AI | DigiTech
53.2K subscribers
3.45K photos
1.67K videos
3.14K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Volkswagen foyda va talabning pasayishi sababli o‘z zavodlarida XITOY avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlashi mumkin.

Konsern 2026-yilni yomon boshladi: sof foyda qariyb uchdan birga, yetkazib berish hajmi esa 4 foizga kamaydi. Asosiy muammolar — Xitoy va AQSh'dagi sust savdo, raqobatning kuchayishi va bojlar bosimi.

Nemis gigantining o‘z elektromobillariga bo‘lgan talab keskin tushib ketgani sababli butun boshli zavodlari bekor turibdi. Ularning butunlay yopilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ulkan yo‘qotishlarni hech bo‘lmasa qisman qoplash uchun VW o‘z konveyerlarini Xitoy brendlariga ijaraga berishga tayyor.

📟 DigiTech
👍58🤯2212🫡5😡4👏32💯2👨‍💻1
⚡️Xotira inqirozi Mac mini’ga ham yetib keldi.

Endi Mac mini (M4) narxlari rasman 799 dollardan boshlanadi, chunki Apple 16+256 GB hajmga ega bazaviy versiyasini sotuvdan oldi.

Hozirda Apple Store'dagi boshlang‘ich konfiguratsiya — 16+512 GB. 2024-yilning kuzida namoyish etilganidan buyon Mac mini M4 narxi 599 dollardan boshlangan edi.

Aftidan, vaziyat bundan keyin yanada yomonlashadi.

📟 DigiTech
👍377🔥4🤯4😁3👏2🤔2🎉2💯2🫡2🤝1
⚡️Oracle bir kunda 30 000 xodimini ishdan bo‘shatib, ularni o’sha xodimlar o‘rgatgan neyrotarmoqqa almashtirdi.

IT mutaxassislaridan o‘z ishlarini to‘liq tasvirlab berish, so‘ngra bu ma’lumotlarni sun’iy intellektni o‘qitish uchun topshirish so‘ralgan. Keyin esa ularni kutilmaganda ishdan bo’shatishgan.

Shartnomalar bekor qilingani sababli ko‘pchilik xodimlarning hali muomalaga kiritilmagan aksiyalari kuyib ketdi, bu aksiyalarni rahbariyat an’anaviy mukofotlar o‘rniga bergan edi. Natijada odamlar nafaqat ish joyidan, balki o‘n minglab dollar kutilayotgan daromaddan ham ayrilishdi.

Oracle bittada juda ko’p xodimni ishdan bo’shatish bo’yicha Meta'ni ham ortda qoldirdi.

📟 DigiTech
🤯103😁1812👍11😡8😢6😨4💯32
🖼️ NASA «Artemis II» missiyasining barcha suratlarini bir saytga to’pladi — yuqori sifatdagi 12 000 ta suratlar endi hamma uchun ochiq.

Bu har qanday didga mos keladigan fon rasmlarining ulkan arxividir: u yerda Yerni orbitadan turib olingan suratlari, kosmik kema va koinotning ajoyib manzaralari mavjud.

👉 Suratlarni yuklab olish uchun havola.

📟 DigiTech
👍5720🔥84🤔1🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗺️ Kaliforniyalik yigit kuryerlarga uyini qanday topishni tushuntirishdan charchab, yo‘lni dronlar yordamida ko‘rsata boshladi.

Tom BetJorj odatda hech kim bormaydigan chekkaroq joyda yashaydi. U haydovchilarga yo‘l bo‘yidagi belgilar bilan yo‘nalish berishga ham urindi, xaritalarda manzilini to‘g‘riladi — ammo hech biri yordam bermadi.

Yechim uning o‘z ishidan — ya'ni dron-shoulardan topildi. U yuzta dronni olib, uyining tepasida kuryerlar uchun «Noto‘g‘ri burilish» va «Yo‘lingizda davom eting» kabi ko‘rsatmalar porlab turadigan qilib sozladi.

📟 DigiTech
😁147🔥20🫡1813👍86🎉3🤝1
⚡️Xakerlar Rockstar Games tizimini buzib kirib, tovon puli talab qilishdi, biroq natijada tasodifan kompaniya qiymatini bir kunda 1 mlrd dollarga oshirib yuborishdi.

Sizdirilgan arxivdan GTA Online'ga tegishli raqamlar ma'lum bo’ldi va investorlar 12 yillik eski o‘yin kuniga 1,3 mln dollar, yiliga esa 500 mln dollar daromad keltirishini bilib qolishdi.

Xakerlar o’zlari bilmay kompaniya obro’sini oshirib qo’yishdi :)

📟 DigiTech
😁21716👨‍💻11👍74👏4🤝4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕹️ Steam Controller chiqdi — kompyuterlar uchun ideal geympadni 100 dollarga olish mumkin.

Bu deyarli Steam Deck'ning o‘zi, faqat kontroller formatida: magnitli stiklar, bitta quvvatda 35 soatgacha ishlash, yuqori aniqlikdagi vibratsiya, giroskop, sensorli panellar va ko‘p tugmalar.

Eng zo‘ri: agar o‘yinlar Deck bilan mos bo‘lsa, geympad Steam'dagi barcha o‘yinlar uchun tavsiya etilgan sozlamalarni avtomatik tarzda yuklab oladi. Ya'ni, o‘yinlarning 99 foizi uni allaqachon qo‘llab-quvvatlaydi.

📟 DigiTech
👍42🔥65👏31🥰1🤝1🫡1
📲 Mana 120 hz sehrining natijasi — oddiy iPhone 17’ning o‘zi butun smartfon bozorining 6 foizini egalladi.

Counterpoint tahlilchilari yilning birinchi choragi statistikasi bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingining dastlabki uchta o‘rnini iPhone 17 turkumidagi qurilmalar egallagan.

Shuningdek, reytingdan Afrika va Lotin Amerikasida savdosi chaqqon bo‘lgan bir qator arzon Samsung smartfonlari hamda Xiaomi'ning Redmi A5 hamyonbop modeli ham o‘rin olgan. Top-10 talikda esa birorta ham Android flagmani yo‘q (lekin bir paytlar bo‘lardi).

📟 DigiTech
29👏16👍6🔥6😁4💯3🫡21
⚡️Yangi turdagi DDR6 xotira 2028-yilda chiqishi mumkin. U DDR5'dan qariyb ikki baravar tezroq bo‘ladi.

Tezlikning o‘sishi yangi arxitektura bilan bog‘liq. Agar DDR5 bir soniyada bir gigabayt ma’lumot uzatsa, DDR6 buni taxminan 0,55 soniyada bajara oladi.

Ayni paytda Samsung, SK Hynix va Micron kompaniyalari uni ishlab chiqish bilan shug‘ullanishmoqda. Yangi avlod chiplari chiqishi bilan tezkor xotira narxlari biroz pasayishi ehtimoli bor.

📟 DigiTech
👍70💯76🔥6👏32😁2🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Apple, SpaceX, NASA va Tesla'ning sobiq muhandislari tomonidan tashkil etilgan startap to‘lqin energiyasi hisobiga ishlaydigan suzuvchi ma’lumotlar markazlarini ishlab chiqdi.

Panthalassa nomli «ulkan qalqovuchlar» okeanda kema qatnov yo‘llaridan uzoqda harakatlanib, sun’iy intellekt xizmatlari faoliyatini ta’minlagan holda, ma’lumotlarni sun’iy yo‘ldoshlar orqali quruqlikka uzatib turadi.

Ularni ishga tushirish 2027-yilga rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
👍446👏63👨‍💻2🔥1🤯1🤝1😡1