AI | DigiTech
52K subscribers
3.28K photos
1.63K videos
2.98K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🍫 Olimlar ta’mi haqiqiy shokoladdan farq qilmaydigan — hech qanday aralashma va qo‘shimchalarsiz sun’iy shokolad yetishtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Belgiyaning «Puratos» oziq-ovqat giganti «California Cultured» startapi bilan hamkorlikda azaliy muammoni hal qilishga qaror qildi: «Godiva» kabi haqiqiy shokolad qimmat turadi, arzon muqobillarini esa ta'mi yaxshi emas.

Olimlar eng yuqori ta’m va xushbo‘y xususiyatlarga ega bo‘lgan sara kakao o‘simliklarini tanlab olib, ularning hujayralarini ozuqa muhiti mavjud maxsus idishlarga joylashtirdilar. Natijada tayyor shokolad olinadi.


Shunday shokolad ishlab chiqaruvchi zavod 2026-yil oxirigacha ishga tushishi kerak — hozirda loyiha mualliflari barcha zarur ruxsatnomalarni olib, zavodni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Agar bu g‘oya o‘zini oqlasa, haqiqiy ta’mli shokoladni hamyonbop narxda olish mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
👍71🤯3013🔥12😡5👏4🤔4💯3🤝3😨2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Changan avtomobillari bilan yaqindan tanishishni istaysizmi?

Sizni rasmiy dilerlik markazlarimizda mutlaqo bepul test-drayvga taklif etamiz.

Hammasi juda oddiy:
Dilerlik markaziga kelasiz → test-drayvdan o‘tasiz → kompaniya esa har bir ishtirokchi nomidan xayriya ishlariga mablag‘ yo‘naltiradi.

Siz shunchaki avtomobil bilan tanishasiz, biz esa birgalikda xayrli ishni amalga oshiramiz va ko‘makka muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlaymiz! 💚

Sizning yo‘lingiz ezgulikdan boshlanadi!

📲 Barcha tafsilotlarni hoziroq bilib oling:
+998 (77)-208-88-55
🌐 changan.uz

Reklama
14😁7👏5🔥2🤝1
⚡️Insayder buklanadigan iPhone Ultra renderlarini ko’rsatdi. Bular hozircha bo‘lajak smartfonning eng batafsil tasvirlaridir.

Avvalgi sizib chiqqan ma’lumotlardan: qurilmani yoyilgan holatdagi diagonali 7,76 dyuymni tashkil etadi, Touch ID qaytishi mumkin, narxi esa 2400 dollardan boshlanishi kutilmoqda.

Rasmiy taqdimot shu kuzda bo’ladi.

📟 DigiTech
😁5122🔥5😡3👍2👏1🤯1💯1👨‍💻1🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 EON Systems kompaniyasi muhandislari pashsha miyasining raqamli nusxasini yaratib, uni barcha neyronlari bilan birga virtual bulutga yuklashdi.

Endi pashsha simulyatsiyada «yashamoqda»: uning raqamli miyasi virtual signallarni haqiqiydek qabul qilib, go‘yoki organizm hali ham tirikdek virtual tanani boshqarmoqda.

Keyingi bosqichda tadqiqotchilar murakkabroq asab tizimlarini — avval sichqonlarnikini, kelajakda esa inson miyasini ham raqamlashtirishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
🤯97👍31😡106😨4👏2🔥1🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Braziliyada futbol o‘yinida maydondan chetlatishlar soni bo‘yicha 1954-yilgi mahalliy rekord yangilandi.

“Kruzeyro” va “Atletiko Mineyro” uchrashuvining so‘nggi daqiqalari shu qadar keskin tus oldiki, natijada futbolchilar, murabbiylar va yaqin atrofda bo‘lgan barchaning ommaviy mushtlashuviga aylanib ketdi — hakam esa 23 ta qizil kartochka ko‘rsatdi.

Qizig‘i shundaki, jahon rekordi ham Janubiy Amerikada qayd etilgan: 2011-yili Argentinada bo‘lib o‘tgan o‘yinda hakam barcha futbolchilarni va zaxiradagilarning bir qismini maydondan chetlatib, jami 36 ta kartochka ko‘rsatgan.

📟 DigiTech
🤯61😁3855👍4🤓4🔥3💯2😨2🫡2
👨‍💻 Huawei «MacBook Neo qotili» — MateBook Neo'ni tayyorlamoqda. Insayderlar xabar berishicha, kompaniya Apple'ning yangi hamyonbop noutbukiga raqobatchi bo‘ladigan yangi qurilma ustida ishlamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma 24 GB tezkor xotira va 1 TB umumiy xotira hamda maxsus chip bilan jihozlanadi, shuningdek, noutbuk faqat ikki xil rangda chiqariladi.

📟 DigiTech
👍63😁241510👏2🤓2🤝2🔥1🫡1
⚡️Amazon serverlari «vaybkoder»lar sababli doimiy ravishda ishdan chiqmoqda. Kompaniya o‘z muhandislariga qattiq tanbeh berdi.

So‘nggi oylarda Amazonda to‘rtta jiddiy hodisa yuz berdi. Bularning sabablari qatorida neyrotarmoqlardan foydalanish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Hatto bir holatda, ularning o‘z agenti Kiro kichik bir xatolikni tuzatish uchun virtual muhitni ishdan chiqargan.

Endi barcha dasturchilarga generatsiya qilingan kodni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqish va uni yuklashdan oldin katta mutaxassislar (seniorlar) bilan tekshirish tavsiya etilmoqda.

📟 DigiTech
2💯51😁319👍8👏3🤯2👨‍💻2🤝1🫡1
⚡️Intel «dunyodagi eng tezkor o‘yin protsessorlari» bo‘lgan yangi Core Ultra 7 270K Plus va 250K Plus protsessorlarini namoyish etdi.

Flagman Core Ultra 7 270K Plus protsessori 5,5 GGs gacha chastotaga ega 24 ta yadro bilan jihozlangan. Sinov natijalariga ko‘ra, ushbu protsessor i9-14900K, Ultra 9 285K va AMD’ning Ryzen 7 9700X modellaridan o‘zib ketgan. Narxi — $300.

Sal arzonroq Core Ultra 5 250K Plus esa 5,3 GGs gacha chastotali 18 ta yadroga ega. U sintetik sinovlarda o‘ziga o‘xshash AMD Ryzen 9600X'dan bir necha baravar kuchliroq. Uning narxi $200.

Ular 26-martdan boshlab sotuvga chiqariladi.

📟 DigiTech
60👍30🤯12👏4🫡4🤓2👨‍💻2🔥1😢1🤝1
🛰️ NASA Mars yuzasining fotosuratlari bilan bo‘lishdi. Ular «Mars Reconnaissance Orbiter» orbital apparati tomonidan olingan.

Ushbu sun’iy yo‘ldosh sayyora sirtini 20 yildan buyon suratga olib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u qadimiy daryolar, ko‘llar va muzliklar izlarini aniqlashga yordam berdi.

📟 DigiTech
👏58👍1713🤯8😢3🤝1
👨‍💻 MacBook Neo Apple’ning ta’mirlash uchun eng qulay noutbuki bo‘lib chiqdi. Uni bir juft otvyortka yordamida 6 daqiqada qismlarga ajratib tashlash mumkin.

Ko‘pincha yelim ishlatiladigan boshqa MacBook'lardan farqli o‘laroq, Neo'ning barcha qismlari faqat boltlar bilan mahkamlangan.

AQSh'da Neo'ni talabalik dasturi bo’yicha 100 dollar arzonroqqa, 499 dollarga olish mumkin.

📟 DigiTech
👍6912👏4🤯3🔥1🎉1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi Photoshop’dagi rasmlarni 360 darajaga aylantirish mumkin — ilovaning beta-versiyasiga «Rotate Object» funksiyasi qo‘shildi.

U juda oson ishlaydi: 2D rasmni yuklaysiz, Rotate Object tugmasini bosasiz va uni 3D fazoda aylantirasiz. Qo’shimchasiga obyektga tushayotgan yorug’likni va fonni yaxshilash uchun «Harmonize» funksiyasidan foydalanish mumkin.

📟 DigiTech
👍6916👏13👨‍💻32🤯2🔥1🤝1
📱Xitoyning Dreame kompaniyasi yangi Vertu'ga aylanishga qaror qildi va oltin hamda qimmatbaho metallar bilan bezatilgan hashamatli smartfonlarni namoyish etdi.

Tayyor modelni (aytgancha, bular qayta ishlangan ZTE smartfonlaridir) sotib olish ham, maxsus modelga buyurtma berish ham mumkin — taxminan bir oyda tayyorlab berishadi, narxlar esa 70 000 yuandan (10 000 dollar) boshlanadi.

Hozircha bunday hashamatli smartfonlar faqat Xitoy bozoriga mo‘ljallangan. Boshqa mamlakatlar uchun esa oddiyroq modellar chiqariladi.

📟 DigiTech
😁71👍116🤯4👨‍💻2😨2🔥1👏1🤝1