Xiva tuman 15-son Maktabgacha ta‘lim tashkiloti
90 subscribers
5 photos
1 video
Download Telegram
Forwarded from 13. Хоразм вилояти МТТларни рақамлаштириш
🔈 DIQQAT, HURMATLI DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI RAHBARLARI VA MAS'UL XODIMLARI!

🔔 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2026-yil 26-iyundagi 225-sonli buyrug‘iga asosan:
🗺 2026-yil 1-iyuldan boshlab tajriba-sinov tariqasida Xorazm viloyatidagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari va "Ilk rivojlanish markazlari"da;
📍 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab esa respublikaning barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda "Ilk rivojlanish markazlari"da "Bolalar bog‘chasi" axborot tizimi orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomatini yuritish hamda ish vaqti tabelini shakllantirish tartibi joriy etiladi.

📌 Tashkilot xodimlarining elektron davomati
👨‍🏫 Tashkilot xodimlari mobil ilova orqali biometrik identifikatsiya usulida mehnat shartnomasida belgilangan ish vaqtida tashkilot hududida elektron davomatdan o'tadi.
Elektron davomatdan o'tish uchun xodimning shaxsan o'zi mas'ul hisoblanadi.
Elektron davomat ma'lumotlari asosida xodimning ish vaqti tabeli avtomatik shakllantiriladi.
Elektron davomatdan o'tmagan xodim uchun ushbu kun bo'yicha ish vaqti tabeli shakllantirilmaydi (qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).

📌 Tarbiyalanuvchilarning elektron davomati
👩‍🏫 Tashkilot tarbiyachilari tarbiyalanuvchilarni har ish kuni soat 07:00 dan 09:00 gacha mobil ilova orqali biometrik identifikatsiya usulida elektron davomatdan o'tkazadi.
🟢 Axborot tizimida qayd etilgan elektron davomat ma'lumotlari tashkilotga haqiqatda kelgan tarbiyalanuvchilar sonini tasdiqlovchi yagona elektron ma'lumot hisoblanadi.
🟢 Elektron davomatdan o'tmagan tarbiyalanuvchilar ushbu kun uchun davomat hisobida aks ettirilmaydi.
🟢 Kunlik elektron davomat ma'lumotlari asosida "Yagona mavsumiy taomnoma" ga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarining natura ko'rinishidagi sarfi avtomatik hisoblanadi.
🟢 Elektron davomat ma'lumotlari kunlik oziq-ovqat xarajatlarini, ota-onalar to'lovlarini, imtiyozlarni qo'llashni hamda qonunchilikda belgilangan boshqa hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun yagona asos hisoblanadi.
🟢 Tarbiyalanuvchilarning kunlik elektron davomat ma'lumotlari asosida oylik davomat hisobi bo'yicha tabel avtomatik shakllantiriladi.

⚠️ Hurmatli rahbarlar!
Mazkur buyruq talablariga qat'iy rioya qilishingiz hamda elektron davomatni belgilangan tartibda yuritishingiz so'raladi.

📄 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2026-yil 26-iyundagi
225-sonli buyrug‘i
.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
Forwarded from Husniddin O’rinov
Hamma bogchalar guruhiga maksimal tarqatilar
Forwarded from Husniddin O’rinov
Ertadan elektron davomat huquqiy asosga ega buladi
Forwarded from Tursunbek Nurmetov
Hamma ertadan 100% tayyor bo‘lishi kerak
Forwarded from Максудова Жасмина
Шуни донисломи
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ertalabki badantarbiya🏃‍♀‍➡️🏃‍➡️
2
Assalomu alaykum ota onalar shu hujjatlar bilan tanishib chiqing
👍4