CHIRCHIQ ZIYOSI
3.53K subscribers
2.98K photos
462 videos
1 file
861 links
Download Telegram
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

Ikki yosh sevishib oila qurishdi. Biroq hech qancha vaqt oʼtmay bilishdiki, turmush ular oʼylaganlaridek yengil, bir tekis kechmas ekan. Er-xotin bir-birini sevishsa-da, arzimagan narsalar ustida tortishib, janjallashib ketishardi. Bu hol tobora odat tusini ola boshladi.

Bir kuni ikkovlari oʼtirib, munosabatlarini koʼzdan kechirishga qaror qilishdi. Tan olish kerakki, ularning ikkovi ham ajrashishni xohlamas, lekin bu ahvolda yashash ham toʼgʼri kelmasdi. Oʼyga tolgan er nihoyat mulohazasini shunday dedi: “Kel, bunday qilamiz. Bogʼchamizga koʼchat ekamiz, agar u uch oy ichida koʼkarib ketsa, munosabatlarimizni qayta koʼrib chiqamiz. Mabodo, nihol qurib qolsa, unda... ajrashamiz. Bu muddat ichida alohida xonalarda yashab turamiz”.

Erining taklifi ayolga ham maʼqul keldi. Ertasiga mevali daraxt koʼchatini olib kelib, bogʼchalariga oʼtqazishdi. Oradan biroz oʼtdi. Qorongʼu kechalarning birida er-xotin bogʼchada bir-birlariga roʼbaroʼ kelib qolishdi – ikkisining ham qoʼlida suv toʼldirilgan idish bor edi.

https://t.me/toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

Kechikish

—Hech gul bermaysiz… -ma’yus kuldi ayoli.
—To‘yimizda berganman-ku! -hazilga oldi erkak.

—Shungayam o‘n yil bo‘libdi-ya…
—Hali senga ko‘p gul beraman. Hayotimiz oldinda…

Ammo har kuni gulbozordan o‘tarkan, erkak o‘ylardi: “biror kun albatta, gul olaman!”

…Va’dasini bajarib nihoyat guldasta oldi. Uni ayolining qabriga qo‘ydi.

https://t.me/toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

“Ortiqcha”

– Keliningizga “bolani oldir”, deb aytdim. Toʻrttasi yetadi oʻzi. Shundogʻam roʻzgʻorga yetkazolmay yuribman… – hasrat qildi oʻgʻil onasiga.

– Shunday degin… Otang ham bir vaqtlar seni – beshinchi farzandimni “oldir” demagan ekan-da? Shunda boyib ketarmidik? Sensiz…

Oʻgʻilni tok urgandek boʻldi.

https://t.me/toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

Xushro‘y, xushbichim ayol piyodalar yo‘lakchasidan asta-asta qadam tashlab borardi.

Ortidan bir erkak yaqinlashdi, va:
- G‘oyat suluvsiz, vafodorim bo‘ling - dedi.
Ayol boshini chayqab, mayin tabassum bilan:
- Mendan sizga yor chiqmaydi, ortimizdan kelayotgan ayol mendan ko‘ra sizga ko‘proq munosib. U ham suluvlikda ko‘plardan qolishmaydi - dedi.
Erkak ortiga o‘girildi va badbashara bir ayolga ko‘zi tushdi.
- Yo‘q! - rad etdi u darhol. - Ko‘nglim yolg‘iz sizni deydi.
Xonim javob berdi:
- Agar ishqingiz chindanam menga tushganida, ortga o‘girilmagan bo‘lardingiz...

https://t.me/toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

1992-yilning 19-avgust kuni ertalab soat yettidan besh daqiqa o‘tganda Toshkentda qattiq yer silkindi. Buni qarangki, o‘sha kuni
taniqli kino va teatr aktyori Farhod Aminovning to‘rtinchi qavatdagi uyi ham qimirlabdi. Farhod aka bolalarini shosha-pisha pastga tushirib yuborib, dahlizdagi bor oyoq kiyimlarini yig‘ishtiribdi-da, quchoqlaganicha o‘zi ham pastga yuguribdi. Tushsa, pastdagi maydonchada odam gavjum, butun “dom” allaqachon chiqib bo‘lgan ekan. Odamlar bir-birini yupatgan, sog‘-omon qolgani bilan shukr qilgan, kimdir ko‘ziga yosh ham olgan. Axir, jon foydaga qolib turgandan keyin...

Hamma nima tashvishda-yu, kennoyimiz Farhod akaga nima dermish: – Hay, adasi, uyni qulflaganmidingiz?...😄

https://t.me/toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

Deraza ortidan lip etib sharpa o‘tdi.
Ashraf ota,dedi Oyjamol. Nima qildik?
Er-xotin jigar qovurib, endi yemoqchi bo‘lib turishgan edi. Egamqul aftini keskin burishtirib:
– Oshga pashsha tushdi. Yashir,dedi.
– Ko‘zimiz uchib turuvdi-ya! Qorong‘idayam tinmaydi bu chol.
Oyjamol qovurdoqni yashirdi. Eshik ochildi, ro‘molga tovoq tugib olgan chol ko‘rindi.
– Kampir osh qiluvdi,dedi chol. – Sizlargayam ilindik...

@toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

– Dada, futbolga qiziqaman. Koptok olib bering.
– O’g’lim, qachon o’yinqaroqliging qoladi? Katta yigit bo’lib qolding. Uyat emasmi?  yaxshisi bor qo’ylarga yem ber.
– Dada, buyurgan ishlaringizni bajardim. Endi futbol o’ynagani chiqsam maylimi?
– O’g’lim foydali ish bilan shug’ullansang bo’lmaydimi? Kim seni yaqinda maktabga chiqadi, deydi? Yaxshisi, bor, mollarni o’tlatib kel.

Oradan yillar o’tib, bolakay yaxshi cho’pon bo’lib yetishdi. Otasi esa choyxonada har kuni og’iz ko’pirtirib, milliy terma jamoamizda yaxshi futbolchi yo’qligini iddao qilib o’tiribdi.

Xulosa sizdan.

@toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

BAXTSIZLIK

– Bugun shifokorga borgandim. Bilasizmi, u menga nima dedi? Ko‘zim xiralashgan va endi bir umr ko‘zoynak taqib yurishim kerak emish. Bir umr-a? Tasavvur qilyapsizmi? Undan ko‘ra ko‘r bo‘lib qolganim yaxshimasmi? Ularga gapirish oson... Ehh, shunaqayam baxtsizlik bo‘ladimi?

– Ha, sizga qiyin. Iltimos, yashil yonganida ogohlantirib qo‘ying!..

@toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

Kunlarning birida sichqon ferma xo‘jayini qo‘ygan qopqonni ko‘rib qoldi. U bu haqda qo‘yga, tovuqqa hamda sigirga aytib berdi. Ammo ular: “Qopqon bizning muammoimiz emas. Biz uning nimasidan qo‘rqamiz? Uning bizga hech qanday aloqasi yo‘q”, deb javob qaytarishdi.

Kunlardan bir kun qopqonga ilon tushib qoldi va xo‘jayinning xotinini chaqib oldi. Xotinining tanasidan ilonning zahrini chiqarib tashlash va unga quvvat bo‘ladi, degan umidda fermer tovuqni so‘ydi-da, undan xotiniga tovuq sho‘rva tayyorlab berdi. Kasalmand xotinini ko‘rishga kelayotganlar oldida uyalib qolmasligi uchun qo‘yni so‘ydi hamda uning go‘shtidan turli taomlar tayyorlab, mehmonlarni kutib oldi. Ammo, afsuski, xotini vafot etdi. Marakani o‘tkazish uchun fermer sigirni ham so‘yishga majbur bo‘ldi.

Bu o‘tgan vaqt mobaynida vaziyatni o‘z uyasidan kuzatib turgan sichqon bo‘lib o‘tgan hodisalar haqida fikr yuritardi...

Qissadan hissa. Bu hayotda hech kim hech narsadan himoyalanmagan, shu sababli boshqaning muammosiga befarq bo‘lmaslik kerak.

@toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

Osmondan ikkita qor parchasi yonma-yonlikda tushib kelishar edi.
– Uchish qanchalar yaxshi, to’g’rimi? – deb so’radi ulardan biri.
– Yo’q, – dedi bunga javoban ikkinchisi.
– Uchmayapmiz, axir biz qulayapmiz!
– Lekin yaqinda qo’namiz va birodarlarimiz bilan bir butun qatlamga aylanamiz…
– Qo’ysang-chi… Pasda halok bo’lamiz, bizni oyoq-osti qilishadi!
– Oyoq osti bo’lmaymiz, kunlar iliganda oqar suvga aylanishimizni, hatto daryogacha oqib borishimiz mumkinligina o’ylab ko’rgin…
– Hecham – da! Suvga aylanarmishmiz!…
Erisak ham loyqa suvga aylanamiz, hamda behuda yo’q bo’lib ketamiz!…

Ular shunday baxs bilan yergacha yetib kelishdi. Keyin… keyin esa har ikkisi o’z tasavvuridagi taqdirni kutib oldilar.

@toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

OMADSIZLIK

O‘zimga kelganimda butun badanim qaqshab og‘riyotgandi. Ko‘zimni ochib tepamda egilib turgan hamshirani ko‘rdim.
— Janob Fujima, — dedi u, — omadingiz bor ekan. Ikki kun ilgari Xirosimaga atom bombasi tashlangandi, siz tirik qoldingiz.
Undan asta so‘radim:
— Hozir qaerdaman?
—Nagasakida.

@toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

O'lim yoqasidagi ayol eridan so'rabdi:
Men o'lsam qancha vaqt o'tib uylanasiz?
— Qabring qachon qurisa, o'shanda.
— Va’da berasizmi?
— Haa…

Ma’lum vaqtdan keyin ayol vafot etibdi. Er har kuni ayol qabriga borar, ammo qabr hech qurimas ekan. Er bir kuni tunda qabr oldiga borsa, ayolning ukasi qabrga suv solayotgan ekan. Nega bunday qilayotganini so'rasa:
"Opam har kuni qabrimga suv quygin" deb vasiyat qilganlar, — deb javob beribdi...

@toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

Sayyoh Portugaliyadan Rossiyaga jo‘nab ketayotganida kuzatuvchilardan biri unga qaltis savol berdi:

Otang, bobong hamda bobokaloning dengizda cho‘kib o‘lganligini bila turib, kemaga o‘tirishdan qo‘rqmaysanmi?
Kechirasan, o‘zingning ajdodlaring qay yo‘sinda olamdan o‘tishgan? — so‘radi sayyoh o‘z navbatida.
Issiq to‘shaklarida, tinchgina, — mag‘rur javob qaytardi suhbatdoshi.
Unday bo‘lsa, aytchi, azizim, — dedi mashhur sayyoh suhbatdoshiga, — o‘zing har kecha to‘shakka kirib yotishga qanday jur’at qilasan?

@toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

XATO


O‘g‘il halloslab kelib, onasining oyog‘iga yopishdi: "Endi hech qachon gap qaytarmayman, oyi! Oldingizda "uf" tortmayman! Ishdan kelganimda "Charchadim, oyi, oyog‘ingizni boshqa kuni uqalab qo‘ya qolay", demayman. Kech qolayotgan bo‘lsam ham, ertalab choyni siz bilan birga ichib ketaman. Xatoimni tushundim, oyi, meni kechiring!".

Qani, baravar ko‘taramiz!

Janozaga kelganlar ayolning tobutini ko‘tarishdi.

@toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

Boychechak


Ayol o‘g‘liga bir tarsaki tortdi.
Kech bo‘lganda qayerdan kelyapsan?!
Bolakay o‘ng qo‘lini ko‘ylagining ichiga tiqib olgandi. Yuzida ikkilanish zohir bo‘ldi.
Qirdan, — dedi u.
Men uydan chiqma, degandim-ku! Nimadir o‘g‘irladingmi? Ko‘rsat-chi.
Yana bir tarsaki tushgach, bolakay qo‘ynidan bir dona boychechak chiqardi.
Izlab-izlab bittagina topdim, — boychechakni uzatdi u. — Tug‘ilgan kuningiz bilan, oyijon.

@toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

Boychechak


Ayol o‘g‘liga bir tarsaki tortdi.
Kech bo‘lganda qayerdan kelyapsan?!
Bolakay o‘ng qo‘lini ko‘ylagining ichiga tiqib olgandi. Yuzida ikkilanish zohir bo‘ldi.
Qirdan, — dedi u.
Men uydan chiqma, degandim-ku! Nimadir o‘g‘irladingmi? Ko‘rsat-chi.
Yana bir tarsaki tushgach, bolakay qo‘ynidan bir dona boychechak chiqardi.
Izlab-izlab bittagina topdim, — boychechakni uzatdi u. — Tug‘ilgan kuningiz bilan, oyijon.

@toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

Sevishganlar va jin

Sevishganlar kimsasiz sohilda sayr qilib yurib, Olovuddinning sehrli chirog’ini topib olishdi.
Meni ozod qilishlaring evaziga, – dedi jin, – har biringning bittadan tilagingni bajo keltiraman.

Qiz yigitga ko’z tashlab qo’yib dedi:
Istaymanki, biz bir-birmizni qiyomatgacha sevaylik.

Dengizga tikilgancha yigit:
Men esa o’sha qiyomat hoziroq kelishini istayman, – dedi.

@toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

OILA

- Bu hayotda hamma meni aldaydi...
- Nega? Onang va akalaringchi?
- Ular ham meni aldashadi...
- Axir qanaqasiga?!
- Onam "sen yeyaqol, meni qornim to‘q" deb, akalarim esa, oxirgi pullarini menga berib, "olaver, bizga hozir pul kerakmas" deb aldashadi...

@toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

Ovchi tog‘dan burgutning tuxumini topib uni tovuqning tagiga qo‘yibdi. Burgut tuxumdan chiqib tovuqning jo‘jalari bilan yashab ulg‘aya boshlabdi. Burgut xuddi tovuqlarday yashardi, ularday yerda yurar, axlatlarni, yerni titib, kavlab chuvalchang, don-dunlarni topib yer edi.

Oradan vaqt o‘tdi, u bilan birga ochib chiqqan tengdosh jo‘jaxo‘rozlar qichqira boshladi. Bir kuni u ham bo‘ynini baland ko‘tarib qichqirmoqchi bo‘lgan edi osmonda mag‘rur, qanotlarini keng yozib uchayotgan ulkan bir qushga ko‘zi tushdi. Hayratini yashira olmay ulkan qushga xavas bilan uzoq tikilib qoldi, o‘sha qushga o‘xshagisi keldi judayam...

So‘ngra yonidagi tovuqdan so‘rabdi.
- Vo ajab... Bu qandayin qush? Men ham u kabi uchishni xohlayman...
- Bu burgut, osmon hukmdoriku. Sen esa unga qarama. Xavas ham qilma, sen bilan biz oddiy tovuqlarmiz yerda yuramiz.- deb javob berdi tovuq.

Burgut bir xo‘rsinib qo‘yibdida yana axlat titishda davom etibdi...

Qissadan hissani o‘zingiz chiqaring. Hoxlaysizmi yo‘qmi atrofingizdagi muhit, odamlar sizga o‘z ta’sirini o‘tqazadi, lekin siz bunga ishonib, moslashib kolmang. Sizga sen "tovuqsan", "ucholmaysan" deyishsa ishonmang, balki siz BURGUTdirsiz... Uchishga harakat qilib ko‘ring.

@toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

Qizchani maktabga berishmoqchi bo‘lishdi. Qizaloq o‘qishni boshlashi mumkinligini tekshirish uchun u test topshirishi kerak edi.

Oddiy narsalardan boshlaymiz, — dedi ruhshunos va vazadagi mumdan yasalgan mevalarni olib stol ustiga qo‘ydi, — Olma, nok, apelsin, shaftoli. Bir so‘z bilan ular nima deb ataladi?
Qizaloq gapirmay ko‘zlarini yerga tikdi.
Davom etamiz. Mana bodring, pomidor, rediska, kartoshka va piyoz. Ular bir so‘z bilan nima deyiladi?
Qizaloq lablarini tishladi.
Qulupnay, malina, gilos… Ular qanday nomlanadi?
Yodimdan chiqdi, — pichirladi qizaloq, ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tiyib,
Hali maktabga borishga erta, — dedi ruhshunos qizchaning onasiga, — Bir yilcha kuting, shug‘ullaning. U oddiy narsalarni ham bilmaydi.
Ona qiziga ajablanib qaradi:
Qizalog'im, shularni bir so‘z bilan aytilishini nahotki bilmasang?
Esladim, oyijon! — chehrasi ochildi qizaloqning. — Nusxa. Meva va sabzavotlarning mumdan yasalgan nusxalari.

@toshkent_vohasi