AI | DigiTech
51.2K subscribers
3.36K photos
1.65K videos
3.05K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Koinotdagi internet tezligi o‘nlab barobar oshirildi: NASA «Artemis II» missiyasida lazerli aloqa tizimiga o‘tdi.

Endi ma’lumotlar an’anaviy radioto‘lqinlar o‘rniga lazer nuri yordamida uzatilmoqda. Ma’lumot uzatish tezligi soniyasiga 260 Mbitgacha yetdi.

Bu usulda allaqachon 100 GB dan ortiq ma’lumot, jumladan, yuqori sifatli fotosuratlar ham yuborilgan. Barcha suratlarni havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍7716👏115💯3🤝2🫡2
⚡️Google Chrome’da saytlar yuklanishini tezlashtiradigan va tarmoq trafigini tejaydigan funksiya paydo bo‘ladi.

Yaqin orada Google Chrome va Chromium asosidagi boshqa brauzerlar, jumladan, Edge va Vivaldi, video va audio uchun kechiktirilgan yoki «sust yuklanish» (lazy loading) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlay boshlaydi. Bu foydalanuvchilarga o‘z tarmoq trafigini tejash hamda eng ko‘p resurs talab qiladigan veb-sahifalarni ham tezda ochish imkonini beradi.

📟 DigiTech
👍66115🤝5🔥3👨‍💻2
⚡️Fransiyalik milliarder oyiga 20–30 yevro evaziga dunyoning 135 dan ortiq mamlakatida, jumladan, O’zbekistonda ham cheksiz internet taqdim etuvchi Free Max tarifli eSim'ni chiqardi.

Bunda raqam kodi Fransiyaniki bo’ladi — nazariy jihatdan internet Fransiya tarmog‘i orqali ishlaydi.

📟 DigiTech
👏15119👍19🔥9👨‍💻53🤝1🫡1
📲 Bu YouTube tarixidagi eng kulgili mualliflik huquqi shikoyati bo‘lsa kerak.

Italiyaning La7 telekanali Nvidia'ning DLSS 5 taqdimoti aks etgan rasmiy videoni YouTube’da bloklashga muvaffaq bo‘ldi. Telekanal uddaburonlik bilan Nvidia'ning rasmiy kadrlarini «o‘zlashtirib» oldi.

Avvaliga La7 Nvidia taqdimotidagi kontentni olib, o‘z materiallarida foydalangan, shundan so‘ng YouTube’ning avtomatik tizimi asl manba aynan La7 telekanaliga tegishli degan qarorga kelgan. Shu sababli Nvidia'ning rasmiy videosi bloklandi.

📟 DigiTech
😁203👍1365🔥3😡3🤔1🤝1🫡1🎄1
🌓 NASA astronavtlari yarim asr ichida birinchi marta insonning Oy atrofini aylanib chiqishini muvaffaqiyatli yakunlashdi va Yerdan 406 700 km uzoqlashib, koinotda parvoz masofasi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi.

Ayni paytda kosmik kema «erkin qaytish» trayektoriyasi bo‘ylab Yerga qaytib kelmoqda. U tortishish kuchi hisobiga harakatlanyapti — dvigatellar yoqilmagan (ular faqat holatni to‘g‘rilash uchun ishlatiladi).

Kosmik kemaning AQSh qirg‘oqlari yaqinida Tinch okeaniga qo‘nishi reja bo‘yicha 10-aprel kuni amalga oshiriladi.

📟 DigiTech
65🔥18👍10👏54😁2🫡2😇1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
♟️Amerikalik dizayner shaxmat taxtasini «qayta ixtiro qildi».

U taxtada bir yo‘la uch xil usulda o‘ynash mumkin: klassik usulda, maydondagi donalarni aralashtirgan holda, shuningdek, 3D formatda. Qolaversa, donalarni kubiklar ichiga qulay tarzda yashirib qo‘ysa ham bo‘ladi.

📟 DigiTech
👍74🔥22👏118😁6💯32👨‍💻1🤝1🫡1
🌒 Quyosh tutilishi koinotdan shunday ko‘rinadi: hodisa Artemis II missiyasining Oy yonidan uchib o‘tishi paytida tasvirga olingan.

Bundan tashqari, odatda hech kim ko‘rmaydigan Oyning orqa tomonidan Yerni ham ko‘rsatishdi.

📟 DigiTech
6931👍11🤯7🔥3🫡3🤝1
💡Xitoyliklar har qanday o‘simlikni qorong‘ida yoritishni o‘rganishdi va endi shaharlar uchun tungi yoritish tizimini yaratishmoqchi.

«Magicpen Bio» biotexnologik startapi allaqachon 20 dan ortiq o‘simlik turini, jumladan, orxideya, kungaboqar va xrizantemalarni genetik modifikatsiya qildi. Buning uchun ularga yaltiroq qo‘ng‘izlar va bioluminessent zamburug‘larning genlari kiritildi. Kelajakda bu o‘simliklar bog‘lar va boshqa jamoat joylariga ekilishi mumkin.

📟 DigiTech
👍116🤯47🔥2812👏6🎄3🤝21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Google Chrome'da nihoyat ochilgan sahifalarning foydalanuvchilar uzoq vaqtdan beri so‘rab kelayotgan vertikal ro’yxati paydo bo‘ldi.

Yangi ko‘rinishga o‘tish uchun ochilgan sahifalar panelida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, «Ochiq sahifalarni vertikal ko‘rsatish»ni tanlash kerak.

Yangilanish bosqichma-bosqich chiqarilmoqda, shuning uchun bu funksiya hali hammada ham mavjud emas.

📟 DigiTech
48👍25🔥13👏4🫡32🤯1
👨‍💻 Sem Altman kod yozishni bilmaydi. OpenAI rahbarining hamkasblari aytishlaricha, u dasturlashni tushunmaydi va oddiy atamalarda ham adashadi.

Kompaniya xodimlari va boshqa rahbarlarning so‘zlariga ko‘ra, Altman OpenAI’ni faqat boshqalarning puli va iqtidorini jalb qilish qobiliyati evaziga qurgan. Qolaversa, Sem bo‘rttirishni va xayolparastlikni yaxshi ko‘radi.

Aftidan, Altman dasturchiga aylanmaslik uchun vaybkodlashni ommalashtirayotgan ko‘rinadi)

📟 DigiTech
1👍72😁5614🔥81👨‍💻1🤝1
👨‍💻 Hamyonbop Mac yanada kuchliroq bo‘ladi: Apple MacBook Neo'ga A19 Pro chipini o‘rnatmoqchi.

Chipdan tashqari xotira ham yangilanadi — Neo'ning ikkinchi avlodi 8 GB o‘rniga 12 GB tezkor xotiraga ega bo‘lishi mumkin.

Qurilma 2027-yil bahorda chiqarilishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
🔥43👍1163😁2🤝2