AI | DigiTech
51K subscribers
3.36K photos
1.65K videos
3.05K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎾 Xitoylik talabalar robotga bor-yo‘g‘i besh soatlik videolar orqali, tennis o‘ynashni o‘rgatishdi.

Albatta, u professional o‘yinchilar bilan bellasha olmaydi, biroq yangi boshlaganlarga qarshi to‘plarni 90% aniqlik bilan qaytaradi.

📟 DigiTech
56🔥31👏14👍65
📱FnNews: Samsung jiddiy inqirozga duch keldi.

Yarimo‘tkazgichlar narxi va logistika bilan bog‘liq muammolar sababli kompaniyada «favqulodda holat rejimi» e’lon qilingan. MX (mobil qurilmalar bo‘limi) Samsung tashkil etilganidan beri ilk bor, hatto Galaxy S26 seriyasi rekord darajada sotilganiga qaramay, zarar ko‘rishi mumkin. Bunga yarimo‘tkazgichlar narxining keskin ko‘tarilishi sababli rentabellikning pasayib ketgani sabab bo‘lmoqda. FnNews nashrining xabar berishicha, bir yil ichida ularning narxi 850 foizga oshgan.


Ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya barcha bo‘linmalariga xarajatlarni 30 foizga kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan, bu esa, shubhasiz, kompaniya qurilmalaridagi innovatsiyalar soniga ta'sir ko‘rsatadi.

📟 DigiTech
🤯7311😨115👍3👨‍💻3🔥2🤔2🫡2😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Robotlar ma’lumotlar markazlarini qo‘riqlashni boshladi: bir qator kompaniyalarda ular oddiy qo‘riqchilarning o‘rnini egallashdi, chunki bu arzonroq tushadi.

Boston Dynamics kompaniyasining Spot robotlari kameralar va sensorlari yordamida hududni nazorat qiladi, odam esa qo‘riqlash xonasidan shunchaki monitorlarni kuzatib turadi.

📟 DigiTech
👍40👏108🤯3🫡2🤝1
📲 Internetda matnni o’zbek tilidan zumerlar tiliga tarjima qiladigan sayt paydo bo‘ldi.

U orqali istalgan matnni zumerlarning klassik yozishmalariga aylantirish mumkin. Saytdan oddiy tarjimon sifatida foydalanish ham mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
😁28410🤯73🫡3👏2💯2👨‍💻2😡2👍1
🚘 BMW Neue Klasse uslubidagi yangi i3 2027 elektromobilini namoyish etdi.

Avtomobil 469 ot kuchiga ega ikkita elektr motor, bir zaryadda 700 km masofani bosib o’tishga yetadigan batareya va tezkor quvvatlash funksiyasiga ega bo‘ldi — 10 daqiqalik quvvat 400 km yo‘l bosish uchun yetarli.

Shuningdek, haydovchining nigohi va gavdasi kabi asosiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilib, boshqaruvni avtomatik tarzda o‘z zimmasiga oladigan «simbiotik» yordamchi tizimi ham mavjud.

Ishlab chiqarish avgust oyida kompaniyaning Myunxendagi zavodida boshlanadi. Narxi hozircha ma’lum emas, lekin 60 000 dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
😢10624👍21😁5👏4👨‍💻4🤯3🔥2🫡2😡1
📱Samsung Galaxy S26 Ultra'ni qaytarib bermasliklari uchun mijozlariga pul to‘lamoqda.

Bir yigit smartfonni qaytarish uchun texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qildi, unga qaytarish fikridan voz kechib, telefonni o‘zida qoldirishi uchun 250 dollar taklif qilishdi.

📟 DigiTech
😁154👏30👍12🤯9😨87🤔3🎄2🫡1
⚡️MSI videokartalar narxini rasman 30 foizga oshirmoqda. Kompaniya, shuningdek, ularni ishlab chiqarishni qisqartiradi.

Barchasiga chiplarga bo‘lgan talabni qondira olmayotgan Nvidia aybdor qilinmoqda. Mavjud zaxiralar faqat bir necha oyga yetadi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu yil ular uchun tashkil etilganidan beri eng yomoni bo‘lishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯56😢14👍83😨3💯2👨‍💻2🫡2
👨‍💻 Apple vaybkoderlar bilan kurashishni boshladi: Replit va Vibecode kabi ilovalarga yangilanishlar chiqarish taqiqlandi.

Ular App Store qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda. Bu kabi xizmatlarga Apple qurilmalari uchun kod yozishni taqiqlashlari va ilova ichidagi loyihalarni oldindan ko‘rishni cheklashlari mumkin.

Shu bilan birga, Apple aynan «vayb kodlash» ilovalari uchun alohida taqiq joriy etilmaganini ma’lum qilgan. Biroq, amalda dasturchilar moderatsiyadan o‘tish uchun o‘z servislarining ish mexanizmini o‘zgartirishga yoki ba’zi funksiyalarni olib tashlashga majbur bo‘lmoqda.

📟 DigiTech
👏46👍1410🤯6😡4🤝3😢2👨‍💻2🫡2
⚡️Avstraliyaliklar dunyodagi birinchi kvant akkumulyatorini yaratishdi — u bir zumda quvvatlanadi.

Avstraliyalik olimlar yaqingacha ilmiy fantastikadek tuyulgan narsani, ya’ni kvant akkumulyatorining ilk ishlaydigan prototipini namoyish etishdi. Bu shunchaki nazariya emas — qurilma allaqachon zaryadlanishi, energiya saqlashi va uni uzatishi mumkin.

Bu yerdagi eng asosiy «vau effekt» – tezlikda: batareya lazer yordamida zaryadlanadi, buning uchun esa atigi femtosoniyalar kifoya. Hozircha energiya saqlanishi faqat bir necha nanosoniya davom etadi, lekin bu ham zaryadlash jarayonining o‘zidan millionlab marta uzoqroqdir. Qolaversa, tadqiqotchilar o‘ta g‘ayrioddiy holatni aniqlashdi: bunday kvant batareyasi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik tez zaryad oladi.


«Bir zumda quvvatlanadigan» smartfon, elektromobillar va powerbank'largacha hali ancha bor. Hozircha bu faqat kichik konsept bo‘lib, asosiy muammo zaryadni bir necha nanosoniyadan ko‘proq vaqt ushlab turishdir. Lekin shuni o’zi ham kvant texnologiyasidagi katta inqilob.

📟 DigiTech
🤯120👍3418🔥14🫡4👏2🤝2💯1👨‍💻1
📲 Android'da tekshirilmagan manbalardan ilovalarni o‘rnatish uchun 24 soatlik «kutish davri» joriy etiladi.

Bu chora firibgarlarga qarshi kurash bilan izohlanmoqda. APK faylni o‘rnatish uchun dasturchi rejimini yoqish, o‘z ixtiyoringiz bilan harakat qilayotganingizni tasdiqlash, bir kun kutish va so‘ng o‘rnatishni biometrik ma’lumot yoki PIN-kod yordamida qayta tasdiqlash kerak bo‘ladi.

Ushbu jarayon bir martalik bo‘lishi va avgust oyida ishga tushirilishi va’da qilinmoqda.

📟 DigiTech
🤯87👍4012😢6🔥4😁4🤝4💯3🫡3👏2👨‍💻2
⚡️AQSH hukumati aliens.gov domenini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Whois xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zga sayyoraliklarga bag‘ishlangan ushbu domen 2026-yil 17-martda ro‘yxatdan o’tkazilgan. Hozircha u birorta saytga yo‘naltirmaydi. Ma’lumot uchun: .gov zonasidagi domenni faqat davlat tashkilotlari olishi mumkin.

Avvalroq Tramp Pentagonning o‘zga sayyoraliklar haqidagi maxfiy ma’lumotlariga bir necha bor ochiq izoh bergan, biroq uning aytishicha, «o‘zga sayyoraliklar mavjud yoki mavjud emasligini bilmaydi».

📟 DigiTech
46😁33🤯11👍10👏8💯3👨‍💻3🎄3🔥2🤔1🫡1
⚡️Microsoft foydalanuvchilarning shikoyatlari bo’yicha Windows 11'ni «tuzatadi»: jonga tegadigan yangilanishlarni o‘chirib qo‘yishga ruxsat beradi va tizimni barqarorlashtiradi.

Yangilanishlarni istalgan muddatga to‘xtatib turish hamda kompyuterni ularni majburan o‘rnatmasdan o‘chirish/qayta ishga tushirish, «Vazifalar paneli»ning joyini o‘zgartirish va keraksiz sun’iy intellekt funksiyalarini o‘chirib qo‘yish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, «Fayl boshqaruvchisi» va «Пуск» menyusi ishlashi tezlashtiriladi.

Dastlabki o‘zgarishlar yaqin orada joriy etiladi va operatsion tizimni optimallashtirish ishlari butun 2026-yil davomida olib boriladi.

📟 DigiTech
👍5220👏5🔥4👨‍💻3🤝3💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📃 Google Drive'da hujjatlar skaneri paydo bo‘ldi — u konspektlar, ekrandagi taqdimot yoki hatto kitobni tezda raqamlashtirishga yordam beradi.

U avtomatik tarzda ishlaydi: ilova kamera orqali sahifalarni o‘zi topib, masshtab va perspektivani moslashtiradi.

Funksiyani allaqachon iOS va Android qurilmalarida sinab ko‘rish mumkin.

📟 DigiTech
52👍32🔥10🤯5👏4🫡21🤝1
💿 2006-yilda chiqarilgan afsonaviy Nokia N91 bugungi kunda ham ko‘pchilikni hayratga soladigan xususiyatga ega edi — tarixdagi eng kichik HDD disk.

O‘sha paytlarda flesh-xotira juda qimmat, microSD kartalarning hajmi esa yetarli emas edi, shu sababli ajoyib musiqiy flagman yaratmoqchi bo‘lgan finlar yaponlarning Toshiba kompaniyasiga murojaat qilishgan. Yaponlarda bunga yechim topildi: 4 va 8 GB hajmli kichik qattiq disk.

2006-yil me’yorlari bo‘yicha bu juda katta hajm edi: o‘sha toifadagi raqobatchilar hatto 512 MB xotirani ham kamdan-kam hollarda taklif qilishgan.

📟 DigiTech
85👍53🔥20🤓9🫡7🤯4👨‍💻2🤝2