61,44 TB hajmli qirqta diskdan hamda ikkita 192 yadroli AMD EPYC protsessoridan iborat edi.
Buning uchun elektr energiyasiga qancha mablag‘ sarflangani ko’proq qiziq :)

👍99🤯37😁14🤔9❤7🤓6🔥4⚡2👏2😢1🫡1
🛫 Airbus dunyodagi eng uzoq masofaga ucha oladigan samolyotni sinovdan o‘tkazdi — u qo‘nishlarsiz 22 soatlik parvozlarni amalga oshirishga qodir.
A350-1000ULR 18 500 km masofaga uchishga mo‘ljallangan yoqilg‘i baklari bilan jihozlangan bo‘lib, ilk bor Sidney shahridan London va Nyu-Yorkka to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Bunday laynerlardan dastlabki 12 tasi 2027-yildayoq Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasiga topshiriladi.

👍63❤13🔥9⚡4🫡3👏1🎉1🎄1
⚡️Xitoyliklar insult paytida hayotni saqlab qolishga yordam beradigan burun spreyini ishlab chiqishdi.
NanoPowder nanozarrachalar bilan burunga purkaladi va gematoensefalik to‘siqni (dori vositalari o‘ta olmaydigan himoya qobig‘ini) chetlab o‘tib, preparatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri miyaga yetkazib beradi.
Insult vaqtida bemorlarning 85 foizi shifoxonaga yetib borishga ulgurmaydi, shu sababli sprey «tezkor qutqaruv» vositasi vazifasini o‘taydi: shifoxonaga yetguncha zarur vaqtni yutishga imkon beradi hamda harakat va nevrologik funksiyalarni saqlab qolishga yordam beradi.
Preparatni odamlarda simovlari 2030-yilda boshlanishi kutilmoqda, shundan so‘ng uni dorixonalarda sotish rejalashtirilyapti.

👍86👏19🔥15❤5🤝2⚡1🎄1
Click’da SI-lashtirish: Sun'iy intellekt ish jarayonlarining bir qismiga aylanmoqda
Click call-markazidan tortib yuridik bo'limgacha barcha sohalarda sun'iy intellektni tizimli ravishda joriy etmoqda va o'zining SI infratuzilmasini rivojlantirmoqda. Kompaniya uchun bu trend emas, balki texnologik rivojlanishning navbatdagi bosqichi va O‘zbekiston fintech bozoridagi yetakchilik pozitsiyasini mustahkamlash yo‘lidir.
SI-vositalar axborot bilan tezroq ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, takroriy vazifalar yukini kamaytirish va jarayonlarni samaraliroq yo‘lga qo‘yishda yordam beradi. Ushbu yondashuv elementlaridan biri — «kubiklar», ya’ni bo‘limlar o‘z vazifalariga moslashtira oladigan AI-agentlar ishlaydigan virtual mashinalardir.
Click asosiy tamoyili — insonni ishdan olish emas, uning imkoniyatlarini kuchaytirishdir. Qarorlar mutaxassislar nazoratida qoladi, SI esa kompaniyaga servislarni tezroq rivojlantirish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga yordam beradigan ishchi vositaga aylanmoqda.
Batafsil
Reklama

👨💻17❤8👍6😁4👏2⚡1🎄1
⚡️Shotlandiya politsiyasi GTA VI o‘yiniga oid ma’lumotlarning sizib chiqishiga qarshi kurashmoqda: ikki nafar bloger Rockstar bosh qarorgohi ostonasidayoq bir necha soniyada qo‘lga olindi.
Yigitlar studiyaning xavfsizlik choralarini sinab ko‘rmoqchi bo‘lishgan. Natijada ularning ma’lumotlari politsiya bazasiga kiritilgan. Endi agar kutilmaganda ma’lumotlar tarqalsa, ular ham gumonlanuvchilar qatorida bo‘ladi.
Mish-mishlarga ko‘ra, studiyani doimiy ravishda patrullar qo‘riqlamoqda, tashqi perimetr esa 50 ga yaqin kuzatuv kamerasi orqali nazorat qilinadi.

👍64😁32❤9👏5🫡3⚡2🤯1🤝1🎄1
💰 Turkiyalik yigit bir kunda Forbes'ning dunyo bo‘yicha boylar ro‘yxatidan 116-o‘rinni egalladi va hisobi bloklandi — uning kartasiga 21,8 milliard dollar kelib tushgan.
Yigit bu pullar qayerdan kelganini bilmaydi. Hozirda bank manbani aniqlash uchun surishtiruv o‘tkazmoqda, boyvachchaning o‘zi esa bir necha oydan beri hisoblaridan foydalana olmayapti.

Yigit neyrotarmoqdan bu mablag’ga nimalar qilsa bo’ladi deb so’raganida u «1000 ta stadion yoki 300 ming aholiga mo‘ljallangan mamlakat qurish mumkin» deya javob bergan.
📟 DigiTech
😁216🤯33❤9👏7👍4😡2⚡1🫡1
⚡️Botlar ilk bor internet-trafik hajmi bo‘yicha odamlardan o‘zib ketdi. Sun’iy intellektda yaratilgan kontent miqdori esa may oyidayoq inson tomonidan yaratilgan kontentdan oshib ketgandi.
Cloudflare ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda umumiy trafikning 57 foizi botlarga, qolgan 43 foizi esa oddiy foydalanuvchilarga to‘g‘ri keladi.
Cloudflare hammuassisi Metyu Prinsning yozishicha, bu 2027-yilda sodir bo’lishi kerak edi, biroq ularning trafigi «juda tez o‘smoqda». Bu, birinchi navbatda, foydalanuvchilar nomidan harakat qiladigan sun’iy intellekt agentlarining rivojlanishi bilan bog‘liq.

🤯56👍17💯11❤6🫡3⚡2👏2🔥1🎄1
👨💻 HP va Ferrari hamkorlikda 5600 dollarlik noutbuk chiqardi — u parametrlari o’xshash MacBook Pro'dan deyarli ikki baravar qimmat.
Noutbukning tashqi ko‘rinishi Ferrari avtomobillarini eslatadi: Rosso Magma rangi va Poltrona Frau'dan g‘ilof mavjud. U Core Ultra X7 protsessorida ishlaydi, xotira hajmi esa 64+1024 GB ni tashkil etadi. Ekrani 14 dyuym, 3K sifat, 120 hz.
Faqat 4999 dona nusxada chiqariladi, har bir noutbukda esa o‘z raqami qayd etilgan. AQSh'da savdolar 12-iyundan boshlanadi.

😁68❤15🔥10🤯10👍3⚡1🎉1👨💻1
⚡️GTA muxlisi Rockstar Games ofisi yoniga akustik uskuna o‘rnatdi. U studiyaning muzokara xonalaridagi shovqin darajasini o‘lchagan.
Shu yo‘l bilan geymer GTA VI haqida yangi e’lonlar chiqishi ehtimolini bilmoqchi bo‘lgan. Shuningdek, u avtoturargohdagi mashinalar soni va ularning narxini — top-menejmentning binoga kelganini ko‘rsatuvchi belgilarni ham hisoblagan.
Apparaturani bir necha kunda topib, olib qo‘yishdi. Lekin yigit taslim bo‘lmayapti — endi u ofisdagi dasturchilar soni o‘zgarishini kuzatish uchun kislorod darajasi va haroratni o‘lchamoqda.

😁204👍12❤7🤯6🔥2🤝2⚡1👨💻1
⚡️Anthropic sun’iy intellektni rivojlantirishni sekinlashtirishga chaqirdi: kompaniya SI modellari inson ishtirokisiz o‘zini-o‘zi takomillashtira boshlashidan xavotirda.
Anthropic’ning so‘nggi hisobotida yozilishicha, ularning modellari barcha ichki kodning 80 foizdan ortig‘ini yozmoqda va faqatgina qidirish hamda vazifalarni belgilash ko‘nikmalarida inson dasturchilardan ortda qoladi.
Claude yaratuvchilari buning o‘zi yetarli deb hisoblaydi va agar boshqa laboratoriyalar ham shunday qilsa, kompaniya kelajakdagi ishlanmalarni to‘xtatishga tayyor.

👍75🤯23❤6🔥6👏2🫡2⚡1
🎮 Noyabr oyida GTA VI’dan tashqari birorta ham o‘yin chiqmaydi. Boshqa o’yin ishlab chiqaruvchilar shunchaki Rockstar giganti bilan raqobatlasha olishmaydi.
Ayrim loyihalar taxminan o‘sha sanalarda chiqishi mumkin edi, biroq ular 2027-yilga ko‘chirildi, masalan, Fable va yangi Tomb Raider. Qolganlari esa ertaroq chiqishga harakat qilmoqda.
Natijada sentyabr oyida kamida 10 ta yirik reliz bo‘lib o‘tadi. Call of Duty: Modern Warfare 4 ni esa oktyabrda chiqarishga harakat qilishadi.

❤42😁33🔥13👍10🫡2⚡1👏1
⚡️2026-yil oxiriga kelib tezkor xotira narxi ikki baravarga oshishi mumkin — xotira bozorini inqiroz va narxlar o‘sishining ikkinchi to‘lqini kutmoqda, deb bayonot berdi yirik xotira qurilmalari ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan Lexar kompaniyasi top-menejeri.
Hozirgi barqarorlik uzoqqa cho‘zilmaydi va bundan so‘ng narxlar keskin ko‘tarila boshlaydi. Uning prognoziga ko‘ra:
— Hozirda bozor eski ombor zaxiralarining sotuvi hisobiga ushlab turilibdi;
— Samsung, SK Hynix va Micron kabi yirik ishlab chiqaruvchilar ommaviy segmentga emas, balki sun’iy intellekt tizimlari uchun mo‘ljallangan xotiraga ko‘proq e’tibor qaratmoqda;
— Bu oddiy foydalanuvchilar uchun mavjud RAM va SSD hajmlarini kamaytiradi;
— 2026-yil oxiriga borib narxlar 130 foizgacha oshishi mumkin, shundan so‘ng noutbuklar, smartfonlar va planshetlar ham qimmatlashadi.

🤯49👍8😢7💯2⚡1❤1🎉1🫡1