AI | DigiTech
51.1K subscribers
3.36K photos
1.65K videos
3.05K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📲 Zumer qiz yoshligidan ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib qolgan va endi buning uchun Meta hamda YouTube'dan 3 MILLION dollar tovon puli oladi — bu G‘arb OAVlarining barchasi muhokama qilayotgan shov-shuvli sud ishidir.

20 yoshli Keyli sudga 6 yoshidan YouTube'da videolar ko‘rishni, 9 yoshidan esa Instagram'ga kirishni boshlaganini ma’lum qildi. U o‘zidagi bezovtalik va tushkunlikda kompaniyalarni aybladi.

Sud kontentni emas, aynan dizayn va algoritmlarni ko‘rib chiqdi — yakunda sudya platformalar odamni o‘ziga bog‘lab qo‘yish uchun atayin ishlab chiqilgan degan xulosaga keldi.


Endi Sukerberg qizga 2,1 million dollar, Google esa qo‘shimcha 900 000 dollar to‘lashi kerak. Bundan tashqari kompaniyalar yana qo’shimcha 3 million dollar jarima ham to‘lashlari kerak. Bu juda shov-shuvli ish bo‘lib, sudlarda shunga o‘xshash mingga yaqin da’vo arizalari mavjud.

📟 DigiTech
😁219🔥2623🤯18👍7👏6🤓32🤔1🫡1
🖼️ Nano Banana 2 yordamida arxiv suratlarni tiklaymiz. Sun’iy intellekt rasmni shikastlangan joylarini tiklab, tasvirni rangli va tiniq qiladi.

Prompt:
"prompt": "Restore and enhance the provided image in full color. Preserve original identity, facial structure, proportions, and composition. High-fidelity photo restoration, ultra-realistic, natural skin texture, accurate details, professional photographic look. 4K output, sharp but natural focus, modern cinematic lighting, subtle volumetric lighting, professional color grading, depth of field, HDR. Shot on Arri Alexa, raw photo aesthetic, masterpiece. No borders, no frames, no overlays, no text, no watermarks, no UI elements. Avoid creative reinterpretation, style change, face reshaping, exaggerated features, cartoonish, painting, illustration, over-sharpening, plastic skin, blur, noise, film grain, jpeg artifacts, distortion, bad anatomy, overexposed or underexposed, washed out colors.",
"steps": 30,
"cfg_scale": 6.5,
"denoising_strength": 0.45,
"upscaler": "4x_NMKD_Siax_200k",
"target_resolution": "4K"


👉 @TechChatGPT_bot da bepul sinab ko’rish mumkin.

Rasm birnecha daqiqada generatsiya qilinadi.

📟 DigiTech
👏9221🔥10👍6🤯65😢5💯1🤓1
🚀 NASA Marsga yadroviy dvigatelga ega dunyodagi ilk kosmik kemani jo‘natadi va Oyda «uzoq muddatli faoliyat» uchun baza quradi.

«SR-1 Freedom» kemasi 2028-yilda uchiriladi. U suv izlash va hudud xaritasini tuzish uchun Ingenuity turidagi uchta kosmik dronga ega kapsulani sayyora sirtiga tashlaydi, shundan so‘ng tadqiqot parvozini davom ettira oladi.

Baza qurilishiga kelsak, hozircha aniq muddatlar belgilanmagan, biroq dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bunga yetti yil va 20 milliard dollar talab etiladi.

📟 DigiTech
👍5516🔥153🫡3👏2🤝1
🧠 Neyrobiologiyada inqilob: olimlar ilk bor inson miyasining rivojlanish atlasini tuzishdi. Olimlar 30 million hujayraning genetik ma’lumotlarini tahlil qilib chiqishdi — bu o‘nlab kasalliklarga qarshi kurashishga yordam beradi.

Jon Hopkins universiteti olimlari autizm, shizofreniya va shunga o‘xshash boshqa kasalliklarga olib keluvchi genlardagi o‘zgarishlarni kuzatishni o‘rganishdi. Endi ularni miyaning shakllanish bosqichidayoq aniqlash rejalashtirilmoqda.

Barcha ma’lumotlar ochiq manbaga joylashtirildi. Endi butun dunyodagi mustaqil tadqiqotchilar Altsgeymer kasalligiga davo izlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📟 DigiTech
🔥80👍2514🫡53👏2💯1🤝1
⚡️AQSh universitetlarida og‘zaki imtihonlarga qaytishmoqda: sun’iy intellekt tufayli talabalar mustaqil fikrlamay qo‘yishdi.

Talabalar neyrotarmoqlar yordamida esse yozishni puxta o‘rganib olishdi, mustaqil fikrlashni esa yoddan chiqarishdi. Amerikalik professorlar shunday xulosaga kelib, endilikda yozma ishlardan voz kechib, eski an’ana — yuzma-yuz suhbatlashish usuliga qaytmoqdalar.

Talabalar benuqson yozilgan matnlarni topshirishadi-yu, ammo materialni tushuntirib berish so‘ralganda, ikki og‘iz so‘zni bir-biriga bog‘lay olishmayapti. O‘qituvchilar bundan havotirda: yoshlar kognitiv ko‘nikmalar va tanqidiy fikrlash qobiliyatini yo‘qotmoqda.


Universitetlar (jumladan, Kornell va Nyu-York universiteti) og‘zaki imtihonlarni joriy etmoqda. Uning shakllari turlicha: 4 daqiqalik blits-so‘rovlardan tortib, yarim soatlik suhbatlargacha.

📟 DigiTech
👏14919👍18💯11😁8🔥7🫡61🤓1🤝1
⚡️PlayStation 5 narxi birdaniga 100 dollarga qimmatlashadi — Sony butun dunyo bo‘ylab konsollar narxini oshirmoqda.

2-apreldan boshlab bazaviy PS5 narxi 650 dollar, disk o’qimaydigan versiyasi 600 dollar, PS5 Pro esa 900 dollar bo’ladi.

Olishni o’ylab yurgan bo’lsangiz hozir ayni vaqti, chunki bizda narx bundan ham qimmatlashishi mumkin.

📟 DigiTech
😢8312🤯12👍7🔥5🫡42👏2😁2🤝2🥰1
👨‍💻 Mac Pro davri o’tdi

Apple o‘z saytidan kompyuter sahifasini olib tashladi — endi uni xarid qilib bo‘lmaydi. Kompaniya 9to5Mac nashriga bergan xabarida Mac Pro'ning ishlab chiqarilishi to‘xtatilganini tasdiqladi.

So‘nggi yillarda Mac Pro o‘rnini ancha ixcham bo‘lgan Mac Studio egallab kelmoqda. Uning top konfiguratsiyalari kompaniyaning maxsus Max va Ultra versiyadagi chipsetlari bilan jihozlangan.

800 dollarlik g‘ildirakchalar ham saytdan g’oyib bo’ldi.

📟 DigiTech
😢77👏239🤯93👍3💯3🫡3😁2🤝1🎄1
⚡️Google'ning TurboQuant nomli yangi ma’lumotlarni siqish texnologiyasi xotira qurilmalari ishlab chiqaruvchilari orasida vahimaga sabab bo’ldi.

TurboQuant katta til modellarining (LLM) ishlashi uchun zarur bo‘lgan xotira hajmini 6 barobarga qisqartirish imkonini beradi. U oldingi hisob-kitoblar bilan yig’ilgan keshni mohirona qisqartirib, tizimni ikki tomonlama ishlashdan xalos qiladi.

Bu fond bozorida investorlarni sarosimaga tushirdi. Sun’iy intellektlar bumi davrida gullab yashnayotgan — Samsung, SK Hynix, Micron va Kioxia aksiyalari 10–15 foizga tushib ketdi. Mantiq oddiy: agar neyrotarmoqlar endi kamroq operativ xotira talab qilsa, demak, o‘ta qimmat xotira chiplari savdosi pasayadi.

📟 DigiTech
👏1472821👍17🎉7🔥3👨‍💻3🤝2
🕹️ GTA VI’ni chiqishidan oldin o‘ynashning yagona imkoniyati paydo bo‘ldi — Rockstar faol ravishda sinovchilarni yollashni boshladi, bu uchun hatto pul ham to’lashadi.

Arizalar 18-aprelgacha qabul qilinadi. Shundan so‘ng pleytestlar boshlanadi. Talablar: o‘yin tajribasiga ega bo‘lish va 18 yoshdan katta bo’lish. Lekin buning uchun Hindistonga borishga to’g’ri keladi)

Ushbu havola orqali ariza qoldirish mumkin.

📟 DigiTech
👍65😁47146👏3🔥2🤝2😡2🫡1
⚡️Operativ xotira narxlari tushishni boshladi — bir necha oy deganda birinchi marta AQSh do‘konlarida xotira narxi arzonlashdi.

Bu pasayish Google TurboQuant haqidagi yangiliklar fonida yuz bermoqda. Masalan, Corsair Vengeance DDR5 32GB’ni hozir 380 dollarga olish mumkin, vaholanki, atigi bir hafta oldin bu plankalar uchun 490 dollar so‘ralayotgan edi. 16 GB'li modullar narxi ham tushgan: tarixiy maksimal 260 dollardan 220 dollargacha.

Rahmat Google.

📟 DigiTech
🔥128👍3413👏7😁53🤯2🤝2😢1💯1
🤖 Xitoy armiyasi «jamoaviy fikrlash»ga ega jangovar robotlarni ishlab chiqdi.

Robotlar to‘dasi o‘zaro sinxron tarzda qayta ishlanadigan axborotni uzluksiz almashish qobiliyatiga ega, bu esa to‘da a’zolari bir-biridan uzoqlashgan taqdirda ham vaziyat haqida ma’lumot to‘plash imkonini beradi.

Umumiy «miya» robotlarga mustaqil ravishda harakatlarni muvofiqlashtirishga yordam beradi: ba’zilari razvedka yoki logistika uchun, boshqalari esa nishonlarni yo‘q qilish uchun xizmat qiladi.

Ta’kidlanishicha, robotlar inson tasdig‘isiz hujum qila olmaydi.

📟 DigiTech
🤯89🔥13106👍5👨‍💻5🫡5🤝3😁1
👨‍💻 YouTube desktop versiyasidan pauza tugmasini olib tashladi. Endi videoni to‘xtatish uchun uning o‘ziga bosish kerak.

Odatdagi pauza tugmasi o‘rnida endi «Ulashish» tugmasi turibdi. Ko‘rinishidan, bu foydalanuvchilar odat bo‘yicha pastki chap burchakka bosib, repostlar statistikasini oshirishlari uchun qilingan.

Yangilanish hozircha ayrim foydalanuvchilarga yetib borgan, ammo hali ommalashgani yo‘q. Umid qilamizki, shundayligicha qoladi.

📟 DigiTech
🤯72😁26👍1613😡93👏3🎉1💯1🤝1
⚡️Samsung Galaxy S26 Ultra'da displey bilan bog‘liq muammolar borligini tan oldi. Foydalanuvchilar tasvirning g‘alati sifati, ko‘z charchashi va hatto bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishmoqda.

Kompaniya bunga munosabat bildirib, aprel oyida bularning barchasini tuzatishi kerak bo'lgan yangilanishni chiqarishga va'da berdi. Texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatining ta’kidlashicha, tasvirning miltillashi va buzilishi bilan bog‘liq xatoliklar dasturiy muammo bo‘lib, u yangilanish bilan bartaraf etiladi.

Biroq ko‘z og‘rig‘i masalasida hammasi ancha murakkab. Mutaxassislarning fikricha, sabab qurilmaning o‘zida, ya’ni uning «ichki» qismida yashiringan. S26 Ultra smartfonida Privacy Display funksiyasi uchun yangi piksel strukturasi (Flex Magic Panel) qo‘llanilgan — bu begonalar ekraningizga mo‘ralay olmasligi uchun kerak. Aftidan, aynan shu texnologiya ko‘zga kuchli og‘irlik beryapti va buni birgina yangilanish bilan tuzatish qiyin.


📟 DigiTech
47🤯26😁14🔥6😢54🫡4🤝3🥰1💯1👨‍💻1
Chinor Click’ga Cleo assistenti uchun sifat nazoratini avtomatlashtirish va o‘zbekcha nutqni aniqlashda qanday yordam beradi

Click bilan hamkorlik doirasida Chinor jamoasi o‘zbek nutqini aniqlash va koll-markazdagi muloqot sifatini avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish uchun nutq texnologiyalarini joriy etdi.

Loyiha natijalari:
— dialektlarni hisobga olgan holda yuqori aniqlikdagi nutqni aniqlash (Cleo AI-assistentida)
— muloqot sifatini avtomatlashtirilgan nazorat qilish
— shaffof va obyektiv baholash tizimi
— biznes vazifalariga moslashuvchan platforma

Erishilgan aniqlikka qaramay, Click real foydalanish ssenariylariga moslashish uchun muntazam ravishda model qo‘shimcha o‘qitmoqda va takomillashtirmoqda.

🔎 Batafsil

Reklama
👏18👍962💯2🤝2🔥1
🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi o’zining yangi sportkari Denza Z elektromobilini chiqardi, uni shaxsan Jeyms Bond namoyish etdi.

Kapoti ostida 1000 ot kuchiga ega uchta motor joylashgan bo‘lib, bu seriyali Porsche 911 Turbo S (650 ot kuchi) dan kuchliroqdir. Ajralib turadigan xususiyatlaridan biri — magnitoreologik osma tizimi: ya'ni amortizatorlar yo‘lga moslashib, o‘z qattiqligini juda tez o‘zgartira oladi.

Shuningdek, yonlama harakatlanish va parkovka drifti ham qo‘shilgan. Reklama kampaniyasining yuzi avval Aston Martin'ni reklama qilgan Deniel Kreyg bo’ldi. «Porsche 911 qotili» shu yozda sotuvga chiqadi.

📟 DigiTech
56🔥19👍136👨‍💻5👏1🤝1🫡1