Музей истории г. Чирчика
446 subscribers
8.69K photos
444 videos
114 files
428 links
Данный канал освещяет историю г.Чирчика.

Админ: @AxiySaxiy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa

"Maʼnaviyat xiyoboni" faoliyat boshladi

Joriy yilning 4-aprel kuni Toshkent viloyati hokimi Chirchiq shahridagi "Tinchlik" mahallasida fuqarolar bilan oʻtkazgan ochiq muloqoti davomida, mazkur manzilda "Maʼnaviyat xiyoboni" tashkil qilish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar bergan edi.

Chirchiq shahrida mazkur ziyo manzili faoliyat boshladi. 3-kichik nohiyada "Maʼnaviyat xiyoboni” foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, maʼnaviyat sohasi xodimlari, 22 ta shahar va tuman hokimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Xiyobon “Shohruh qurilish dizayn” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 1 milliard 400 million so‘m mablag‘ evaziga qurib bitkazildi.

Aholi uchun dam olish va madaniy hordiq chiqarish maqsadida tashkil qilingan manzilda turli koʻngilochar tadbirlar, maʼnaviy-maʼrifiy kechalar oʻtkaziladi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa

Chirchiq shahridagi “Yangi O’zbekiston” massivida qad rostlagan ko‘p qavatli uy o’z egalariga topshirildi.


Bino 9 qavatli, 36 xonadondan iborat. Ko’p qavatli uy “Qurilish Polimer Servis” MCHJ tomonidan zamon talablari asosida barpo etildi.

Atrofda bolalar o’yingohi va avtomobillar uchun qulay turargoh ham mavjud.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM