AI | DigiTech
56.1K subscribers
3.94K photos
1.78K videos
3.64K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛸 Xitoyning Shenzhen UFO Technology startapi muhandislari boshqariladigan uchar likopchani yasashdi

Bu narsa oltita propellerlarga ega bo’lib, u soatiga 50 km tezlashishi va 200 metr balandlikka ko’tarilishi mumkin. Kabina faqat bir kishi uchun mo’ljallangan, akkumulyatori esa taxminan 15 daqiqa parvozga yetadi.

Ular allaqachon xalqaro patent olishgan, lekin qachon va qanday narxda sotishni boshlashlari haqida hozircha aytishmadi.

AQSh razvedkachilari shu qurilmani ko’rib vahima qilishgan shekilli)

📟 DigiTech
😁80👍33🤯5🤓4⚡2🔥1👏1💯1👨‍💻1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚗 Buyuk Britaniyada mashinalarni ijaraga beruvchi Fetch xizmati ishga tushdi, unda mashinani o’zi yoningizga keladi

Avtomobilni tanlangan nuqtaga yetkazib berish kompaniyaning ofisda o’tirgan xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Ekranlar bilan o’ralgan holda, ularni masofadan turib boshqarishadi - xuddi video o’yindagi kabi.

Hozircha bitta xodim faqat bitta mashinani boshqaradi, lekin ular bir vaqtning o’zida bir nechta mashinani boshqarishni rejalashtirishmoqda.

Bizda bunday xizmatlar qachon ishga tusharkina…

📟 DigiTech
🔥49👍38🤯11👨‍💻7😡6❤4⚡3🤓2😨2👏1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛹 “Kelajakka qaytib" filmidagi hoverbord taqdim etildi

Uni KAERI Robot kompaniyasi namoyish etdi. U havo yostig’i yordamida harakatlansada, baribir havoda muallaq turganga o’xshaydi.

Qurilmaga izohlarda baho bering.

📟 DigiTech
🔥58👍21😡19👏3🤯3❤2
🎥 Runway GEN-2 neyrotarmog’i endi hamma uchun mavjud — uni ancha vaqtdan beri sinab ko’rmoqchi bo’lsangiz, hozir ayni vaqti!

Buning uchun sayt yoki mobil ilovada ro’yxatdan o’tishingiz kifoya. Bepul 105 soniyalik video generatsiya qilish mumkin.

Bu neyrotarmoq juda tez rivojlanmoqda, shu ketishda kinolar generatsiya qilishgacha ham ko’p qolmadi.

📟 DigiTech
👍52🤯15🔥10👏3⚡2🤔1💯1🤓1👨‍💻1
🚀 SpaceX kompaniyasi 14 yoshli dasturchini ishga oldi

SpaceX kompaniyasi Kayren Kvazini Starlink loyihasida Software Engineer (dasturiy ta’minot) sifatida ishga oldi. Kayren yaqinda Kaliforniyadagi Santa Klara universitetini bakalavr darajasi bilan tamomladi. U 1851 yilda tashkil etilgan universitet tarixidagi eng yosh bitiruvchiga aylandi.

Bungacha u Intel’da amaliyot o’tagan, u yerda sun’iy intellekt bo’yicha tadqiqotlar bilan shug’ullangan. 2022-yilda esa kiberxavfsizlik sohasidagi Blackbird.AI loyihasida amaliyot o’tagan.

9 yoshida Kayren maktab o’quv dasturidan oldinda ekanligini tushungan va Kaliforniya jamoat kollejiga o’qishga kirgan. 11 yoshida esa Santa Klara universitetiga o’qishga kirgan.

📟 DigiTech
🔥120👍54🤯36👏14😇5👨‍💻4😍3❤2⚡2💯1🤓1
📱 Google Android 14 ga batareyaning holatini tahlil qilish funksiyasini qo’shadi

Sozlamalarda siz zaryadlash davrlari sonini, batareyaning ishlab chiqarilgan sanasini va qolgan quvvatni foizlarda ko’rishingiz mumkin bo’ladi.

Bu funksiya iOS va Samsung'da anchadan beri mavjud, endi esa u boshqa ishlab chiqaruvchilarning smartfonlarida ham paydo bo’ladi, bu ishlatilgan telefonni sotib olayotganda uning holatini baholashni osonlashtiradi.

📟 DigiTech
👍89🤔10🔥6⚡5👏3❤2🎉2😡2🤯1
▪️Arxitektor Norman Foster (dumaloq Apple Park loyihasi muallifi) zamonaviy, tabiiy ofatlardan boshpanalarni loyihalashtirdi. Uyni bir kundan kamroq vaqt ichida qurish mumkin, xizmat muddati esa 20 yil.

Uy maydoni 27 kvadrat metr bo’lib, ichkarida ovqatlanish joyi, uyqu zonasi, shuningdek dushli hammom mavjud. Tomga quyosh panellarini o’rnatish mumkin.

Konstruktsiya beton plitalar va yog’ochdan iborat bo’lib, poydevor qayta ishlangan qurilish chiqindilaridan qilingan. Uyga ehtiyoj qolmaganda, materiallar boshqa maqsadlarda qayta ishlanishi mumkin.

📟 DigiTech
👍67👨‍💻9🔥8👏6⚡5🤔4❤3🤯1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼️ Rasmlar sifatini yaxshilab beruvchi neyrotarmoq

ImgLarger neyron tarmog’i tasvir hajmini 4 baravar oshirib, mayda detallarigacha tiniqlashtirib beroladi.

Bir akkaunt uchun bepul 8 ta generatsiya mavjud, lekin yangi akkauntlar ochib undan istagancha foydalanish mumkin)

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍45🤯8🔥4🤓4😡3🤔2❤1🎉1💯1👨‍💻1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚗 LEGO kompaniyasi xodimlari 380 ming dona bo’lakchalardan Ferrari Monza SP1 sportkarining to’liq o’lchamli modelini yasashdi

Model Daniyadagi yangi LEGOLAND-ga joylashtirilgan va sotuvga chiqarilmaydi.

📟 DigiTech
👍74👏14🤯9⚡4🔥4❤3😁1🎉1🤩1👨‍💻1
🌌 Capture the Atlas sayti butun dunyodan Somon yo’lining eng yaxshi suratlarini tanlab oldi

Tanlov doirasida astrofotograflar 3000 dan ortiq fotosuratlarni taqdim etishdi, biroq faqat 25 tasi saralandi. Bularning hammasi haqiqiy rasmlar, albatta biroz ishlov berilgan, lekin hechqanday neyrotarmoq ishlatilmagan.

👉 Qolgan suratlarni ko’rish uchun havola.

Juda go’zal manzara.

📟 DigiTech
👍90🤩28⚡7❤7🔥6😍6😨4😇3👏2💯2😡2