DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
10.9K subscribers
9.52K photos
1.42K videos
5.67K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#Yig_ilishlar #korrupsiyaga_qarshi #kurashish #palata_xodimlari #komplaens_xizmati

Bugun Davlat kadastrlari palatasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va bu boradagi qonunchilik normalari” mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda Kadastr agentligining Komplaens nazorat xizmati rahbari Baxtiyor Shomansurov, Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev hamda palata markaziy apparati xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur yig'ilishning tashkil etilishidan asosiy maqsad
palata xodimlari o'rtasida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish, hududlarda faoliyat yurituvchi xodimlar bilan tizimli aloqani yo'lga qo'yib, fuqarolarga sifatli xizmat ko'rsatish ko'rsatkichilarini ko'tarish hisoblanadi.


Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi #O_quv_seminari #Hududiy_boshqarmalar #Palata_xodimlari

"Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida" Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparat hamda hududiy boshqarma rahbariyati xodimlari uchun maxsus o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabr sanasidagi PF-6121 son "Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmoni bo‘yicha belgilangan qator vazifalarni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqishda zarur komponentlar nimalardan iborat ekanligi haqida batafsil maʼlumotlar berib borilmoqda.
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar #Palata_xodimlari #Markaziy_apparati #Mustaqilligimizning_30_yilligi

Mustaqillik shodiyonalari!

O'zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev boshchiligida sohada fidokorona xizmatlari uchun markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalarning 40 ga yaqin xodimlariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg`alarini topshirish marosimi bo`lib o`tdi.

El-yurt ravnaqi va farovonligi yo'lida palata xodimlarining fidokorana xizmatlari biz uchun juda muhimdir va ularga kelajakdagi ishlariga ulkan zafarlar tilayman.

Davlat kadastrlari palatasi raisi-M.Valiyev