DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
10.9K subscribers
9.52K photos
1.42K videos
5.67K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿 Qadrli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

🇺🇿
Taraqqiy etib borayotgan zamonaviy dunyoda axborot deb atalmish bir kuchli qurol borki, bu tushunchasiz insoniyat na oʼtmishini, na bugunini va na kelajagini tasavvur qila oladi. Аyniqsa, hozirgi globallashuv jarayoni tobora kuchayib borayotgan fuqarolik hamjamiyatida birgina soʼzning inson hayotida naqadar ulkan taʼsir kuchiga ega ekanligining guvohi boʼlib turibmiz. Mana shunday shiddatli axborot ummonida tezkor tahlil, chuqur mushohada, kuchli zehn va xolis tanqidiy yondashuv orqali dunyoni anglashimizda, zamon bilan hamnafas boʼlishimizda siz - soha vakillarining xizmatlari beqiyosdir.
📹✏️27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari
xodimlari kuni barchangizga muborak boʼlsin! Atrofimizdagi voqea-hodisalarni sogʼlom idrok bilan tahlil qila olishiga yaqindan koʼmaklashishdek masʼuliyatli va sharafli vazifani ado etishdagi jonkuyarligingiz doimo eʼtiborimizda. Jurnalistika deb atalmish mashaqqatli yoʼlda yurtimiz taraqqiyoti, jamiyatimiz rivoji uchun qoʼshayotgan hissangiz va beminnat xizmatingiz uchun chuqur minnatdorligimni izhor etgan holda burchingiz va maqsadingiz yoʼlida shijoat bilan olgʼa qadam bosishingizga, sohani yuksak marralarga olib chiqish yoʼlidagi ijodiy loyihalaringizni amalga oshirishdagi saʼy-harakatlaringizga ulkan zafarlar tilab qolaman!

Hurmat bilan,

Davlat kadastrlari palatasi raisi
Mohir Valiyev

#DavKadastrPalata #OAV_xodimlari_kuni #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✏️Bugun, 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalati kuni!

💐Sizni kasb bayramingiz bilan chin qalbdan muborakbod etamiz hamda oilangizga totuvlik, faoliyatingizda ulkan ijodiy parvozlar tilaymiz!

Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati

#DavKadastrPalata #OAV_xodimlari_kuni #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube