AI | DigiTech
51.8K subscribers
3.28K photos
1.63K videos
2.98K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🎥 Bred Pitt Tom Kruz bilan jang qilyapti, Rosomaxa esa Tanosdan kaltak yemoqda — bular hozirda ijtimoiy tarmoqlardagi eng mashhur videolar. Ular TikTok ishlab chiqaruvchilarining yangi neyron tarmog‘i Seedance 2.0 da yaratilgan.

Ular shunchalik realistik chiqqanki, neyro-videolarni haqiqiy filmdan deyarli farqlab bo‘lmaydi. Hatto «Dedpul» filmining ssenariy muallifi Rett Riz ham hayratda qolib: «Chamasi, biz [Gollivud] uchun hammasi tugadi», deb yozdi.

📟 DigiTech
🔥67🤯59👍14114😁4💯1🤝1🫡1
⚡️Xitoyliklar bir vaqtning o‘zida 10 kishi ucha oladigan uchar avtobus — Matrix nomli yo‘lovchi dronini ishlab chiqishdi.

Bu ulkan qurilma ikkita versiyada ishlab chiqariladi: 250 km masofaga uchadigan elektr varianti va 1500 km masofagacha ucha oladigan gibrid varianti. Qachon va qayerda uchishni boshlashi hozircha noma’lum, biroq sinovlardan allaqachon o‘tib bo‘lgan.

📟 DigiTech
🔥5819👍174👏4🤯4💯4🫡2🤝1
⚡️Xitoy hukumati avtomobillardagi sensorli tugmalarga qarshi.

Xitoy hukumati Tesla, Xiaomi va BYD kompaniyalarini avtomobil saloniga jismoniy tugmalarni qaytarishga majbur qiladigan qonunni tayyorlamoqda. Burilish chiroqlari, avariya signali, uzatmalar selektori va favqulodda qo’ng’iroq tugmalari endi sensorli menyu ichida yashirinmaydi — faqat haqiqiy jismoniy tugmalar bo‘ladi.

Sensorli ekranlar haydovchini chalg‘itishi va texnik nosozlik paytida ishlamay qolishi xavfi bor. Bundan avvalroq, Xitoy avtomobillarda yashirin eshik tutqichlarini ham taqiqlagan edi.

📟 DigiTech
💯141👏52👍268🫡4🔥3🤯3🤝2😁1🤔1
⚡️Endi Spotify’dagi barcha treklarni BEPUL yuklab olish mumkin — Anna’s Archive xakerlari 13 trillion dollarlik da’voga qaramay, Spotify’dan olingan 6,4 TB hajmdagi musiqalarni tarqatib yuborishdi.

Tarmoqqa allaqachon o‘nlab torrent-paketlar sizib chiqqan: metama’lumotlar, muqovalari bilan millionlab treklar. Hozircha bular faqat «kam mashhur» relizlar, ammo bu ulkan arxivning bir qismidir — jami 300 TB va o‘n millionlab yozuvni tarqatish rejalashtirilgan. Tarqatish sekin ketmoqda, lekin foydalanuvchilar allaqachon fayllarning haqiqiyligini tasdiqlashdi.

Spotify akkauntlarni topib, bloklayotganini ma’lum qildi. Domenlarni allaqachon o‘chirishni boshlashgan, ammo arxivni bundan keyin ham qism-qism qilib tarqatishni davom ettirishsa kerak.

📟 DigiTech
🤯94😁18🔥1610🤝9👍5💯3🫡2👏1
⚡️Routerlarni narxi ham oshadi — xotira tanqisligi ta’siri routerlar va TV-qurilmalargacha yetib bordi.

Vaziyat og‘ir: bu qurilmalar uchun DRAM chiplari narxi 7 barobar oshib ketdi. Agar bir yil avval routerdagi xotira uning qiymatining atigi 3 foizini tashkil etgan bo‘lsa, endi bu ko‘rsatkich 20 foizga yetdi.

📟 DigiTech
😢82👍2316😡10😁4👏3🤯2💯2🔥1😨1🫡1
🖼️ X (Twitter)dagi bir yigitni Ilon Mask uning yuzini tasvirlagan muvaffaqiyatsiz portreti uchun blokladi. Yigit shunchaki «Umid qilamanki, bir kun Ilon mening rasmimni ko‘radi» degan yozuv bilan asarini joylagan edi.

Chamasi, Ilon Mask ko‘rgan. Va unga unchalik yoqmagan. Ijobiy tomoni shuki: post 11 million marta ko‘rildi, yigit esa 22 ming obunachiga ega bo‘ldi.

📟 DigiTech
😁255💯11👍97🔥32🤯2😢2👨‍💻2👏1🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌆 Bir yigit mushuklari uchun metroli mini shaharcha qurdi. Mushuklar uydan «maktab»gacha poyezdda borishlari mumkin.

Loyiha ikki yil davomida qurildi. Mushuklar shahrida kinoteatr, supermarketlar, McDonald's, daryo va suv ta’minoti tizimi barpo etilgan. Barcha xonalarni aqlli kameralar nazorat qilib turadi, tozalikni esa robot-changyutgichlar ta’minlaydi.

📟 DigiTech
👍82🤯55😁218🤝84🔥4🥰4😢4💯1🫡1
⚡️Inqiroz HDD'gacha yetib bordi: Western Digital sun’iy intellektlar sababli qattiq disklarni ishlab chiqarish quvvati tugab borayotgani haqida ogohlantirdi.

HDD'ning yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri oddiy foydalanuvchilarga narxlarning ko‘tarilishiga tayyorlanishni maslahat berdi. Boshqa kompaniyalarga o‘xshab, WD ham yirik mijozlarga xizmat ko‘rsatishga e’tibor qaratishga qaror qildi.

📟 DigiTech
🤯66😡14👍9😁433😨2😢1💯1🫡1
🏠 Qiziqarli fakt: 30 million xitoylik yer ostida 4000 yillik tarixga ega bo‘lgan Yaodun g‘or-uylarida yashamoqda.

Ha, bu elektromobillar va sun’iy intellektda yetakchilik qilayotgan dunyodagi eng texnologik mamlakatda ro‘y bermoqda. Biroq bu qashshoqlik emas, balki sof hisob-kitoblar natijasidir.

Mahalliy aholining fikricha, agar bino tepaga qarab qurilsa, boy qo‘shnilar kambag‘allarning quyoshini to‘sib qo‘yadi. Pastga qarab qazilganda esa, yorug‘lik hammaga teng taqsimlanadi. Bundan tashqari, yer qatlami haroratni yaxshi ushlab turadi. Hech qanday elektr energiyasiz bu uylarda qishda +10°C, yozda esa +20°C iliqlik saqlanib turadi.


Pekinda kichik bir studiya ijarasi 600 dollardan boshlansa, «Yaodun» uylarining oylik ijarasi bor-yo‘g‘i 30 dollar atrofida turadi. 2011-yilda esa Yaodunlar YUNESKO butunjahon merosi ro‘yxatiga ham kiritilgan.

📟 DigiTech
🔥118👍3120🤯11💯4🫡4👨‍💻3🤝21
📱Apple SIM-kartalardan deyarli butunlay voz kechmoqda — Yevropa uchun iPhone 18 faqat eSIM bilan chiqariladi.

Yevropa bozori uchun yangi iPhone 18 Pro faqat eSIM versiyalarida sotuvga chiqariladi. SIM+eSIM ishqibozlari Hindiston va Xitoy versiyalarini xarid qilishga majbur bo‘lishadi.

Ammo buning afzalliklari ham bor: shu tufayli iPhone 18 Pro Max'ning batareyasi sig’imi deyarli 5200 mA/soatgacha oshadi.

📟 DigiTech
2😁111👏23👍1110🤯74🔥4💯2🫡2😨1
📲 iOS 27 iPhone batareyalarini tuzatadi — Apple operatsion tizimning keyingi versiyalaridan ko‘plab keraksiz kodlarni olib tashlashni rejalashtirmoqda.

Chamasi, yirik yangi funksiyalar orasida faqat Gemini asosida ishlaydigan Siri'ni kutish mumkin. Dizayn ozgina o‘zgartiriladi, asosiy e’tibor esa optimallashtirishga qaratiladi.

Bularning barchasi sensor ekranli MacBook Pro va birinchi bukladigan iPhone'ni chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish uchun qilinmoqda.

📟 DigiTech
🔥48👍156🫡6💯5👏2🤯21😡1
⌨️ Xitoyliklar ekranli klaviaturani namoyish etishdi — bu 60 hz chastotali va sensorli boshqaruvni qo‘llab-quvvatlovchi o‘rnatilgan 4K displeydir.

Qurilmani «ikkinchi monitor» sifatida ishlatish uchun ikkita USB-C porti orqali Windows, macOS, Linux, Android va iOS asosidagi qurilmalarga ulash mumkin. Og‘irligi taxminan 1 kg bo‘lib, narxi 279 dollardan boshlanadi.

Noutbukni qayta kashf etishibdi :)

📟 DigiTech
💯59😁3710👍10🔥4🤝21🫡1