AI | DigiTech
51K subscribers
3.36K photos
1.65K videos
3.05K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📱Xitoyning Dreame kompaniyasi yangi Vertu'ga aylanishga qaror qildi va oltin hamda qimmatbaho metallar bilan bezatilgan hashamatli smartfonlarni namoyish etdi.

Tayyor modelni (aytgancha, bular qayta ishlangan ZTE smartfonlaridir) sotib olish ham, maxsus modelga buyurtma berish ham mumkin — taxminan bir oyda tayyorlab berishadi, narxlar esa 70 000 yuandan (10 000 dollar) boshlanadi.

Hozircha bunday hashamatli smartfonlar faqat Xitoy bozoriga mo‘ljallangan. Boshqa mamlakatlar uchun esa oddiyroq modellar chiqariladi.

📟 DigiTech
😁85👍127🤯4👨‍💻2😨2🔥1👏1🤝1
🧠 Olimlar miyani hech qanday asoratlarsiz muzlatishni o‘rganishdi: ular sichqonlar gippokampini eritib, uning faoliyatini tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.

Tadqiqotchilar to‘qimalarni -130°C dan ham past haroratgacha sovutdilar, natijada hujayralardagi suv bir zumda shishasimon holatga o‘tdi. Bu tirik hujayralarni yemiradi­gan muz kristallarining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi.

Muzdan eritilgach, to‘qimalardagi barcha faollik tiklandi: sichqonlarning neyronlari deyarli odatdagidek ishladi.

📟 DigiTech
86🤯56👍157😨5🔥2😁2🤔2👏1
⚡️Samsung Galaxy S26 smartfoni 40 GB dan ortiq xotirani egallaydigan oldindan o‘rnatilgan dasturlar uchun tanqid qilinmoqda.

Android Authority nashri jurnalistlari Samsung Galaxy S26 Ultra smartfonini sinovdan o‘tkazib, unda ko‘plab begona ilovalar borligiga e’tibor qaratishdi. Qurilmaning premium maqomiga qaramay, ishlab chiqaruvchi dastlabki sozlash bosqichida voz kechib bo‘lmaydigan dasturlarni oldindan o‘rnatib qo‘ygan.

Smartfonda zavoddan o‘rnatilgan Facebook va Instagram, Microsoft ilovalar to‘plami (M365 Copilot, OneDrive, LinkedIn, Outlook) hamda Spotify mavjud. Tizim fayllari va majburiy Google servislari bilan birga bu kontent 512 GB xotiraga ega versiyada, foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari yuklanmasidanoq 40 GB dan ortiq joyni egallaydi.

1300 dollarga flagman sotib olasiz, ichi bo‘lsa 40 GB keraksiz narsaga to‘la bo‘ladi)

📟 DigiTech
👏121🤯4215😁1512😢6👍5🎉3🤔2💯2👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 2025-yilda eng ko’p haq olgan aktyor 59 yoshli Adam Sendler bo‘ldi. U mashhur komediya «Baxtli Gilmor»ning davomi hamda «Jey Kelli» filmi (ikkalasi ham Netflix'niki) uchun bir yil ichida 48 mln dollar ishlab topdi.

Top-5 ga esa quyidagilar kirdi:
- Tom Kruz: 46 mln dollar
- Mark Uolberg: 44 mln dollar
- Skarlett Yoxansson: 43 mln dollar
- Bred Pitt: 41 mln dollar

Sendler 2023-yilda ham ro‘yxatda yetakchilik qilgan edi, biroq 2024-yilda uncha muvaffaqiyatli bo‘lmagan premyeralar sababli birinchilikni Dueyn Jonsonga boy berib, endi esa yana o‘z o‘rnini qaytarib oldi.

📟 DigiTech
👏5520👍14🤯3🤝32🔥1😁1🫡1
⚡️Dasturchi ChatGPT yordamida o‘z itini saratondan qutqarib qoldi: chat-bot eng samarali davolash rejasini tuzishga ko‘maklashdi.

Yigit o‘zining Rouzi laqabli itini davolashga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinishlaridan so‘ng botga murojaat qildi. Bot esa mRNK-vaksinalarini tavsiya qilib, kerakli jihozlarga ega laboratoriyalarni topib berdi.

So‘ngra ChatGPT Google AlphaFold xizmati bilan birgalikda itning DNKsini o‘rganish, muammoli oqsillarni aniqlash va samarali dori-darmonlarni tanlashga yordam berdi.

Yigit barcha ma’lumotlarni shifokorlarga topshirdi va ular Rouzi uchun maxsus vaksina yaratishdi. Bir necha haftalik davolash kursidan so‘ng uning o‘simtalari 50 foizga kichraydi.

📟 DigiTech
94👍41🤯13🔥9👏8🤝3🫡3🤓1👨‍💻1🎄1
⚡️BYD 12 daqiqada deyarli to’liq quvvatlanadigan elektromobilni namoyish etdi.

Xitoyning BYD avtokonserni o‘tgan yili Tesladan o‘zib ketib, dunyodagi eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisiga aylangan edi. Endi esa Yevropaning lyuks avtomobillar bozorida Porsche va BMW bilan raqobatlashmoqchi.

Kompaniya Denza brendi ostida Z9GT premium elektromobilini namoyish etdi. U atigi besh daqiqada 70 foizgacha, 12 daqiqada esa deyarli to‘liq quvvatlanishi mumkin, hatto -30 °C gacha bo‘lgan sovuqda ham.


Model bir to’liq zaryadda 800 km masofani bosib o’tadi, BYD ushbu avtomobil sotuvini yaqin orada Yevropada boshlashni rejalashtirmoqda, biroq uning aniq narxi hozircha ma’lum qilinmadi.

Agar bu texnologiya amalda o‘zini oqlasa, elektromobilni quvvatlantirish deyarli oddiy avtomobilga yonilg‘i quyish kabi tez va qulay bo‘lishi mumkin.

📟 DigiTech
👏87🤯4817👍7🔥3👨‍💻3💯1🤝1🫡1
🛵 Yamaha xavfsizlik yostiqchasiga ega dunyodagi ilk seriyali skuterni chiqaradi.

Tricity 300 2026 to‘qnashuvni aniqlash tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u avariya sodir bo‘lganda xavfsizlik yostiqchasini rul ostidan chiqaradi. Sinovlar yostiqchalardan foydalanish hayot uchun xavfni 30 baravargacha kamaytirishini ko‘rsatdi.

Sotuvlar kelasi chorakda boshlanishi rejalashtirilgan, narxi hozircha noma’lum, ammo Tricity 300'ning joriy modeli taxminan 10 000 dollar turadi.

📟 DigiTech
50👏21💯8🤯7👍5🔥3🫡2😡2😢1🎄1
📱Smartfonlar o‘tmishga qaytishi mumkin: 90 hz ekran va «tomchi» dizayn yana qaytadi.

Insayder Digital Chat Station'ning ma’lum qilishicha, ehtiyot qismlar inqirozi Xitoy brendlarini eski 90 hz chastotali ekranlar va tomchisimon dizayndagi smartfonlarni ishlab chiqarishga qaytishga majbur qilgan.

Komponentlar qimmatlashgani tufayli ishlab chiqaruvchilar yo smartfonlar narxini oshirish, yo qurilmalarning o‘zini arzonlashtirish yo‘lini tanlashiga to‘g‘ri kelmoqda. Aksariyat kompaniyalar eski texnologiyalarga qaytgan holda, ikkinchi variantni tanlamoqda.

📟 DigiTech
😢76👍1510🤝4🔥2🤯2😡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nvidia DLSS 5'ni namoyish etdi

Endi neyron tarmoq nafaqat kadrlar tezligini (fps) oshiradi, balki real vaqt rejimida fotorealistik kadrlarni ham yaratadi. Sun’iy intellekt kadrdagi obyektlarni (teri, soch, suv, metall) o‘zi aniqlab, ularga yorug‘lik va soyalarni fizik jihatdan to‘g‘ri tushiradi va real vaqt rejimida qayta render qiladi.

Reliz 2026-yilning kuzida faqat RTX 50-seriyali videokartalar uchun eksklyuziv tarzda chiqariladi. Texnologiya Starfield, Resident Evil Requiem, Hogwarts Legacy, Assassin’s Creed Shadows va boshqa yirik o’yinlarda ishlashi allaqachon tasdiqlangan.

📟 DigiTech
48🤯24🔥9👏7👍6🤝3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎾 Xitoylik talabalar robotga bor-yo‘g‘i besh soatlik videolar orqali, tennis o‘ynashni o‘rgatishdi.

Albatta, u professional o‘yinchilar bilan bellasha olmaydi, biroq yangi boshlaganlarga qarshi to‘plarni 90% aniqlik bilan qaytaradi.

📟 DigiTech
56🔥31👏14👍65
📱FnNews: Samsung jiddiy inqirozga duch keldi.

Yarimo‘tkazgichlar narxi va logistika bilan bog‘liq muammolar sababli kompaniyada «favqulodda holat rejimi» e’lon qilingan. MX (mobil qurilmalar bo‘limi) Samsung tashkil etilganidan beri ilk bor, hatto Galaxy S26 seriyasi rekord darajada sotilganiga qaramay, zarar ko‘rishi mumkin. Bunga yarimo‘tkazgichlar narxining keskin ko‘tarilishi sababli rentabellikning pasayib ketgani sabab bo‘lmoqda. FnNews nashrining xabar berishicha, bir yil ichida ularning narxi 850 foizga oshgan.


Ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya barcha bo‘linmalariga xarajatlarni 30 foizga kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan, bu esa, shubhasiz, kompaniya qurilmalaridagi innovatsiyalar soniga ta'sir ko‘rsatadi.

📟 DigiTech
🤯7311😨115👍3👨‍💻3🔥2🤔2🫡2😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Robotlar ma’lumotlar markazlarini qo‘riqlashni boshladi: bir qator kompaniyalarda ular oddiy qo‘riqchilarning o‘rnini egallashdi, chunki bu arzonroq tushadi.

Boston Dynamics kompaniyasining Spot robotlari kameralar va sensorlari yordamida hududni nazorat qiladi, odam esa qo‘riqlash xonasidan shunchaki monitorlarni kuzatib turadi.

📟 DigiTech
👍40👏108🤯3🫡2🤝1
📲 Internetda matnni o’zbek tilidan zumerlar tiliga tarjima qiladigan sayt paydo bo‘ldi.

U orqali istalgan matnni zumerlarning klassik yozishmalariga aylantirish mumkin. Saytdan oddiy tarjimon sifatida foydalanish ham mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
😁28410🤯73🫡3👏2💯2👨‍💻2😡2👍1
🚘 BMW Neue Klasse uslubidagi yangi i3 2027 elektromobilini namoyish etdi.

Avtomobil 469 ot kuchiga ega ikkita elektr motor, bir zaryadda 700 km masofani bosib o’tishga yetadigan batareya va tezkor quvvatlash funksiyasiga ega bo‘ldi — 10 daqiqalik quvvat 400 km yo‘l bosish uchun yetarli.

Shuningdek, haydovchining nigohi va gavdasi kabi asosiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilib, boshqaruvni avtomatik tarzda o‘z zimmasiga oladigan «simbiotik» yordamchi tizimi ham mavjud.

Ishlab chiqarish avgust oyida kompaniyaning Myunxendagi zavodida boshlanadi. Narxi hozircha ma’lum emas, lekin 60 000 dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
😢10624👍21😁5👏4👨‍💻4🤯3🔥2🫡2😡1
📱Samsung Galaxy S26 Ultra'ni qaytarib bermasliklari uchun mijozlariga pul to‘lamoqda.

Bir yigit smartfonni qaytarish uchun texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qildi, unga qaytarish fikridan voz kechib, telefonni o‘zida qoldirishi uchun 250 dollar taklif qilishdi.

📟 DigiTech
😁154👏30👍12🤯9😨87🤔3🎄2🫡1
⚡️MSI videokartalar narxini rasman 30 foizga oshirmoqda. Kompaniya, shuningdek, ularni ishlab chiqarishni qisqartiradi.

Barchasiga chiplarga bo‘lgan talabni qondira olmayotgan Nvidia aybdor qilinmoqda. Mavjud zaxiralar faqat bir necha oyga yetadi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu yil ular uchun tashkil etilganidan beri eng yomoni bo‘lishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯56😢14👍83😨3💯2👨‍💻2🫡2