AI | DigiTech
56.1K subscribers
3.94K photos
1.78K videos
3.64K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Redditor taqdimotlar yaratish uchun neyron tarmoqlardan foydalanadigan SlidesAi․io vositasini ishlab chiqdi.

Siz faqat matn kiritishingiz, taqdimot turini va slaydlar sonini tanlashingiz kerak. Sun’iy intellekt qolgan ishni bir necha soniya ichida bajaradi.

Google Slides uchun kengaytma sifatida ishlaydi va tez orada PowerPoint uchun ham chiqadi.

👉 Havola.

📟 DigiTech
👍22❤1⚡1
🔍 Google huquqshunoslik sohasiga oid imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan sun'iy intellektga 300 million dollar sarmoya kiritdi.
 
Google Anthropic kompaniyasining moliyaviy va texnik homiysi bo'lish maqsadida uning 10% ulushini sotib olishga qaror qildi. Ularning qiziqishi yaqinda Jorj Meyson universitetida iqtisod va huquq fanlari imtihonlarini muvaffaqiyatli topshira olgan "Claude" nomli sun'iy intellekt texnologiyasi ustidan nazoratni qo'lga kiritishdan iboratdir. Shunday qilib, Google rasman sun'iy intellektning tijorat uchun mo’ljallangan nusxasini yaratish poygasiga kirishdi.
 
• Google neyronlar bilan uzviy bog’langan ushbu poygaga "qo’shilish" ga qanchalar tayyor va albatta, bu kabi sarmoyalar orqali u muvaffaqiyatga erisha olarmikan.

📟 DigiTech
👍24❤3
▪️ChatGPT AQShda shifokor sifatida ishlash huquqini qo’lga kiritish maqsadida USMLE tibbiy imtihonidan o'tdi
 
• OAV ChatGPT Qo'shma Shtatlarda shifokor bo'lib ishlash imtiyoziga ega bo’lish uchun Amerika Qo'shma Shtatlari Tibbiy Litsenziyalash Imtihoni dan (USMLE) o'tganini xabar qildi. Chatbot o‘tish chegarasi 60 foiz deb belgilangan imtihonda tibbiyotga doir 350 ta savol va test topshiriqlarining 88,9 foiziga muvaffaqiyatli javob berdi. Ilmiy tadqiqot doirasida ikkita amaliyotchi shifokor ChatGPT bergan javoblarni baholadilar va test natijalaridagi farqli jihatlar uchinchi ekspert tomonidan alohida ko'rib chiqildi.

📟 DigiTech
👍42🤯27🤓3🔥2🤔2❤1
🖋️ Inpainting

Nvidia dan yangi ajoyib servis, u quyidagilarni qila oladi:

• orqa fonni yoki undagi detalni olib tashlash;
• yangi narsalarni chizish;
• yuzni retush qilish;
• rasmdagi detallarni to’g’irlash.

Ishlatish oson va qulay: rasmni yuklaysiz, ish rejimini tanlaysiz va virtual qalam bilan kerakli joyni chizasiz.

📟 DigiTech
👍21❤4🔥1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Neyrotarmoq yordamida video yaratamiz

Gap MAKE-A-VIDEO neyrotarmog’i haqida ketmoqda. MetaAI (sobiq Facebook) tadqiqotchilari MAKE-A-VIDEO diffuziya neyrotarmog'ini matn bo’yicha qisqa videolarni generatsiya qilishga o'rgatdi.

Ushbu neyrotarmoqning asosiy xususiyati video tasvirlar ketma - ketligiga asoslanib, matndan video yaratoladi.

👉 Havola

📟 DigiTech
👍16🔥9❤2👏2
🖼️ Vaqtni qiziqarli o’tkazish

• Scribble Diffusion neyron tarmog'i eskizlarni tasvirga aylantiradi.

Shunchaki eskiz chizing, matn tavsifini kiriting va tamom. Sayt bepul, ro'yxatdan o'tish shart emas.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍25🔥6🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️UI/UX dizayn qilish endi oson.

• Galileo foydalanuvchi tomonidan matnli so'rov orqali veb-ilovalar uchun dizayn yaratishga qodir neyron tarmoq.

Bu haqiqatan ham juda zo'r, lekin hozircha bu dizayner o’rnini bosolmaydi.

Dizayn - bu muammoni hal qilish va Internet dunyosidagi yangi vizual qadriyatlar haqida.

👉 Sinab ko’rish.

📟 DigiTech
👍25
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TechNews
🌇 Hachi Infinite M1 aqlli proyektori

• Puppy Robotics kompaniyasi Hachi Infinite M1 aqlli proyektorini chiqardi, u juda keng funksionallikka ega.

• Vertikal holatda joylashgan qurilma ekranni stol ustiga proyektsiya qilib, 23 dyuymli sensorli interfeysni yaratadi.

📷 O‘rnatilgan kamera gadjetdan videokonferensiyalar uchun ham foydalanish imkonini beradi.

📟 DigiTech
👍17🤯8😍2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🪩 Maroofy

• Agar sizda sevimli musiqa bo'lsa va shunga o'xshash musiqalarni topmoqchi bo'lsangiz, neyron tarmoqlardan foydalangan holda o'xshash qo'shiqlarni qidiradigan Maroofy xizmati mavjud.

👉 Havola

📟 DigiTech
👍24🤔3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TechNews
🤖 Devorlarda yuroladigan robot

• HausBots kompaniyasi vertikal sirtlarga ko’tarila oladigan innovatsion robotni loyihalashtirdi va ishga tushirdi.

• Robot 110 voltlik sim orqali masofaviy boshqaruv pultiga ulangan. Shuningdek u 6 kg gacha yukni ko’tara oladi va harxil vazifalarni bajara oladi.

😯 Kinolardagi narsalar borgan sari reallashib bormoqda, kim bilsin balki “o’rgimchak odam” kostyumi ham yaqinda chiqib qolar)

📟 DigiTech
👍18👏9❤1😁1💯1
#TechNews
📱iPhone 15 modellarining yangi ranglari shunday bo’lishi kutilmoqda.

•
Barcha modellar USB-C portida, lekin tez port faqat Pro modellarda bo’lishi mumkin. Shuningdek dizayn boshqacha (dumaloqroq, bu renderlardan boshqacha) bo’lishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
⚡26👍7🥰3🤔3❤2🤝2🔥1💯1🤓1😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️3D model yasovchi neyrotarmoqlar maydoniga katta o’yinchi kirdi - NVIDIA.

• Kompaniya GET3D generativ modelini taqdim etdi, u qiyin geometrik detallar va murakkab tipologiyali 3D modellarni yuqori aniqlikda generatsiya qiloladi. Shunchaki qanday 3D model kerakligini tekst ko’rinishidagi tavsifda kiritish kifoya.

📟 DigiTech
👍28🔥5☃2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Synthesys neyron tarmoq yordamida kerakli tasvirning nusxasini to'g'ridan-to'g'ri brauzerning o’zida yaratish imkoniga ega bo’lgan Synthesys X nomli yanada kuchaytirilgan versiyani taqdim etdi.

Misol uchun, fotosuratlar bo'lgan istalgan saytga o'ting va bir necha soniya ichida mualliflik huquqlarini buzmagan holda o'zingiz yoqtirgan rasmni nusxasini yarating.

Synthesys Xni bepul yuklab olishingiz va foydalanishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍18🔥5
🌇 Toshkent shahri ko’chalari neyrotarmoqlar nigohida.

• Neyrotarmoqlar O’zbekistonni boshqa shaharlarini ham qanday tasavvur qilishini chiqarib boramiz.

📟 DigiTech
👍57🤯33😁6😇5☃4💯4🤔3❤1
🪄Hogwarts Legacy o’yini chiqqanidan so’ng 2 hafta ichida Warner Bros kompaniyasiga 850$ mln dollardan ortiq daromad keltirdi.

Shu vaqtgacha o’yinning 12 mln dan ortiq nusxasi sotildi. Solishtirish uchun “Garri Potter” franshizasidagi oxirgi “Fantastik hayvonlar” filmi butun dunyo bo’yicha bor yo’g’i 400$ mln dollar yiqqan.

📟 DigiTech
👍50🤯10🔥4😢1