DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
42.8K subscribers
9.88K photos
1.5K videos
1 file
5.89K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!


🌟 Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihoni o‘tkaziladi.

🗓 Imtihon kuni: 2024-yil, 16-17-sentabr
🕔 soat 10:00, 11:00, 15:00, 16:00 da

Manzil:
Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati binosi.

▶️ Imtihon jarayonlarini Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

📃 Malaka imtihonida 66 nafar talabgorlar ishtirok etadi.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aholi
orasida yangi qonun yuzasidan huquqiy targ'ibotlar

⭐️🌟Fuqarolarimizga qabul qilingan yangi Qonunning mazmun mohiyatini tushuntirish hamda ularning ushbu Qonun bilan himoyalanadigan huquq va manfaatlarini anglab borishlariga ko'maklashish maqsadida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan aholi gavjum bo'lgan joylarda targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

📃 Qonunnig mazmun mohiyatini o'z ichiga olgan tarqatma materiallari tarqatilib, kadastr xodimlari tomonidan undagi ma'lumotlar to'g'risida tushuntirishlar berilmoqda:

▫️Farg'ona viloyati 1, 2
▫️Andijon viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati

✍️ Siz ham ushbu Qonun haqida batafsil ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz mazkur videoni to'liq tomosha qiling:
➡️ ▶️ https://www.youtube.com/watch?v=gAActsA-T9I

#DavKadastrPalata #huquqiy_targ_ibot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonuni targ'iboti:

▫️Qoraqalpog'iston MTRK telekanalida;
▫️Namangan MTRK telekanalida;
▫️Sirdaryo MTRK telekanalida;
▫️Buxoro MTRK telekanalida;
▫️Jizzaxnews.uz saytida;
▫️"Oltin zamin" radiosida;

◼️Hududlarda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari va aholi o'rtasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari to'g'risida Jizzax MTRK telekanalida;

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi asosiy faoliyatiga doir yangiliklar:

▫️Qashqadaryo MTRK telekanalida;
▫️Andijon MTRK telekanalida;
▫️"Mahalla" telekanalida;
▫️UzA maqolasida
▫️Farg'ona MTRK telekanalida;
▫️Qoraqalpog'iston MTRK telekanalida;
▫️"Diyor 24" ijtimoiy tarmoqlarida;
▫️"Murojaat uz" telegram kanalida;
▫️"Qashqadaryo xalqi" telegram kanalida;
▫️"Zarbdor 24" telegram kanalida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

DIQQAT E’LON!

🇺🇿 Sizning Yangi Qonun bo'yicha savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

👔Mavzu: "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati"

⚡️Jonli efir TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

🕔 Vaqti: 2024-yil 9-sentabr, soat 16:00 da

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi Respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 2024-yil, yanvar- avgust oyi

▫️ O'tgan o'tgan davr mobainida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 634 351 tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yosh kadastrchi

🌐 Respublikamizda “2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarma va tuman, shahar filiallaridagi namunali yoshlar faoliyatini yoritish maqsadida "Yosh kadastrchi" loyihasi yo'lga qo'yilgan.

▶️ Mazkur videorolikda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasida ish olib borayotgan "Yosh kadastrchi" faoliyati yoritilgan.

#DavKadastrPalata #yosh_kadastrchi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar

🫥 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha bosh mutaxassislari tomonidan xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurash hamda manfaatlar to'qnashuvining oldini olishga doir tadbirlar muntazam o'tkazib kelinmoqda.

◼️Ushbu tadbirlarda xodimlarga ichki mehnat tartib qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, tamagirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

🇺🇿 O'tgan hafta davomida ushbu mavzudagi davra suhbatlari quyidagi hududiy boshqarmalarda bo'lib o'tdi:

▫️Jizzax viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamiz ko'chalari haqida ma'lumot

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan respublikamizdagi binolar, inshootlar, manzillarni raqamlashtirish ya'ni Davlat reyestriga kiritilishi barobarida ko'chalarning ham hisobi yuritiladi.

◼️ Mazkur infografika orqali Respublikamiz bo'yicha tuman shaharlardagi ko'chalar soni va ularning Davlat reyestriga kiritilishi tahlili bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ko_chalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi

📃 Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi:

▫️Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

▫️boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

▫️ Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

▫️ Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda ochiq muloqotlar davom etmoqda

💿 Xabaringiz bor, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari mutaxassislari tomonidan reja-jadval asosida fuqaro va tadbirkorlar uchun jismoniy va yuridik shaxslarning muammo va takliflarini tinglash, birgalikda hal etish choralarini ko'rish, to'g'ridan-to'g'ri suhbatlashish maqsadida ochiq muloqotlar doimiy ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi tadbirlarda aholi va tadbirkorlarning kadastrga oid savol va murojaatlari tinglanib, ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida hamda huquqiy tushunchalar berildi.

💠Bu galgi ochiq muloqotlar quyidagi boshqarma filiallarida o'tkazildi:

▫️Sirdaryo viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Toshkent viloyati

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM