AI | DigiTech
51.9K subscribers
3.28K photos
1.63K videos
2.98K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚇 Subway Surfers 2 chiqdi — afsonaviy o‘yinning davomini allaqachon smartfonlarga yuklab olish mumkin.

Subway Surfers City'da katta shaharning turli hududlari bo‘ylab yugurishingiz mumkin. Boshlanishida to‘rtta lokatsiya va uchta o‘yin rejimi mavjud.

App Store yoki Google Play'dan yuklab olishingiz mumkin.

📟 DigiTech
🔥73👍2316🫡4💯3😡2🎉1😨1🤝1
🚘 Ford elektr Mustang'ning standart komplektatsiyasidan old bagajni olib tashladi — endi u uchun alohida to‘lov qilish kerak bo’ladi.

Eng qizig‘i, kapot ostidagi joy har qanday holatda ham bo‘sh qoladi, biroq qo‘shimcha to‘lovsiz u yerda qoplama bo‘lmaydi. Bu qaror «bagajdan deyarli hech kim foydalanmasligi» bilan izohlandi — yangi modellarda uning uchun qo‘shimcha 495 dollar so‘ralmoqda.

📟 DigiTech
😁8228👍10🔥4💯2😡2👨‍💻1🤝1
⚡️«Asr kelishuvi» Netflix'ning cho‘ntagiga to‘g‘ri kelmadi: striming xizmati Paramount'dan yaxshiroq taklif bera olmadi va Warner Bros. Discovery'ni sotib olish fikridan qaytdi.

Amerika media guruhi butun studiyani 108 mlrd dollarga sotib olishga tayyor, Netflix esa WB'ning faqat bir qismini va uning asosiy franshizalarini 82,7 mlrd dollarga olmoqchi edi.

Agar kelishuv tasdiqlansa, Paramount barcha HBO servislarini, DC kinoolami, «Garri Potter», «Uzuklar hukmdori» va boshqa ko‘plab loyihalarga bo‘lgan huquqlarni qo‘lga kiritadi.

Paramount'da buncha pul qayerdan desangiz, shunchaki Paramount rahbarining dadasi sayyoradagi eng boy odamlardan biri Larri Ellison (Oracle) bo’ladi :)

📟 DigiTech
294🔥32👍19😁12👏93💯2👨‍💻2
📱Foydalanuvchilar yangi Samsung Galaxy S26 Ultra'dagi stabilizatsiya qanday ishlashidan hayratda: telefonni qanchalik aylantirib, qimirlatmang, boshlang‘ich kadr saqlanib qoladi va video baribir ravon chiqadi.

📟 DigiTech
1🔥188🤯63💯13👍1193🤝3🫡3👏2🤔2
⚡️Twitter asoschisi Jek Dorsi o‘zining Block kompaniyasi xodimlarining yarmini bir kunda ishdan bo‘shatdi. Ularning vazifalari sun’iy intellektga topshiriladi.

10 ming xodimdan 4 ming nafari bo’shatildi. Shu bilan birga, kompaniyaning ishlari juda yaxshi ketmoqda. Dorsi shunchaki shtatni kengaytirishni to‘xtatishga qaror qilgan.

Ushbu bayonotdan so‘ng Block aksiyalari darhol 23 foizga ko‘tarilib, kompaniya qiymati qariyb 6 milliard dollarga oshdi.

📟 DigiTech
🤯110💯14🤝10👍84😨4🔥31🫡1
👨‍💻 Apple yangi arzon MacBook'ning imkoniyatlarini maksimal darajada cheklaydi — insayderlar bo‘lajak yangi qurilmaning birdaniga 8 ta cheklovini oshkor qilishdi.

Eng achinarlisi shundaki, noutbuk klaviatura yoritgichi va tezkor quvvatlash funksiyasidan mahrum bo‘ladi. Ekran odatdagidan xiraroq (500 nitdan kam) va True Tone texnologiyasiz bo‘lishi, SSD esa eski modellarga qaraganda sekinroq ishlashi kutilmoqda.

Xotira konfiguratsiyasiga kelsak, faqat 256 va 512 GB hajmli bazaviy versiyalar kutilmoqda — 1 va 2 TB hajmli variantlari bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Apple ayrim quloqchinlarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi va o‘zining maxsus xavfsizlik chipini o‘rnatmaydi.

Kutilayotgan narxi — 599 dollardan. Taqdimot 4-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

📟 DigiTech
🤯63😡36😁25👏7💯63👍32🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Avstraliyadagi startap inson miya hujayralarini kompyuterga joylab, unga DOOM o‘ynatdi.

Hozircha biologik sun’iy intellekt yangi boshlovchi darajasida o’ynamoqda, biroq uning mahorati asta-sekin oshib boryapti. Aslida esa bu qurilma neyron tarmoqlarni «samaraliroq» o‘qitish uchun yaratilgan va hozirda 35 000 dollardan sotilmoqda.

📟 DigiTech
🔥60🤯398👏5👍2🤝1🫡1
📲 Telegram ilovasi yangilandi. Nimalar qo’shildi:

– Shaxsiy yozishmalardagi xabar va medialarni boshqalarga yuborishni taqiqlash;

– Yuborish paytida istalgan suratning fonini va ortiqcha obyektlarini o‘chirib, uni stikerga aylantirish mumkin;

– Endi chatlarda ismingiz yoniga o‘zingiz haqingizda qisqacha tavsif qo‘shishingiz mumkin;

– Istalgan xabardagi sana va vaqtni eslatmaga aylantirib, o‘z kalendaringizga qo‘shib qo‘yish mumkin;

– GIF va stikerlar muharriri paydo bo‘ldi, endi giflarni yuborish paytida matn yozsa bo‘ladi.


Yangilanish allaqachon barcha qurilmalar uchun mavjud.

📟 DigiTech
🔥8315👍14🤝7🤯3🎉2🫡21😡1
📲 Honor har qanday tomonga aylana oladigan va kadrda qolishi uchun tanlangan obyektlarni kuzata oladigan harakatlanuvchi robokamerali smartfonni ko’rsatdi.

Robot Phone kinolardagidek stabilizatsiyani ta’minlovchi 4 o‘qli mexanizmga ega 200 megapikselli sensor bilan jihozlangan. Texnik xususiyatlari va narxi hozircha noma’lum, taqdimot esa yilning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan.

Shuningdek, kompaniyaning gumanoid roboti ham ko’rsatildi. U nima uchun kerakligini tushuntirishmadi, lekin yaxshi harakatlanar ekan.

📟 DigiTech
🔥71👍2116😁10👏2😢2🤝2🥰1💯1