AI | DigiTech
56.1K subscribers
3.11K photos
1.58K videos
2.82K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🥣 NASA Marsda astronavtlarni nima bilan oziqlantirishni o‘ylab topgan odamga 750 000 dollar to‘lashga tayyor — kompaniya yangi tanlovni e’lon qildi.

Istagan odam Marsda oziq-ovqat yetishtirish va tayyorlashdan iborat to’liq qollanmani yuborishi mumkin. Barcha taklif etilgan variantlar Yerdan ta'minotsiz ishlashi kerak — takliflar 2026-yil sentyabrigacha qabul qilinadi.

📟 DigiTech
1👍131🤯3711🤝53🫡3💯2🔥1👏1
🎥 YouTube’da sun’iy intellektda yaratilgan videolar yanada ko‘payadi: bu yil Google blogerlarga o‘z neyron nusxalari bilan shorts videolar yaratish imkonini beruvchi yangi funksiyani ishga tushiradi.

Bu funksiya qanday ishlashi va aniq qachon ishga tushirilishi haqida keyinroq ma’lumot berilishi va’da qilindi. Ammo hozirning o‘zida YouTube’dagi har beshinchi yangi video sun’iy intellekt yordamida yaratilmoqda. Ba’zida bu videolar shunchalik sifatli chiqmoqdaki, hatto ommaviy axborot vositalari ham ularning soxtaligini aniqlay olmayapti.

📟 DigiTech
😨56👍158😡7🔥3🤯3😢3💯2🫡2👏1🤓1
⚡️Sun’iy yo‘ldoshlar orqali 6 Tbit/s tezlikdagi internet — milliarder Jeff Bezosning Blue Origin kosmik kompaniyasi Starlink'dan minglab marta tezroq ishlaydigan internetni ishga tushirishini e’lon qildi.

Kompaniyaning sun’iy yo‘ldosh internet tarmog‘i Yer atrofidagi past orbitada 5280 ta va o‘rta orbitada 128 ta qurilmani o‘z ichiga oladi hamda 2027-yilda ishga tushirilishi kutilmoqda.

Lekin faqat korporativ mijozlarni ulash rejalashtirilgan bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab ularning soni 100 000 tadan oshmasligi ko‘zda tutilgan — oddiy foydalanuvchilar bu xizmatdan foydalana olmaydilar. Solishtirish uchun: Starlink hozirda ~400 Mbit/s tezlikni ta’minlamoqda.

📟 DigiTech
👍68🔥23😢1195🫡3👏1😁1💯1🤝1
⚡️Tramp Grenlandiyaning har bir fuqarosiga 1 million dollardan to‘lamoqchi. Yagona shart — AQSh'ga qo‘shilish uchun ovoz berish.

Orolda hozirda 57 ming kishi yashaydi, shuning uchun bunday xarid AQSh'ga taxminan 57 milliard dollarga tushadi.

Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida so‘zga chiqqan Amerika rahbari AQSh Grenlandiya ustidan nazoratni qo‘lga kiritish uchun harbiy kuch ishlatmasligiga va'da berdi.

📟 DigiTech
👍89😁61🤯2010😡10😨3🤝3🔥21💯1🫡1
🚘 Avtomobillar yuvish tarmog‘i AQSh'ning eng yaxshi ish beruvchilari reytingida Nvidia va Google'ni ortda qoldirdi.

Yirik texnologik kompaniyalar ularga martaba o‘sishi imkoniyatlari, maosh, ish va shaxsiy hayot muvozanati (work-life balance) hamda boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha yutqazdi. Baholash xodimlarning o‘zlari tomonidan amalga oshirilgan.

Apple esa hatto top o’ntalikka ham kira olmadi, iPhone ishlab chiqaruvchilari ro’yxatda 77-o‘rinni egalladi.

📟 DigiTech
😁78👍197🤯7🔥3💯2🫡2🤝1
⚡️Yangi MacBook'lar kelasi hafta namoyish etilishi mumkin: Apple Los-Anjelesga blogerlar va jurnalistlarni taklif qilishni boshladi.

Ehtimol, M5 Pro va M5 Max chiplaridagi yangi MacBook Pro modellarini namoyish etishadi. Shuningdek, Mac’ning hamyonbop versiyasini ham ko‘rsatishlari mumkin.

Insayderlarning ta’kidlashlaricha, samaradorlik hozirgi modellarga nisbatan 30 foizga oshadi. Shu bilan birga, Apple to‘g‘ridan-to‘g‘ri chipga sun’iy intellektni o’rnatmoqchi. Natijada noutbuklar internetga ulanmasdan turib fotosuratlarni qayta ishlashi, videolarni tarjima qilishi va murakkab vazifalarni bajarishda yordam berishi mumkin bo‘ladi.


Taqdimotni 27-29 yanvar oralig’ida kutamiz.

📟 DigiTech
🔥44🤯157👍4💯4👏2🤝2🫡1
⚡️Intel ham «yovuzlar yo’liga» o’tdi — kompaniya oddiy kompyuterlar uchun protsessorlar ishlab chiqarishni qisqartirmoqda.

Endi kompaniyaning birinchi darajali ustuvor yo‘nalishi — ma’lumotlar markazlari bo‘ladi. Sun’iy intellekt infratuzilmasiga bo‘lgan talab oshib bormoqda va Intel'ga shaxsiy kompyuterlar uchun protsessorlar o‘rniga qimmatbaho Xeon chiplarini korporatsiyalarga sotish ko‘proq foyda keltiradi.

Bu biz uchun nimalarni anglatadi:
• Tanqislik va narxlarning oshishi: Core seriyalari (ayniqsa eng top i7/i9) tanqisligi yuzaga keladi, bu esa kelgusi olti oy ichida narxlarning oshishiga olib keladi.
• AMD uchun imkoniyat: Intel sun’iy intellektlar trend'daligida daromad qilib olish bilan band bo‘lgan paytda, shaxsiy kompyuterlar bozori Ryzen tomon kuchliroq siljishi mumkin.
• Yangi protsessorlarning ommaviy ishlab chiqarilishi sezilarli darajada sekinlashishi mumkin.


📟 DigiTech
🤯89😢189😁9🫡32🤓2😨2😡2🥰1💯1
📚 Tadqiqot: Kitob o‘qish umringizni uzaytiradi — muntazam ravishda kitob o‘qisangiz, miya qarishi sekinlashadi.

Tadqiqotchilar 50 yosh va undan katta bo‘lgan 3635 nafar insonlarni 12 yil davomida kuzatib borishdi hamda o‘qish odatlarining umr ko‘rish bilan qanday bog‘liqligini o‘rganishdi. Ular muntazam ravishda kitob o‘qiydigan odamlar umuman kitob o‘qimaydigan kishilarga qaraganda o‘rtacha 23 oy ko‘proq yashashini aniqlashdi. Bu natija hatto ta’lim, daromad, sog‘liq holati, tushkunlik va aqliy qobiliyat kabi omillarni hisobga olgan holda ham o‘z kuchini yo‘qotmadi.


• O‘qish paytida miyangiz meditatsiya holatiga tushadi, asab tizimingiz tinchlanadi va stress darajasi minimal darajaga tushadi.
• Miyangiz bir necha barobar sekinroq qariydi, demensiya va aqli zaiflik paydo bo’lishi xavflari esa minimallashadi!

• Kuniga kamida 20 daqiqa o‘qing. Bunga hatto audiokitoblar ham to‘g‘ri keladi, eng muhimi, e’tiborni videolar va boshqa keraksiz narsalarga emas, balki asarlarga qaratishdir. Ya'ni asosiysi — kitob mazmuniga diqqatni jamlash kerak.

📟 DigiTech
58👍2716🔥6👏4🤯4🤝2🫡2😁1💯1👨‍💻1
📱Honor iPhone'ning yangi nusxasi — Magic 8 Pro Air'ni chiqardi. Bu safar 17 Pro va Air modellaridan ilhomlanilgan.

To‘q sariq rangdagisi Apple'nikidan deyarli farq qilmaydi. Hattoki tasma va reklama maketining dizayni ham bir xil.

Lekin hech bo‘lmaganda narxi ikki baravar arzonroq :)

📟 DigiTech
😁14517👍104🔥2🤯2💯2🤝1🫡1
⚡️Higgsfield foydalanuvchilarga pul to’lashni boshlaydi — startap sun’iy intellektda kontent yaratuvchilar uchun Earn monetizatsiya tizimini ishga tushirdi.

Mualliflar o‘zlarining YouTube va Instagram akkauntlarini Higgsfield'ga ulab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri platformada video yaratishlari mumkin. Birinchi kuni bitta muvaffaqiyatli video uchun $1000 gacha yoki umumiy $2500 gacha to‘lov qilishadi. Videolar soni cheklanmagan.

📟 DigiTech
🔥6318💯5👍4🤓4👏2🤝2🫡1
🍏 Amerikaliklarning atigi 20 foizi Apple logotipini xotirasi bo’yicha to‘g‘ri chiza oldi — iPhone deyarli doim qo‘llarida bo‘lsa ham.

Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha: Odamlar logotipni darhol eslashadi, ammo u miyada «olma + tishlangan + minimalizm» kabi eslatmalar to‘plami sifatida saqlanadi, qolganini miyaning o‘zi chizadi.

📟 DigiTech
😁123💯13👍95🔥4🤓3🤝2🫡1😡1
🔭 Jeyms Uebb kosmik teleskopi «Helix» tumanligining eng batafsil suratini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu Yerga eng yaqin sayyoraviy tumanliklardan biri hisoblanib, bizdan taxminan 650 yorug‘lik yili masofada joylashgan. U o‘layotgan yulduzdan chiqayotgan gaz va chang to‘plamlaridan tashkil topgan.

👉 Tiniq sifatdagi tasvirni havola orqali ko’rishingiz mumkin.

📟 DigiTech
80👍24👏9🔥6🤯3💯1🤝1🫡1
👨‍💻 Har o‘ninchi IT mutaxassisi ishda hech narsa qilmaydi — Stenford'da IT-kompaniyalarning 50 000 nafar xodimining ish samaradorligi o‘rganildi.

Taxminan 9,5% dasturchilar hech qanday foydali ishni bajarmaydilar. Ammo ular hisobotlarni a’lo darajada yozishadi va bir oy ichida kodga bir-ikki o‘zgartirishni o‘z vaqtida kiritishadi.

Eng qizig’i bu yerda gap faqat kichik kompaniyalar haqida ketmayapti, tadqiqotda hatto Microsoft, Google, Oracle xodimlari ham tahlil qilingan. Ular shiddatli faoliyatni taqlid qilish orqali yiliga 200-300 ming dollar daromad olishmoqda.

Potensial biznes reja tayyor :)

📟 DigiTech
😁14113💯12👍10🔥2🤓2👨‍💻1😇1🤝1🫡1
🚘 Xiaomi SU7 so‘nggi besh yil ichida Xitoyda sotuvlar bo‘yicha Tesla Model 3’ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan birinchi elektromobil bo‘ldi — qimmatroq segmentda Amerika sedani 2019-yildan beri yetakchilik qilib kelayotgan edi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Xitoy texnologiya giganti 258 164 ta avtomobil sotgan bo‘lsa, Model 3 esa 200 361 dona sotildi. Tahlilchilarning fikricha, Xiaomi ko‘proq qiziqarli xususiyatlar va qulay narx tufayli muvaffaqiyat qozonmoqda.

Shu bilan birga, boshqa bir model — Tesla Model Y — Xitoyda eng ko‘p sotiladigan SUV bo‘lib qolmoqda (452 338 dona). U hatto benzinli raqobatchilarini ham ortda qoldirgan: ikkinchi o‘rinda 244 068 dona natija bilan Geely Xingyue L turibdi.

📟 DigiTech
44👍22💯3🫡2🔥1👏1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌇 AQSh'lik ekstremal Tayvan poytaxtidagi 101 qavatli osmono‘par bino tepasiga hechqanday xavfsizlik arqonlarisiz chiqdi.

Aleks Xonnold tomoshabinlar va ommaviy axborot vositalari ko‘z o‘ngida, Burj Xalifaga qadar dunyodagi eng baland deb hisoblangan 508 metrlik «Taybey 101» binosini zabt etdi. Uning aytishicha, buni 12 yil davomida orzu qilgan ekan — va nihoyat bir yarim soat ichida cho‘qqiga chiqib, maqsadiga erishdi.

Aleks 2017-yilda dunyoda birinchi bo‘lib Yosemitidagi 900 metr balandlikdagi El-Kapitan qoyasiga hech qanday himoya vositalarisiz chiqqanidan so‘ng mashhurlikka erishgan. Keyinchalik bu voqea haqida «Free Solo» nomli hujjatli film suratga olindi va u «Oskar» mukofotiga sazovor bo‘ldi.


Binoni zabt etilishi jarayoni Netflix'da jonli efirda uzatildi, Aleks esa bu uchun Netflix'dan 500 000 dollar mukofot oldi.

📟 DigiTech
👍88🤯3317🔥42👏2🫡2💯1
⚡️Dunyodagi eng mashhur tiktoker o‘zining raqamli qiyofasini deyarli 1 mlrd dollarga sotdi.

TikTok tarixidagi eng mashhur bloger, 160 million obunachiga ega bo‘lgan Xabi Leym o‘zining Step Distinctive Limited kompaniyasini Rich Sparkle Holdings firmasiga 957 million dollarga sotdi.

Endi Rich Sparkle kelgusi uch yil davomida blogerning barcha daromad manbalarini boshqarish bo‘yicha mutlaq huquqqa ega bo‘ladi: brendlar bilan hamkorlik, reklama shartnomalari va elektron tijorat loyihalari shular jumlasidandir. Shunga qaramay, Leym nazorat qiluvchi aksiyador sifatida qoladi.


Kelishuvning eng qiziqarli qismi — SI avataridir. Xabi uchun raqamli avatar yaratilmoqda, u reklama roliklarida uning ishtirokisiz suratga tushadi: bir vaqtning o'zida turli mamlakatlarda, 24/7 va bir xil yuz ifodasi bilan. Xabi divandan turishiga ham hojat qolmaydi — brend pul ishlashda davom etadi.

📟 DigiTech
🤝82🤯37👍139🔥6👏6😁5🫡5💯3👨‍💻1
🛜 Olimlar havo orqali internetni optik tolaga qaraganda tezroq — 120 Gbit/s tezlikda uzatishni o‘rganishdi: bu bir soniyada 4K sifatdagi filmni yuklab olish uchun yetarli.

UC Irvine tadqiqotchilari ma’lumotlarni deyarli superkompyuter tezligida uzatadigan 140 gigagertsli simsiz moslamani yaratishdi.

Ushbu qurilma hajmi katta emas, shuningdek, u kam quvvat bilan ishlaydi, shuning uchun uni smartfonlar va kelajakdagi 6G tarmoqlarida qo‘llash mumkin. Kelajakda bu kamroq kabellar, arzon infratuzilma va havo orqali optik tola darajasidagi internetdan foydalanish imkonini beradi.

📟 DigiTech
👏10922👍14🤯13💯6🔥42😢2🫡2🎉1🤝1