DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
35.3K subscribers
10.1K photos
1.53K videos
1 file
6.01K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🔹Press tur boshlandi🔹

🔷 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o‘tkazilayotgan Press turda ishtirok etish uchun OAV vakillari, blogerlar, jurnalistlardan iborat ijodiy guruh Humo arena saroyi oldida uchrashdilar.

🔷 Ularni Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohirxo‘ja Valiyevning o‘zi qarshi oldi va kun tartibidagi OAV vakillarini kutayotgan yangiliklar bo‘yicha qizg‘in muloqot olib bordi.

🔷 Ayni dam, ular Press turning kun tartibidagi birinchi manzil: Bektemir tumanidagi qishloq xo‘jaligi yerlarining xatlovida ishtirok etishmoqda.

#DavKadastrPalata #press_tur #xatlov #geoportal

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹Press tur davom etmoqda🔹

🔷 Press turda ishtirok etayotgan OAV vakillari, blogerlar, jurnalistlardan iborat ijodiy guruh havoning yog’ingarchiligi sabab qishloq xo’jaligi yerlari xatlovida qisqa fursat bo’lib kun tartibidagi keyingi manzilga yo’l oldilar.

🔷 Ular Davlat kadastrlari palatasida Yerlarni geopartalga joylashtirish bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’ladilar.

#DavKadastrPalata #press_tur #xatlov #geoportal

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹Davlat kadastrlari palatasida Press tur🔹

🔷 Davlat kadastrlari palatasiga yetib kelgan bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari Press turning navbatdagi manzilida Yer xatlovidan so‘ng bosqich bo‘yicha geopartalga kirgizish va yer fondi turlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🔷 Press tur yer munosabatlaridagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar davrida ayni muddao bo‘lganini qayd etgan jurnalistlarda savollar juda ko‘p bo‘ldi, javoblar mehmonlarda yana savollar tug‘dirdi.

🔷 Shu vaqtga qadar davom etgan press turning matbuot anjumani juda qizg‘in baxs munozaralarga boy o‘tdi. Bu haqda alohida tez orada videoreportajda yana ma’lumot beramiz...

#DavKadastrPalata #press_tur #xatlov #geoportal

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Baliqchilik xo‘jaliklari xatlovdan o‘tkazildi▫️

◻️ Davlat kadastrlari palatasi «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi bilan hamkorlikda respublikadagi mavjud tabiiy, sun’iy suv xavzalarida faoliyat yuritayotgan baliqchilik xo‘jaliklari bugungi kunda to‘liq xatlovdan o‘tkazildi.

◻️ Respublika bo‘yicha jami 6 147 ta, shundan 381 ta tabiiy hamda 5 766 ta su’niy suv xavzalari aniqlandi, ularga jami foydalanish uchun 765 ming 332 gektar yer maydoni ajratilganligi ma’lum bo‘ldi.
◻️ Hozirda, Davlat kadastrlari palatasi va «O‘zbekbaliqsanoat» bilan o‘tkazilgan yakuniy xatlov natijalarining tahlil jarayonlari o‘tkazilmoqda.

#DavKadastrPalata #xatlov_tahlili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹Hududlarda o'quv seminarlar🔹

💠Davlatimiz rahbarining 2 million 600 ming xonadonlarning kadastr hujjatlarini tayyorlash bo'yicha topshirig'i hamda Davlat kadastrlari palatasi raisining tegishli buyrug'iga asosan, Markaziy apparat mutasaddilari tomonidan hududiy boshqarmalarda o'quv seminarlar tashkil etildi.

💠Seminarlarda ko'chmas mulk obyektlarini xatlovdan o'tkazish, kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxatini shakllantirish, ularni UzKAD tizimiga kiritish va shu shu yo'nalishdagi barcha vazifalar atroflicha tushuntirildi.

▫️Mazkur o'quv seminarlar:

⚡️Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari A.Yunusov;
⚡️Navoiy va Buxoro viloyatlarida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari R.Nishonov;
⚡️Surxondaryo viloyatida Davlat kadastrlari palatasi bosh mutaxassisi A.Qalandarov;
⚡️Farg'ona viloyatida Davlat kadastrlari palatasi "Ko‘chmas mulk boshqarmasi"ning davlat yer kadastrini yuritish bo‘limi mutaxassisi A.Akbarov;
⚡️Samarqand viloyatida Davlat kadastrlari palatasi bosh mutaxassisi K.B.Rahmonov;
⚡️Qoraqalpog'iston Respublikasida Davlat kadastrlari palatasi yetakchi mutaxassisi M.Shahramov;
⚡️Andijon viloyatida Davlat kadastrlari palatasi bosh mutaxassisi B.Ibragimovlar boshchiligida bo'lib o'tdi.


#DavKadastrPalata #hududlarda_seminar #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Hududlarda xatlov jarayonlari▫️

⚪️ Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida Davlatimiz rahbari tomonidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida 2 mln 600ta xonadonning kadastr hujjati mavjud emasligi ta'kidlanib, tegishli mutasaddilarga kadastr hujjati bo'lmagan yakka tartibdagi uy-joylarni xatlovdan o'tkazish bo'yicha topshiriq berilgan edi.

⚪️ Mazkur topshiriqning ijrosini ta'minlash maqsadida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Respublika miqyosida maxsus ishchi-guruhlar tuzildi hamda hozirda kadastri yo'q xonadonlar ro'yxati shakllantirilmoqda.

▫️ Quyida joylarda olib borilayotgan qizg'in xatlov jarayonlari haqida batafsil:

⚡️Andijon viloyati
⚡️Surxondaryo viloyati
⚡️Qashqadaryo viloyati
⚡️Jizzax viloyati
⚡️Sirdaryo viloyati

#DavKadastrPalata #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▪️Avtomobil yo'llari davlat ro'yxatidan o'tkazilmoqda▪️

⚜️ Yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, xususan, avtomobil yo'llarini xatlovdan o'tkazish borasida Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida yil davomida bir qator samarali ishlar amalga oshirildi.

🔹Mazkur jarayonlar tafsiloti ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka e'lon qilindi:

⚡️Qoraqalpog'iston Respublikasi
⚡️Buxoro viloyati
⚡️Surxondaryo viloyati
⚡️Qashqadaryo viloyati
⚡️Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #avtomobil_yollari #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Qoraqalpog‘iston va Xorazm▪️

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgan tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida yer maydonlarini xatlovi va “UzKAD” axborot tizimiga kiritish bo‘yicha ishlari olib borilmoqda:

▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
▪️ Xorazm viloyati

⭐️🌟Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi shuningdek Respublika aerogeodeziya markazi hamda ularning viloyatlardagi hududiy boshqarma va bo'linmalaridan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan viloyatlar tumanlarida olib borilayotgan xatlov ishlari muntazam nazorat qilinib, har kunlik xisobotlar yuritilmoqda. Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi shuningdek Respublika aerogeodeziya markazi hamda ularning viloyatlardagi hududiy boshqarma va bo'linmalaridan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan viloyatlar tumanlarida olib borilayotgan xatlov ishlari muntazam nazorat qilinib, har kunlik xisobotlar yuritilmoqda.

➡️ Batafsil ma’lumot yana taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Xorazmda xatlov jarayonlari▪️

◼️Xorazm viloyatidagi ko‘chmas mulk obyektlari, shu jumladan, yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish  hamda  «UzKAD» axborot tizimiga kiritish bo‘yicha ishlar jadallik bilan davom etmoqda.

⚡️ Ayni dam, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati  boshchiligida ishchi guruhdagi jarayonlar tahliliga kirishilingan.

◼️Rejaga asosan, ishchi guruh tomonidan kuniga 28-30 ming gektar yer maydoni xatlovdan o‘tkazilishi belgilangan va buning uchun yetarlicha mutaxassislar jalb qilingan.

◼️Viloyatdagi jami yer hisoboti bo‘yicha 608 158 gektar yer maydonidan hozirgi kunga qadar 324 100 gektar yer maydoni xatlovdan o‘tkazildi. Shundan, 182 559 gektar yer maydoni qishloq xo‘jaligi yerlari  hisoblanadi.

📝 Jarayonlar haqida yana ma'lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Xatlov jarayonlari OAV nigohida▪️

⚡️ Xabaringiz bor, Xorazm viloyatidagi ko‘chmas mulk obyektlari, shu jumladan, yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish hamda «UzKAD» axborot tizimiga kiritish bo‘yicha ishlar jadallik bilan davom etmoqda.

▶️ Xorazm telekanalining informatsion dasturida ana shu jarayonlar keng yoritildi.

#DavKadastrPalata #xatlov #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM