AI | DigiTech
56.4K subscribers
3.51K photos
1.69K videos
3.2K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Qozog‘istonda neyron tarmoqlar maktab o‘quvchilarini davlat darajasida o‘qitishga yordam beradi — respublika prezidenti sun’iy intellektni o‘rta ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Sun’iy intellekt shahar va qishloq maktablari o‘rtasidagi ta’lim sifati bo‘yicha farqni qisqartirishi lozim. Buning uchun mamlakatda infratuzilma, ta’lim platformalari, individuallashtirilgan ta’lim, ma’lumotlar himoyasi va o‘qituvchilarni tayyorlashni keng ko‘lamda rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Tajriba loyihasining muddatlari va shartlari allaqachon aniq belgilab olingan: 500 ta qishloq maktabi texnika, tezkor internet va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hech kim o‘qituvchilarni almashtirmaydi, algoritmlar shunchaki kundalik yumushlarni o‘z zimmasiga olib, ularning ishini bir necha baravarga yengillashtiradi.

📟 DigiTech
🔥58👍1492🎉2👏1
⚡️Smartfonlardan avtosanoatgacha: BlackBerry inqirozdan qanday qutulib qoldi?

BlackBerry 10 yildan beri smartfon chiqarmayotgan bo‘lsa-da, haligacha pul ishlamoqda. Kompaniya avtomobillar uchun dasturiy ta’minot chiqarishga o’tgan.

Ularning QNX operatsion tizimi taxminan 275 million avtomobilga o’rnatilgan. U kruiz-kontrol, ko‘rinmas hududlar nazorati, bildirishnomalar va haydovchiga yordam beruvchi boshqa tizimlarga javobgardir.

QNX'dan dunyoning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari foydalanadi. Hozirda bu dasturiy ta’minot BlackBerry umumiy daromadining deyarli yarmini tashkil etadi.

📟 DigiTech
🤯48🔥1816👍8😁32👏2
📚 Kitob o‘qish va muzeylarga borish qarishni sekinlashtiradi — University College London olimlari shunday xulosaga kelishdi.

Tadqiqotchilar 3500 kishining ma’lumotlarini tahlil qilib, muntazam kitob o‘qiydigan, musiqa tinglaydigan, ko‘rgazma yoki muzeylarga boradigan odamlar biologik jihatdan sekinroq qarishini aniqlashdi.

Ta’siri bo’yicha bu jismoniy mashg‘ulotlar bilan qiyoslanadigan darajada bo‘lib chiqdi. Haftada kamida bir marta «madaniy hordiq» chiqarganlarning qarish tezligi taxminan 4 foizga pastroq bo‘lgan. Olimlar buni san’atning bir vaqtning o‘zida miyaga va hissiyotlarga ta'sir ko’rsatishi bilan izohlashdi.

📟 DigiTech
55🔥18🤯12👍83👏2😁1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Amerikaning Figure kompaniyasi jonli efirda odam va robot o‘rtasida bellashuv uyushtirdi. 10 soat davomida jo‘natmalar bilan ishlagan yigit 12 924 ta qutini, robot esa 12 734 tasini saraladi.

Eng qizig’i, bu vaziyatda temir «mutaxassis» uzluksiz ishlagan, uning inson raqibi esa tushlik qilishga va tanaffuslarga chiqqan.

📟 DigiTech
👍140😁85🔥146🤯43
📺 LG televizorlari kontent ustiga reklama qo‘yishni boshladi.

Foydalanuvchi PS5'ni ishga tushirganida, ekranining pastki qismida, konsol interfeysining o‘zida pitsa buyurtma qilish taklifi chiqqan.

Eng qizig’i, bu arzon qurilma ham emas, reddit foydalanuvchisi ushbu televizorni 1400 dollarga sotib olgan.

📟 DigiTech
😡128😁36🔥743👍2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyliklar robo-o‘rgimchakni yig’ishdi — bu temir mehnatkash vertikal yuzalar bo‘ylab bemalol harakatlanadi va har qanday ishni bajara oladi.

Hozircha bu maxluqni operator masofadan turib boshqarib: zangni tozalaydi, payvandlash ishlarini bajaradi va boshqa foydali yumushlarni amalga oshiradi. Xitoylik muhandislar kelajakda robotni haftasiga yetti kun, kuniga 24 soat davomida to‘liq mustaqil ishlashga o‘rgatishni va’da qilishmoqda.

📟 DigiTech
👏63👍168🔥43😁2👨‍💻1
⚡️Ma’lumotlar markazlari shaharlarni 2,2°C ga qizdirmoqda — olimlarning aniqlashicha, 1 ta yirik inshoot 40 000 ta uy kabi issiqlik chiqaradi.

Tadqiqot Finiks shahrida o‘tkazilgan: ma’lumotlar markazlari atrofida bir necha oy davomida maxsus sensorli mashinalar yurgan. Serverlar yaqinidagi hududlarda harorat 2,2°C ga yuqoriroq bo’lgan, bu ta’sir esa hatto 5 mavze naridan ham sezilgan.

📟 DigiTech
🤯87👍2063😡3🔥2🤝2😁1💯1🫡1
📲 iOS 27 8-iyun kuni namoyish etiladi — Tim Kuk'ning so‘nggi WWDC taqdimoti Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Taqdimotda iOS, iPadOS, WatchOS, MacOS va ehtimol, yangi qurilmalar ko‘rsatilishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
46👍19🔥5👨‍💻32🤝1
⚡️Google o‘z qidiruv tizimini neyron tarmoqlar yordamida takomillashtirdi. Aytishlaricha, bu so‘nggi 25 yildagi eng yirik yangilanish ekan.

Endi qidiruv tizimi Gemini 3.5 Flash asosida ishlaydi, video va fayllarni yuklash imkonini beradi. Shuningdek, u sizning o‘rningizga qidiruv so‘rovlarini yakunlab, murakkab mavzularni tushuntirish uchun interaktiv vidjetlar yarata oladi.

Bundan tashqari, voqealarni kuzatib borish uchun sun’iy intellekt agentlari ham qo‘shiladi: masalan, yangi o‘yinlar chiqishini kuzatib borishni va bu haqda bildirishnomalar yuborishni so‘rash mumkin bo‘ladi.

📟 DigiTech
👍52🔥13🤯752🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qozog‘istonda 2029-yilda ishga tushiriladigan uchar taksining ilk sinovlari o‘tkazildi.

Xitoyning AutoFlight droni soatiga 200 km tezlikka erishadi, besh nafargacha yo‘lovchini sig‘diradi va bir quvvatlanishda ~200 km ucha oladi. Uning yordamida, masalan, Olmaota aeroportidan tog‘-chang‘i kurortigacha bo‘lgan yo‘lni 60 daqiqadan 10 daqiqagacha qisqartirish rejalashtirilmoqda.

📟 DigiTech
58🔥26👍15👏52😁1🫡1
⚡️GitHub buzib kirildi — kompaniya bu ma’lumotni tasdiqladi.

Xakerlar kamida 3800 ta repozitoriyga kirishga muvaffaq bo‘lgan — hozirda yetkazilgan zararning ko‘lami aniqlanmoqda.

Bu GitHub xodimlaridan birining qurilmasini zararlagan VS Code kengaytmasi tufayli sodir bo‘lgan.

Vaybkoding oqibatlari :)

📟 DigiTech
🤯10615👍12😁11🔥42👏2💯2👨‍💻1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💇‍♂️ Kibersartaroshlar davri kelyapti: xitoyliklar shaharlarda robot-sartaroshlar o‘rnatilgan kiosklarni ishga tushirmoqda.

Robot 3D-skaner yordamida yuz shakli va soch sifatini tahlil qilib, mijozga mos keladigan uslubni tanlaydi. Sochni millimetrigacha aniqlikda oladi, bir seans narxi esa atigi 4500 so’m!

📟 DigiTech
🤯104👍23😁189👏43🔥3💯1🤝1🫡1
⚡️LG dunyodagi ilk 1000 hz yangilanish chastotasiga ega Full HD-monitorni chiqarishga tayyorlanmoqda. Avvalroq bunday yuqori chastotaga faqat HD-panellardagina erishish mumkin edi.

U UltraGear 25G590B deb nomlanadi. Hozircha uning texnik tavsiflari haqida deyarli hech qanday ma’lumot yo‘q, biroq monitor 24,5 dyuymli IPS-matritsa asosida ishlashi ma’lum.

Monitor yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

To‘plamga 600 hz bilan 1000 hz’ni qanday farqlash bo‘yicha yo‘riqnoma ham qo’shib yuborishsa yaxshi bo’lardi :)

📟 DigiTech
😁89👍107🔥5🤯3💯31
🚘 Xiaomi 1003 ot kuchiga ega YU7 GT sport krossoverini sotuvga chiqardi. U 0-100 km/soat tezlikka 2,9 soniyada chiqadi va maksimal tezligi soatiga 300 kmni tashkil etadi.

Oddiy YU7’ning top-komplektatsiyasiga nisbatan avtomobil quvvati birdaniga 300 ot kuchiga oshirilib, unga sport o‘rindiqlari va yanada agressiv bamperlar o‘rnatildi. Afsonaviy Nyurburgring trassasida krossover SUV'lar orasida yangi rekord o‘rnatishga ham ulgurdi.

Narxi — 57 000 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
51👍28👏8🔥7😢21🫡1
⚡️Kuzda Yer yuzida so‘nggi 150 yillikdagi rekord darajadagi El-Ninyo hodisasi boshlanishi mumkin — bu Tinch okeani haroratining ko‘tarilishidir. U butun sayyora bo‘ylab bir qator tabiiy ofatlarni keltirib chiqaradi.

Bunday hodisa oxirgi marta 1877-yilda kuzatilgan edi. O‘shanda El-Ninyo Braziliya, Osiyo va Afrikada Buyuk qurg‘oqchilikka sabab bo‘lgan. Uning ortidan kelgan ocharchilik 50 million kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

XIX asrga nisbatan atmosfera va okeanlar ancha isigan. Shu sababli sayyoramizdagi ob-havo yanada yomonlashishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯136😢25💯7🔥64👍3🫡32👨‍💻2🥰1😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyda oilalarga ovqat pishiradigan va uyni tozalaydigan robot-xizmatkorlar bepul tarqatiladi.

SeeLight S1 haqiqatan ham «uy bekasi» bo‘lishga tayyor ilk tijoriy bot deb atalmoqda.

Birinchi partiya (soni noma’lum) 2027-yildayoq sinov uchun bepul beriladi va «sinovlardan so’ng» 15 000 dollardan sotuvga chiqariladi.

📟 DigiTech
🔥51👍2011😢113😁2🤝2👏1
🔐 AQSh Kiberxavfsizlik va infratuzilmani himoya qilish agentligi o‘zining kalit va parollarini tasodifan GitHub'ga joylab qo‘ydi.

Xodimlardan biri GitHub'da hamma uchun ochiq repozitoriyga adashib 844 megabayt maxfiy ma’lumotlarni joylab qo‘ydi. Uning ichida hamma narsa bor: AWS GovCloud hukumat bulutlarining kalitlari, bir talay ichki hujjatlar va AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi tizimlarining login va parollari yozilgan matnli fayllar.

Eng qizig‘i, GitHub hardoim kodni bunday bema’ni sizib chiqishlardan himoyalash uchun skanerlaydi va ularni bloklab qo‘yadi. Biroq repozitoriy muallifi maxsus sozlamalarga kirib, bu himoyani o‘chirib qo‘ygan. Parollarning o‘zi esa ko‘pincha shunchaki servis nomi va joriy yildan iborat bo‘lgan.

📟 DigiTech
1😁135🔥98👍6😢4😨32👏1👨‍💻1🤝1
📱 Samsung yonga chiqadigan ekranli smartfon tayyorlamoqda — kompaniya bu texnologiyani allaqachon patentlab bo‘lgan.

Qurilmaning orqa panelida o‘yiq bo‘lib, tugma bosilishi bilan ekran yonga surilib chiqa boshlaydi va displeyni planshetga aylantiradi.

Oddiy buklanadigan smartfonlardan farqli o'laroq, bunda ekranning o'rtasida buklanish izi umuman bo'lmaydi.

📟 DigiTech
🔥105👍3713💯54🤯4🎉2😁1