DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
37.4K subscribers
10.1K photos
1.52K videos
1 file
5.98K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun yurtimizda eng sharafli kasb vakillari bayrami – “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni”

📚 Dunyoda eng aziz va ulugʻ kasb bu albatta muallimlik kasbidir. Har bir insonning yetuk shaxs boʻlib rivojlanishida, jamiyatda oʻz oʻrnini topishida, turli jabhalarda dunyo hamjamiyatida ilgʻor natijalarga erishishida, qolaversa, har birimizning bugungi erishayotgan muvaffaqiyatlarimiz zamirida ustozlarimizning beminnat oʻgitlari hamda zahmatli mehnatlari mujassamdir.

📊 Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, hozirgi kunda yurtimizda jami 210 ta Oliy taʼlim muassasalarida 42 864 nafar professor oʻqituvchilar, shuningdek, 10 750 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 547 700 nafar pedagoglar faoliyat olib bormoqdalar. Yurtimizning dunyoning taraqqiy etgan davlatlari qatoridan munosib oʻrin egallashi taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uzviy bogʻliqligi shubhasiz.

🇺🇿Shu oʻrinda, Davlat kadastrlari palatasi tomonidan ham taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotganini takidlash joiz. Xususan, Markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalar tomonidan bir qancha Oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilib, talabalarga munosib sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratilmoqda.

💐 Biz uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli boʻlgan aziz va moʻtabar ustozlarimizga eng goʻzal soʻzlar va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va ishlaringizga rivoj tilaymiz. Sohada koʻrsatgan fidokorona mehnatingiz va chekkan ulkan zahmatlaringiz biz uchun qadrlidir. Bayramingiz muborak boʻlsin!

#DavKadastrPalata #muhim_kunlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

▪️Deydilar, ustoz jabri - ota mehridan afzal,
▪️Shogirlarning iqboli - ustoz jabriga badal,
▪️Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,
▪️Saodatning kaliti,  bilgilki, ilmu-amal.
◼️Ustoz qadami qutlugʻ, ustoz-otangday ulugʻ!
💐💐💐

#DavKadastrPalata #muhim_kunlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPning jamoatchilik bilan aloqalari

🌟 Muntazam ravishda Davlat kadastrlari palatasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi tomonidan tizimdagi yangiliklar keng yoritilgan holda aholiga etkazib kelinmoqda. Bundan tashqari, har bir tanqidiy, tahliliy fikrlarga to‘g‘ri yondashgan holda ularni o‘rganib, zaruriy choralarni ko‘rishda davom etmoqdamiz.

📊 Mazkur ma'lumotlar Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati va hududiy boshqarmalariga 2024 yil sentabr oyida kelib tushgan murojaatlarga bildirilgan rasmiy munosabatlar tahlili haqida.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda #axborot_hisoboti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:

◼️mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 155 000 soʻm;

◼️bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 soʻm;

◼️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 soʻm;

◼️yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 soʻm;

◼️nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 soʻm;

◼️mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 soʻm;

◼️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 soʻmdan) 920 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 soʻm;

◼️zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 soʻm;

◼️ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 745 000 soʻm.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun targ'iboti yuzasidan seminarlar

🖥 Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mas'ul xodimlari tomonidan joylarda O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan reja-grafik asosida seminarlar bo'lib o'tmoqda.

◼️Hozirga qadar shu kabi tadbirlar quyidagi boshqarma filiallarida o'tkazildi:

▫️Toshkent shahri 1, 2
▫️Farg'ona viloyati 1, 2
▫️Xorazm viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

jtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Kadastr bo‘yicha bo‘lish ko‘chmas mulkni hisobga olishning yagona tizimini yaratish va ko‘chmas mulkka kadastr raqamlarini berish maqsadida amalga oshiriladi.

🇺🇿 Kadastr bo‘yicha bo‘lish va kadastr raqamlari tizimi Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimida har qanday yer uchastkalari, binolar va inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlarni bir xilda identifikatsiya qilishi lozim.

📃Hududlar kadastr bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari.tomonidan bo‘linadi.

◼️Kadastr bo‘yicha bo‘lish materiallari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

◼️Yer uchastkalariga, yer uchastkalarining bir qismiga, ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga, binolar. va inshootlarning bir qismiga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri. boshqarmalarining tegishli tumanlar (shaharlar) filiallari tomonidan beriladi.

👔 Asos: Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024-yildagi 555-sonli qarori.

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiga qarshi kurash yo'lida


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha bosh mutaxassislari tomonidan xodimlar ishtirokida davra suhbatlari muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.

◼️Shuningdek, korrupsion holatlarni oldini olish va bartaraf etish maqsadida kadastr xodimlari tomonidan MFY idoralarida mahalla faollari hamda fuqarolar o'rtasida ham shu kabi uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

◼️Ushbu tadbirlarda aholiga kadastr sohasidagi murojaatlar yuzasidan korrupsiya va ta'magirilik holatlariga duch kelganlarida mutasaddilarga murojaat qilishlari kerakligi hamda huquq va manfaatlari himoya qilinishi haqida tushunchalar berildi.

▫️Jizzax viloyati 1, 2, 3
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi 1, 2
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Toshkent shahri

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qanday yer uchastkalari ortiqcha egallangan yer uchastkasi hisoblanadi ?


Ortiqcha egallangan yer uchastkasi — yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan yer uchastkasi maydonidan ortiq bo‘lgan, yer uchastkasining chegarasidan tashqarida, unga tutash hududda joylashgan yer maydonidir.

🔹 Asos: O'RQ-937 05.08.2024-yil

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


⚖️ Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mazkur ruknda aholidan kelayotgan barcha savollarga javoblarni berib boramiz.

🔹 Savol yo‘llang: @Dkpuz_bot va biz unga javob berib boramiz!

🤯Sizdan yo'llangan savollar:
1. Yer uchastkalaridagi binolar 2018-yilgacha qurilganligini qayerdan bilsa bo‘ladi?
2. Hujjati umuman mavjud emas yerlar nima bo`ladi?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi raisining tegishli buyrug'iga ko'ra, Adliya Vazirligi kelishuvi asosida Sadikov Dilshod G'ayratovich – Davlat kadastrlari palatasi Yuridik bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

◼️Dilshod Sadikov – 1982-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 2003-yil - Toshkent Davlat sharqshunoslik institutini, 2009-yil Toshkent Davlat yuridik institutini, 2010-yil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi bosh yuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM