AI | DigiTech
56K subscribers
3.11K photos
1.58K videos
2.82K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🍏 Amerikaliklarning atigi 20 foizi Apple logotipini xotirasi bo’yicha to‘g‘ri chiza oldi — iPhone deyarli doim qo‘llarida bo‘lsa ham.

Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha: Odamlar logotipni darhol eslashadi, ammo u miyada «olma + tishlangan + minimalizm» kabi eslatmalar to‘plami sifatida saqlanadi, qolganini miyaning o‘zi chizadi.

📟 DigiTech
😁125💯13👍96🔥4🤓3🤝2🫡1😡1
🔭 Jeyms Uebb kosmik teleskopi «Helix» tumanligining eng batafsil suratini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu Yerga eng yaqin sayyoraviy tumanliklardan biri hisoblanib, bizdan taxminan 650 yorug‘lik yili masofada joylashgan. U o‘layotgan yulduzdan chiqayotgan gaz va chang to‘plamlaridan tashkil topgan.

👉 Tiniq sifatdagi tasvirni havola orqali ko’rishingiz mumkin.

📟 DigiTech
82👍24👏9🔥6🤯3💯1🤝1🫡1
👨‍💻 Har o‘ninchi IT mutaxassisi ishda hech narsa qilmaydi — Stenford'da IT-kompaniyalarning 50 000 nafar xodimining ish samaradorligi o‘rganildi.

Taxminan 9,5% dasturchilar hech qanday foydali ishni bajarmaydilar. Ammo ular hisobotlarni a’lo darajada yozishadi va bir oy ichida kodga bir-ikki o‘zgartirishni o‘z vaqtida kiritishadi.

Eng qizig’i bu yerda gap faqat kichik kompaniyalar haqida ketmayapti, tadqiqotda hatto Microsoft, Google, Oracle xodimlari ham tahlil qilingan. Ular shiddatli faoliyatni taqlid qilish orqali yiliga 200-300 ming dollar daromad olishmoqda.

Potensial biznes reja tayyor :)

📟 DigiTech
😁14314💯12👍11🔥2🤓2👨‍💻1😇1🤝1🫡1
🚘 Xiaomi SU7 so‘nggi besh yil ichida Xitoyda sotuvlar bo‘yicha Tesla Model 3’ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan birinchi elektromobil bo‘ldi — qimmatroq segmentda Amerika sedani 2019-yildan beri yetakchilik qilib kelayotgan edi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Xitoy texnologiya giganti 258 164 ta avtomobil sotgan bo‘lsa, Model 3 esa 200 361 dona sotildi. Tahlilchilarning fikricha, Xiaomi ko‘proq qiziqarli xususiyatlar va qulay narx tufayli muvaffaqiyat qozonmoqda.

Shu bilan birga, boshqa bir model — Tesla Model Y — Xitoyda eng ko‘p sotiladigan SUV bo‘lib qolmoqda (452 338 dona). U hatto benzinli raqobatchilarini ham ortda qoldirgan: ikkinchi o‘rinda 244 068 dona natija bilan Geely Xingyue L turibdi.

📟 DigiTech
45👍22💯3🫡2🔥1👏1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌇 AQSh'lik ekstremal Tayvan poytaxtidagi 101 qavatli osmono‘par bino tepasiga hechqanday xavfsizlik arqonlarisiz chiqdi.

Aleks Xonnold tomoshabinlar va ommaviy axborot vositalari ko‘z o‘ngida, Burj Xalifaga qadar dunyodagi eng baland deb hisoblangan 508 metrlik «Taybey 101» binosini zabt etdi. Uning aytishicha, buni 12 yil davomida orzu qilgan ekan — va nihoyat bir yarim soat ichida cho‘qqiga chiqib, maqsadiga erishdi.

Aleks 2017-yilda dunyoda birinchi bo‘lib Yosemitidagi 900 metr balandlikdagi El-Kapitan qoyasiga hech qanday himoya vositalarisiz chiqqanidan so‘ng mashhurlikka erishgan. Keyinchalik bu voqea haqida «Free Solo» nomli hujjatli film suratga olindi va u «Oskar» mukofotiga sazovor bo‘ldi.


Binoni zabt etilishi jarayoni Netflix'da jonli efirda uzatildi, Aleks esa bu uchun Netflix'dan 500 000 dollar mukofot oldi.

📟 DigiTech
👍90🤯3317🔥42👏2🫡2💯1
⚡️Dunyodagi eng mashhur tiktoker o‘zining raqamli qiyofasini deyarli 1 mlrd dollarga sotdi.

TikTok tarixidagi eng mashhur bloger, 160 million obunachiga ega bo‘lgan Xabi Leym o‘zining Step Distinctive Limited kompaniyasini Rich Sparkle Holdings firmasiga 957 million dollarga sotdi.

Endi Rich Sparkle kelgusi uch yil davomida blogerning barcha daromad manbalarini boshqarish bo‘yicha mutlaq huquqqa ega bo‘ladi: brendlar bilan hamkorlik, reklama shartnomalari va elektron tijorat loyihalari shular jumlasidandir. Shunga qaramay, Leym nazorat qiluvchi aksiyador sifatida qoladi.


Kelishuvning eng qiziqarli qismi — SI avataridir. Xabi uchun raqamli avatar yaratilmoqda, u reklama roliklarida uning ishtirokisiz suratga tushadi: bir vaqtning o'zida turli mamlakatlarda, 24/7 va bir xil yuz ifodasi bilan. Xabi divandan turishiga ham hojat qolmaydi — brend pul ishlashda davom etadi.

📟 DigiTech
🤝83🤯39👍149🔥6👏6😁6🫡5💯3👨‍💻1
🛜 Olimlar havo orqali internetni optik tolaga qaraganda tezroq — 120 Gbit/s tezlikda uzatishni o‘rganishdi: bu bir soniyada 4K sifatdagi filmni yuklab olish uchun yetarli.

UC Irvine tadqiqotchilari ma’lumotlarni deyarli superkompyuter tezligida uzatadigan 140 gigagertsli simsiz moslamani yaratishdi.

Ushbu qurilma hajmi katta emas, shuningdek, u kam quvvat bilan ishlaydi, shuning uchun uni smartfonlar va kelajakdagi 6G tarmoqlarida qo‘llash mumkin. Kelajakda bu kamroq kabellar, arzon infratuzilma va havo orqali optik tola darajasidagi internetdan foydalanish imkonini beradi.

📟 DigiTech
👏11223👍14🤯13💯6🔥4😢32🫡2🎉1🤝1
🍜 «IT-Plov» Toshkentda: Servercore va mutaxassislar biznes uchun sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va GPU'ni muhokama qilishdi

Dekabr oyida Toshkentda Servercore (xalqaro IT-infratuzilma provayderi) tashabbusi bilan «IT-Plov» yopiq biznes kechki ovqati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Uzum E-commerce, Cybernet AI va Markaziy Osiyo Fintex Assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etib, O‘zbekistonda AI’ni joriy etish, bulutga o‘tish va GPU tanlash bo‘yicha real tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.

📋 Tadbirda muhokama qilingan asosiy mavzular:

AI va ML infratuzilmasi: Loyihalar uchun GPU quvvatini tanlashda narx va samaradorlik balansini qanday to‘g‘ri ushlash mumkin?
Texnologik tanlov: O‘z ma’lumotlar markazi (On-premise) va Bulutli GPU (Cloud) o‘rtasidagi farqlar, yutuq va kamchiliklar.
Mahalliy tajriba: O‘zbekiston kompaniyalarining real keyslari tahlili va bulutli yechimlarga o‘tishdagi amaliy tavsiyalar.


Tadbir nafaqat dolzarb texnologik masalalar muhokamasi, balki tadbirkorlar va IT-ekspertlar uchun o‘zaro fikr almashish (networking) maydoniga ham aylandi.

📊 2026 — «burilish yili» bo‘lishi mumkin.
Markaziy Osiyo Fintex Assotsiatsiyasi raisi
Otabek Nasirov
fikricha, yaqin 1–2 yilda raqobat kuchayadi va yutadiganlar —
tez sinov qilib, tez mahsulot chiqaradiganlar
bo‘ladi. Bunda infratuzilma «poydevor»:
arzon, masshtablanuvchi va ishonchli
bo‘lishi kerak.


⚡️Servercore kelajakdagi o‘sish uchun ishonchli poydevor bo‘lishga tayyor.
Kompaniya bulutli infratuzilma va GPU serverlar orqali mahalliy biznesga qo‘shimcha xarajatlarsiz innovatsiyalar yaratish imkonini beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥19👍87😢2💯1
🚘 Mercedes-Benz kompaniyasining o‘zini-o’zi quvvatlaydigan Vision Iconic avtomobili haqida qo’shimcha tafsilotlar e'lon qilindi.

Avtomobil kuzovi quyosh energiyasini yig‘uvchi maxsus bo‘yoq bilan qoplangan bo‘lib, butun korpusni energiya manbaiga aylantiradi va ideal sharoitlarda yiliga qo’shimcha 12 000 km yurish masofasini ta’minlashi mumkin.

Undagi bo‘yoq shunchaki bezak emas: o‘ta yupqa fotoelektrik qatlam mashina harakatlanayotganda, to‘xtash joyida turganida yoki shunchaki garajda yorug‘lik tushib turganida quyosh energiyasini to‘playdi.


Dizayn 30-yillarning lyuks avtomobillaridan ilhomlanilgan: uzun kapot, silliq qora kuzov va art-deko uslubidagi salon. Ichida neyron tarmoqlar, avtonom haydash tizimi va «aqlli» arxitektura mavjud.

Albatta bu hozircha faqat konsept.

📟 DigiTech
🔥7417😁10👍9💯32🥰2👏1🤯1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Har qanday 3D model, videolar va rasmlarni yaratamiz — Krea uzoq davom etgan jimlikdan so‘ng Realtime Edit funksiyasini namoyish etdi.

• Xizmat fotosuratlar, videolar va hatto 3D modellar ustiga istalgan generatsiyani qo‘yadi.
• Barcha loyihalarni real vaqt rejimida tahrirlash mumkin.
• Eng zo‘ri — generatsiya tezligi atigi 50 millisoniyani tashkil etadi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍4710🔥10🤯6🤝3💯21
AI | DigiTech
📲 Yangi Samsung smartfonlari begona odam kuzatuviga qarshi ekran bilan jihozlanadi. One UI 8.5 dasturiy ta’minotida Galaxy S26 Ultra'da paydo bo‘ladigan «Privacy Display» funksiyasi aniqlandi. U faollashtirilganda, birov ekranga yondan mo‘ralasa, displey…
📲 Samsung'ning ekraningizni begona ko’zlardan yashiradigan Privacy Display texnologiyasi haqida yangi tafsilotlar paydo bo’ldi.

Texnologiya shaxsiy ma’lumotlarni siz uchun ko‘rinadigan, begonalar uchun esa ko‘rinmaydigan qilib yashira oladi. Shu bilan birga, butun ekranni emas, masalan, bildirishnomalarni o’zini boshqalarga ko’rinmaydigan qilish mumkin.

Bu qanday ishlashi sir saqlanmoqda, biroq bu funksiyani besh yil davomida ishlab chiqishgan. Ushbu funksiyani birinchi bo‘lib fevral oyida namoyish etiladigan Galaxy S26 oladi.

📟 DigiTech
🔥93👍2813🤯7💯6🫡5👏3👨‍💻1🤝1
📚 Bolalar kitoblarni xuddi smartfon ekranlaridek svayp qilishni boshlashdi — boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining uchdan bir qismi darsliklardan qanday foydalanishni tushunmay qolyapti.

Shu sababli bolalarning bir qismi maktabdagi dastlabki darslarga tayyor emas. Ota-onalar buni texnologiya asrida bolani avval gadjetlardan foydalanishga o‘rgatish kerakligi bilan izohlashmoqda.

O‘qituvchilar zamonaviy bolalarda muloqot qilish va hissiyotlarni boshqarish ko‘nikmalari susayib ketganini payqashdi. Ko‘pchilikni hatto mustaqil ovqatlanishga ham o‘rgatishmagan.

📟 DigiTech
😨50🔥15🤯9👍5😢4💯4🫡31