DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30.4K subscribers
10.3K photos
1.57K videos
1 file
6.1K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
2024-yil 1-fevraldan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lganlarga kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar ijtimoiy xizmat ko'rsatish shartnomasi asosida ko'rsatiladi.
👉 Batafsil

⚜️ «Yashil energiya» aхborot tizimi toʻliq funksional rejimida ishga tushiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim mahsulotlarga ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud bo'lish talabi qo'yiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ichimlik suvi loyihalari doirasida uskuna va jihozlar faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️ Kasanachilikda yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga o'qitiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Maishiy teхnikani roʻyхatdan oʻtkazish qat’iy ravishda tegishli markirovka kodini olgandan keyin amalga oshiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿“Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-907-son, 14.02.2024 y.) Prezident tomonidan imzolandi

📃 Unga ko‘ra, xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari quyidagilardan iborat:

▪️davlat ko‘chmas mulk obyektlari;
▪️davlat ulushlari (aksiyalari, ulushlari);
▪️davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari.

Davlat mulki, to‘liq yoki qisman xususiylashtirilishi mumkin. (Bundan davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirilmaydigan davlat mulki mustasno).

◼️Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

◼️Xususiylashtiriladigan davlat mulkining boshlang‘ich narxi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi.

👔Davlat mulkini xususiylashtirish quyidagi usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi:

- auksion;
- tanlov savdolari;
- muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish;
- raqobatga asoslangan muloqot;
- birja savdolari;
- davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
- davlat ulushlarini va davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
- davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini keyinchalik xususiylashtirish sharti bilan ijaraga berish.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-martdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Ayrim shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish uchun moslashuvchan ish tartibi joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim hududlarga "ekomahalla", "ekoqishloq" va "ekoovul" maqomi beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Chet eldan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish tartibi yo'lga qo'yiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Vasiylikdagi shaxsning mol-mulki bilan bog'liq bitimlar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan kelishiladi.
👉 Batafsil

⚜️ 22 turdagi litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Nogironlar uchun Uzbekistan.travel portalidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
👉 Batafsil

⚜️"Qizlar akademiyasi" platformasi ishga tushiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Xorijiy tillar bo'yicha tanlovlar o'tkaziladi.
👉 Batafsil

⚜️Toshkentda tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalar harakati taqiqlanadi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-apreldan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Ayrim tadbirkorlarga subsidiya beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari sertifikatlanadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazlarida eksperiment tariqasida ayrim xizmatlar ko'rsatiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Bank ustav kapitalining eng kam miqdori oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim yolg'iz keksalarga poyezdga bepul chiptalar ajratiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar har oyda rag'batlantiriladi.
👉 Batafsil

⚜️"Ko'cha san'ati va musiqasi" loyihasi amalga oshiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-maydan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Ijro hujjatlarini elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish jarayoniga tadbirkorlar jalb etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Har oyda zilzila xavfi va prognoziga oid xulosalar hokimliklarga beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga har oyda moddiy yordam beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Yangi majburiy to'lovlar va yig'imlar faqat qonunda belgilanadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim daryolar o'zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Meva-sabzavot mahsulotlariga eksport narxlari shakllantirilishi nazorat qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari xaridi uchun muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablag'lar oshiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Raqamlashtirishdagi yangi imkoniyatlar

📃Farmonga muvofiq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

🗓2024-yil 1-iyuldan:

◼️avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda boʻlgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va bu haqida davlat reyestridan koʻchirma berish bepul amalga oshiriladi;

◼️noturar joylarni boshqa shaxsga oʻtkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi;

🗓2024-yil yakuniga qadar:

◼️davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi;

🫥Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.

🫥fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan oʻtish bepul asosda amalga oshiriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-iyundan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lganlarga 120 million so'mgacha ipoteka krediti beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqidagi ma'lumotlar har oyda yuboriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga yo'l chiptasi uchun kompensatsiya beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar va ularning oila a'zolari bepul tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish takomillashtiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari belgilandi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-iyuldan qonunchilikda yuz beradigan ayrim
o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
👉 Batafsil

⚜️ "Shaffof qurilish" tizimida yordamchi pudrat tashkilotlari ro'yxatga olinadi.
👉 Batafsil

⚜️ "Ijtimoiy himoya" AT da moddiy yordam va boshqa ijtimoiy xizmatlarning hisobi yuritiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Fuqarolarga protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko'maklashiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim shaharlarda suv ta'minoti davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim kasallikka chalinganlar bepul davolanishadi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-936-son, 17.07.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi


📃 Yer kodeksiga hamda “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, endilikda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlari 10 yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin boʻladi.

◼️Shuningdek yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan mazkur yer uchastkalarida hamda bogʻlar va tokzorlarning qator oralariga maqbul ekinlar ekilishini yoki tut koʻchatlari oʻtqazilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

◼️Bundan tashqari Yer kodeksiga pillachilik va tutchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga, agrosanoat klasterlariga va boshqa yuridik shaxslarga maydoni 10 gektargacha boʻlgan yer uchastkalari ajratilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha kiritildi.

🫥 Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

◼️Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga koʻra, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga doir vakolatlar berildi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-avgustdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim
o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

🇺🇿 Master-reja hududlaridagi yer uchastkalari auksionga chiqariladi.
👉 Batafsil

🇺🇿 Ayrim obyektlar hududning zilzilabardoshligidan kelib chiqib loyihalanadi va quriladi.
👉 Batafsil

🇺🇿 Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutiga bir necha huquqlar beriladi.
👉 Batafsil

🇺🇿 Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi.
👉 Batafsil

🇺🇿 Ayrim kreditlar bo'yicha klaster ta'sischilarining shaxsiy kafilligi rasmiylashtiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi


🇺🇿 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-950-son, 29.08.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

◼️Unga koʻra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

◼️Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining, ushbu subyektlar davlat roʻyxatidan oʻtgan hududdan qatʼi nazar, Oʻzbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi taʼminlanishi belgilanmoqda.

◼️Bundan tashqari, Shaharsozlik kodeksiga sel va koʻchki xavfi mavjud boʻlgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.

📌 Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
2024-yil 1-sentabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Pensiya va nafaqalar miqdori 15%ga oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Sug'urta polislarini qog'oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim chet tillari bo'yicha imtixon harajatlari qoplab berilishi lozim bo'lgan ball bir pog'ona pasaytiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrim loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalarni sug'urtalash harajatlari qoplab beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim maktab o'quvchilari uchun bepul avtobuslar qatnovi yo'lga qo'yiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Og'ir atletika sport turi yanada rivojlantiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tadbirkorlarning markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani o'qish qurilmalarisiz sotish holatlari soliq bazasidan aniqlanadi.
👉 Batafsil

⚜️ Nogironlikni belgilash osonlashtiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Davlat xaridlarida nogironlar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta'minlagan tadbirkorlarga ustunlik beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Yo'l obyektlari alohida ruxsatnoma olingandan so'ng quriladi va ta'mirlanadi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
2024-yil 1-oktabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Xavflilik darajasi yuqori bo'lgan mahsulotlar ro'yxatdan o'tkaziladi.
👉 Batafsil

⚜️ Yoshlar ishlari agentligi xususiy o'quv markazlarining reytingini tuzadi.
👉 Batafsil

⚜️ Davlat xaridlari tizimida jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanganlarga birlamchi ko'mak xonalari tashkil etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi xodimlari rag'batlantiriladi.
👉 Batafsil

⚜️
Nogironlik tumanlararo va tuman(shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi.
👉 Batafsil

⚜️
Zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqsiz muhit yaratiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun qo'shimcha litsenziya talablari joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Parranda go'shtini olib kirishda belgilangan bojxona boji bo'yicha imtiyoz bekor qilinadi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi.

🇺🇿Prezident tomonidan imzolangan "Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" gi O‘RQ-960-sonli Qonunga ko‘ra, Shaharsozlik kodeksiga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining nomini va vakolatlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

◼️Shuningdek, O‘zbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini ishlab chiqish yo‘li bilan aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtirilmoqda.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-noyabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Binolar energiya samaradorligi bo‘yicha toifalarga ajratiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Avtobuslarni nogironligi bo'lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ "Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash" dasturi doirasida tadbirkorlarga beriladigan kredit 300 million so'mgacha oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona boji kamaytiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Inson hayoti va sog'lig'iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri yuritiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim garovsiz mikrokreditlar qayta moliyalashtiriladi.
👉 Batafsil

⚜️
"Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️
Xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan ish o'rinlari ochiq e'lon qilib boriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM