O'zbekiston davlatchiligi tarixi
871 subscribers
1.06K photos
201 videos
163 files
400 links
Ushbu kanal orqali talabalar va keng jamoatchilikka vatanimiz tarixi haqida ma'lumotlar berib boriladi.
Guruh va uning faoliyati haqida taklif va mulohazalaringiz bo'lsa adminga murojaat qilishingiz mumkin ▶️▶️▶️ @Abdusamad_Qurbonov
Download Telegram
Google Books ba'zasidagi kitoblarda "Markaziy Osiyo" terminining turli tillardagi variantining ishlatilishi xronologiyasi. Fransuz va nemis tillarida XIX asr birinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlangan bo'lsa, ingliz tilli adabiyotlarda XX asr boshidan ishlatilgan. Fransuz tilli adabiyotlarda XIX asr oxiri-XX asr boshlarida faol ishlatilgan va XX asrda, ya'ni Sovet Ittifoqi hukmronligi davrida uncha faol ishlatilmagan. Bu balki tadqiqotlarning kamligi bilan bog'liq bo'lsa kerak. Buni bir qancha sabablari bor, albatta. Nemis tilidagi adabiyotlarda esa aksincha, bu davrda juda faol ishlatilgan. Urush davrida ancha keng qo'llanilganini ko'rishimiz mumkin. Ingliz tilidagi adabiyolar esa, asosan 2000-yillardan keyin faol tilga olgan. Umuman XX asr oxiri faollashish bir xil boshlangan, lekin 2000-yildan keyin barcha tilda bir xil o'sgan. 2014-yildan keyin esa yana pastga tushishni ko'rishimiz mumkin.

@Davlatchilik_tarixi
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildilar.

Shuningdek, Fransiyaga qilingan ilk davlat tashrifi davomida (bungacha rasmiy tashriflar edi) quyidagilar ham imzolandi:

O‘zbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
mutaxassislar va talabalar harakatchanligi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim;
Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan O‘zbekistonda 6,5 milliard yevrolik istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Investitsiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik dasturi;
fransuz tilini o‘qitishni kengaytirish to‘g‘risida bayonnoma;
Toshkent va Parij shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bayonnoma va boshqa ikki tomonlama hujjatlar.


👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇫🇷 Emmanuel Makron o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida o‘zbek tilida xabar e’lon qildi.

“Yashasin O’zbekiston, yashasin Fransiya!”


👉 @xushnudbek 👈

@Davlatchilik_tarixi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Амир Темур дарвозаси

Эммануэль Макрон Шавкат Мирзиёевга XIX аср охирларида француз фотографи томонидан олинган фотосуратни совға қилди.

манба

Ислом цивилизацияси маркази Ахборот хизмати.

@Davlatchilik_tarixi
Париж кўчаларидан бирига Самарқанд номи берилди

Батафсил 👇👇👇
https://qalampir.uz/n/115916

Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Ота-онангизни елкада кўтариш учун уларнинг тобутда ётишини кутманг...


Ибрат излаганга — ибратдир дунё

@Davlatchilik_tarixi
Рамазон ойи ўқишлари

Бундай гапни ўзи буюк бўлганларгина айта оладилар.

Абдулла Орипов

БУЮКЛИК

Осмону фалакда мўъжаз юлдуз — тош
Минди ўз табиий тайёрасига.
Роса бўшлиқларда дайдигач бебош,
Урилди Муштарий сайёрасига.

Муштарий дегани офтоб мисоли
Фазо карвонида муҳташам нордир.
Не кечди у шўрлик юлдузнинг ҳоли,
Вазни тоғ қошида зиғирча бордир.

Буюклик қудратин сезмай ё сезиб,
Ўзи излаб топмиш сўнгги маррани.
Муштарий самода милярд йил кезиб,
Ахир ахтармаган ўша заррани.

Таажжуб қиламан, буюклик асли,
Танлаган йўлидан бурилмас экан.
Зарра буюкликка урилгай, аммо,
Буюклик заррага урилмас экан.

1994

Ushbu post Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo sahifasidan olindi.

@Davlatchilik_tarixi
Imperator Nikolay II va Imperatritsa Aleksandra Fedorovna Buxoro amiri Sayid Abdulahadxonni kutib olmoqdalar.
Livadiya. 1909-yil.

Yel universiteti kutubxonasi (AQSh).

@Davlatchilik_tarixi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ислом цивилизацияси марказида Амир Темур дипломатияси экспозицияни яратиш режалаштирилмоқда

Амир Темур нафақат қудратли саркарда, балки ўзига хос дипломатик сиёсат юритган давлат арбоби ҳам эди. Унинг Франция, Хитой, Миср ва бошқа йирик давлатлар билан олиб борган дипломатик алоқалари тарихда муҳим из қолдирган. Шу мақсадда Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказида Амир Темурнинг ташқи сиёсатдаги роли ва халқаро муносабатлардаги ўрнига бағишланган махсус экспозиция ташкил этилади.

Ислом цивилизацияси маркази Ахборот хизмати

📱 Telegram 📱 YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Ўзбекистон инглиз тилини яхши биладиган давлатлар ичида Афғонистондан ҳам ортда қолмоқда

Осиё мамлакатлари ичида аҳолиси инглиз-тилини биладиган давлатлар ичида Ўзбекистон 98-ўринни қайд этган.

Daryo.uz

@Davlatchilik_tarixi
Forwarded from OYINA.UZ
Abdallar va Sosoniylar qarama-qarshiligi: qasam, hiyla, xiyonat

Firuz ustunni 300 kishi boshchiligidagi 50 ta fil yordamida oʻz armiyasi oldida sudrab ketgan. U shu tarzda chegarani kesib oʻtmaslik haqidagi qasami bajarilgan deb daʼvo qilgan.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3599

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X
Forwarded from Arxeolog kundaligi
E'lon

2025-yil 25-sentyabr kuni Milliy arxeologiya markazida, akademik Ahmadali Asqarovich Asqarovning 90 yillik yubileyi munosabati bilan “O‘rta Osiyo arxeologik landshaftlari: fanlararo yondashuvlar” mavzusida Xalqaro ilmiy- nazariy anjumani o‘tkaziladi.

Konferensiyada muhokama qilinadigan muammolar:
1-sho‘ba. Tarix oldi davri muammolari fanlararao yondoshuvlarda
2-sho‘ba. O‘rta Osiyo qadimgi davr o‘troq dehqon va ko‘chmanchi chorvadorlar madaniyatlari
3-sho‘ba. O‘rta asrlar shahar va qishloqlari
4-sho‘ba. Arxeologiya manbalarida turli o‘zliklarning aks etishi

Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyada qatnashishga xorijiy davlatlar va respublikamizdagi soha olimlari, ilmiy xodim va izlanuvchilar, OTM professor-o‘qituvchilari, magistrantlar va talabalar taklif etiladi.

Konferensiya materiallari to‘plami nashr etiladi. Konferensiyada ishtirok etish uchun konferensiya materiallari 2025-yilning 15-avgust qadar qabul qilinadi.
Forwarded from Arxeolog kundaligi
Axborot_xati_25.09.2025 МАМ.pdf
622.9 KB
Konferensiyada ishtirok etish uchun konferensiya materiallari 2025-yilning 15-avgust qadar qabul qilinadi.