DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30.4K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.1K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Hududlar bo'yicha eng ko'p Farg'onadan uy-joy olinadimi?!▫️

🏬Ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olishga qaysi hudud aholisida imkoniyatlar yuqori ekanligini spot.uz tahlil qildi.

🔹Respublika boʻyicha ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilishga layoqatli aholi ulushi 26% ni tashkil etmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Toshkent shahri va viloyatlar markazlari kesimidagi oʻrtacha uy-joy narxlari asosida ikkilamchi bozorda uy-joy xarid qilish uchun ipoteka krediti olishga (subsidiyasiz) layoqatli aholi ulushini hisoblab chiqdi.

🔹Uy-joy xarid qilishda ipoteka krediti olishga layoqatli aholi ulushini hisoblashda 62 kv.m maydonli uyni xarid qilishda oila daromadining ipoteka kreditiga yoʻnaltiradigan qismi 50% gacha, kredit muddati 20 yil va boshlangʻich toʻlov badali 30% deb hisoblangan.

Samarqandda (13%),
Namangan (19%) viloyatlari
va Toshkent (15%) shahrida uy-joy narxlarining balandligi tufayli ipoteka asosida uy-joy sotib olishga imkoniyati bor xonadonlar ulushi past.

Joriy narxlarni hisobga olganda
Fargʻona (35%),
Qoraqalpogʻiston (33%)
va Navoiyda (32,9%) ipoteka shartlari asosida uy-joy xarid qilish imkoniyati boshqa hududlarga nisbatan yuqori.

🔹Hisob-kitoblarga koʻra, respublika boʻyicha ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilishga layoqatli aholi ulushi 26% ni tashkil etmoqda.

🔹Umuman olganda, 2021-yil yanvar-noyabr oylarida jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 8 trln soʻmni tashkil etdi. Bunda, yangi tartib asosida ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan resurslar hajmi 3 barobarga oshib, 3,9 trln soʻmga yetdi (2020-yilda 1,3 trln soʻm).

#DavKadastrPalata #uy_joy #ipoteka

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▪️Yurtimizda 84,8 % uy xo‘jaliklari hovlida yashaydi▪️

◼️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022 yilda mamlakatimizda uy xo‘jaliklarining yashashi bo‘yicha uy-joy turlari quyidagicha tahlil qilingan:

➡️ alohida uy (xususiy hovli) – 84,8 %

➡️ ko‘p kvartirali uylar – 14,4 %

➡️ boshqa turdagi uy-joylar – 0,8 %

#DavKadastrPalata #uy_joy #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM