AI | DigiTech
56.1K subscribers
3.52K photos
1.69K videos
3.2K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📱Apple ko‘zoynaksiz golografik tasvirni ko‘rsatadigan displeyli «Spatial iPhone» ustida ishlamoqda.

Ekran 4K sifatni saqlab qoladi, golografiya esa maxsus kontent uchun yoqiladi. Obyektlar havoda «muallaq turadi».

Mish-mishlarga ko‘ra, «havoda muallaq turuvchi» tasvirni ko’rsatadigan iPhone 4 yildan so‘ng tayyor bo‘ladi. Shu bilan birga, Samsung bu g‘oyadan xabardor va allaqachon o‘z qurilmasini tayyorlamoqda.

📟 DigiTech
🔥62😁419🤯7👍64👏3🫡3
Yandex Uzbekistan jamoasi va O‘zbekiston startap ekotizimi uchun muhim yutuq

🏆🇺🇿 O‘zbekiston Global Startup Awards xalqaro mukofotida bir vaqtning o‘zida ikkita sovrinni qo‘lga kiritdi. Tanlov finali Maltada, EU-Startups Summit doirasida bo‘lib o‘tdi.

Yilning eng yaxshi Greentech-loyihasi deb O‘zbekistonning Catextra startapi e’tirof etildi. People's Choice nominatsiyasida esa Rahimaхon Nugmanova g‘olib bo‘ldi. U Yandex Uzbekistan kompaniyasining GR loyihalari rahbari bo‘lib, texnologiya sohasidagi ta’lim va community-loyihalar bilan shug‘ullanadi.

So‘nggi yillarda mahalliy IT-ekotizim ichki bozor doirasidan chiqib, xalqaro maydonda tobora faolroq ko‘rina boshladi. Xalqaro mukofotlar, tech-community'lar, ta’lim tashabbuslari va O‘zbekiston startaplari global kun tartibida tez-tez paydo bo‘lmoqda.

💪 Bu jarayonda Yandex Uzbekistan kabi yirik kompaniyalar jamoalarining hissasi ham katta. Ular nafaqat mahsulotlar yaratish, balki atrofidagi IT-muhit va ekotizimni rivojlantirishga ham sarmoya kiritmoqda.
👍278🔥4😁2🤝21🎉1
👨‍💻 Chrome foydalanuvchilarning xabarisiz kompyuterlarga 4 GB hajmli Gemini Nano modelini yuklab olmoqda.

Tadqiqotchining so‘zlariga ko‘ra, model Windows va macOS'li kompyuterlarga yuklanmoqda, eng qizig’i, o‘rnatish dasturida yoki interfeysning biror joyida bunga rozilik so‘ralmayapti. Qolaversa, modelni o‘chirib tashlash foyda bermaydi — birozdan so‘ng u yana qayta yuklanadi.

Muallifning fikricha, Google nafaqat shaffoflikka oid bir qator qonunlarni buzmoqda, balki karbonat angidrid chiqindilarining ortishi sababli ekologiyaga ham zarar yetkazmoqda. Buni hozircha faqat maxsus sozlamalar (flags) orqali o‘chirib qo‘yish mumkin.

📟 DigiTech
😁82🔥1211👏6😢32👍1💯1🤝1
📲 iOS 27 bir oydan so‘ng namoyish etiladi. Insaydlardan yangi versiya haqida hozirda ma’lum bo‘lgan barcha tafsilotlarni to‘pladik:

— Siri uchun ChatGPT, Claude yoki Gemini modellaridan birini tanlash mumkin bo‘ladi. Yordamchining animatsiyasi o‘zgaradi — u Dynamic Island'dan chiqadi. Sun’iy intellekt uchun esa alohida ilova bo’ladi;

— “Qaydlar”, “Taqvim”, “Fotosuratlar” va “Salomatlik” ilovalari sun’iy intellekt bilan boyitiladi. Boshqa ilovalarga ham bu funksiya qo‘shilishi mumkin;

— Wallet'ga sportzal, ofis ruxsatnomalari yoki konsert chiptalarining QR kodlarini qo‘shish imkoniyati yaratiladi;

— Tizim barqarorligi va samaradorligini oshirishga katta e’tibor qaratiladi;

— iPhone 11 va SE2 yangi versiyani qo‘llab-quvvatlamaydi.

📟 DigiTech
🔥4612👍7👏43😢2🤝1🫡1
⚡️Windows ilovalarni 40-70% tezroq ishga tushirishni boshlaydi — Microsoft oddiy vazifalarda protsessor tezligini oshirishni sinovdan o‘tkazmoqda.

WindowsLatest nashri eng so‘nggi — tizimni tezlashtirish rejimini sinab ko‘rdi. Bu funksiya brauzer yoki «Пуск» menyusi kabi muayyan ilovalar bilan ishlaganda protsessor tezligini bir necha soniyaga maksimal chastotaga oshiradi.

Barcha holatlarda bu dasturlar odatdagidan ancha tezroq ishga tushdi, shu bilan birga, quvvat sarfi ortgani kuzatilmadi, chunki tezlanish juda qisqa vaqt davom etgan.

Qizig‘i shundaki, bunday mexanizmlar Apple operatsion tizimlarida ham, Android'da ham anchadan buyon mavjud.

📟 DigiTech
👍5519😁17👏42🔥1💯1🤝1
🛸 Pentagon NUJlar bo‘yicha maxfiy arxivni e’lon qildi. Unda «nomalum uchuvchi jismlar»ga oid jami 162 ta hujjat bor.

Materiallar o‘nlab yillar avval to‘plangan fotosuratlar, videolar, guvohlarning ko‘rsatmalari hamda maxsus xizmatlar hisobotlarini o‘z ichiga oladi. Ular yechimi topilmagan ishlar sirasiga kiradi, bu davlatning vaziyat va anomaliyalarga yakuniy baho bera olmaganini anglatadi.

Konspirologlar uchun bayram boshlandi. Arxivga kirish uchun havola.

📟 DigiTech
60😁34👍9🔥6🤝43🤯3🎉1🫡1😡1
⚡️PlayStation 6 kelajagi mavhumligicha qolmoqda: Sony konsolni qachon va qanday narxda chiqarishni hal qila olmayapti.

Bu boradagi qaror faqat 2027-yil oxirida qabul qilinadi. Komponentlar narxining oshishi konsollar ishlab chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan bir paytda, Sony ularga 30 Gb gacha tezkor xotira o‘rnatmoqchi.

📟 DigiTech
57😢20👍15😁8👏32🎉1
🌓 NASA aql bovar qilmas ishni amalga oshirdi: astrofotograf «Artemis II» ekipaji bilan hamkorlikda Oyning teskari tarafining o‘nlab fotosuratlarini birlashtirdi, rasm tiniqlashtirildi va tabiiy yo‘ldosh rangli tasvirda taqdim etildi.

Ekipaj kapitani Rid Uayzman Oyni astrofotograflar qo‘llaydigan uslubda, kerakli vaqtda ma’lum bir burchak ostida bir qator rasmlarini oldi. Keyinroq esa Yerda Endryu bu kadrlarni jamlab, Oy yuzasidagi mineral tuproqning ko‘zga ko‘rinmas farqlarini tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Masalan, ko‘k dog‘lar titanli bazaltlarni, qizil dog‘lar esa temir qatlamlarini anglatadi.

📟 DigiTech
89🔥23🫡10👍9👏52🤯2
⚡️Forza Horizon 6 rasmiy relizidan bir hafta oldin torrentlarda paydo bo‘ldi.

Playground Games Steam'ga o‘yinning umumiy hajmi 155 GB dan ortiq bo‘lgan shifrlanmagan fayllarini adashib joylab yuborganidan so‘ng o‘yinni «o‘g‘irlashga» muvaffaq bo‘lishdi.

Aslida kompaniya yangi Forza'ni rasman 19-may kuni chiqarmoqchi edi.

📟 DigiTech
👍69😁40😢35🔥108🤯42👏1💯1🤝1
🚘 Xitoyliklar 22 000 dollarga Porsche Taycan «qotili»ni chiqarishdi — yangi MG 07 gibridi nemislarni elektromobiliga juda o‘xshab ketadi.

Mashinaning silueti, panoramali tomi, yaxlit orqa chiroqlari va past klirensi Taycan bilan bir xil.

Gibridning asosiy fishkasi — o‘zining X7 chipiga ega Momenta R7 avtopilot tizimidir. Xitoyliklarning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt avtomobil atrofida to‘laqonli «dunyo modelini» tuzadi va yo‘lda o‘zi qaror qabul qiladi.

Salonda 12,3 dyuymli ulkan ekran bor, jismoniy tugmalar yo’q, audiotizim esa 9 ta karnayli.

Eng qizig‘i, Yevropada ko‘pchilik haligacha MG'ni Britaniya brendi deb o’ylaydi.

📟 DigiTech
😁106🔥2519🤯54👍3👏3
⚡️AQSh'dagi ma’lumotlar markazi butun bir shahar aholisining suvini o‘g‘irladi. Muammo odamlarning kranlari bosimi tushib ketganida yuzaga chiqdi.

Server xonasiga noqonuniy ravishda 113 million litr suv tortib olingan — bu 44 ta olimpiya havzasiga teng. Kommunal xizmatlar uning suv quvuriga ulanganini bilishmagan ham.

Bundan avval suv ta’minoti kompaniyasi mahalliy aholidan suvni kamroq ishlatishni va iloji boricha maysazorlarni sug‘ormaslikni so‘ragan edi. Bularning barchasi ma’lumotlar markazlariga suv yetishi uchun qilingan.

📟 DigiTech
😁104🔥3013😢10😡9👍74💯2🤝1
📲 Android Gemini Intelligence’ga asoslangan sun’iy intellekt tizimiga aylanmoqda.

Android 17’da sun’iy intellekt deyarli hamma joyda paydo bo‘ladi va masalan, quyidagilarga qodir bo‘ladi: ilovalarni boshqarish, ishlarni avtomatizatsiyalash va noyob vidjetlar yaratish.

Shuningdek, Android’ga asoslangan yana bir aqlli tizim — noutbuklar uchun mo‘ljallangan Googlebook ham namoyish etildi. Unda ham asosiy e’tibor Gemini va bulutli texnologiyalarga qaratilgan.

📟 DigiTech
3👏5315🔥10👍9👨‍💻42🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛰️ Yaponiyalik yigit XKS bilan suhbatni ratsiya va... bir stakan suv yordamida tutib olishga muvaffaq bo’ldi.

Suyuqliklar radioto‘lqinlarni metalldan ko‘ra yaxshiroq yutishi mumkin. Tajribani o‘tkazish uchun yigitga oddiy jo‘mrak suvi kifoya qildi.

Zerikib qolganingizda shu layfxakni sinab ko’rishingiz mumkin)

📟 DigiTech
🔥97👍32🤯2612😁3🫡32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Amerikaning Figure kompaniyasi o‘z gumanoidlari jo‘natmalarni to‘xtovsiz saralayotgan strimni ishga tushirdi. Qariyb 16 soat ichida ular quvvatlanish uchun vaqti-vaqti bilan bir-birini almashtirib, 20 000 dan ortiq jo‘natmani saralashdi.

Kompaniya robotlar mustaqil harakatlanayotganini ta'kidlayotgan bo’lsa-da, tomoshabinlar ularning xatti-harakatlarida g‘alati jihatlarni payqashdi: ular gohida qo‘llarini cho‘zgancha qotib qolib, xuddi ularni odamlar boshqarayotgandek harakatlanishmoqda.

📟 DigiTech
👍53😁199🔥62👏2🤝2