AI | DigiTech
51.2K subscribers
3.36K photos
1.65K videos
3.05K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Samsung Galaxy S26 Ultra'da displey bilan bog‘liq muammolar borligini tan oldi. Foydalanuvchilar tasvirning g‘alati sifati, ko‘z charchashi va hatto bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishmoqda.

Kompaniya bunga munosabat bildirib, aprel oyida bularning barchasini tuzatishi kerak bo'lgan yangilanishni chiqarishga va'da berdi. Texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatining ta’kidlashicha, tasvirning miltillashi va buzilishi bilan bog‘liq xatoliklar dasturiy muammo bo‘lib, u yangilanish bilan bartaraf etiladi.

Biroq ko‘z og‘rig‘i masalasida hammasi ancha murakkab. Mutaxassislarning fikricha, sabab qurilmaning o‘zida, ya’ni uning «ichki» qismida yashiringan. S26 Ultra smartfonida Privacy Display funksiyasi uchun yangi piksel strukturasi (Flex Magic Panel) qo‘llanilgan — bu begonalar ekraningizga mo‘ralay olmasligi uchun kerak. Aftidan, aynan shu texnologiya ko‘zga kuchli og‘irlik beryapti va buni birgina yangilanish bilan tuzatish qiyin.


📟 DigiTech
47🤯26😁14🔥6😢54🫡4🤝3🥰1💯1👨‍💻1
Chinor Click’ga Cleo assistenti uchun sifat nazoratini avtomatlashtirish va o‘zbekcha nutqni aniqlashda qanday yordam beradi

Click bilan hamkorlik doirasida Chinor jamoasi o‘zbek nutqini aniqlash va koll-markazdagi muloqot sifatini avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish uchun nutq texnologiyalarini joriy etdi.

Loyiha natijalari:
— dialektlarni hisobga olgan holda yuqori aniqlikdagi nutqni aniqlash (Cleo AI-assistentida)
— muloqot sifatini avtomatlashtirilgan nazorat qilish
— shaffof va obyektiv baholash tizimi
— biznes vazifalariga moslashuvchan platforma

Erishilgan aniqlikka qaramay, Click real foydalanish ssenariylariga moslashish uchun muntazam ravishda model qo‘shimcha o‘qitmoqda va takomillashtirmoqda.

🔎 Batafsil

Reklama
👏18👍962💯2🤝2🔥1
🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi o’zining yangi sportkari Denza Z elektromobilini chiqardi, uni shaxsan Jeyms Bond namoyish etdi.

Kapoti ostida 1000 ot kuchiga ega uchta motor joylashgan bo‘lib, bu seriyali Porsche 911 Turbo S (650 ot kuchi) dan kuchliroqdir. Ajralib turadigan xususiyatlaridan biri — magnitoreologik osma tizimi: ya'ni amortizatorlar yo‘lga moslashib, o‘z qattiqligini juda tez o‘zgartira oladi.

Shuningdek, yonlama harakatlanish va parkovka drifti ham qo‘shilgan. Reklama kampaniyasining yuzi avval Aston Martin'ni reklama qilgan Deniel Kreyg bo’ldi. «Porsche 911 qotili» shu yozda sotuvga chiqadi.

📟 DigiTech
56🔥19👍136👨‍💻5👏1🤝1🫡1
⚡️Xitoyda bir kishi ishlaydigan kompaniyalar trendga chiqdi — qolgan barcha ishlarni sun’iy intellekt agentlari bajarishmoqda.

Alibaba ma’lumotlariga ko‘ra, platformadagi sotuvchilarning 30-40 foizini bitta xodimdan iborat kompaniyalar tashkil etadi. Mahsulot kartochkalarini yaratish, mijozlar bilan muloqot, ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish kabi vazifalarni sun’iy intellekt bajaradi.

Bunday startaplar soni kundan-kunga ortib bormoqda, tadbirkorlar ta'kidlashlaricha bu ancha foydali bo’lyapti — maosh to‘lagandan ko‘ra obuna uchun to‘lash ancha arzonroq tushadi.

Bunday kompaniyalarda korporativlar qanday bo’larkin :)

📟 DigiTech
2👍8215🔥15😢86😨5🤝3👏2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Gmail'dagi pochta manzilini endi almashtirish mumkin — Google bu imkoniyatni AQSh'dagi foydalanuvchilar uchun rasman ishga tushirdi.

Barcha eski xatlaringiz avtomatik tarzda yangi pochtaga o‘tkaziladi. Agar kimdir eski manzilga yozsa, xatlar baribir yangi pochtaga kelib tushadi. Manzilni jami 3 marta o‘zgartirish mumkin, lekin yiliga bir martadan ko‘p emas. Keyinchalik bu funksiya boshqa mamlakatlarda ham joriy etilishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👏88👍23106🤯3🫡2👨‍💻1🤝1
⚡️Apple 50 yilligini nishonlamoqda!

1976-yil 1-aprelda Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ronald Ueyn tomonidan asos solingan kompaniya kamtarona «garajdagi» startapdan dunyodagi eng qimmat korporatsiyalardan biriga aylanishgacha bo‘lgan aqlbovar qilmas yo‘lni bosib o‘tdi.

Aynan Apple kompaniyasi qulay shaxsiy kompyuterlar, raqamli musiqa, sensorli ekranlar va planshetlarni ommalashtirdi. Bugun texnogigant o‘zining ARM-protsessorlari bilan yangi trendlarni yaratmoqda va kino sanoatini muvaffaqiyatli zabt etyapti. Tim Kuk esa kompaniyani uning afsonaviy asoschisi Stiv Jobsdan ham uzoqroq vaqt davomida boshqarib kelmoqda.


📟 DigiTech
🎉75👏15138🔥6👍5😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Telegram navbatdagi yirik yangilanishni chiqardi — ilova 12.6-versiyagacha yangilandi. Eng asosiysi, bepul foydalanuvchilar ham sinab ko‘rishi mumkin bo‘lgan sun’iy intellektga asoslangan xabar tahrirlash funksiyasi paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari:

› Telegramning norasmiy (Telega kabi) ilovalari foydalanuvchilari haqida ogohlantirish paydo bo‘ldi;
› So‘rovnomalar uchun 10 dan ortiq yangi funksiya qo‘shildi;
› Live va Motion formatidagi fotosuratlar nativ tarzda qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi;
› Endi iPhone'da o‘rnatilgan hujjatlar skaneri mavjud;
› Telegram Bot API yangilandi.

📟 DigiTech
🔥5016👍11👏32🤓2👨‍💻2🤝2🫡2🥰1
🚀 Insoniyat yana Oyga parvoz qildi: o‘tgan tun NASA so‘nggi 54 yildagi ilk boshqariladigan parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

10 kunlik missiya doirasida uch nafar AQSh va bir nafar kanadalik astronavt «Orion» kemasida Oyni aylanib chiqib, ortga qaytishadi. Shuningdek, ular Yerdan taxminan 410 000 km masofaga uzoqlashib, «Apollon-13»ning tarixiy rekordini yangilashadi.

Missiyaning asosiy maqsadi – 2028-yilga rejalashtirilgan Oy yuzasiga qo‘nish oldidan tayyorgarlik holatini sinovdan o‘tkazishdir.

📟 DigiTech
👍8013👏114🔥3💯2🫡2👨‍💻1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️«Microsoft» hatto koinotda ham ishdan chiqyapti. Artemis II Oy missiyasi jamoasi parvozdan bir necha soat o‘tib, Outlook pochtasi buzilib qolganini ma’lum qildi.

Hozirda servisni tiklashga harakat qilishmoqda. Bundan oldin esa, kosmik kema uchishi bilanoq parvozning barcha 10 kuniga mo‘ljallangan yagona hojatxona buzilib qolgan edi. Yaxshiyamki, NASA uni tuzatilgani haqida allaqachon hisobot bergan.

Ko‘rinishidan, insoniyat og‘ir kosmik kunlarga hali to‘liq tayyor emas.

📟 DigiTech
🔥65😁52💯972👏2👍1👨‍💻1🫡1
⚡️ChatGPT nafaqat dasturchilar, balki fermerlar, uchuvchilar, shifokorlar va barcha «haqiqiy» kasb egalarining o‘rnini egallashga tayyorlanmoqda.

OpenAI Handshake AI startapi orqali turli sohalardan 4000 nafar frilanserni ishga yolladi. Ular sun’iy intellektga o‘z sohalarida qanday to‘g‘ri ishlash kerakligini tushuntirishmoqda: hujjatlar, ssenariylar berib, real ish vazifalarini bajarishga o‘rgatishyapti.

Noyob tajriba uchun mo‘may haq to‘lanmoqda: to’lov soatiga 50 dollardan boshlanadi, eng malakali mutaxassislarga esa soatiga 500 dollargacha to‘lashyapti.

📟 DigiTech
🤯104👍2410🔥7😁6😢43🤓2🎉1👨‍💻1🤝1
🧠 Fotografik xotirani mashq qilamiz: rangni eslab qolib, qayta takrorlash kerak bo‘lgan bepul brauzer o‘yini chiqdi.

Jahon reytingi, bir nechta o‘yin rejimi va kun rangi bor. Shuningdek, oddiy yoki professionallar uchun murakkablik darajasini tanlash mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
37👍197👏4🔥2🤯2🤝2
🔋 Xitoy powerbank'lar uchun yagona xavfsizlik standartlarini joriy etadi. Bu narxlarning taxminan 30 foizga oshishiga olib kelishi mumkin.

2027-yil 1-apreldan boshlab barcha yangi powerbank’lar igna bilan teshib ko‘rilganda yonmasligi, bir soat davomida 135°C haroratga bardosh berish, shuningdek, tushib ketish va boshqa mexanik shikastlanishlarga chidamlilik bo‘yicha sinovdan o‘tkazilishi shart bo‘ladi.

Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilarga qayta tiklangan batareyalardan foydalanish taqiqlanadi.

📟 DigiTech
🤝72👍2112🤯8🔥64👏4🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Koinotda iPhone'da videolar suratga olindi.

Artemis 2 missiyasi ekipaji Oyga nafaqat ilmiy uskunalar, balki yangi iPhone 17 Pro Max bilan ham birga uchib ketgan.

Missiya allaqachon muhim marrani zabt etdi: NASA 1972-yildan beri odamlar ilk bor sayyoramiz orbitasini rasman tark etganini tasdiqladi. «Orion» kosmik kemasi asosiy manyovrni muvaffaqiyatli amalga oshirib, xavfsiz qaytish trayektoriyasiga o‘tdi.

📟 DigiTech
🔥8112👍10😁7🤯43🫡3👏2🤓2🤝2