AI | DigiTech
56.5K subscribers
3.51K photos
1.69K videos
3.2K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Microsoft o‘z xodimlariga Anthropic sun’iy intellektidan foydalanishni taqiqlay boshladi. Insonlarni o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan modellar odamlar mehnatidan qimmatroqqa tushmoqda.

Kompaniya Claude Code uchun korporativ litsenziyalarni qaytarib olyapti. Eng qizig’i, bu litsenziyalar atigi olti oy oldin ulangan va o‘shanda Microsoft minglab xodimlarini vaybkoding bilan shug‘ullanishga undagan edi.

📟 DigiTech
😁9210👍8🔥71💯1
📲 iPhone 11 va SE 2020 qurilmalari iOS 27'ni qo‘llab-quvvatlamaydi — mish-mishlarga ko‘ra, yangilanish faqat iPhone 12 va undan yangiroq modellarga keladi.

Shu bilan birga, tizimning deyarli barcha sun’iy intellekt funksiyalari faqat iPhone 15 Pro va undan yuqori model egalari uchun mavjud bo‘ladi.

📟 DigiTech
👍44😢21😁10👏53🔥3🫡31🤝1
🛜 Odamlarni Wi-Fi orqali deyarli 100% aniqlik bilan topishni o‘rganishdi. Buning uchun qo‘shimcha qurilma shart emas — noutbukning o‘zi kifoya.

BFId tizimi insonni uning jismoniy xususiyatlari va harakatlanishiga qarab taniydi. U routerga ulanmasdan yoki uni buzib kirmasdan, kirish nuqtalari odatdagi ish jarayonida uzatadigan signalga tayanadi.

Bu signalni har qanday zamonaviy gadjet yordamida tutib olish mumkin.

📟 DigiTech
🤯77👍15👏65🔥21
⚡️Apple o‘zining yangi neyron tarmog‘ini tayyorlayotganga o‘xshaydi — kompaniya WWDC 2026 arafasida genai.apple.com domenini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Internetda ko‘pchilik Apple yangi Siri, ekranni tushunish va «jonli» muloqot funksiyalariga ega ChatGPT va Gemini'ga raqobatchini ko’rsatishini kutmoqda.

Yaqinda bo’ladigan WWDC taqdimoti faqat sun’iy intellekt'ga bag’ishlangan bo’ladi shekilli)

📟 DigiTech
36👍17😁13🔥31👏1🫡1
👨‍💻 Sun’iy intellekt dunyoning 1 foizdan kamrog’ini «zabt etdi»: sayyoramizda vaybkoderlar soni shuncha ekan. Insoniyatning 80 foizi esa Anthropic yoki OpenAI modellari haqida eshitmagan ham.

Chat-botlardan hozirda 1,8 milliard kishi foydalanadi, biroq ularning atigi 60 millioni obuna uchun pul to‘laydi. Faqat 0,12 foiz odamgina Cursor yoki Claude Code yordamida kod yozadi.

📟 DigiTech
🔥80💯15👍128👏21🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Apple butun bir futbol o‘yinini iPhone 17 Pro Max'da suratga olgani bilan maqtandi.

Bu gap kadr ortidagi manzarani ko‘rmaguningizcha, juda zo‘r eshitiladi. iPhone’dan sifatli tasvirni olish uchun unga har birining narxi 265 000 dollargacha boradigan ulkan teleobyektivli butun boshli telestudiyani ulashga to‘g‘ri keldi.

Aslini olganda, smartfonning o‘zidan faqat matritsa va protsessor qolgan. Eng qizig’i — shuncha qimmat texnika ham unchalik yordam bermadi. Yaqindan olingan tasvirlar yaxshi ko‘ringani bilan, umumiy kadrda, o‘yinchilar tez yugurganida katta televizorlarda piksellar buzilib ketdi :)

📟 DigiTech
😁110👍1553🔥1💯1
Endi Yandex Uzbekistan'ning Toshkentda yangi ofisi bor.

23 may kuni bu yerda IT hamjamiyati uchun navbatdagi Dev Meetup bo‘lib o‘tdi. Tadbirga dasturchilar, ML-mutaxassislar va talabalar yig‘ilib, AI, muhandislik, live coding hamda big tech'da karyera qurish mavzularidagi ma’ruza va muhokamalarda ishtirok etdi.

🧑‍💻 Sessiyalardan biri internet sifati past sharoitda xizmatlar qanday ishlashi mavzusiga bag‘ishlandi. Yandex Pro jamoasi 2G/3G tarmoqlariga moslashuv va real muhandislik yechimlari haqida so‘zlab berdi.

💡Ko‘rinishidan, yangi ofis asta-sekin O‘zbekistondagi IT-komyuniti uchun yana bir muhim yig‘ilish nuqtasiga aylanmoqda — nafaqat ishlash, balki uchrashuvlar o‘tkazish, tajriba almashish va butun industriya rivojiga hissa qo‘shish uchun ham.

Obuna bo‘ling va yangiliklarni kuzatib boring.
🔥20👍7👏3😡32🫡21
AI | DigiTech
Video
⚡️Foydalanuvchilar ommaviy ravishda Google’dan voz kechishmoqda: I/O 2026 konferensiyasidan so‘ng odamlar DuckDuckGo‘ga o‘tishni boshladilar.

Google yangi sun’iy intellekt funksiyalarini joriy etishi bilanoq, DuckDuckGo‘ni yuklab olishlar soni bir hafta ichida 18 foizga oshdi. Birgina iOS'da esa o‘sish eng yuqori cho‘qqisida deyarli 70% ni tashkil etdi.

DuckDuckGo‘da hatto sun’iy intellektli qidiruv natijalari o‘chirib qo‘yilgan sahifa ham bor: noai.duckduckgo.com

Bunga asosiy sabab, qidiruvga ulangan Gemini foydalanuvchi qidiruv so’rovlari bo’yicha ma'lumot izlashni o’rniga uni savol deb o’ylab chat ko’rinishida javob berishni boshlagan.

📟 DigiTech
😁99🔥1310👍3👏3🤔21🤓1🤝1
⚡️YouTube platformadagi barcha sun’iy intellekt videolarini — eng oddiylaridan tortib, eng fotorealistik ishlargacha avtomatik tarzda belgilashni boshlaydi.

AI belgisi uzun videolar tavsifi ustida, Shorts'larda esa videoning o‘zida chap burchakda ko‘rinadi. Neyrokontentni aniqlash uchun maxsus o‘rgatilgan algoritm javobgar bo‘lib, xatolik yuzaga kelgan taqdirda mualliflar ushbu qaror yuzasidan e’tiroz bildirishlari mumkin bo‘ladi.

📟 DigiTech
🔥94👍4386🫡4🎉1
🎮 Valve Steam Deck narxlarini rekord darajada — birdaniga 300 dollarga oshirdi. Bunga yana tezkor xotira narxlarining ko‘tarilishi sabab bo‘ldi.

Endilikda 512 GB sig‘imli OLED-model 789 dollar, 1 TB sig‘imli versiyasi esa 949 dollar turadi.

📟 DigiTech
🤯56🔥7👨‍💻54🤝4👍21🫡1
🎧 Windows 11 da bir vaqtning o‘zida ikkita Bluetooth-quloqchinni ulash imkoniyati paydo bo‘ladi — «Shared Audio» funksiyasi hozirda sinovdan o‘tkazilmoqda.

Bu funksiya faqat kompyuteringiz Bluetooth LE Audio texnologiyasini qo‘llab-quvvatlasagina ishlaydi. MediaTek, Qualcomm va Intel chiplariga ega ko‘plab zamonaviy noutbuklarda ushbu yangi texnologiya mavjud.

📟 DigiTech
👍72🔥226👏62🤯2🤝2🫡1
🦖 Yaqinda haqiqiy tirannozavrni sotib olish mumkin bo’ladi — 14-iyul kuni Sotheby’s 67 million yoshli dinozavr skeleti auksionini o’tkazadi.

U taxminan 20-30 million dollarga baholanmoqda. Skelet balandligi 3,8 metr, uzunligi esa 11,5 metrni tashkil etadi.

Bu dunyoda topilgan eng to‘liq tirannozavr skeletlaridan biri bo‘lib:
uning suyaklarining taxminan 63 foizi saqlanib qolgan.

📟 DigiTech
👍69🔥14😁117👏62💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi seriallar tarjimasini kutishga hojat yo‘q: ElevenLabs Dubbing v2 modelini chiqardi — u YouTube'dagi videoni yoki butun boshli filmni professional darajada dublyaj qila oladi.

Oddiy transkripsiya o‘rniga, Dubbing v2 asl ovozni to‘liq tahliliga tayanadi. Shu tufayli aktyorlarning ohangi, hissiyotlari va nutq uslubi saqlanib qoladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
82👍26🔥11🤯63🤝3🫡2
📲 iOS 27 shunday ko‘rinishda bo‘ladi. Apple iPhone uchun eng yirik yangilanishlardan birini tayyorlayotganga o‘xshaydi. Mark Gurman bir nechta tafsilotlarni aniqladi:

– Kamera ilovasi to‘liq moslashtiriladigan bo‘ladi: unga o‘zingizning tugma va vidjetlaringizni o‘rnatishga ruxsat beriladi;

– Rasmlarni tezda qidirish uchun Siri yorlig‘i va suratlar uchun yangi sun’iy intellekt funksiyalari paydo bo‘ladi;

– Siri esa alohida ilovaga ega to‘laqonli chat-botga aylanadi. Unga ChatGPT, Claude yoki Gemini’ni o‘rnatish mumkin bo‘ladi.


Skrinshotlarda konseptlar tasvirlangan. Rasman esa 8-iyun kuni WWDC’da namoyish etiladi.

📟 DigiTech
🤝24👍116🔥3👏32🥰1