🍉ᴍʏ ᴍɪɴᴅ
36 subscribers
1.88K photos
567 videos
14 files
246 links
𝘖𝘤𝘩𝘪𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘴𝘢𝘯𝘢:
𝟚𝟠.𝟘𝟟.𝟚𝟘𝟚𝟘

𝓜𝔂 𝓽𝓱𝓸𝓾𝓰𝓱𝓽, 𝓜𝔂 𝓹𝓪𝓰𝓮 💬


https://t.me/with_Abendrot
https://t.me/m_musicoo
Download Telegram
Ulgurarmikinmiz... !

ESHITING❗️

@menimcha_shu
Bugun bitta axmoqona qarashni o'zgartiramiz.

Hamma o'z manfaatini ko'zlashi jamiyat uchun zararlimi ? Deylik sen uchun ? Albatta ha deysan. Odamlar faqat o'zini o'ylaydigan bo'lib ketgan degan uzundan uzoq jumlalar aytasan...

Sen aqllisan-ku. Bir narsani tasavvur qil: O'qishdan och qolib kelding. Ayang sen uchun lag'mon tayyorlab qo'yganlar.

Bu lag'mon masallig'ini topishchun, xamiriga un olishga tegirmonga, yog' olishga fermer oldiga, ziravorlar olish uchun tog'larga chiqib terib kelmaganlar.

Oddiy supermarketdan sotvolingan hammasi.
Va unni, bug'doyni, yog'ni, ziravorlarni yetkazgan hech kim seni mazza qilib lag'mon yeyishingni o'ylamagan.

Ular o'z manfaatlarini (mahsulotlarini yaxshi narxda sotish) o'ylashgan. Fermerdan tortib, zavodda qadoqlashda qatnashgan odamgacha.

Har kim manfaatini ko'zlab qilgan harakatlari aslida jamiyat uchun foydali.

P.S

Juda ko'p narsani mohiyati o'ylagandan boshqacha bo'lishi mumkin.
Bugun 20-mart "Xalqaro baxt kuni" ekan

Barchaga baxt tilaymiz!😊

@menimcha_shu
21 - mart Navro'z ayyomi bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Navro'z yangi kun, yangilanish kuni. Ushbu kunda sizga dunyodagi eng ezgu va pok niyatlarni tilab qolaman. Barcha niyat qilgan ishlaringiz amalga oshishida tilakdoshman. Shunday ajoyib kunda sizga uzoq - umr, sihat - salomatlik, oilangizga tinchlik - hotirjamlik, ishlaringizda omad tilayman.Eng ajoyib bayram Navro'z sizga xursandchilik, quvonch, baxt - omad keltirsin deb niyat qilaman. Yana bir bor bayram muborak bo'lsin!
Hayotda eng muhimi - indamasangiz ham sizni tushunadigan odamni uchratishdir.🖇️❤️

@menimcha_shu
O‘zbekistonda ayol bo‘lish qiyin. Nega?

Chunki :
Oilasi bo‘laturib ishda xuddi oilasizdek javlon urish talab etiladi.
Ishli bo‘laturib oilada xuddi uy bekasidek hamma narsaga ulgurish talab qilinadi.
Qaynona-qaynotaga xuddi xizmatkordek xizmat qilish kutiladi, go‘yoki er o‘z huquqlaridan kechgan, undan hech narsa talab qilmaydi, kechasi bemalol uxlashi mumkin.
Erga xuddi faqat uning ko‘nglini olishdan boshqa ish yo‘qdek xizmat ko‘rsatish talab qilinadi. Erga ovora bo‘linsa bu yoqda qaynona-qaynotaga kim qaraydi?
Shuncha xizmatlar ko‘zga ko‘rinmaydida, bolangga eplab qarolmayapsan deb dashnom beriladi. Go‘yoki ayol bola qarashining o‘ziga katta oylik beriladi , boshqa ishi yo‘qdek.
Bunisi ham yetmagandek, ijtimoiy aloqalarni a’lo darajada ushlash talab qilinadi. Lozim yumushlarni dasturxonlarni qoyillatishi kerak. Masalan, yangi kelinchak qo‘shnining kuchugiga ham jilmayib qarashi kerak. Pampersdagi go‘dakka ham egilib salom beradi.
Xullas, o‘zbek ayoli bo‘lish judayam qiyin. Vazifalarning cheku chegarasi yo‘q, hamma xo‘jayin. Eng yoqimsizi qaynog‘a , qayni singillar ham unga xo‘jayin. Qaynog‘alar paypog‘igacha yuvdiradi.
Subhanalloh, shuncha narsaga ko‘nib yashaganiga hech kim rahmat demaydi, qadamidan ayb topib, arzimas narsaga haydab yuboradi.

P.S

Sen bunchalik axmoq bo'lma. O'zingni oyog'osti qilishga yo'l qo'ymaysanmi?! Ayoling ham sening yarmingdir.
​​– Kattalarga: "Men juda chiroyli uy ko’rdim, qizil g’ishtli, derazalari atirshoh bilan o’ralgan, tomlari havorang, juda ajoyib uy…", – deb emas, "Men 100 ming franklik uy ko’rdim", deyishning o’zi kifoya. Shunda ular hammasini tushunadi va "Naqadar ajoyib go’zallik, zo’r uy ekan", deyishadi.

©Antuan de-Sent Ekzyuperi (Kichkina Shahzoda) asaridan
Mening, sening dardimizsiz ham tonglar otar, quyoshlar botar...
#RUHIYAT

1⃣. Uchta narsa hech qachon qaytib kelmaydi: Vaqt. Aytilgan soʻz. Imkoniyat

2⃣. Uch narsani yoʻqotib boʻlmaydi: tinchlik, umid, gʻurur.

3⃣. Uch narsa qadrli: Sevgi. Ishonch. Halollik.

4⃣. Uch narsa oʻtkinchi: Mansab. Omad. Barqarorlik.

5⃣. Uch narsa odamni qandayligini aniqlaydi: Mehnat. Toʻgʻrilik. Erishilgan natija.

6⃣. Uch narsa odamni harob qiladi: Kibr. Harom. Zulm.

7⃣. Uchta gapni aytish qiyin: Seni sevaman. Kechir. Yordam ber.

...
Pul sizni o'zgartirmaydi, aksincha
O'zgarish pul olib keladi)
Kyeragbolten dunyodagi eng xavfli tosh hisoblanadi. Bu tosh 1084 metr balandlikda joylashgan. Uning xavfliligi shundaki, u yerga borgan har bir turist bu toshning ustiga chiqib ko'radi.🤦‍♂🤦‍♀
# O'zbekligingni esladingmi..
#назм

YO‘LAKDAGI ODAMGA

Yo‘lakdan yurasan qachon qaramay
Burningdan nariga tashlamay nazar.
Qoldingmi yo jiddiy ishga yaramay,
Kuning o‘tmoqdami hamon besamar?
Yo‘lak deganlari baribir yo‘lak,
Ko‘chaning o‘rnini bosolmas aslo.
Odatda keng yo‘lning mavqei bo‘lak,
Kenglikdan ravshanroq ko‘rinar dunyo.
O‘zingni qo‘lga ol,
Katta yo‘lga chiq,
Hadeb yuraverma moʻjaz yo‘lakdan.
Iqtidor bo‘lsa bas – hamma yo‘l ochiq,
Ishlasang kifoya yurak-yurakdan!
Evi bilan bo‘lsin kamtarinlik ham,
O‘zingni ortiqcha xoksor etmagin.
Qat’iyat jilovin ushlagil mahkam,
Bir umr yo‘lakda qolib ketmagin.

Habibullo

@menimcha_shu
Zo‘r yashadim, to‘g‘ri tushuning,
Qadr nedir, bilgan biladi.
Ne qilardim ishqdan yashinib,
Bitta yashash shunday bo‘ladi.

Sir qolmadi bunda yashirin,
Armon chekay desam ezilib.
Nafas olish naqadar shirin
Orom degan so‘zdan uzilib.

O‘xshasam ham o‘zga o‘xshadim,
Shuni aynan umr deb atay.
So‘ramaslar, qancha yashading,
So‘ragaylar, yashading qanday?

Muhimi shu, ko‘zlarim mag‘rur,
Yuz tutmagan hech bir zavolga,
Imtihondan yiqilmadim g‘o‘r,
Javobim bor o‘sha savolga.

©XAYRULLA HAMIDOV
@menimcha_shu❤️