AI | DigiTech
51.9K subscribers
3.28K photos
1.63K videos
2.98K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Operativ xotira narxlari arzonlashishni boshladi: Yevropada DDR5 uchun chakana narxlar asta-sekin tushmoqda.

Corsair va Kingston’ning 32 GB lik modellari taxminan 15 foizga arzonlashdi. Agar fevral oyi boshida ular 480–550 yevro turgan bo‘lsa, hozir mos ravishda 425–463 yevroni tashkil etmoqda.

Bu pasayish narxlar tezda avvalgi holatiga qaytishini anglatmaydi. Narxlar hali ham o'zining odatiy me'yoridan ancha baland. Misol uchun, 2025-yilning kuz oylariga qadar o'rtacha 32 GB DDR5 xotira to'plami taxminan 95–100 yevro atrofida bo'lgan.

📟 DigiTech
6426👍10💯5🔥3👨‍💻3👏2🤝2
📲 To‘q qizil rang iPhone 18 Pro'ning asosiy rangiga aylanishi mumkin. U «kosmik to’q sariq» rangining o‘rnini egallaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda korpusi to’q qizil rangidagi qurilma suratlari paydo bo‘la boshladi. Boshqa yangi ranglar — qahva va binafsha rang. An’anaviy oq va ko‘k ranglar esa bo‘lmaydiganga o‘xshaydi.

📟 DigiTech
👍6018😁12🤓10🤯5😡4💯3🫡2🔥1👨‍💻1🤝1
⚡️GTA 6 narxi deyarli 100 yevro bo‘lishi mumkin — xorijiy onlayn-do‘konlardan biri uzoq kutilgan o‘yinga shunday narx belgiladi.

«Loaded» do’koni Xbox Series X va Series S uchun o’yin narxini 104 yevro, shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan versiyasini esa taxminan 71 yevro qilib belgilagan.

O‘yin 2026-yil 19-noyabrda konsollar uchun chiqadi.

📟 DigiTech
80🤯22👍175😁4🔥2🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Monakodagi avtomaktabda mashina haydashni Porsche 911 Carrera sportkarida o‘rgatishmoqda.

Mamlakatda sportkarlar shu qadar ommalashganki, puldor bo‘lajak haydovchilarga hamma narsani birdaniga premium mashinada ko‘rsatishga qaror qilishgan. Chunki ular avvallari haydovchilik guvohnomasini olgach, iqtibos: «o‘zlarining Lamborghini'siga o‘tirishardi va uni hayday olishmas edi».

📟 DigiTech
👍95🔥14🤯14👏9😨43😁2🤝2🫡2🤓1
💿 Xotira bozoridagi vaziyat: Reddit foydalanuvchisiga qattiq disklarni Buyuk Britaniyadan xarid qilgandan ko‘ra AQShga uchib borib olish arzonroqqa tushdi.

Yigitga 28 TB sig‘imli o‘nta HDD kerak bo‘lgan. Britaniya do‘konlarida ular 760 dollardan, AQShda esa 400 dollardan sotiladi. Natijada u xarid uchun Nyu-Yorkka uchishga qaror qilgan.

Barcha xarajatlardan so‘ng Reddit'chi 2000 dollar tejab qolgan.

📟 DigiTech
👏150🤯40😁34👍865🔥2🫡2🤝1
Samarqandda yopiq biznes-kechki ovqat | 26-mart soat 19:00 da
2026-yilda IT-infratuzilmani samarali boshqarish

🔹 Servercore IT-infratuzilma provayderi o'z tadbirlari geografiyasini kengaytirmoqda va Samarqandga ilk bor tashrif buyurmoqda!

Kompaniya dasturchilar, IT-mutaxassislar va biznes rahbarlarini yopiq biznes-kechki ovqatga taklif qiladi. Provayder ekspertlari O'zbekistondagi kompaniyalar IT-infratuzilmani qanday qilib samarali boshqarishi va xarajatlarni optimallashtirishi mumkinligi haqida so'zlab berishadi.

➡️ Havola orqali ro'yxatdan o'ting: https://srv.cr/vt80i

Ishtirokchilar quyidagi mavzularni muhokama qilishlari mumkin:

▪️ O'zbekistondagi mahalliy kompaniyalarning amaliy tajribasi va keyslari
▪️ FinOps amaliyotlari va infratuzilma xarajatlarini optimallashtirish
▪️ Axborot xavfsizligi masalalari
▪️ Biznesni rivojlantirish uchun bulutli serverlar imkoniyatlari

Rasmiy qismdan so'ng — IT-netvorking. Ekspertlar bilan kasbiy mavzularda suhbatlashish, tajriba almashish va mazali kechki ovqat.

⚠️ Oldindan ro'yxatdan o'tishni unutmang, joylar soni cheklangan. Tadbir o'tkaziladigan aniq manzil arizangiz tasdiqlanganidan so'ng menejer tomonidan yuboriladi.

Reklama
🔥13👍54👏2😢21🎉1
🚘 BMW, Mercedes va Volkswagen 2030-yilgacha «omon qolmasligi» mumkin — Jahon iqtisodiyoti instituti rahbari Morits Shularikning ta’kidlashicha, «nemis uchligi»halokatga mahkum.

— Avtomobilsozlik o‘z tarixidagi eng katta o’zgarishlarni boshdan kechirmoqda: avtomobillar g‘ildirakli kompyuterlarga aylandi, an’anaviy avtokonsernlar esa bu o‘zgarishlarga ulgurmayapti;
— Xitoy bozorni arzon elektromobillar bilan to‘ldirib tashladi, Yevropa nazorat organlari esa boshqa tomondan «bo‘g‘moqda»;
— Boz ustiga, yangi raqobatchilar «nemis uchligi» singari boy meros va ko’plab muxlislarga ega emas, shu bois o‘zgarishlarga osonroq moslashishmoqda;
— Hozirda har uchala kompaniya ham byudjetlarni qisqartirib, ishchilarni ommaviy ravishda bo‘shatmoqda va hatto zavodlarini yopmoqda.


Iqtisodchi fikricha, 2030-yilga kelib bu brendlar butunlay yo‘qolib ketmaydi, biroq ancha epchil konsernlar tomonidan yutib yuboriladi va o‘zligini yo‘qotadi.

📟 DigiTech
🤯113😨1312😢9🫡6👍5🔥3😁32😡2💯1
⚡️Apple 5 yil ichida ilk bor MacBook Pro dizaynini o‘zgartiradi: «qosh» o‘rniga Dynamic Island paydo bo‘ladi. Bu haqda Mark Gurman xabar berdi.

Yangi MacBook Pro‘da iPad'dagidek imo-ishora bilan boshqarish mumkin bo’lgan sensorli ekran bo‘ladi, shunindek, tezkor skroll qilish va boshqa funksiyalar ham.

Qurilma kuzda chiqishi kutilmoqda. Mart oyidagi taqdimotda katta ehtimol bilan MacBook Pro ko‘rsatilmaydi.

📟 DigiTech
50😁21🔥8👍7💯52👏2👨‍💻2🤝1
✍️ Bir yigit ChatGPT'ga mebellar o‘lchami ko‘rsatilgan xona chizmasini yuklab, javon va karavotni qayerga qo‘yish mumkinligini so‘rabdi.

Natijani suratda ko’rishingiz mumkin :)

📟 DigiTech
😁440👍118🤔3💯3🤓3🔥2👨‍💻2🤝1🫡1
📱Samsung begona nazarlardan himoya qilish uchun ma’lum burchak ostida xiralashadigan ekranli Galaxy S26 Ultra'ni namoyish etdi.

Shuningdek, flagman stilusni qo‘llab-quvvatlash funksiyasini saqlab qolgan, (mintaqaga qarab) Snapdragon 8 Elite Gen 5 yoki Exynos 2600 chipi, 1 TB gacha xotira va biroz takomillashtirilgan kameralar bilan jihozlangan. AQShda narxi 1300 dollardan boshlanadi, O’zbekistonda ham taxminan shu narxda.

S26 va S26+ modellari ham yangi chiplarni olishdi, biroq ularning displeylari Privacy Display funksiyasiga ega emas. Narxlari 900 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
🔥79👍2615😁9👏3🤯32🫡1
🚇 Subway Surfers 2 chiqdi — afsonaviy o‘yinning davomini allaqachon smartfonlarga yuklab olish mumkin.

Subway Surfers City'da katta shaharning turli hududlari bo‘ylab yugurishingiz mumkin. Boshlanishida to‘rtta lokatsiya va uchta o‘yin rejimi mavjud.

App Store yoki Google Play'dan yuklab olishingiz mumkin.

📟 DigiTech
🔥73👍2316🫡4💯3😡2🎉1😨1🤝1
🚘 Ford elektr Mustang'ning standart komplektatsiyasidan old bagajni olib tashladi — endi u uchun alohida to‘lov qilish kerak bo’ladi.

Eng qizig‘i, kapot ostidagi joy har qanday holatda ham bo‘sh qoladi, biroq qo‘shimcha to‘lovsiz u yerda qoplama bo‘lmaydi. Bu qaror «bagajdan deyarli hech kim foydalanmasligi» bilan izohlandi — yangi modellarda uning uchun qo‘shimcha 495 dollar so‘ralmoqda.

📟 DigiTech
😁8228👍10🔥4💯2😡2👨‍💻1🤝1
⚡️«Asr kelishuvi» Netflix'ning cho‘ntagiga to‘g‘ri kelmadi: striming xizmati Paramount'dan yaxshiroq taklif bera olmadi va Warner Bros. Discovery'ni sotib olish fikridan qaytdi.

Amerika media guruhi butun studiyani 108 mlrd dollarga sotib olishga tayyor, Netflix esa WB'ning faqat bir qismini va uning asosiy franshizalarini 82,7 mlrd dollarga olmoqchi edi.

Agar kelishuv tasdiqlansa, Paramount barcha HBO servislarini, DC kinoolami, «Garri Potter», «Uzuklar hukmdori» va boshqa ko‘plab loyihalarga bo‘lgan huquqlarni qo‘lga kiritadi.

Paramount'da buncha pul qayerdan desangiz, shunchaki Paramount rahbarining dadasi sayyoradagi eng boy odamlardan biri Larri Ellison (Oracle) bo’ladi :)

📟 DigiTech
294🔥32👍19😁12👏93💯2👨‍💻2
📱Foydalanuvchilar yangi Samsung Galaxy S26 Ultra'dagi stabilizatsiya qanday ishlashidan hayratda: telefonni qanchalik aylantirib, qimirlatmang, boshlang‘ich kadr saqlanib qoladi va video baribir ravon chiqadi.

📟 DigiTech
1🔥188🤯63💯13👍1193🤝3🫡3👏2🤔2