AI | DigiTech
52K subscribers
3.28K photos
1.63K videos
2.98K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📱Apple hamyonbop iPhone’ni yangiladi: iPhone 17e'da MagSafe magnitlari va pushti rang paydo bo‘ldi, xotirasi esa endi kamida 256 GB.

Undagi yagona kamera hamon 48 MP va eski «qosh» saqlanib qolgan, biroq displeyi endi OLED va tirnalishga 3 baravar chidamliroq shisha o’rnatilgan.

AQSh'dagi narxi 599 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
44🤯20👍15😁6🔥4👏3💯2😡21🎉1🤝1
📱Arzon smartfonlar endi bo‘lmaydi — insayderlar xabariga ko’ra, Xiaomi, Honor, Oppo, VIVO va boshqa Xitoy brendlari shu oydayoq chakana narxlarni oshirishni rejalashtirishmoqda.

Xotira chiplari narxining keskin ko‘tarilgani sababli ularni «juda arzon» sotish foydasiz bo‘lib qoldi. Natijada bizni so‘nggi 5 yildagi eng yirik narx o‘sishi kutayotgan bo‘lishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯89😢158👍6😨3🔥2💯2🫡21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Robotlar endi kung-fu'ni ham bilishadi — Unitree kompaniyasi Pekinda 50 ta odamsimon robotlarning jangovar mahoratini namoyish etdi.

Ular aniq zarba berib, akrobatik sakray olishadi va hatto havoda murakkab tryuklarni bajara olishadi.

📟 DigiTech
🤯8814👏12👍5💯2🫡21🔥1👨‍💻1
🛞 Finlandiyaning Nokian Tyres kompaniyasi «inqilobiy» shinalarni yaratdi: ularning «tikanlari» sovuqda chiqib, havo iliganda o‘z joyiga qaytadi.

Buning siri rezinaning maxsus tarkibida: haroratga qarab, ichki qatlamning qattiqligi o‘zgaradi va ob-havoga mos ravishda tikanlarni chiqaradi yoki tortib oladi.

Bu shunchaki konsept emas, real mahsulot, sotuvlar esa kuzda boshlanadi. Narxi hozircha ma’lum emas.

📟 DigiTech
87🔥45👏24🤯8👍64👨‍💻3🫡2😁1😢1💯1
👨‍💻 Apple M5 Pro va M5 Max flagman chiplariga ega MacBook Pro hamda bazaviy M5 chipli MacBook Air modellarini namoyish etdi.

Yangi Pro avvalgi avlodga nisbatan vazifalarga qarab 2–4 baravar tezroq ishlaydi. Xotira tezligi oshirilgan. Batareya quvvati 22 soatgacha yetishi va'da qilinmoqda.

Air modeli M4 chipidagi versiyasidan 1,5 baravar kuchaydi. Minimal xotira hajmi 512 GB ga yetdi. Yangi SSD esa ikki baravar tezroq ishlaydi.

Narxlar: MacBook Pro uchun 2200 dollardan, MacBook Air uchun esa 1100 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
🔥407💯6👍4👏21🤝1🫡1
⚡️Insayderlarning xabariga ko‘ra, Windows 12 shu yilning o‘zidayoq chiqishi mumkin.

Reliz Windows 10'ni pullik qo‘llab-quvvatlash to‘liq yakunlanishiga yaqin bo’lishi mumkin. Undagi tizim dizayni maksimal darajada o’zgarishi va butunlay yangilangan foydalanuvchi interfeysi bo’lishi kutilmoqda.

Sun’iy intellekt Windows 12 ning asosiy komponenti bo’ladi. Agar avval Copilot ixtiyoriy bo‘lgan bo‘lsa, endi u operatsion tizimni boshqarishning markaziy mexanizmiga aylanadi.

📟 DigiTech
👏66🤯13👍107🔥32🤝1🫡1
👨‍💻 Apple hamyonbop MacBook Neo'ni namoyish etdi. U Air va Pro modellari kabi alyuminiydan yasalgan, biroq klaviatura yoritgichi va MagSafe quvvatlash tizimi yo’q.

Noutbuk 13 dyuymli displey, Apple A18 Pro chipi (iPhone 16 Pro'dagi kabi), 8+256 GB xotira, ikkita USB-C porti hamda 16 soatgacha ishlaydigan batareyaga ega bo‘ldi. Barmoq izi skaneri faqat 512 GB xotiralik variantidan boshlab ishlaydi.

Narxi — 599 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👍468🔥6😡6👏3😢1💯1🤝1🫡1
👨‍💻 5 yoshli vaybkoder Codex yordamida o‘zining ilk o‘yinini yaratdi. U hatto promptlarni yozib ham o‘tirmadi — og’zaki aytib turishning o‘zi yetarli bo’ldi.

Bola agentdan so‘zlarni kiritish orqali o’zingiz istagan qahramonga aylantirib beradigan o‘yin yaratishni so‘radi. Natijada to‘laqonli o’yin vujudga keldi.

Bu ketishda bu bola 10 yoshida o’z startapini ishga tushiradi.

📟 DigiTech
👍105👏2214🔥7🤯4💯2👨‍💻2😡2😁1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Yaponiyada bolalarga yoshligidanoq yo‘l harakati qoidalarining asoslari o‘rgatiladi, buning uchun ularga avtohalokatlar jonli tarzda ko‘rsatib boriladi.

Yorqin va hatto biroz keskin tushuntirishlar orqali qoidalar xotirada muhrlanib qoladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarga noto‘g‘ri harakatlar oqibatlari manekenlar yordamida ko‘rsatilsa, maktab o‘quvchilari uchun professional kaskadyorlar ishtirokida yanada yaqqolroq sahna ko‘rinishlari namoyish etiladi.

📟 DigiTech
👏122🔥18👍13126😁4💯3🤯1
🚘 Xitoyliklar Porsche Taycan uslubidagi avtomobilni chiqarishdi — bu Huawei va SAIC qo‘shma korxonasining yangi Shangjie Z7 modelidir.

Avtomobil sedan kuzovida ham chiqariladi, uning o‘ziga xos jihatlaridan biri esa maxluqchalarga o‘xshaydigan sun’iy intellekt yordamchilari bo‘ladi. Texnik tavsilotlari hali e’lon qilinmagan, biroq taxminiy narxi ma’lum — Xitoyda 36 000 dollardan boshlanadi.

Dizayniga nima deysiz?

📟 DigiTech
54🔥31👍15🤯9🤓4💯1🤝1
⚡️OpenAI o‘zining yangi flagman modeli — GPT-5.4'ni chiqardi. Unda javoblar sifati yaxshilanib, kontekst hajmi 1 million tokengacha oshirildi.

Ushbu model javob berayotgan vaqtida uni to‘xtatib, promptni o‘zgartirish mumkin. Benchmark natijalariga ko‘ra, kod yozishi ancha yaxshilangan. Agent vazifalarini esa undan ham yaxshiroq bajara oladi.

Undan foydalanish yaqin orada barcha uchun ochiladi.

📟 DigiTech
5615👏9👍6🫡4🔥2👨‍💻2🤝1
📱Nothing o‘zining «shaffof» uslubidagi hamyonbop Phone 4a smartfonini namoyish etdi, biroq bu safar deyarli yoritgichlarsiz.

Bazaviy model shisha korpus, 120 hz yangilanish chastotasiga ega 6,7 dyuymli OLED-ekran, 3,5x zumli 50 Mpli kamera, Snapdragon 7s Gen 4 chipi va 5080 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Narxi — 349 yevrodan boshlanadi.

Pro-versiyasi esa yanada premium alyuminiy korpus, 144 hz matritsa va xuddi flagmanlardagidek orqa panelga o‘rnatilgan LED chiroqlarga ega bo‘ldi. Uning narxi 479 yevrodan boshlanadi.

📟 DigiTech
🔥4610👍5🤝5😨4👏2🫡21👨‍💻1