CodeVerce
64 subscribers
70 photos
6 videos
10 files
66 links
Darslar • Maqolalar • Kodlar
admin: @dinMuhammad05
Download Telegram
Relatsion Ma'lumotlar Bazalari (Relational Databases)

Ta'rif:
Bu eng keng tarqalgan ma'lumotlar bazasi turi bo'lib, unda ma'lumotlar jadvallar (relations) ko'rinishida saqlanadi. Jadvallar satrlar (qaydlar/tuples) va ustunlar (maydonlar/attributes) dan iborat. Jadvallar o'zaro kalitlar yordamida bog'lanadi.

Tarixiy fakt: Relatsion model konsepsiyasini 1970-yilda IBM xodimi Edgar F. Kodd (Edgar F. Codd) taklif qilgan. Uning bu inqilobiy g'oyasi zamonaviy ma'lumotlar bazalarining poydevorini qo'ygan.

#database@CodeVerce
Ma'lumotlar bazasi dizayn turlari

Konseptual dizayn: Bu eng yuqori darajadagi dizayn. U tizimning asosiy obyektlari (entities), ularning xususiyatlari (attributes) va ular orasidagi munosabatlarni (relationships) aniqlaydi. Ko'pincha ERD (Entity-Relationship Diagram) shaklida chiziladi.

Mantiqiy dizayn (Logical Design): Konseptual dizaynni ma'lum bir ma'lumotlar modeli (masalan, relyatsion model) asosida jadvallar, ustunlar, kalitlar va aloqalarga aylantirish. Bu bosqichda hali aniq bir MBBT (masalan, MySQL yoki PostgreSQL) tanlanmaydi.

Fizik dizayn (Physical Design): Mantiqiy dizaynni aniq bir MBBT uchun amalga oshirish. Bu bosqichda ustunlarning ma'lumot turlari (INT, VARCHAR), indekslar, saqlash usullari kabi fizik xususiyatlar aniqlanadi.
DDL (Data Definition Language) - Ma'lumotlarni aniqlash tili
Bu buyruqlar ma'lumotlar bazasi sxemasini (jadvallar, indekslar) yaratish va o'zgartirish uchun ishlatiladi:
CREATE TABLE,
DROP TABLE,
ALTER TABLE


DML (Data Manipulation Language) - Ma'lumotlarni boshqarish tili
Bu buyruqlar jadvaldagi ma'lumotlar ustida amallar bajaradi:
INSERT INTO,
UPDATE,
DELETE


DQL (Data Query Language) - Ma'lumotlardan so'rov tili
Bu guruh asosan SELECT buyrug'idan iborat:
SELECT,
WHERE,
ORDER BY,
LIMIT,
Aggregate Functions,
AS(alias),
UNION
Hozir RAM arzonligi sababli dasturchilar xotirani isrof qiluvchi, semiz va sifatsiz kodlar yozishga o'rganib qoldi. Qachonki xotira yana qimmatlashsagina, biz kompyuterlarning ilk davridagidek, har bir baytning qadriga yetib, o'z ishimizni chinakamiga mukammal bajarishga majbur bo'lamiz"
🚀 FlashMind — Shaxsiy Quizlet klonim tayyor!

O'quv jarayonini samarali qilish uchun mo'ljallangan, to'liq offline-first arxitekturadagi ilovani ishlab chiqdim. Bu shunchaki flashcard-lar emas, balki "aqlli" o'rganish tizimidir.

Asosiy imkoniyatlar:

🧠 Leitner SRS logikasi: So'zlarni unutilmaslik darajasida takrorlash algoritmi.
🔊 Audio TTS: 7 xil aksentda (US, UK, ...) matnlarni o'qib berish.
🎮 Interactive Modes: Match Game, Cloze Test va taymerli Speed Mode.
↔️ Swipe Gestures: Tinder-style boshqaruv (framer-motion orqali).
📱 PWA Support: Play Market-siz telefonga o'rnatib, internetsiz ham foydalanish mumkin.
🔥 Streak Tracker: Kunlik o'rganish faolligini kuzatish.
🛠 Texnik stack:

React 19 + Vite 8
Zustand (State management)
Dexie.js (IndexedDB brauzer bazasi)
Framer Motion (Premium animatsiyalar)
Loyihani GitHub'ga push qildim va Vercel'ga uladim. Endi o'z bilimlarimni tartibli va tezkor o'rganishda o'z ilovamdan foydalanaman! ⚡️🧠

#Project #React #PWA #FlashMind #Learning #DeveloperLife
Muvaffaqiyatsizlik — so'zsiz pastga qulashdir, ammo unchalik ham fojia emas.
Eng katta muvaffaqiyatsizlik esa o'rindan qayta turmaslikka qaror qilishdir.
ish qidirish jarayonida 50 va undan ortiq kanalga obuna bo'lish noqulaylik to'g'diradi shuning uchun bir nechta kanallarni bir joyda ko'zatib boring: https://t.me/jobs_it_uz
CodeVerce
event_loop_interactive.html
Event Loop — asosiy tushuncha
JavaScript bitta ipli (single-threaded) — bir vaqtda faqat bitta narsa bajariladi. Lekin u bloklamas (non-blocking) ishlaydi. Buning siri — Event Loop mexanizmi.
Call Stack → bo'shasa → Microtask Queue → bo'shasa → Macrotask Queue

4 ta asosiy tushuncha
Call Stack — hozir bajarilyotgan kod. push (kirdi) / pop (chiqdi).
Web/Node APIssetTimeout, fetch, fs.readFile kabi asinxron ishlar shu yerda kutadi. Stack ni bloklamaydi.
Microtask QueuePromise.then(), queueMicrotask(), MutationObserver. Stack bo'shagandan keyin birinchi navbatda, barchasi bajariladi.
Macrotask QueuesetTimeout, setInterval, I/O. Microtask queue to'liq bo'shagandagina navbat keladi.
CodeVerce
Event Loop — asosiy tushuncha JavaScript bitta ipli (single-threaded) — bir vaqtda faqat bitta narsa bajariladi. Lekin u bloklamas (non-blocking) ishlaydi. Buning siri — Event Loop mexanizmi. Call Stack → bo'shasa → Microtask Queue → bo'shasa → Macrotask Queue…
console.log("1");           // Call Stack — hoziroq

setTimeout(() => {
console.log("4"); // Macrotask — eng oxirida
}, 0);

Promise.resolve()
.then(() => console.log("3")); // Microtask — setTimeout dan oldin!

queueMicrotask(() => {
console.log("2.5"); // Microtask — Promise dan oldin (qo'shilish tartibida)
});

console.log("2"); // Call Stack — hoziroq

// Natija: 1 → 2 → 2.5 → 3 → 4
CodeVerce
https://dinmuhammad05.github.io/system-design/
o'qishni to'gatib nimani o'rganay degan akalar uchun

foydasi tegsa xursandman )
Forwarded from IT va pedagogika
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega ko'pchilik dasturlashni o'rganishda qiynaladi?

Bu videoda buning sababini va nima uchun "Flowgorithm" kitobi yozilganini tushuntiraman.

Bu videoda quyidagi savollarga javob beraman:
🔹 Kitob kimlar uchun mo'ljallangan?
🔹 Nima uchun u "0-qadam" deb ataladi?
🔹 Kitob qanday tuzilgan va nimalarni o'z ichiga oladi?
🔹 Dastur tuzish va masalalarni tahlil qilish qanday o'rgatiladi?
🔹 100+ amaliy masalalar va yechimlardan qanday foydalaniladi?

Agar siz Python, C, Java yoki boshqa dasturlash tillarini o'rganishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz yoki boshlagan bo'lsangiz, bu video siz uchun foydali bo'lishi mumkin.

📩 Kitobga buyurtma berish yoki savollar uchun:

📞 +998997251244

💬 Telegram: @Oybeklinux

#Flowgorithm #Dasturlash #Algoritm #Python #CProgramming #Programming #IT #Uzbekistan #Kitob