AI | DigiTech
56.1K subscribers
3.94K photos
1.78K videos
3.64K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Runway text2video GEN-2 modelini taqdim etdi

Endi neyrotarmoq videolarni matnli tavsif orqali yaratib beroladi, oldingi modelida u faqat tayyor videolarni tahrirlay olardi.

Bu yil neyrotarmoqlar yili shekilli, mart oyini o’zida juda ko’p funksiyali neyrotarmoqlar namoyish etildi.

• Kutish (waitlist) ro’yxatiga ushbu havola orqali ariza tashlashingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍49🔥5🤯4🤓3☃2⚡1🎉1💯1
🚲 Sun’iy intellekt o’rnatilgan elektrovelosiped

Acer kompaniyasi Ebii nomli elektrovelosipedni taqdim etdi, unga EbiiAssist sun’iy intellekti o’rnatilgan.

Sun’iy intellekt odamni haydash uslubini eslab qololadi, shuningdek marshrutni aytib turish, batareya quvvatini nazorat qilish va to’xtab turganda qulflash funksiyalarini bajaradi.

Velosiped bir zaryadda 110 km masofani bosib o’toladi va maksimal 25 km/s tezlikka chiqadi. O’g’rilikka qarshi ilg’or tizim ham o’rnatilgan.

Narxi va chiqish sanasi hali ma’lum emas.

📟 DigiTech
👍95⚡5🔥5🤯3😇3☃2👏2🎉2🤩2💯2🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼 Rasm generatsiya qiluvchi yana bir neyrotarmoq - Bluewillow

Ishlatish uchun, bunda ham rasmiy saytdagi link orqali Discord serverga qo’shilib, so’ng #rookie bo’limiga kirib “/imagine prompt:” ichida so’rovni yozish kerak. Midjourneydan farqi, bu neyrotarmoq mutlaqo bepul.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍31⚡20👨‍💻7🤯3🤩3❤1🔥1👏1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱 Shunchaki chiroyli qilingan interfeys dizayni

Dizayner juda zo’r effektli interfeys dizayni yaratdi, kunduzi ekran yoriqlashadi, tunda esa qorong’ulashadi. Buni neyrotarmoq emas odam qilgan.

📟 DigiTech
🤩89👍30👏12⚡5🔥3
🕌 Farg'ona shahri neyrotarmoqlar nigohida

• Bu safar neyrotarmoqlardan Farg'ona shahrini qanday tasavvur qilishini so’radik.

📟 DigiTech
👍138🤔32🤯15⚡8🤩8🔥6💯3🤝3🎉1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼 Rasmni studiya darajasida tahrirlab beruvchi neyrotarmoq

Ishlatish oson, rasmni yuklaysiz va o'zingizga kerakli yorug’lik sozlamalarini tanlaysiz, orqa fonni bo'yashingiz yoki uni o'zgartirishingiz ham mumkin. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍65🤯4⚡3🔥3🤩3🥰2💯2👨‍💻2👏1🎉1🤝1
🖱️ Engelbartning birinchi kompyuter sichqonchalaridan biri kimoshdi savdosida deyarli 179 000 dollarga sotildi

Ushbu sichqonchani Duglas Engelbart o’tgan asrning 60 - yillarida yaratgan. Sichqoncha kodlovchi moslama bilan birgalikda ishlagan va qurilmada beshta knopka bo’lgan.

📟 DigiTech
🤯91👍24⚡5👨‍💻5🤔2🎉1🤩1💯1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️ Opera brauzerida ham sun’iy intellekt funksiyasi paydo bo’ldi

AI Prompts funksiyasi veb sahifalardagi matnlar bilan ishlashda yordam beradi, u belgilangan matnni qisqartirib ma’nosini chiqarib berishi, shunga o’xshash kontent izlashi yoki yozib berishi va hattoki hazil qilishi ham mumkin.

📟 DigiTech
👍59⚡9🤯4🔥3👏3🤝2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼 Adobe kompaniyasi Firefly nomli rasm generatsiya qiluvchi neyrotarmoqni taqdim etdi

Raqobatchilardan asosiy ikkita farqi mavjud: neyrotarmoqni o’rgatish vaqtida mualliflik huquqi bilan himoyalanmagan kontentdan foydalanilgan va ishlatishga qulay bo’lgan interfeys.

Birinchi veb versiyada ishlaydi, keyinroq Adobe o’zining Photoshop, After Effect va Premier Pro dasturlariga ham integratsiya qilmoqchi.

• Kutish (waitlist) ro’yxatiga ushbu havola orqali ariza tashlashingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍23⚡17🔥6👨‍💻3🤯2😍2👏1💯1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖼 Soddaroq logotiplar yaratib beruvchi neyrotarmoqli sayt

Ishlatish oson, kompaniya nomini kiritasiz, faoliyat turini, ma'qul logotip modelini va kerakli ranglarni tanlaysiz. Neyrotarmoq mukammal logotip yaratolmasada, ammo soddaqroq logotiplar uchun ayni muddao.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍56👨‍💻5👏4🎉4🔥1🤔1🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛩 Italiyalik dizayner Pierpaolo Lazzarini uchar transport AirCar konsepsiyasini ko'rsatdi

AirCar 1 uchuvchi va 3 yo'lovchiga mo'ljallangan. Uzunligi 6 metrni tashkil etadi va uglerod tolali monokok korpusi tufayli juda yengil. Rolls Royce reaktiv dvigatellari esa unga havoda bemalol uchish imkonini beradi.

AirCar 750 km/soat tezlikkacha chiqoladi va reaktiv yoqilg‘ili to'liq bak bilan 1200 km masofani bosib o‘toladi. Shuningdek, u nafaqat havoda, balki oddiy yo'llarda ham harakatlanishi mumkin.

Hozircha bu faqat konsepsiya bo'lsada, lekin juda ham zo'r ko'rinyapti. Nima deb o'ylaysiz?

📟 DigiTech
👍49⚡6🤯5🔥2🎉2❤1🥰1😍1🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️ Coca-Cola kompaniyasidan kreativ 3D banner

Bannerda “Marvarid sirg’ali qiz” ichimlikni “sehrli” uzatayotgani aks etgan. Kompaniya marketologlari bu safar ham yaxshi harakat qilishibdi.

📟 DigiTech
👍89🔥12⚡6🤯6😍6👏5👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⌨ Microapp — 1 daqiqadan kam vaqt ichida saytni frontend elementlari uchun kod yozib beruvchi neyrotarmoq

Neyrotarmoq matnli tavsif bo'yicha kod yozib beradi. Ishlatish mutlaqo bepul. Hozircha faqat React bilan Tailwind CSSni qo'llab-quvvatlaydi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
⚡31👍24🤯13👏3👨‍💻3🔥1😇1
#TechNews
🎥 Apple kompaniyasi yirik filmlar ishlab chiqarishga yiliga 1 milliard dollar sarflamoqchi

Apple kinoteatrlarda filmlar chiqarishni rejalashtirmoqda va buning uchun yiliga 1 milliard dollar sarflashga tayyor. Kompaniya allaqachon hamkorlik taklifi bilan kinostudiyalarga murojaat qilgan va 2023 yil oxirigacha bir nechta filmlarni ekranga chiqarish niyatida.

Amazon ham bu poygada qolishmayapti. Kompaniya o'tgan yili Metro-Goldwyn-Mayer studiyasini 8,5 milliard dollarga sotib oldi va yiliga 12-15 ta film chiqarishni maqsad qilgan.

📟 DigiTech
👍96🔥14⚡5👏3🎉2👨‍💻2💯1
🤖 ChatGPT endi plaginlarni qo’llab - quvvatlaydi

Plaginlar chatbotga qo’shimcha vazifalarni bajarish imkonini beradi. ChatGPT uchun hozircha 11 ta plagin ishlab chiqilgan, jumladan Slack korporativ messenjeri uchun plagin, Instacart oziq - ovqat yetkazib berish xizmati, Shopify onlayn do’koni plagini va boshqalar.

Plaginlar yordamida misol uchun uyga oziq ovqat buyurtma bersa bo’ladi, aviachipta sotib olsa bo’ladi, brauzerdan aktual ma’lumotlarni ham olish mumkin va boshqalar. Bularni hammasi ChatGPT dan chiqmasdan qilinadi.

Hozircha plaginlar beta - test rejimida faqat cheklangan miqdordagi ChatGPT Plus foydalanuvchilari uchun mavjud.

📟 DigiTech
👍32🤔30🤯11⚡2🔥2👨‍💻2👏1