AI | DigiTech
56.1K subscribers
3.94K photos
1.78K videos
3.64K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
▪️ Midjourney neyrotarmog'i V5 versiyaga yangilandi

• Midjourney neyrotarmog'ining V5 versiyasida rasm sifati birnecha marta oshdi. Yuz, qo'llar, tishlar va ko'zlarga alohida e'tibor berildi. Eng asosiysi realizmga urg'u berilgan.

Bu rasmlar Midjourneyda generatsiya qilinganini bilmaganingizda, haqiqiy rasmdan ajratolarmidingiz? 🤔

📟 DigiTech
⚡56👍23🤯15🔥13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️3 dona selfi rasm orqali virtual 3D avataringizni yaratib beruvchi neyrotarmoq

Ishlatish oson, 3 ta selfi yuklaysiz, generatsiya tugmasini bosasiz, generatsiyadan so’ng 3D avatarni o’zingiz xohlaganday o’zgartirishingiz mumkin. Yakuniy 3D madelni esa Unity kabi dasturlarga yuklasangiz bo'ladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
⚡39👍20🔥14🤯8😍2💯2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Germaniyada logistika uchun mo’ljallangan ajoyib robotni ishlab chiqishmoqda

Bu robot evaBot deb ataladi, robot o’rtacha og’irlikdagi yuklar tashish uchun mo’ljallangan, bu faqat prototip bo’lsada uning ishlashi hozirdan hayratga soladi.

📟 DigiTech
👍65👏10☃8🤩5🔥4⚡3🤓1
📰 Xitoyda sun’iy intellekt yangiliklar ko’rsatuvini yuritishni boshladi, People’s Daily davlat telekanali virtual boshlovchi Ren Xiaorongni ishga “yolladi”

Endi virtual sun’iy intellekt 24/7 ko’rsatuvini yuritadi, yangiliklar orasida esa tomoshabinlar maxsus ilova yordamida unga savollar berishlari mumkin. Bu teleboshlovchilik qilishni boshlagan birinchi sun’iy intellekt emas, Xitoy virtual teleboshlovchilarni 2018 yildan beri aktiv ishlatib keladi.

📟 DigiTech
👍92🤯51🤓7😇7☃5⚡4🔥3
#TechNews
▪️ Makita brendi portativ mikroto'lqinli pechni taqdim etdi

• Bu portativ mikroto'lqinli pech yordamida elektr toki manbai bo'lmagan joylarda yeguliklarni isitish mumkin. U bir zaryadda taxminan 11 marta yegulikni yoki 2 litrgacha suvni isita oladi. Pechda telefonni zaryadlash uchun USB port ham mavjud. Batareyalarsiz uning og'irligi 8,8 kgni tashkil etadi.

📟 DigiTech
🤔39👍19🔥9☃7😍3⚡2😇2❤1👨‍💻1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Apple kompaniyasining Airpods Pro quloqchinining yaxshilangan shovqinni kamaytirish funksiyasi haqidagi reklama roligi

Applening reklama roliklari qisqa metrajli filmlarga o’xshaydi, bu safar ham kompaniya marketologlari yaxshi harakat qilishibdi.

📟 DigiTech
🤩87👍39🔥12💯4⚡2🤓2👏1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Telefon uchun fon rasmi yaratib beruvchi neyrotarmoq

Ishlatish oson, matnli tavsifni yozasiz, kerakli sozlamalarni tanlaysiz va generatsiya tugmasini bosasiz. Midjourney, realistik, anime va boshqa uslublarda generatsiya qiloladi. Chegaralangan bepul versiyasi mavjud.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍42⚡6🔥1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️GPT-4 animatsiyalar uchun ham kod yozib beroladi

Chatbotdan iPhone uchun plastik kartani animatsiyasi kodini yozib berishini so’rashdi, natijani videoda ko’rishingiz mumkin.

📟 DigiTech
🤯86👍25⚡4👨‍💻2
▪️ Olimlar oddiy sementdan ikki barobar baquvvat bo'lgan "kosmik material"ni ishlab chiqarishdi

Manchester Universiteti olimlari mars changiga o’xshash, kartoshka kraxmali va tuzdan iborat yangi material ishlab chiqishdi. Bu material StarCrete deb ataladi, bu material yordamida marsda qurilish ishlarini olib borish mumkin. 25 kg quruq kartoshkadan deyarli 500 kg StarCrete materialini ishlab chiqarish mumkin, bu 213 dona g'ishtga teng.

📟 DigiTech
👍147🤯12⚡7🔥5🥰3🤩2🤝1
▪️ Barchamiz bilgan aktyorlar boshqa sohani tanlashganda qanday bo’lardi?

• Midjourney neyrotarmog’idan mashhur aktyorlar kino sanoatiga kirishmaganda, qanday ishda ishlashlari mumkinligini so’rashdi. Natijani yuqoridagi rasmlarda ko’rishingiz mumkin.

Rasmlarga qaraganda Kianu Rivz va Xarrison Ford ishlari yaxshi bo’lardi, Robert Dauni Jr va Leonardo Di Kaprio haqida esa unday deb bo’lmaydi.

📟 DigiTech
🤯77👍16🤩16🔥6🤓4☃3⚡3👏2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼️ Rasmlarni tahrirlab beruvchi neyrotarmoq

Bu neyrotarmoq yordamida rasmlarni orqa fonini olib tashlash, soyalarni o’zgartirish, sifatini yaxshilash, xullas o’zingiz istagandek tahrirlashingiz mumkin. Funksionali ancha keng. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍41💯6🔥5🤯2🤓2⚡1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Runway text2video GEN-2 modelini taqdim etdi

Endi neyrotarmoq videolarni matnli tavsif orqali yaratib beroladi, oldingi modelida u faqat tayyor videolarni tahrirlay olardi.

Bu yil neyrotarmoqlar yili shekilli, mart oyini o’zida juda ko’p funksiyali neyrotarmoqlar namoyish etildi.

• Kutish (waitlist) ro’yxatiga ushbu havola orqali ariza tashlashingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍49🔥5🤯4🤓3☃2⚡1🎉1💯1
🚲 Sun’iy intellekt o’rnatilgan elektrovelosiped

Acer kompaniyasi Ebii nomli elektrovelosipedni taqdim etdi, unga EbiiAssist sun’iy intellekti o’rnatilgan.

Sun’iy intellekt odamni haydash uslubini eslab qololadi, shuningdek marshrutni aytib turish, batareya quvvatini nazorat qilish va to’xtab turganda qulflash funksiyalarini bajaradi.

Velosiped bir zaryadda 110 km masofani bosib o’toladi va maksimal 25 km/s tezlikka chiqadi. O’g’rilikka qarshi ilg’or tizim ham o’rnatilgan.

Narxi va chiqish sanasi hali ma’lum emas.

📟 DigiTech
👍95⚡5🔥5🤯3😇3☃2👏2🎉2🤩2💯2🤓1