AI | DigiTech
56K subscribers
3.52K photos
1.69K videos
3.21K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️YouTube platformadagi barcha sun’iy intellekt videolarini — eng oddiylaridan tortib, eng fotorealistik ishlargacha avtomatik tarzda belgilashni boshlaydi.

AI belgisi uzun videolar tavsifi ustida, Shorts'larda esa videoning o‘zida chap burchakda ko‘rinadi. Neyrokontentni aniqlash uchun maxsus o‘rgatilgan algoritm javobgar bo‘lib, xatolik yuzaga kelgan taqdirda mualliflar ushbu qaror yuzasidan e’tiroz bildirishlari mumkin bo‘ladi.

📟 DigiTech
🔥95👍4586🫡4🎉1
🎮 Valve Steam Deck narxlarini rekord darajada — birdaniga 300 dollarga oshirdi. Bunga yana tezkor xotira narxlarining ko‘tarilishi sabab bo‘ldi.

Endilikda 512 GB sig‘imli OLED-model 789 dollar, 1 TB sig‘imli versiyasi esa 949 dollar turadi.

📟 DigiTech
🤯57🔥76👨‍💻5🤝4👍21🫡1
🎧 Windows 11 da bir vaqtning o‘zida ikkita Bluetooth-quloqchinni ulash imkoniyati paydo bo‘ladi — «Shared Audio» funksiyasi hozirda sinovdan o‘tkazilmoqda.

Bu funksiya faqat kompyuteringiz Bluetooth LE Audio texnologiyasini qo‘llab-quvvatlasagina ishlaydi. MediaTek, Qualcomm va Intel chiplariga ega ko‘plab zamonaviy noutbuklarda ushbu yangi texnologiya mavjud.

📟 DigiTech
👍76🔥226👏62🤯2🤝2🫡1
🦖 Yaqinda haqiqiy tirannozavrni sotib olish mumkin bo’ladi — 14-iyul kuni Sotheby’s 67 million yoshli dinozavr skeleti auksionini o’tkazadi.

U taxminan 20-30 million dollarga baholanmoqda. Skelet balandligi 3,8 metr, uzunligi esa 11,5 metrni tashkil etadi.

Bu dunyoda topilgan eng to‘liq tirannozavr skeletlaridan biri bo‘lib:
uning suyaklarining taxminan 63 foizi saqlanib qolgan.

📟 DigiTech
👍75🔥15😁137👏62🤔1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi seriallar tarjimasini kutishga hojat yo‘q: ElevenLabs Dubbing v2 modelini chiqardi — u YouTube'dagi videoni yoki butun boshli filmni professional darajada dublyaj qila oladi.

Oddiy transkripsiya o‘rniga, Dubbing v2 asl ovozni to‘liq tahliliga tayanadi. Shu tufayli aktyorlarning ohangi, hissiyotlari va nutq uslubi saqlanib qoladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
88👍34🔥11🤯74🤝3🫡2
📲 iOS 27 shunday ko‘rinishda bo‘ladi. Apple iPhone uchun eng yirik yangilanishlardan birini tayyorlayotganga o‘xshaydi. Mark Gurman bir nechta tafsilotlarni aniqladi:

– Kamera ilovasi to‘liq moslashtiriladigan bo‘ladi: unga o‘zingizning tugma va vidjetlaringizni o‘rnatishga ruxsat beriladi;

– Rasmlarni tezda qidirish uchun Siri yorlig‘i va suratlar uchun yangi sun’iy intellekt funksiyalari paydo bo‘ladi;

– Siri esa alohida ilovaga ega to‘laqonli chat-botga aylanadi. Unga ChatGPT, Claude yoki Gemini’ni o‘rnatish mumkin bo‘ladi.


Skrinshotlarda konseptlar tasvirlangan. Rasman esa 8-iyun kuni WWDC’da namoyish etiladi.

📟 DigiTech
🤝30👍148🔥3👏32🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧹 AQSh'dagi yangi startap robotlarni o‘qitish uchun odamlarning uylarini bepul tozalamoqda.

«Shift» xodimlari barcha harakatlarini — idishlarni yuvish, changyutkichda tozalash va hokazolarni — videoga oladigan kamerali qalpoqchalar kiyib yurishadi. So‘ngra to‘plangan barcha materiallar uy ishlari uchun mo‘ljallangan robot-xizmatkorlar ishlab chiqaruvchilariga ularning algoritmlarini takomillashtirishlari uchun sotiladi.

Yaqin kelajakda yigitlar Germaniya va boshqa mamlakatlarda ham faoliyat boshlashni, shuningdek, bepul santexnik, quruvchi va oshpazlar xizmatini ham taklif qilishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
👍39🔥117🤯4😁3🫡31🤝1
⚡️YouTube’ga video tezligini avtomatik sozlash funksiyasi qo‘shildi. Endi zerikarli podkastlarni ko‘rish osonlashadi.

Sokin nutqli yoki ma’lumotga to‘la qismlar tezroq qo‘yiladi. Bu deyarli sezilmasligi aytilmoqda.

Bu funksiya hozirdanoq ilovaning Android-versiyasida joriy etilmoqda. Keyingi navbat iOS'ga.

📟 DigiTech
👏55👍177🫡3🤝21🔥1😁1
⚡️Apple o‘g‘rilikka qarshi yangi himoya tizimini tayyorlamoqda — agar iPhone qo‘ldan keskin tortib olinsa, u o‘z-o‘zidan bloklanadi va shu zahoti Apple ID, parollar, bank ma’lumotlari va sozlamalarni yopadi.

Ushbu tizim to’g’ri ishlashi uchun qurilma joylashuv va harakatlarni kuzatib boradi, foydalanuvchining uyda, ishda yoki tanish Wi-Fi tarmog‘ida ekanini tekshiradi.

📟 DigiTech
👍56🔥126💯3🤝3🥰1🤔1😡1