DevUnity | al-Khwarizmi
123 subscribers
147 photos
5 videos
70 links
🌐 Muhammad al-Xorazmiy maktabi o'quvchilarining IT muhitini rivojlantirish bo'yicha tashkil qilgan jamoa telegram kanali

Instagram: instagram.com/devunity.uz

Savol va takliflar:
@DevUnityAloqa_bot
Download Telegram
#developers #team #junior #dev #hackaton #start #awesome

"Junior Dev Hackaton" ni qarshi oling!

🥳Siz kompyuter o‘yinlarini qanchalik zararli ekanligiga qaramay doim kompyuter o‘yinlarini o‘ynash bilan bandmisiz? Yoki ustozlardan : "O‘yin o‘ynama, bu hech qachon senga foyda bermaydi"-degan gapni eshitishdan zerikdingizmi? Unda to‘xtang, siz aynan o‘zingizga yoqadigan javobni olish yaqinida turibsiz. "Developers Team" tomonidan tashkil etilayotgan "Junior Dev Hackton" siz va siz kabi kompyuter o‘yin ishqibozlari uchun aynan zo‘r imkoniyat.

⚠️"Junior Dev Hackaton" - bu aynan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 5 - 6 -sinf o‘quvchilari uchun o‘zlarining IT sohasidagi endi egallagan boshlang'ich ko‘nikmalarini tekshirish, sinovdan o‘tkazish, shuningdek, ularni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilayotgan hackatonlardan biri hisoblanadi.

Ushbu hackatonda qatnashish uchun har bir ishtirokchi 1-2 kishidan iborat bo'lgan jamoa tuzishlari va o'zlarining Skratch dasturida qilgan loyihalarini joriy yilning 5 - 12- aprel kunlari davomida bizga va hakamlar hayati,ya'ni informatika ustozlariga taqdim etishlari lozim bo'ladi. Hackatonda mavzu doirasi belgilanmaganligi uchun o‘quvchilar o‘zlari qiziqqan loyihalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

🎁 Ushbu hackatonning barcha ishtirokchilari diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi loyiha asoschisi deb topilgan 3 nafar yosh dasturchilarga esa ularning informatika fanidan bo‘lib o‘tadigan 4- chorak CHSB imtihoniga eng yuqori 40 ball informatika fani ustozlari tomonidan qo‘yib beriladi.

💻 Ushbu hackatonga post ostida keltirilgan telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz, va o‘z qilgan loyihangizni 12-aprel sanasiga qadar shu bot orqali bizga taqdim etishingiz zarur bo‘ladi. Hackatonga qatnashish uchun sizdan yagona talab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning 5-6- sinf o‘quvchilaridan biri bo‘lishingizdir.

❗️Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha savolga duch kelgan bo‘lsangiz quyidagi link bilan qisqa videoga o‘tish orqali o‘rganib olishingiz yoki post tagida keltirilgan link orqali "Discussion group" ga qo‘shilish orqali javob olishingiz mumkin.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun : Junior Dev Hackaton Registration
👉 Discussion Group : Junior Dev Hackaton Discussion

"Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3🥰1🤯1
ANVAR NARZULLAYEV BILAN OCHIQ SUHBAT

📆 18-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Developers Team” jamoa tashkilotchilari tomonidan Senior Software Developer Anvar Narzullayev bilan davra suhbati tashkil etildi.

🧑‍💻Universiti Sains Islam Malaysia oliygohining Axborot Texnologiyalari kafedrasi yetakchi mutaxassisi Anvar Narzullayev suhbat davomida Raqamli Texnologiyalar va Sun'iy intellekt bo'yicha o'zining amaliy tajribalarini ushbu maktabning yosh dasturchi yoshlari bilan bo'lishdi.

💻 Yetakchi ustoz dasturlashga oid bir qancha kitoblarlar muallifi, shuningdek, o'zbek yoshlari o'rtasida eng ommabop bo'lgan "Mohir Dev" va "Mohir AI" loyihalari asoschisi sifatida IT sohasidagi bilim, tajriba, va ko'nikmalarini ulashish bilan birga yoshlarning bu borada bergan qiziqarli savollariga mazmunli javob berdi.

🎁 Bundan tashqari, uchrashuv so’nggida "Developers Team" tomonidan 5-6-sinflar o’rtasida tashkil etilgan "Junior Dev Hackaton"ning yakuniy natijalari bo'yicha taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Natijalarga ko‘ra:
🥇-o’rin: 6-04 sinf o’quvchilarining “Girl Coders” jamoasi;
🥈-o’rin: 5-sinf o'quvchilarining “Girls” jamoasi;
🥉-o’rin: 6-06 sinf o’quvchilarining “Hacaton Winners” jamoasiga nasib etdi.

Ushbu hackatonning barcha ishtirokchilari diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

🎉G'olib jamoalarni g'alaba bilan muborakbod etamiz❗️

"Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

#junior #dev #hackaton #scratch #anvar #narzurllayev #senior #software #developer
__________
⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2🤮211👏1
#meeting #developer #IT #community #dev #contest

SHAVKAT KARIMOV BILAN OCHIQ SUHBAT

🎙Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda  jamoamiz tomonidan Microsoft qidiruv tizimini optimallashtirish bo'limining sobiq rahbari Shavkat Karimov bilan uchrashuv tashkil etilmoqda!

🧑‍💻Shavkat Karimov - O‘zbekiston IT hamjamiyati rahbari, investor, tadbirkor va top-menejer.
Shuningdek, Shavkat Karimov Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan O'zbekistonning Top-20 IT olami faollari ro'yxatiga kiritilgan.

Suhbat mavzusi: Chat GPT, Future of AI & Work and what it all means for you

📍Faollar zali
📆15-aprel, 14:30

Suhbatda maktabimizning 8-9-10-11-sinf o'quvchilari qatnashishlari mumkin.

🎉Bundan tashqari, uchrashuv so’ngida "DT Contest #2"ning yakuniy natijalari bo'yicha taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi.

Shoshiling, o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

"Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍52😱1
#meeting #developer #IT #community #dev #contest

Mehmon tashrifi

📆Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda kuni kecha O'zbekiston IT hamjamiyati rahbari, top-menejer va investor Shavkat Karimov bilan uchrashuv tashkil etildi.

🖥Suhbatda sun'iy intellektning hozirgi o'rni, insoniyatga ijobiy va salbiy ta'sirlari kabi mavzularda muhokamalar olib borildi va o'quvchilar o'zlari qiziqqan barcha savollarga mutaxassisdan javob olishdi.

Eng yaxshi deb topilgan savol egasi mehmon tomonidan taqdirlandi.
    
🎁Bundan tashqari suhbat yakunida "DT Contest #2" yakuniy natijalariga ko'ra taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv yakunida esa Shavkat Karimov bilan kampus tur o'tkazildi.

🚀O'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mana shunday foydali suhbatlar bilan o'tkazayotganimizdan xursandmiz!
     
Uchrashuv haqida fikrlaringizni izohlarda bo'lishing👇
Yana kimlarni maktabga taklif qilishimizni xohlaysiz?

"Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍32