AI | DigiTech
54.4K subscribers
3.01K photos
1.56K videos
2.73K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🧠 AQSh'da olimlar neyroimplantlarning yangi avlodi — BISC'ni ishlab chiqishdi. Ular miya bilan bosh suyagi oralig‘iga joylashtiriladi va o‘rnatilishi Neuralink'dan bir necha marta osonroq.

Soch qalinligidagi qurilma Wi-Fi orqali tashqi gadjetga ulanadi va miyaga kompyuter bilan bir zumda signal almashish imkonini beradi. U epilepsiya, orqa miya jarohatlari va hatto ko‘rlikni davolashda yordam berishi mumkin.

Qurilmaning odamlarda dastlabki sinovlari allaqachon boshlangan.

📟 DigiTech
👏88🤯32179👍6🫡3🔥2👨‍💻2🤓1
⚡️Avstraliya dunyoda birinchi bo‘lib 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni qonun darajasida taqiqladi.

Yangi qoidalarga binoan, platformalar ma'muriyati avstraliyalik o‘smirlarning barcha akkauntlarini o‘chirib tashlashi, shuningdek, ularning yangi akkaunt ochmasligini nazorat qilishi shart. Ushbu talablarni bajarmaslik 33 million dollargacha jarima bilan jazolananishi mumkin.

Cheklovlar eng mashhur 10 ta platformaga, jumladan Twitch, TikTok va YouTube'ga ta'sir qiladi, ammo kelajakda ro‘yxat qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

📟 DigiTech
👍149👏33🤯139🔥7🫡3💯2🤓2👨‍💻2
🚢 Dunyodagi eng katta suzuvchi baliq fermasi mana shunday ko‘rinishda — unda bir vaqtda 10 ming tonnagacha losos balig’i yetishtiriladi.

Uzunligi 385 metr va maydoni uchta futbol maydoniga teng keladigan ulkan yarim cho‘kma platforma Norvegiya suvlarida baliqlarni qirg‘oq ifloslanishidan uzoqda, tabiiy muhitda saqlash imkonini beradi.

Oqimlar tufayli ularda doimo toza suv mavjud, to‘rsimon devorlar va suv osti lazer-kuydirgichlari esa (xuddi ilmiy-fantastik filmlardagidek) parazitlardan himoyani ta'minlaydi.

📟 DigiTech
🔥59👏2320👍106💯3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 McDonald’s sun’iy intellekt'da yaratilgan o‘zining birinchi reklama videosini namoyish etdi — va shu zahoti tanqidlar ostida qoldi.

«Yilning eng yomon fasli» haqidagi Rojdestvo videosi odamlarning g'alati yuzlari, noto‘g‘ri fizika qonuniyatlari va uslubning yo’qligi uchun ommaviy ravishda tanqidga uchradi. Shu bilan birga, reklamani 10 nafar promt-muhandislaridan iborat jamoa ikki oydan ortiq vaqt davomida tayyorlagan edi.

Ommaviy tanqidlar sababli McDonald's o‘z roligini hamma joydan o’chirib tashlashga majbur bo‘ldi. Biroq, internetga chiqqan narsa undan qaytib o’chmaydi :)

📟 DigiTech
😁14318👍13💯6🫡3👏2🔥1🤯1🤝1
⚡️ Kuniga 7 soatdan kam uxlash umrni qisqartiradi. Olimlar aniqlashicha, yaxshi uyqu parhez, sport yoki odamlar bilan muloqot va stressga qaraganda umr davomiyligiga ko’proq ta’sir ko‘rsatadi.

Tadqiqotchilar o‘n minglab insonlarning salomatligini tahlil qilib, normal uyqu yetishmasligi tanani butunlay xarob qilishini isbotladilar. Uyqusizlikdan ko‘ra faqat chekishning zarari ko‘proq bo‘lib chiqdi.

📟 DigiTech
👍90🤯2112🫡7👏3🤔3😢1💯1🤝1
⚡️Xitoyliklar Porsche'ni sindirmoqda — kompaniya Germaniyadagi har to‘rtinchi xodimini ishdan bo‘shatmoqchi.

Shtutgart, Vaysax va boshqa shaharlardagi zavodlarda 5500 dan ortiq kishi ishsiz qolishi mumkin. Ishlab chiqarish kengashi buni allaqachon Porsche tarixidagi eng katta qisqartirish deb e'lon qildi.

Sotuvlarning keskin tushishi fonida, Porsche SE xoldingida hatto tanklar ishlab chiqarishga qaytish haqida o‘ylar paydo bo‘lmoqda. Bundan oldin konsern allaqachon 1950-yillarda Bundesver uchun Leopard 1 tanklarini ishlab chiqargan.

📟 DigiTech
😨95👍2910🔥5👏5😡5🤓4👨‍💻2💯1
⚡️OpenAI kutilmaganda o’zining yangi flagman modeli — GPT 5.2 ni chiqardi. U vazifalarni bajarish sifati bo‘yicha 44 ta sohadagi mutaxassislarni ortda qoldirdi.

GPT 5.2 ayniqsa dasturlash va matematikada yaxshi. U ARC AGI 2 benchmarkida 52,9%, SWE-Bench Verified'da esa 80% natija qayd etdi.

GPT 5.1 bilan solishtirganda, yangi model interfeyslarni yaxshiroq loyihalaydi, fizika bilan samaraliroq ishlaydi va ma'lumotlarni chuqurroq tahlil qiladi. Endi vaybkodlash yanada oson bo’ladi.

📟 DigiTech
👍7412🔥8👏7🫡43👨‍💻3🥰2💯1
⚡️AQSh'da politsiyachilar gumonlanuvchilarning fotorobotlarini ChatGPT yordamida yaratishni boshlashdi — odatda buni qo’lda chizishardi.

Sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan tasvirlar allaqachon ikki ish bo’yicha qo‘llanildi. Biroq, ikki holatda ham bu aybdorlarni topishga yordam bermadi. Tasvirlar juda realistik chiqqan bo’lsa-da, ularda hali ham mavjud bo’lmagan odamlar aks ettirilgan.

📟 DigiTech
😁1138🔥6👍4👏4🤝3💯2🤓21🫡1
🎵 Kamera orqali musiqa generatsiya qilamiz: Google Lyria Camera xizmatini ishga tushirdi — u atrofingizga mos musiqa yaratadi.

Ilova Gemini yordamida atrofni tahlil qilib, mos janrlarni tanlaydi va darhol audio generatsiya qiladi. Bir necha soniyada istalgan muhitga mos keladigan saundtrekka ega bo‘lasiz.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍4423🤯9👏51🔥1
📲 «Google Tarjimon» istalgan simsiz quloqchinlar bilan mos keladigan, real vaqt rejimida nutqni tarjima qilish funksiyasini ishga tushirmoqda — Apple'da bunday xususiyat faqat uchta AirPods modelida mavjud.

Bu funksiya Gemini neyron tarmog'i asosida ishlaydi, 70 dan ortiq tillarni (shu jumladan o’zbek tilini ham) qo’llab-quvvatlaydi va suhbatdoshlarning ohanglarini saqlab qoladi.

Hozirda u AQSh, Hindiston va Meksikada Android tizimida sinovdan o‘tkazilmoqda, barcha qurilmalar uchun esa 2026-yilda chiqarilishi va'da qilinmoqda.

📟 DigiTech
1👏115🤯23🔥1812👍7🎉2👨‍💻2💯1
🚆 Sun’iy intellektda yaratilgan vayron bo‘lgan ko‘prikni surati tufayli Angliyada butun boshli poyezdlar liniyasi harakati to‘xtatildi — bitta hazil 32 ta reysni, jumladan yo‘lovchi poyezdlarni ham to’xtashiga sabab bo‘ldi.

Zilziladan so‘ng mahalliy hazilkashlar ijtimoiy tarmoqlarda 179 yildan buyon zarar ko‘rmagan ko‘prikning vayron bo‘lgan suratlarini tarqata boshlashdi — xodimlar bunga ishonib, darhol poyezdlar harakatini to’xtatishdi.

Natijada buni tekshirish uchun ishchilarni yuborishga to‘g‘ri keldi, mahalliy temir yo‘l boshqarmasi esa ko‘p mablag' va vaqtini yo‘qotdi.

📟 DigiTech
😁183🤯36💯12👍1183😢3👏2🫡2🔥1
⚡️Insayderlar: Arzon SSD'lar endi bo’lmaydi. Samsung bozordan chiqib ketmoqda va SATA-SSD ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatmoqchi, bu shaxsiy kompyuterlarni yangilash va arzon tizimlar yig‘ish uchun eng arzon variant edi.

Vaziyat o‘ylaganimizdan ham yomonroq:
• Samsung bozordan ketgach, kompyuterni arzon yangilash imkoniyati bo’lmaydi — kompaniya haqiqatan ham samarali va shu bilan birga arzon SSD'larni ishlab chiqarardi.

• Mutaxassislar ta'kidlashlaricha: tezkor xotira yetishmovchiligi 2028-yilgacha davom etadi! Ishlab chiqaruvchilar ko‘proq daromad olish maqsadida serverlar va sun'iy intellektga e’tibor qaratmoqda.


📟 DigiTech
🤯105😢1612👍9😨53🔥2👏2🫡2💯1
⚡️Apple qurilmalari narxi yanvardan qimmatlashishi mumkin.

Insayderlarning ma'lumotlariga ko‘ra, Samsung va SK Hynix bilan shartnomalar muddati tugamoqda — har ikkala yetkazib beruvchi ham yanvar oyidan boshlab Apple texnikasi uchun xotira narxlarini oshirishni rejalashtiryapti.

Mutaxassislarning fikricha, narxlar ma'lum muddat saqlanib qolishi mumkin, biroq 2026-yilning birinchi yarmida baribir barcha qurilmalar — iPhone'lar, MacBook'lar va boshqa elektronika qurilmalari narxlarining keskin ko’tarilishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
🤯55😁1310😢8👍5😡5👏3🔥2💯2👨‍💻2🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Internetdagi eng antiqa portfolio: veb-dizayner brauzer uchun epik poyga o‘yini ko‘rinishidagi shaxsiy saytini yaratdi.

Unda sekinlashtirilgan portlashlar, bouling va boshqa odamlar bilan musobaqalar mavjud. O‘yin davomida yigitning boshqa loyihalarini ko‘rish va uning veb-dasturlash bo‘yicha bepul ma’ruzalarini topish mumkin.

👉 Sayt havolasi.

📟 DigiTech
🔥47🤯13👍117👏21😁1💯1
🚘 Volkswagen oxir-oqibat Germaniyadagi zavodini yopishga qaror qildi — 88 yil ichida ilk bor. Financial Times xabar berishicha, Drezdendagi ishlab chiqarish liniyasi ertaga to‘xtatiladi — 2016-yildan beri u yerda faqat elektromobillar chiqarilardi.

Ushbu qaror Xitoy va Yevropadagi talabning pasayishi, shuningdek, AQSh bojlari tufayli biznesni optimallashtirish zarurati bilan bog‘liq. Xodimlarga boshqa VW zavodi joylashgan Volfsburg'ga ko‘chib o‘tish uchun 30 000 yevrodan taklif qilindi, zavod hududini esa ilmiy-tadqiqot kampusi sifatida foydalanish uchun mahalliy universitetga ijaraga berishga qaror qilindi.

Joriy yilning boshlarida Audi ham o‘zining Yevropadagi zavodlaridan birini yopgan edi: 1948-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Bryusseldagi ishlab chiqarish korxonasi Xitoy brendlari bilan raqobat tufayli to‘xtatildi.


📟 DigiTech
😢111🤯21👍107🔥6🤝2🫡2🎉1