AI | DigiTech
56.1K subscribers
3.94K photos
1.78K videos
3.64K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
▪️Kutib oling Yandex'dan ChatGPT

Texnologiya YandexGPT deb ataladi va u Alisa bilan birlashtirilgan. Endi u har xil turdagi matnlarni yozishi va g’oyalar taklif qilishi mumkin. Masalan, u diplom ishini yozib berishi va hatto sayohat rejasini tuzib berishi ham mumkin.

Yangi texnologiya hozir sinovdan o’tkazilmoqda, lekin allaqachon Yandex ilovasida, brauzerida, devayslarida va Alisa bilan ishlovchi smart televizorlarda mavjud.

📟 DigiTech
🔥70👍32❤8👏6🤯4🎉3👨‍💻3😁2😇2⚡1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Tesla odamsimon robotlari yurishni, odamga taqlid qilishni va narsalarni ko’tarishni o’rgandi. Endi u yon atrofni o’rganib, narsalarni qayerda joylashganini eslab qololadi

Robotning bo‘yi 172 santimetr, og‘irligi esa 56,7 kg. U 8 km/soat tezlikda yuradi va 20 kg gacha bo'lgan yuklarni ko'tara oladi. Aytgancha, Tesla Bot shunday yasalganki, «esli chto» odam uni osongina yiqitib, qochib ketishi mumkin :)

Tesla robotlarni ommaviy ishlab chiqarish qachon boshlashi haqida hozircha ma’lumotlar yo’q, lekin kompaniya buni Cybertruck pikaplarini yetkazib berish boshlangandan keyin amalga oshirmoqchi.

📟 DigiTech
🔥38👍35😁9🤯8👏6🤓4😨4⚡1👨‍💻1
📱 Tadqiqot: Android foydalanuvchilarining iPhone-ga o'tish foizi, so’nggi besh yillikdagi eng yuqori ko'rsatkichga yetdi

CIRP tadqiqotlar kompaniyasi 2023-yilda yangi iPhone sotib olganlarning 15 foizi Android smartfonidan o‘tganini aniqladi.

Bu oxirgi 5 yildagi eng yuqori ko'rsatkich, ammo rekord emas. Misol uchun, 2016 yilda iPhone xaridorlari orasida Android smartfonining sobiq foydalanuvchilari ulushi 21 foizni tashkil etgan.

📟 DigiTech
👍80😡31😁6👨‍💻4🔥3💯3🤩2🤝2❤1👏1🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👟 Eng tezkor oyoq kiyim - Moonwalkers

Ular TikTok’da mashhur bo’lib ketishdi va Kickstarter platformasida 330 ming dollar yig‘ishga muvaffaq bo’lishdi. Endi istagan odam oldindan buyurtma berishi mumkin, AQShda uning narxi 1399 dollar.

• Moonwalkers - bu g’ildirakli, aqlli oyoq kiyimdir, u foydalanuvchining yurish tezligiga moslashadi va 2.5 barobar tezroq yurishga yordam beradi.

📟 DigiTech
👍89🤯19🔥9🤩5⚡3👨‍💻3💯2❤1👏1😁1😨1
✍️ Midjourney neyrotarmog’idan mashhur brendlar nomlarini shifokorlar yozuvida qanday bo’lishini tasvirlab berishini so’rashibdi, natijani rasmlarda ko’rishingiz mumkin :)

📟 DigiTech
😁244👍27🤯11🔥3👏3❤2💯2🤓2👨‍💻1😡1
🧑‍💻 Sightful kompaniyasi yangi Spacetop noutbuki uchun displey tanlashga antiqa yondashdi. Unda umuman displey yo’q: uni o’rniga 100 dyuymli ish stolini ko’rsatuvchi VR ko’zoynaklar bilan birga keladi.

Garnitura har bir ko’z uchun Full HD tasvirni ko’rsatadi va dinamiklar bilan jihozlangan, noutbuk esa Snapdragon 865 da ishlaydi.

Windows o’rniga Spacetop OS ishlatiladi. Shuningdek Wi-Fi 6, 5G modul, SIM uchun slot va ikkita USB-C 3.2 mavjud.

Narxi esa 2000 dollar.

📟 DigiTech
🤯65👍27👏10🔥7🤩7😁2🤓2😡2👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌎 Blockade Labs neyrotarmog’i yangilandi, endi u hatto eskizlarni 3D muhitga aylantirib beroladi

Ishlatish oson, eskiz chizasiz, kerakli sozlamalarni va matnli tavsifni kiritasiz, bir necha daqiqada 3D muhit tayyor! Ro’yxatdan o’tmasdan turib brauzerni o’zida bepul sinab ko’rishingiz mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🤯61👍20👏13👨‍💻4🔥3😨3❤2😡2⚡1
▪️Apple o’z xodimlariga ish vaqtida ChatGPT va boshqa sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishni taqiqladi

Apple xodimlaridan maxfiy ma'lumotlarni to'playdigan sun'iy intellekt platformalaridan xavotirda. ChatGPT'dan tashqari, Apple o‘z xodimlariga Microsoft'ga tegishli bo‘lgan GitHub Copilot’dan foydalanishni ham taqiqladi. Copilot yordamida dasturchilar kodlashni avtomatlashtirishlari mumkin.

📟 DigiTech
👍109🔥8😁8🤓5❤4👏3🤔1👨‍💻1
🌆 Tadqiqot: Nyu-York osmono'par binolar og'irligi ostida cho'kmoqda

Olimlar hisobi bo’yicha: shahardagi barcha binolarning og'irligi 764 million tonnani tashkil etadi, ular yumshoq tuproqqa bosim o'tkazadi, shu sabab shahar yiliga 1-2 mm ga cho'kmoqda. Qurilishlarning ko’payishi vaziyatni yanada og’irlashtiradi. Geolog Tom Parsons har bir yangi bino kelajakda suv toshqini xavfini oshirishi haqida ogohlantirdi.

Hozir Nyu-York suv toshqini xavfi bo'yicha 3-o'rinda turibdi, Jakarta yiliga 11 sm ga cho’kib boruvchi 1-o’rinda.

📟 DigiTech
🤯169👍36😨16😁8💯4❤3🤔3🤓3🔥2
▪️Huawei kompaniyasi MatePad Air planshetini taqdim etdi

• Displey: 11,5 dyuym 2800x1840 IPS, 144Hz
• Chipset: Snapdragon 888
• Kameralar: 13 MP + 8 MP selfi
• Xotira: 8/128, 8/256, 12/256, 12/512 GB
• Tarmoq: 4G, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.2 BLE
• OT: HarmonyOS 3.1
• Batareya va zaryadlash: 8300 mA/soat, 40 Vt

Shuningdek stilus va klaviatura ulash mumkin, narxi esa 413 dollardan boshlanadi.

Nima deb o’ylaysiz, ushbu devays Apple iPad Air bilan raqobatlasha oladimi?

📟 DigiTech
👍82😡6❤5⚡4👨‍💻3🔥2👏2💯1🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼️ Drag Your GAN neyron tarmog’i bir necha marta bosish orqali obyektlarning holatini, ularning o’lchamlarini va fotosuratlardagi yuz ifodalarini o’zgartirishga imkon beradi. Shu bilan birga rasm sifati o’zgarmaydi, ya’ni neyrotarmoq rasmni huddi o’sha sifatda qayta generatsiya qiladi.

Loyiha hozirda ishlab chiqilmoqda va yaqin oylarda ishga tushiriladi.

📟 DigiTech
🔥51😨25👍17🤯9👏3🤓2👨‍💻1