DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
11.1K subscribers
9.6K photos
1.43K videos
5.72K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#Kadastr #xalqaro_aloqalar

🌍 Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo'yicha Evrosiyo tashabbusi (Eurasia SDI) ishtirokchi davlatlari va tashkiliy qo‘mita a’zolarining 2023-yildagi ilk onlayn formatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad 2023-yilda tashkiliy qo’mitaning faoliyati va kelgusi rejalarini muhokama qilish hamda 2023-2024yillarda Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo'yicha “Evrosiyo SDI” konferensiyasini o’tkazish bo’yicha mezbon davlatlarni aniqlash muhokamasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo'yicha Evrosiyo tashabbusining doimiy a’zolari 🇰🇷Koreya Respublikasi, 🇧🇾Belarus Respublikasi, 🇰🇿Qozog’iston Respublikasi, 🇰🇬Qirg’iziston Respublikasi, 🇹🇯Tojikiston Respublikasi, 🇲🇳Mo‘g’uliston va 🇺🇿O’zbekiston Respublikasi hisoblanib, tashabbusning asosiy maqsadi Koreyaning rivojlanayotgan davlatlar bilan geoaxborot tizimlari va fazoviy ma’lumotlarni rivojlantirishda bilimlar transferi va tajriba almashishdan iborat.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #dron_show #xalqaro_aloqalar

🇰🇷Koreya Respublikasining 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi Tijoriy hamkorlik masalalari bo‘yicha bo‘linmasi (KOTRA), Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi hamda 🌟Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi hamkorligida tashkil etilgan 👌“Drone Show” ilmiy-amaliy seminarining ikkinchi kuni o‘z nihoyasiga yetdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #xalqaro_aloqalar

🇺🇿🌟Kadastr agentligining 🇹🇷Turkiya bilan aloqalari amaliy bosqichga olib chiqilmoqda.

🟢 Joriy yilning 20-25-avgust kunlarida 🌟Kadastr agentligi delegatsiyasi Turkiyaning Yerni ro‘yxatga olish va kadastr bosh mudirligi bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida hamda Turkiya kadastr sohasini institutsional o‘rganish va tajriba almashish maqsadida 🇹🇷 Turkiya Respublikasiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Batafsil bu yerda

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #xalqaro_aloqalar

💠Jahon banki missiyasining “Shahar yerlari boshqaruvi hamda yashil infratuzilmani rivojlantirish masalalari” yuzasidan 🇺🇿O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda

🟢Joriy yilning 4-sentabr sanasida 🌟Kadastr agentligida Jahon bankining Yеvrора va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun bаrqаrоr rivojlanish bo'yicha mintaqaviy direktori Same Vahba boshchiligidagi missiya hamda Agentlik direktorining o'rinbosari M.Mirmaksudov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasi bo‘yicha bajarilgan ishlar va “Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish” istiqboldagi investitsiya loyihasi doirasida 2022-yildan buyon olib borilgan tayyorgarlik ishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

➡️Missiya a’zolarining loyihaga doir savollariga javob berildi.

😎Jahon banki missiyasi tomonidan yer islohoti, xususiylashtirish, raqamlashtirish masalalari milliy iqtisodiyot va fuqarolarning hayot sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil ekanligi ta’kidlandi.

😄Shuningdek, yer ma'murchiligi hamda kadastrni rivojlantirish yo'lida istiqboldagi hamkorlik rejalari bo‘yicha o‘zaro fikr va tavsiyalar almashildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM