This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗺️ Kaliforniyalik yigit kuryerlarga uyini qanday topishni tushuntirishdan charchab, yo‘lni dronlar yordamida ko‘rsata boshladi.
Tom BetJorj odatda hech kim bormaydigan chekkaroq joyda yashaydi. U haydovchilarga yo‘l bo‘yidagi belgilar bilan yo‘nalish berishga ham urindi, xaritalarda manzilini to‘g‘riladi — ammo hech biri yordam bermadi.
Yechim uning o‘z ishidan — ya'ni dron-shoulardan topildi. U yuzta dronni olib, uyining tepasida kuryerlar uchun «Noto‘g‘ri burilish» va «Yo‘lingizda davom eting» kabi ko‘rsatmalar porlab turadigan qilib sozladi.
📟 DigiTech

😁157🔥23🫡19❤13👍9⚡6🎉3🤝1
⚡️Xakerlar Rockstar Games tizimini buzib kirib, tovon puli talab qilishdi, biroq natijada tasodifan kompaniya qiymatini bir kunda 1 mlrd dollarga oshirib yuborishdi.
Sizdirilgan arxivdan GTA Online'ga tegishli raqamlar ma'lum bo’ldi va investorlar 12 yillik eski o‘yin kuniga 1,3 mln dollar, yiliga esa 500 mln dollar daromad keltirishini bilib qolishdi.
Xakerlar o’zlari bilmay kompaniya obro’sini oshirib qo’yishdi :)

😁237❤18👨💻11👍8⚡4👏4🤝4🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕹️ Steam Controller chiqdi — kompyuterlar uchun ideal geympadni 100 dollarga olish mumkin.
Bu deyarli Steam Deck'ning o‘zi, faqat kontroller formatida: magnitli stiklar, bitta quvvatda 35 soatgacha ishlash, yuqori aniqlikdagi vibratsiya, giroskop, sensorli panellar va ko‘p tugmalar.
Eng zo‘ri: agar o‘yinlar Deck bilan mos bo‘lsa, geympad Steam'dagi barcha o‘yinlar uchun tavsiya etilgan sozlamalarni avtomatik tarzda yuklab oladi. Ya'ni, o‘yinlarning 99 foizi uni allaqachon qo‘llab-quvvatlaydi.

👍43❤6🔥6👏3⚡2🥰1🤝1🫡1
📲 Mana 120 hz sehrining natijasi — oddiy iPhone 17’ning o‘zi butun smartfon bozorining 6 foizini egalladi.
Counterpoint tahlilchilari yilning birinchi choragi statistikasi bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingining dastlabki uchta o‘rnini iPhone 17 turkumidagi qurilmalar egallagan.
Shuningdek, reytingdan Afrika va Lotin Amerikasida savdosi chaqqon bo‘lgan bir qator arzon Samsung smartfonlari hamda Xiaomi'ning Redmi A5 hamyonbop modeli ham o‘rin olgan. Top-10 talikda esa birorta ham Android flagmani yo‘q (lekin bir paytlar bo‘lardi).

❤31👏17👍6🔥6😁4💯3⚡2🫡2
⚡️Yangi turdagi DDR6 xotira 2028-yilda chiqishi mumkin. U DDR5'dan qariyb ikki baravar tezroq bo‘ladi.
Tezlikning o‘sishi yangi arxitektura bilan bog‘liq. Agar DDR5 bir soniyada bir gigabayt ma’lumot uzatsa, DDR6 buni taxminan 0,55 soniyada bajara oladi.
Ayni paytda Samsung, SK Hynix va Micron kompaniyalari uni ishlab chiqish bilan shug‘ullanishmoqda. Yangi avlod chiplari chiqishi bilan tezkor xotira narxlari biroz pasayishi ehtimoli bor.

👍77❤8💯8🔥7👏4⚡3😁2🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Apple, SpaceX, NASA va Tesla'ning sobiq muhandislari tomonidan tashkil etilgan startap to‘lqin energiyasi hisobiga ishlaydigan suzuvchi ma’lumotlar markazlarini ishlab chiqdi.
Panthalassa nomli «ulkan qalqovuchlar» okeanda kema qatnov yo‘llaridan uzoqda harakatlanib, sun’iy intellekt xizmatlari faoliyatini ta’minlagan holda, ma’lumotlarni sun’iy yo‘ldoshlar orqali quruqlikka uzatib turadi.
Ularni ishga tushirish 2027-yilga rejalashtirilgan.

👍69👏9⚡7❤4🔥2👨💻2🤯1🤝1😡1
📱iPhone 17 Pro Max tugamoqda — OAV'lar yozishicha, xaridorlar Merilend, Virjiniya va Kolumbiya okrugida 500 km radiusdagi deyarli barcha Apple do‘konlarini aylanib chiqqan bo‘lsalar-da, smartfon topa olmayaptilar.
Buning sababi chiplar tanqisligidir — Tayvanning TSMC kompaniyasi ularni sun’iy intellekt uchun ma'lumotlar markazlari buyurtmalariga ajratmoqda, Apple esa o‘z chiplarini NVIDIA, Google va AMD dan keyin navbatda kutmoqda.

👍62❤12🔥9🤯8😁5⚡3🤝3🫡2
⚡️Insayderlarning yozishicha, iPhone 20’da jismoniy yon tugmalar bo‘lmaydi — ular sensorlilarga almashtiriladi. Tugmalar bosilgani vibratsiya orqali seziladi.
Tugmalar telefon o‘chiq holatda ham ishlayveradi. Buning uchun Apple maxsus protsessor ishlab chiqadi.
Kompaniya iPhone 20'ni to‘rtala tomoni qayrilgan «oyna» dizaynida chiqarmoqchi. Jismoniy tugmalar esa bunga xalaqit beradi.

🔥75😁34❤15⚡7🤓4👏2🫡2👍1👨💻1
🚘 Xiaomi avtomobil bozorida yetakchilik qilish uchun orzudagi jamoani yig‘di. Xitoyliklarning Myunxendagi yangi ofisi tarkibiga bir qarang:
• Rudolf Dittrix — BMW M4 ustida ishlagan;
• Kay Langer — BMW i8;
• Klaus-Diter Groll — BMW iX3;
• Dushan Saras — Rolls-Royce Cullinan;
• Jan-Artur Madlen — Mercedes Vision GT;
• Fabian Shmols-Obermayer — Porsche 992 GT3, Lamborghini Temerario;
• Hubert Hyugle — Mercedes-AMG;
• Saymon Shmitt — BMW GT;
• Lyu Chensin — BMW 5;
• Jyulen Koff — Mercedes interyerlari.
Bu jamoa allaqachon Xiaomi YU7 GT ustida ishlab ulgurdi va endi kelajakdagi modellarning dizayni hamda texnologiyalariga mas’ul bo‘lishadi.

👍135🤯58❤20🔥4👏4⚡3😁3🫡1
⚡️Insayderlarning yozishicha, MacBook Neo qimmatlashishi mumkin — 599 dollarlik boshlang‘ich versiyasi sotuvdan olinadi.
Buning bir nechta sababi bor: Apple’da bitta o‘chirilgan yadroli A18 Pro chiplari tugagan, yangi partiya esa shoshilinchligi va yuqori talab tufayli qimmatroqqa tushadi. Qolaversa, tezkor xotira narxi ham oshmoqda.
Agar hozirgi eng arzon versiya sotuvdan yo‘qolsa, faqat 8/512 GBlik varianti 699 dollardan sotuvda qoladi.

😁53❤7👍5⚡2💯2🫡2🔥1👏1🤝1
⚡️Meta endi 13 yoshga to‘lmagan bolalarning akkauntlarini topish uchun skeletlarni tahlil qilmoqda.
Neyrotarmoq suratga qarab skeletning bo‘yi va tuzilishini baholaydi hamda ularni foydalanuvchining postlari matni, suratlari, layklari va izohlari bilan solishtiradi. Agar akkaunt bolaniki degan xulosaga kelsa, uni o‘chirib qo‘yadi.
Akkauntni tiklash uchun pasport surati yoki video-selfi so‘raladi.

👍107👏27❤7🔥7🤯4⚡3😡2🤝1
📱Apple ko‘zoynaksiz golografik tasvirni ko‘rsatadigan displeyli «Spatial iPhone» ustida ishlamoqda.
Ekran 4K sifatni saqlab qoladi, golografiya esa maxsus kontent uchun yoqiladi. Obyektlar havoda «muallaq turadi».
Mish-mishlarga ko‘ra, «havoda muallaq turuvchi» tasvirni ko’rsatadigan iPhone 4 yildan so‘ng tayyor bo‘ladi. Shu bilan birga, Samsung bu g‘oyadan xabardor va allaqachon o‘z qurilmasini tayyorlamoqda.

🔥62😁41❤9🤯7👍6⚡4👏3🫡3
Yandex Uzbekistan jamoasi va O‘zbekiston startap ekotizimi uchun muhim yutuq
🏆🇺🇿 O‘zbekiston Global Startup Awards xalqaro mukofotida bir vaqtning o‘zida ikkita sovrinni qo‘lga kiritdi. Tanlov finali Maltada, EU-Startups Summit doirasida bo‘lib o‘tdi.
Yilning eng yaxshi Greentech-loyihasi deb O‘zbekistonning Catextra startapi e’tirof etildi. People's Choice nominatsiyasida esa Rahimaхon Nugmanova g‘olib bo‘ldi. U Yandex Uzbekistan kompaniyasining GR loyihalari rahbari bo‘lib, texnologiya sohasidagi ta’lim va community-loyihalar bilan shug‘ullanadi.
So‘nggi yillarda mahalliy IT-ekotizim ichki bozor doirasidan chiqib, xalqaro maydonda tobora faolroq ko‘rina boshladi. Xalqaro mukofotlar, tech-community'lar, ta’lim tashabbuslari va O‘zbekiston startaplari global kun tartibida tez-tez paydo bo‘lmoqda.
💪 Bu jarayonda Yandex Uzbekistan kabi yirik kompaniyalar jamoalarining hissasi ham katta. Ular nafaqat mahsulotlar yaratish, balki atrofidagi IT-muhit va ekotizimni rivojlantirishga ham sarmoya kiritmoqda.

👍27❤8🔥4😁2🤝2⚡1🎉1
👨💻 Chrome foydalanuvchilarning xabarisiz kompyuterlarga 4 GB hajmli Gemini Nano modelini yuklab olmoqda.
Tadqiqotchining so‘zlariga ko‘ra, model Windows va macOS'li kompyuterlarga yuklanmoqda, eng qizig’i, o‘rnatish dasturida yoki interfeysning biror joyida bunga rozilik so‘ralmayapti. Qolaversa, modelni o‘chirib tashlash foyda bermaydi — birozdan so‘ng u yana qayta yuklanadi.
Muallifning fikricha, Google nafaqat shaffoflikka oid bir qator qonunlarni buzmoqda, balki karbonat angidrid chiqindilarining ortishi sababli ekologiyaga ham zarar yetkazmoqda. Buni hozircha faqat maxsus sozlamalar (flags) orqali o‘chirib qo‘yish mumkin.

😁82🔥12❤11👏6😢3⚡2👍1💯1🤝1
📲 iOS 27 bir oydan so‘ng namoyish etiladi. Insaydlardan yangi versiya haqida hozirda ma’lum bo‘lgan barcha tafsilotlarni to‘pladik:
— Siri uchun ChatGPT, Claude yoki Gemini modellaridan birini tanlash mumkin bo‘ladi. Yordamchining animatsiyasi o‘zgaradi — u Dynamic Island'dan chiqadi. Sun’iy intellekt uchun esa alohida ilova bo’ladi;
— “Qaydlar”, “Taqvim”, “Fotosuratlar” va “Salomatlik” ilovalari sun’iy intellekt bilan boyitiladi. Boshqa ilovalarga ham bu funksiya qo‘shilishi mumkin;
— Wallet'ga sportzal, ofis ruxsatnomalari yoki konsert chiptalarining QR kodlarini qo‘shish imkoniyati yaratiladi;
— Tizim barqarorligi va samaradorligini oshirishga katta e’tibor qaratiladi;
— iPhone 11 va SE2 yangi versiyani qo‘llab-quvvatlamaydi.

🔥46❤12👍7👏4⚡3😢2🤝1🫡1
⚡️Windows ilovalarni 40-70% tezroq ishga tushirishni boshlaydi — Microsoft oddiy vazifalarda protsessor tezligini oshirishni sinovdan o‘tkazmoqda.
WindowsLatest nashri eng so‘nggi — tizimni tezlashtirish rejimini sinab ko‘rdi. Bu funksiya brauzer yoki «Пуск» menyusi kabi muayyan ilovalar bilan ishlaganda protsessor tezligini bir necha soniyaga maksimal chastotaga oshiradi.
Barcha holatlarda bu dasturlar odatdagidan ancha tezroq ishga tushdi, shu bilan birga, quvvat sarfi ortgani kuzatilmadi, chunki tezlanish juda qisqa vaqt davom etgan.
Qizig‘i shundaki, bunday mexanizmlar Apple operatsion tizimlarida ham, Android'da ham anchadan buyon mavjud.

👍55❤19😁17👏4⚡2🔥1💯1🤝1
🛸 Pentagon NUJlar bo‘yicha maxfiy arxivni e’lon qildi. Unda «nomalum uchuvchi jismlar»ga oid jami 162 ta hujjat bor.
Materiallar o‘nlab yillar avval to‘plangan fotosuratlar, videolar, guvohlarning ko‘rsatmalari hamda maxsus xizmatlar hisobotlarini o‘z ichiga oladi. Ular yechimi topilmagan ishlar sirasiga kiradi, bu davlatning vaziyat va anomaliyalarga yakuniy baho bera olmaganini anglatadi.
Konspirologlar uchun bayram boshlandi. Arxivga kirish uchun havola.

❤60😁34👍9🔥6🤝4⚡3🤯3🎉1🫡1😡1
⚡️PlayStation 6 kelajagi mavhumligicha qolmoqda: Sony konsolni qachon va qanday narxda chiqarishni hal qila olmayapti.
Bu boradagi qaror faqat 2027-yil oxirida qabul qilinadi. Komponentlar narxining oshishi konsollar ishlab chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan bir paytda, Sony ularga 30 Gb gacha tezkor xotira o‘rnatmoqchi.

❤57😢20👍15😁8👏3⚡2🎉1
🌓 NASA aql bovar qilmas ishni amalga oshirdi: astrofotograf «Artemis II» ekipaji bilan hamkorlikda Oyning teskari tarafining o‘nlab fotosuratlarini birlashtirdi, rasm tiniqlashtirildi va tabiiy yo‘ldosh rangli tasvirda taqdim etildi.
Ekipaj kapitani Rid Uayzman Oyni astrofotograflar qo‘llaydigan uslubda, kerakli vaqtda ma’lum bir burchak ostida bir qator rasmlarini oldi. Keyinroq esa Yerda Endryu bu kadrlarni jamlab, Oy yuzasidagi mineral tuproqning ko‘zga ko‘rinmas farqlarini tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Masalan, ko‘k dog‘lar titanli bazaltlarni, qizil dog‘lar esa temir qatlamlarini anglatadi.

❤89🔥23🫡10👍9👏5⚡2🤯2