G'urur o'lsina... Yozay deyman-u yo'l qo'ymaydi o'sha qaysar g'urur
G'urur o'lsina, "g'urur"...
G'urur o'lsina, "g'urur"...
Forwarded from Hodiyev’s blog
Abituriyentlar uchun haqiqat!
Abituriyentligimda mas’uliyat juda yuqori bo’lardi.
Lekin bir kattagina xato qilganman:
Kelajakda kim bo’lishni xohlashimni tushunmasdan turib, odamlar ko’p topshiradigan yoki obro’yi baland OTM larni tanlaganman.
(Ba’zilar kirsam bo’ldi deydi. Bunaqa insonlar kirgan yo’nalishi bo’yicha jamiyatda yo’lini topishi qiyin)
To’g’ri, tinmay o’qirdik, kechalarni kunduzlarga ulab o’qigan vaqtlar bo’lgan. Yetmaganiga shuncha o’qib o’qishdan yiqilgan hamman.
Sabr va matonatda tengsiz bo’lgan bo’lsam-da, maqsadimni boshida aniq qo’ymaganim uchun shuncha mehnat va vaqtim o’zim uncha ham yoqtirmaydigan joylarga sarf bo’ldi va yana bo’lyapti (noshukrlik emas ko’pchilik havas qiladi).
Boshida bir talaba bo’lgan payt sizdan xursand odam topilmaydi, lekin tumanlar qurshovidagi o’lkaga kirisholdi quvonchga o’xshaydi.
Natija ko’rsatishga shoshilmaslik kerakligini tushundim. Tomga chiqish muhimmas, qaysi tomga va qaysi narvonda chiqish muhim.
Siz yurist bo’lmang, siz prokuror yoki shifokor bo’lmang. Siz texnik xodim bo’lib ham o’z ishingizni sevsangiz, o’z ishingizning ustasi bo’lsangiz, o’zi bilmay bo’lib qolgan yurist va shifokordan ko’ra ancha yaxshi daromad topasiz va ancha ko’proq zavqlanasiz.
Ota-onalardan ham iltimos qilardim, farzandingizning yoshlikdagi qiziqishini hisobga oling va qancha pul ketsa ham o’zingiz xohlagan emas, farzandingiz qabiliyati bor joyda o’qiting. Musiqa bo’ladimi, sportmi, IT bo’ladimi, yuristmi, tilshunosmi, shoirmi siz, albatta, bu narsalarni inobatga oling. Shunda nafaqat siz va farzandingiz uchun foyda, balki butun jamiyat uchun foydali ish qilgan bo’lasiz.
Haqiqiy ishini sevgan inson korrupsiyaga qo’l urib obro’yini to’kib o’tirmaydi. Korrupsiya malakasiz, tajribasiz, o’z kasbini sevmaydigan qayerdan bu yerga kelib qolganini bilmaydigan yoki aynan pora uchun otirgan odamlar orasida bo’ladi.
👉🏻@Hodiyev

Kambag'al va baxtsiz bo'lish uchun maslahatlar
Internet boy va omadli bo'lish haqidagi maslahatlarga to'lib yotibdi. Aslida muvaffaqiyatli va boy bo'lishning yo'llari juda juda ko'p. Lekin muvaffaqiyatsizlik formulasi oddiy:
Ishingni qo'l uchida bajar. Avval seni qadringga yetib, oyligingni oshirishsin, keyin chin dildan ishlashni boshlaysan.
Pul topishning ilm, hunar, biznes yo'lini emas, iloji boricha tezroq amalga oshadigan yo'llarini izla: onlayn-qimor, piramida, kriptovalyuta, tarmoqli marketing va hk.
Kitob o'qima. Bu botaniklar uchun. Sen shundoq ham hamma narsani bilasan.
O'zingdan aqlliroq, tajribasi balandroqlar bilan emas, yoshlikdagi jo'ralaring bilan o'rtoq bo'lib qolaver. Chunki birinchilar senga mikrofonni berishmaydi hali beri. Ikkinchilar bilan esa hamma gaping mos tushadi.
O'zingni doimo atrofdagilar bilan solishtir. Ulardan yaxshiroq yashayotganingni isbotlash uchun boringni sarfla. Axir "muvaffaqiyatli" ko'rinishni eplay olsang, rostdan ham erishishni nima keragi bor?
Foydali narsalarni o'qima, meni blogimni ham. Uning o'rniga birovlarning qilgan sayohati, mingan mashinasi, qurgan imoratlarini tomosha qil va muhokamasiga o't.
P.S.
Yuqoridagi maslahatlarni bajarib turib ham ba'zilar boyib ketishlari mumkin, chunki rizq Allohdan, lekin baxtimiz o'z qo'limizda do'stim.

Baxt neligin bilasizmi?
Yurganingiz, turganingiz
Bu baxtligin bilasizmi?
Yuragingiz urishi,
Qalbingiz his qilishi
Go‘dagingiz yig‘isi
Farzandingiz kulgusi.
Hammasi baxt bilasizmi?
Osmondagi oylar ham,
Yerdagi chiroylar ham
Bulbullarning sayrashi
Buloqlarning qaynashi.
Bu baxtligin bilasizmi?
Baxtsizman deb ranjimang,
Ojizman deb ranjimang
Siz baxtlisiz Qadrdonim
@menimcha_shu
Yurganingiz, turganingiz
Bu baxtligin bilasizmi?
Yuragingiz urishi,
Qalbingiz his qilishi
Go‘dagingiz yig‘isi
Farzandingiz kulgusi.
Hammasi baxt bilasizmi?
Osmondagi oylar ham,
Yerdagi chiroylar ham
Bulbullarning sayrashi
Buloqlarning qaynashi.
Bu baxtligin bilasizmi?
Baxtsizman deb ranjimang,
Ojizman deb ranjimang
Siz baxtlisiz Qadrdonim
@menimcha_shu
Dunyo: yomonlik qilganlar emas, kuzatuvchi boʻlib, hech narsa qilmaganlar sababli tahlikali joydir.
©Albert Enshteyn
@menimcha_shu
©Albert Enshteyn
@menimcha_shu
Chinakam muhabbat yurak kasaliga o‘xshaydi - birinchi marta xuruj qilmaguncha uning borligiga odam ishonmaydi.
© Mariya fon Ebner-Eshenbax
© Mariya fon Ebner-Eshenbax
"Aql haj qilish uchun tuya topguncha,
muhabbat Ka’bani bir marta aylanib bo‘ldi"
©Mavlono Rumiy
@menimcha_shu
muhabbat Ka’bani bir marta aylanib bo‘ldi"
©Mavlono Rumiy
@menimcha_shu
Shahar shifoxonasidan uyga qaytayotib, shifoxona darvozasi yonida turgan taksilardan biriga o‘tirdim.
Odatda yaxshi suhbatdoshman. Indamay ketolmayman.))
Shofyorning bir gapi mani ta’sirlantirdi.
- Anavi orqani ko‘rsatuvchi oynagingiz tepaga qarab qolibdi.
- O‘zim shunday qilib qo‘ygandim.
- Iyeye, nega?
- Taksiga asosan ayollar chiqadi. Behosdan ko‘z-ko‘zga tushib qoladi. Ham o‘zimni, ham ularni ehtiyoti uchun.
✍️ Malika Azamjonova
P.s: Shunday insonlarga ta'zimlar bo'lsin..!