DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
46.7K subscribers
9.85K photos
1.5K videos
1 file
5.88K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
⚜️Bugun 26-sentyabr O'zbekiston Davlat Xavfsizlik Xizmati xodimlari kuni!

💐 Mamlakatimiz tinchligi yo'lida zahmatli faoliyat olib borayotgan fidoiy kasb egalarini bayramlari bilan samimiy qutlaymiz.

#DavKadastrPalata #DXX #tabrik
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
#kadastr #tayinlov #tabrik

📣TAYINLOV

👍Kadastr agentligining Metodologiya boshqarmasi boshlig’i lavozimiga Nishanov Bexzod Yusufovich tayinlandi.

🔠Bexzod Nishanov shu kunga qadar ushbu boshqarmaning boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

👍Kadastr agentligi jamoasi B.Nishanovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

🇺🇿 “Vatanim bayrog‘i”

✍️ Zulfiya Mo‘minova

🎙Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda vazirlik, idoralar rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari hamda⭐️ Kadastr agentligi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan muborakbod etadi!

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #tayinlov #tabrik

📣TAYINLOV

👍Kadastr agentligining Yuridik boshqarmasi boshlig’i lavozimiga Amirqulov Djamshid Djumayevich tayinlandi.

🔠Djamshid Amirqulov shu kunga qadar Yuridik boshqarmaning bosh yuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritgan.

👍Kadastr agentligi jamoasi Dj.Amirqulovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Aziz vatandoshlar va hamkasblar!

🇺🇿Barchangizni jamiyatimizning huquqiy jihatdan asosiy mezoni bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi bilan tabriklayman!
Yuksak faxr bilan e’tirof etish mumkinki, davlatimizda hozirgi kunda har jabhada ro‘y berayotgan faol o‘zgarishlar zamirida konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan me’yorlar majmui yotadi. Konstitutsiya xalqning madaniyati, davlatchiligi va milliy qadriyatlarini o‘zida aks ettirgan mustahkam himoya qalqonidir.

🇺🇿 Vatanimiz taraqqiyoti va qonunlarimiz ustuvorligi yo‘lida mehnat qilayotgan hamkasblarimizning sohalarda xodimlarning va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz. Barcha yurtdoshlarimizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, kelajakdagi rejalariga esa muvaffaqiyat va omadlar tilayman.

Davlat kadastrlari palatasi raisi
Moxir Valiyev

#DavKadastrPalata #tabrik #Konstitutsiyaga_30_yil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #tayinlov #tabrik

📣TAYINLOV

👍Kadastr agentligining Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga Zokirov Sherzodbek Nishonboyevich tayinlandi.

🔠Sherzodbek Zokirov shu kunga qadar Milliy geoaxborot tizimini muvofiqlashtirish va Davlat kadastrlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-Milliy geoaxborot va davlat kadastrlarini yagona tizimini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

👍Kadastr agentligi jamoasi Sh. Zokirovni kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Qadrli yurtdoshlar!

🇺🇿 O‘tgan 2022-yil yurtimizda ko‘plab ahamiyatga molik ijtimoiy hodisalar, ijobiy o‘zgarishlarga boy o‘tdi. Davlatimiz ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotda ko‘zga ko‘rinarli darajada birmuncha yuqori pog‘onalarga ko‘tarildi. Ayni shu omillar 2022-yilning xotiramizda abadiy muhrlanib qolishiga sabab bo‘la oladi, desak yanglishmagan bo‘lamiz.
🇺🇿 2023-yil ham xotiramizga ana shunday keng ko‘lamli maqsadlar, rejalar hamda ezgu amallar ijobati ila muhrlansin. Quvonchli lahzalar yangi yilda ham bardavom bo‘lishini chin dildan tilab qolamiz.
⚜️ Siz azizlarga ko‘tarinki kayfiyat, yuqori shijoat hamroh bo‘lsin, mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, xotirjamlik va mehr-oqibat qalblaringizni aslo tark etmasin! Yangi maqsadlar tomon qadam bosar ekanmiz, kelajakka bo‘lgan ishonchimiz yanada mustahkamlanaversin, har jabhada yutuq va muvaffaqiyatlarimiz davomiy bo‘lsin!

Cheksiz hurmat bilan,
Davlat kadastrlari palatasi jamoasi

#DavKadastrPalata #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Aziz qadrdonlar!

Sizlarni Yaratganning rahmati yog'ilgan, fayzu baraka ayyomi - ulug' va muborak Ramazon hayiti bilan muborakbod etamiz.

💫Zamin uzra nur sochgan ushbu muborak kunda Yaratgan har birimizning xonadonimizga quvonch, qalblarimizga sokinlik va huzur baxsh etsin. Umringiz islom nuri va iymon lazzati bilan to'lsin.

🌙 Xalqimiz uchun ezgulik va muruvvat, ruhiy poklanish oyi hisoblangan ushbu qutlug‘ kunlarda xonadonlaringizga qut-baraka, oilangizga tinchlik-farovonlik, barchangizga mustahkam sog'lik-salomatlik tilaymiz.

Davlat kadastrlari palatasi
raisi M.К.Valiyev

#DavKadastrPalata #RamazonMuborak #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #tayinlov #tabrik

📣TAYINLOV

👍Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Sidikov Nodir Eshkuvatovich tayinlandi.

N.Sidikov shu kunga qadar 👍Davlat kadastrlar palatasining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

🌟Kadastr agentligi jamoasi N.Sidikovni kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💐 Bugun yurtimizda eng ulug‘ kasb egalarining bayrami – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”.

📝 Har bir insonning komil shaxs bo‘lib voyaga yetishida, yetuk kasb egasi bo‘lib jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ustoz-muallimlarning o‘rni juda muhim. Turli yo‘nalishlarda o‘z iqtidori, mahorati va bilim salohiyati bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimizning muvaffaqiyatlari zamirida avvalo, aziz ustozlarning zahmatli mehnatlari mujassamdir.

💠 Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, O‘zbekistonda umumta’lim muassasalari soni so‘nggi 5 yilda 748 taga oshgan bo‘lib, 2023-yil holatiga ko‘ra 10 522 tani tashkil etmoqda. Mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi avvalo ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh bo‘la olishimiz bilan uzviy bog‘liq, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shunday ekan, sizlarning har bir o‘quvchi va shogirdlaringizga berayotgan bilim va o‘gitlaringiz bebahodir.

💐 Beminnat xizmat qilib kelayotgan soha fidoyilarini ushbu kun bilan muborakbod etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va ishlaringizga ulkan parvozlar tilaymiz. Sohada ko‘rsatgan fidokorona mehnatingiz va chekkan ulkan zahmatlaringiz biz uchun qadrlidir. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Davlat kadastrlari palatasi
raisi M.K. Valiyev

#DavKadastrPalata #muhim_sana #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 21- oktabr - O‘zbek tili bayrami
 
  Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
 
🇺🇿  1989-yilning 21- oktabr kuni O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.
 
  Bugungi kunda yer yuzida 7 mingdan ziyod til mavjud bo‘lsa, ularning faqat 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Shulardan biri, bizning ona tilimiz ekani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. O‘zbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug‘ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch deb hisoblaymiz.
 
🌟 Kadastr sohasidan kelib chiqib, tizimga oid atamalarni xodimlar orasida keng tarqalishi uchun alohida e’tibor qaratib kelmoqdamiz. Bundan tashqari, geografik obyektlar jumladan aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari bo‘lgan mahallalar, ko‘chalar va ziyoratgohlar kabi geografik obyektlarni nomlash hamda qayta nomlash tashkilotimizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Geografik obyektlarni Davlat ekspertizasidan o‘tkazish jarayonida ekspertlarimiz taklif qilingan nomlarni har tomonlama tarixiy, geografik jihatlarini hisobga olib, o‘zbek adabiy tili meyorlari doirasida qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berishadi. Ayniqsa, davlatimiz tarixi, tarixiy tilimizdagi so‘zlarimiz yo‘qolib ketmasligi uchun sof o‘zbek tilidagi nomlarga alohida e’tibor qaratiladi.

🇺🇿 Bugungi kun munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni "O‘zbek tili bayrami" bilan samimiy muborakbod etamiz. Ona tilimiz, qudratli davlat tili bo‘lgan o‘zbek tili abadiy yashasin va doimo qadri baland bo‘lsin!
 
  Davlat kadastrlari palatasi raisi
  M.Valiyev

#DavKadastrPalata #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

🇺🇿 Xalqimizning tinchlik va osoyishtalikda yashashi, ana shu ne’matlar tufayli xotirjam va farovon hayot kechirishi hamda doimiy barqarorlikni ta’minlashda Ichki ishlar organlari xodimlarining hissasi beqiyosdir. Ayni paytda bu osuda hayotning xavfsizligini himoya qilayotgan, kecha-kunduz xizmatda shay turgan tinchligimiz posbonlariga hurmatimiz cheksiz.

🇺🇿 Kunlarni tunga, tunlarni tongga ulab, Vatanimiz tinchligi, osoyishtaligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shishdan charchamaydigan masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor boʻlsin. Vatanimiz fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish kabi sermashaqqat faoliyatingizda muvaffaqiyat, oilangizga xotirjamlik, baraka, sihat-salomatlik yor boʻlishini tilab qolamiz. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Xurmat ila,
🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi

#DavKadastrPalata #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qadrli yurtdoshlar!


🇺🇿 O‘zbekistonda 2023 yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» da yurtimizda keng ko‘lamli islohotlarimiz barqaror tus oldi. Inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish borasida yangi qadamlar qo‘yildi. Davlatimiz ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotida ko‘zga ko‘rinarli darajada birmuncha yuqori pog‘onalarga ko‘tarildi. Ko'plab xorijiy hamkorlikar yo'lga qo'yildi, xususan, kadastr sohasida ham anchagina salmoqli ishlar amalga oshirildi. Umuman olganda, 2023-yil yurtimiz hayotida ko'plab unutilmas, quvonchli lahzalarga boy o'tdi.

Kirib kelayotgan 😞😡😞😕-yil ham har birimiz uchun eng ezgu tilaklarimiz ro‘yobga chiqadigan va oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erishish yili bo‘lib, har bir xonadonga sog‘lik, to‘kin-sochinlik, mehr-muhabbat, o‘zaro hurmat va farovonlik olib kelsin. Barchani kirib kelayotgan 2024-yil bilan tabriklaymiz, ushbu yilda barchangizga yangidan yangi zafarlar va yutuqlar, oilangizga baxt-saodat va sihat-salomatlik tilab qolamiz.

❄️ Barcha ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqib, el-yurt ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ma’suliyatli ishlaringizda omad yor bo‘lsin!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi jamoasi


#DavKadastrPalata #tabrik #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣TAYINLOV

👍 Kadastr agentligi Kadastr va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Yuldashev Jaxongir Ergashevich tayinlandi.

🔠Jaxongir Yuldashev shu kunga qadar 👍Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

👍Kadastr agentligi jamoasi J. Yuldashevni kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#kadastr #tayinlov #tabrik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 KADASTR SOHASI A'LOCHISI VA IFTIXORLARIDAN BARYAM TABRIGI.

#Kadastr #mustaqillik_bayrami #33_yil #tabrik

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aziz hamkasblar, hamyurtlar!

🇺🇿 Bugun yurtimizning asosiy milliy bayrami - Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan, milliy tariximizda alohida ahamiyat kasb etadigan kun - Istiqlolimiz 33 yilligi tantanasidir.

🇺🇿 Shu qisqa vaqt ichida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari yurtimizning tinchligi, jahon hamjamiyatida erishayotgan yutuqlari, milliy armiyamiz hamda milliy ta'lim tizimining yaratilishida, ijtimoiy ta'minot, kichik biznes, transport va aloqa infrastrukturasi kabi sohalar rivojida shuningdek, aholimizning tinch va farovon turmush tarzida, o'z ifodasini topmoqda.

⭐️🌟Qayd etish muhimri, istiqlolimizning ayniqsa so'nggi yillarida yer, mulk, kadastr yo'nalishlarida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimizning tizimga bo'lgan e'tibori tufayli esa soha yanada rivojlanib, halqaro tajribalar orttirgan holda raqamlashtirishga o'tish jarayonlarida ulkan zafarlarni qo'lga kiritmoqda.

🇺🇿 Bayram munosabat bilan, yurtdoshlarimizni, barcha hamkasblarimizni chin dildan samimiy qutlaymiz. Barchamizga aziz bo'lgan ushbu ayyomda oilangizni tinchlik-osoyishtalik, qalbingizni xotirjamlik, xonadoningizni esa bayram shukuhi aslo tark etmasin!

Hurmat bilan,
Davlat kadastrlari palatasi raisi
M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_kun #tabrik #Mustaqillik33

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM