AI | DigiTech
56.1K subscribers
3.94K photos
1.78K videos
3.64K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📱Xiaomi kompaniyasidan yana bir potensial bestseller smartfon

Gap Redmi Note 12T Pro smartfoni haqida ketmoqda. U 144 Hz chastotali IPS ekran, MediaTek Dimensity 8200-Ultra chipi va 67 Vt quvvatga ega 5080 mA/soat akkumulyator bilan jihozlangan.

Xitoyda 8+128 GB versiyasi uchun narx 226 dollardan boshlanadi.

Nega IPS ekran OLED emas desangiz, IPS ekran arzon va ko’zni og’ritmaydi.

📟 DigiTech
👍125⚡9🔥7😡5💯3👨‍💻3👏2❤1😁1🤔1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎮 Twitter foydalanuvchisi neyrotarmoqlar yordamida 3 kun ichida chiroyli brauzer o’yinini yasadi. Dialoglar uchun ChatGPT, dizayn uchun esa Midjourney ishlatilgan.

Havolani bosib o’yinni sinab ko’rishingiz mumkin, shuningdek mana bu havola orqali o’yinni ishlab chiqish jarayoni qanday bo’lganini batafsil o’qib chiqishingiz ham mumkin.

📟 DigiTech
👍64😨13🤯4🔥3😡3❤2👏2🤓2
🚢 Yaponiyada elektr energiyasini tashish uchun dengiz tankerini o’ylab topishdi. Kema yuqori seysmik faollik yoki katta chuqurlik tufayli kabellarni yotqizish mumkin bo’lmagan hollarda foydalidir.

Unda 241 MVt/soatgacha qayta tiklanadigan elektr energiyasini saqlovchi 96 ta akkumulyator bo’ladi, bu kichik shaharni bir oy davomida quvvatlantirish uchun yetarli.

Kompaniya birinchi kemaning qurilishini 2025 yilgacha yakunlashni maqsad qilgan, sinovlar esa kelasi yil boshidan boshlanishi rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
👍84🤯19⚡5❤5🔥5👏3😁2👨‍💻2💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Yaqinda o’yinlardagi personajlar (NPC) bilan real hayotdagidek so’zlashish mumkin bo’ladi, Nvidia shunday o’yin demosini ko’rsatdi

Siz o’z ovozingiz bilan o’yindagi personajlarga savol berishingiz mumkin bo’ladi, ular esa oldindan tayyor matn bilan emas, balki real vaqt rejimida sun’iy intellekt yordamida javob beradi. Kelajakda hatto o’yindagi personajlarning o’zlari ham bir-birlari bilan so’zlashishlari mumkin bo’ladi, ya’ni o’yin syujeti har safar har xil bo’ladi. Shu bilan birga, yuz ifodalari va lablar harakati avtomatik ravishda sozlanadi.

Shu namoyishdan so’ng Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi 1 trillion dollardan oshib ketdi.

📟 DigiTech
🤯81👍35🔥4⚡3👨‍💻3👏2💯1
🏠 AQShning Wilderwisehomes kompaniyasi ikki qavatli uyga aylanadigan qiziqarli g’ildirakli uyni ishlab chiqdi. Uni tashish oson va to’xtash joyida atigi 10 daqiqada siz 90 kv/m yashash maydoniga ega bo’lasiz.

Uyda ko’plab shkaflar, yashash maydoni va idishlarni yuvish mashinasi bo’lgan to’liq oshxona mavjud. Bundan tashqari to’lgan toza suv idishi deyarli bir hafta foydalanishga yetadi.

Uyning narxi 85 000 dollar.

📟 DigiTech
👏37👍16🤯6🔥4💯4👨‍💻3⚡1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 NeRF texnologiyasi qanday ishlashiga misol va mana shunday videoni dronda olingandek animatsiya qilish bo’yicha qo’llanma (ingliz tilida).

Oldin bunday videolar olish uchun qimmat dronlar kerak bo’lardi, hozir esa bitta neyrotarmoqni o’zi yetarli.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍55🤯19🔥5❤4⚡3👏2😁1🎉1👨‍💻1
📷 Obyektivsiz kamera

Amsterdamlik muhandis Paragraphica nomli obyektivsiz kamera yasadi, u joylashuv ma’lumotlari asosida suratlarni yaratadi.

Unda obyektiv va odatiy fotografik mexanizmlar yo’q, buning o’rniga, qurilma joylashuv ma’lumotlariga asoslanib sun’iy intellekt yordamida tasvir yaratadi.

Paragraphica an’anaviy kamera korpusida ishlangan, ammo obyektiv o’rniga o’rgimchakka o’xshash qopqog’ o’rnatilgan. Qurilma ekranida siz har doim joriy joylashuvni va matnli so’rovni (prompt) ko’rishingiz mumkin, fotosurat shular asosida yaratiladi.

Yuqorida uchta aylanuvchi tugma o’rnatilgan, ular yordamida siz matnli tavsifni (prompt) sozlashingiz mumkin. Pastki qismida esa shtativ uchun joy mavjud.

📟 DigiTech
👍72😨18🤯10👨‍💻4😁3⚡2👏2😇2😡2❤1🔥1
🧳 LG chamadonga o’rnatilgan portativ monitor chiqardi

LG kompaniyasi LG StanbyME Go simsiz, ko’chirish uchun qulay bo’lgan sensorli monitorini chamadon dizaynida taqdim etdi.

Aslida, bu webOS operatsion tizimida ishlaydigan aqlli televizor. Unda siz YouTube-ni tomosha qilishingiz, brauzer va o’yin ilovalarini ishga tushirishingiz mumkin. Monitorning diagonali 27 dyuym, o’rnatilgan 20 Vt quvvatli dinamiklar Dolby Vision va Dolby Atmos’ni qo’llab-quvvatlaydi. Akkumulyator to’liq zaryadda 3 soat ishlatishga yetadi.

Uning narxi 884 dollar.

📟 DigiTech
🤯36👍20😇5🔥4👏4😡3🤔1🎉1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📑 Imtihonlarda foydali bo’ladigan neyrotarmoq

O’zbeklar tomonidan yaratilgan Monic neyrotarmog’i katta materiallarni o’rganib ular asosida test va topshiriqlar tuzishga, shuningdek ularni tez va qiziqarli tushunishga yordam beradi. Ular ta’kidlashicha, o’zingizga kerakli materiallarni huddi TikTok ko’rayotgandek qiziqarli o’rganarkansiz.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

Aytgancha, sun’iy intellektlar va texnologik yangiliklar bo’yicha, kanalimizning rasmiy @DigiTechChat chatida fikr almashishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍44🔥7🤓3👏2💯2⚡1😁1👨‍💻1
🚘 Yaponiyada pianino va kuchli akustikaga ega antiqa elektromobil Nissan Roox Suite namoyish etildi

Mashinaning ichki qismi ikkita o’rindiqli - haydovchi uchun oddiy o’rindiq va yo’lovchi uchun hashamatli o’rindiq. Oyoq dastagi, muzlatgich, shampan saqlanadigan idish va sozlanadigan planshet stendi mavjud.

Ularning ta’kidlashicha, mashinada hashamatli kvartira tuyg’usini yaratmoqchi bo’lishibdi.

📟 DigiTech
👍57😁14❤5🔥2🤯2💯2🤓2👨‍💻2👏1😍1😇1