CanadAli ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ๐Ÿค๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ
9.26K subscribers
308 photos
284 videos
1 file
404 links
Kanada davlatiga o'qish, ishlash va yashash istagida bormoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun...
Menga shaxsan bog'lanish uchun: @Mr_Ali_Canada
Xizmatlar: www.canadali.net
Instagram: https://instagram.com/kanadalik_uzbek
Download Telegram
Kanadaga ishga kelish orqali immigratsiya qilish uchun ajoyib imkoniyat! Buni o'tkazib yubormang. 1 kun qoldi! Lekin ulgurmagan boโ€™lsangiz ham boshqa saytlarga rezyumeni doimiy ravishda yuborib turish mumkin.

Kanadaning ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ Newfoundland va Labrador deb nomlangan provinsiyasida shu yilning 11-fevral sanasida virtual immigratsiya va ish yarmarkasi o'tkaziladi. Mazkur hudud ish beruvchilari chet ellik nomzodlarni tanlab oladi o'ziga kerakli sohalar va ishchilarni.

Tadbirga ro'yxatdan o'tishning asosiy sharti sifatida nomzodlar o'z rezyumelarini onlayn yuklashlari kerak. Ish beruvchilar ushbu rezyumelar orasidan o'ziga qiziq bo'lganlarini saralab olishadi.

Agarda sizning rezyumengiz qiziqish doirasiga tushadigan bo'lsa, ishga taklif olish mumkin va oxir-oqibat bu immigratsiya qilishga ham yo'l ochadi.

Ushbu hudud uchun talab yuqori bo'lgan sohalar va kasblar qaysilar?
Barcha kasb va sohalardagi ishchilar murojaat qilishlari mumkin bo'lsa-da, Newfoundland va Labrador provinsiyasi quyidagi sohalarda malakali mutaxassislarni qidirmoqda:

* Bolalar bog'chasi tarbiyachilari;
* O'qituvchilar (boshlang'ich va o'rta ta'lim maktablari uchun)
;
* Sog'liqni saqlash, ya'ni tibbiyot;
* Qurilish va qo'l mehnati kasblari;
* Mehmonxona, savdo va oziq-ovqat xizmatlari
;
* Transport va logistika;
* Aviatsiya;
* Veterinariya.


Bu to'liq ro'yxat emas, chunki viloyat shuningdek, "boshqa ko'plab sohalarda" malakali mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda.

Tadbirda ishtirok etadigan ish beruvchilar yil davomida sizning yuklangan rezyumengizga kirish huquqiga ega bo'ladilar - ya'ni sizning ko'nikmalaringizga ega odamni qidirayotgan ish beruvchi keyinchalik ham, yil davomida platformaga tashrif buyurib, siz bilan bog'lanishi mumkin.

Rezyume qanday talabga javob berishi kerak?
Bu haqda quyidagi maqolada batafsil yozilgan.
๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
Kanada formatida rezyume tayyorlash.

Yarmarkada albatta o'z rezyumengiz bilan ishtirok eting va imkoniyatni o'tkazib yubormang. Omad!

โš ๏ธ Disclaimer: This post is informational and does not constitute immigration advice. Always check the latest conditions on official websites.

Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
๐Ÿ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
๐Ÿ‘‰ www.canadali.net

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐Ÿ‘‰ https://t.me/CanadAli
๐Ÿ‘46๐Ÿ”ฅ12๐Ÿ‘7๐ŸŽ‰2
Nima uchun Kanada oziq-ovqat sifati bo'yicha qo'shnisi AQSHdan ko'ra inson sog'lig'iga ko'proq e'tibor qaratadi?

@zambarakning_oqi telegram kanali muallifi, Kanadaning Calgary shahrida yashovchi yurtdoshimiz Farhod aka Fayzullayev post qoldiribdi:
Rasmda bir xil mahsulot โ€” Foot Loops yormasi. Chap tomondagi quti Kanadada, oสผng tomondagisi esa ะQShda ishlab chiqarilgan.

ะQShda ishlab chiqarilgan mahsulotda sunสผiy ranglardan foydalanilgan. Yaสผni, yormaga kimyoviy moddalar tomonidan rang berilgan. Bu kimyoviy ranglardan foydalanish, masalan, Yevropa mamlakatlarida yoki cheklangan, yoki batamom taสผqiqlangan.

Kanadadagi mahsulotga esa tabiiy moddalar: tarvuz va buta mevasi (golubika) sharbatlari yordamida rang berilgan. Shu sababli mahsulot rangi unchalik yorqin emas.

Qizigสผ-a: biznes ishiga aralashmaydigan ะQShda kompaniyalar bemalol kimyoviy moddalardan foydalanaveradilar. Kanada oสผrtacha umr koสผrish davomiyligi boสผyicha dunyoda 20-oสผrinda, ะQSh esa 55-oสผrinda ekanligiga yuqoridagi holat ham sababchi boสผlsa kerak.

Rostdanam oziq-ovqat sifatiga qattiq nazorat bilan yondashadi Kanada. Shuning uchun ham bu davlatda AQSH ga qaraganda ortiqcha vaznli insonlar soni ancha kamroq. Buni ko'cha-ko'yda darrov fahmlash mumkin. O'rtacha hayot kechiruvchi kanadalik insoning vazni anchagina kamtarroq janubdagi qo'shnisiga solishtirganda.

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐Ÿ‘‰ https://t.me/CanadAli
๐Ÿ”ฅ35๐Ÿ‘15๐Ÿค”1
Kanada davlatida yashash uchun to'g'ri shahar tanlash juda muhim. 2026-yilda eng xavfli va xavfsiz Kanada shaharlari qaysilar?

Ha, Kanada dunyoda o'zining xavfsiz va bag'rikeng davlat ekani bilan o'z obro'siga ega. Biroq, bu xavfsizlik hamma shaharlarda ham birday emas.

2026-yil uchun eโ€™lon qilingan maโ€™lumotga koโ€˜ra, ayrim Kanadadagi shaharlar jinoyat va xavfsizlik indekslari boโ€˜yicha boshqalarga nisbatan yuqoriroq xavf darajasiga ega deb baholangan. Bu borada politsiyaning rasmiy jinoyat statistikasi emas, biroq har bir shaharda yashovchi odamlarning his-tuygโ€˜usi asosida o'tkaziladigan onlayn so'rovnomalardan kelib chiqib maxsus reytinglar yuritiladi. Bu reyting asosan odamlar fikri va Numbeo Crime Index (jinoyat indeksiga) asoslanadi.

๐Ÿ“Œ Eng xavfli top 10 ta Kanada shahri (2026)

1.Surrey
2.Lethbridge
3.Sudbury
4.Kelowna
5.Winnipeg
6.Brantford
7.Sault Ste. Marie
8.Oshawa
9.Hamilton
10.Brampton

Yuqorida ta'kidlanganidek, bu rasmiy statistika emas. Shuning uchun ham bitta shahar ichida juda xavfsiz mahallalar ham bo'ladi, ya'ni xavfliroq shahar degani yashab boโ€˜lmaydi degani ham emas. Shaxsan o'zim ham 6 oy davomida xavfli shaharlar reytingida 1-o'rinda turgan Surrey shahrida yashab ko'rganman. Hech qanday otishmalar yoki gangsterlarga ko'zim tushmagan. Hozir ham bu shaharda juda ko'p O'zbekistonlik yurtdoshlarimiz yashab kelmoqda.

๐Ÿ“Œ Eng xavfsiz top 10 ta Kanada shahri (2026)

1.Quebec City
2.Oakville
3.Burlington
4.Ottawa
5.Montreal
6.Guelph
7.Calgary
8.Kingston
9.Halifax
10.Victoria

Yangi keluvchilar o'zlari uchun har taraflama qulay shahar tanlaganda xavfsizlik omilini ham e'tiborga olsalar maqsadga muvofiq bo'ladi. Shunda ular haqiqiy tinch Kanadani his qila olishadi.

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐Ÿ‘‰ https://t.me/CanadAli
๐Ÿ‘42๐Ÿ”ฅ12๐Ÿค”2๐Ÿคฉ2
Nimalar bo'lyapti? Namuncha ko'p? Kanadani fransuz tilini biluvchilarga ishtahasi ochilib ketdimi? To'xtatib bo'lmay qoldiku! ๐Ÿคฉ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ๐Ÿฅณ

8500 ta nomzodni bittada tanladi-ey. Shu bugun, 6-fevral sanasida. Bu Express Entry tarixida eng ko'p nomzod tanlangan rekord raqamlar ekan. O'tish bali ham kamtargina 400 ball xolos.

Endi shuncha nomzod(agar bularni oilasi ham bo'lsa unda 15-20 mingta inson) Kanadaga doimiy yashovchi bo'lib keladi. Bu lotoreya emas "green card" kabi. Bu mehnat, harakat, uyqusiz tunlar bo'lishi mumkin. Oiladan bir kishi, yo ayoli yo eri fransuz tilini yetarli darajada o'rgangani uchun, endi ushbu oilalarning hayoti keskin o'zgaradi.

Eng ko'p beriladigan savollar:
1)Ingliz tili darajam baland bo'lsa ham meni tanlashadimi? Ha, ingliz tili katta yordam beradi ball olishda! Muhimi French B2 bo'lishi shart.
2)Faqat fransuzlar yashaydigan hududga borib yashash kerakmi? Yo'q, istalgan Kanada shahrida yashay olasiz!
3)Nega fransuz tiliga buncha e'tibor? Bu tilni biluvchilar kamayib ketgani uchun.
4)Qanchada o'rgana olaman bu tilni? O'zingizga bog'liq, bizni tajribamizda rekord natija noldan 5 oy ichida B2. O'rtacha esa 6-12 oy deyiladi qobiliyatga qarab.
5)Faqat shu tilni bilsam bo'ldimi? Yo'q, boshqa talablar ham bor albatta!
6)Katta mablag' ketadimi? Yo'q, o'rtacha 2 oylik Kanada ish haqi atrofida sarflanadi.
7)Bu usulda PR olishga qancha vaqt ketadi? Tilni bilgandan keyin 4-6 oy o'rtacha.
8)Tini o'rganib olgandan keyin hujjat boshlash kerakmi? Yo'q, tilni o'rganishni boshlashingiz bilan ertaroq tayyorlashni boshlash kerak bo'lgan ishlar bor.

Xullas, kecha boshlaganlar bugun natijaga erishib o'tiribdi. Bugun harakat qilayotganlar ertaga natijali bo'lishadi. Ertaga boshlayman deganlar esa bilmaymiz qachon manzilga yetib oladi. Bunaqa imkoniyat oldin hech qachon bo'lmagan edi. Hammani omadini bersin...

Services are provided by a team led by licensed immigration consultant Reynaldo Concepcion (License #R531671). I work with this team as a contractual assistant, while all immigration matters are handled by the licensed consultant.

โš ๏ธ This content is for informational purposes only and does not constitute immigration advice. Always refer to official sources for the latest information.


Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
๐Ÿ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
๐Ÿ‘‰ www.canadali.net

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐Ÿ‘‰ https://t.me/CanadAli
๐Ÿ‘41๐Ÿ”ฅ14๐Ÿ‘7๐Ÿค”2๐ŸŽ‰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday qilib Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ pasportini hech bir qiyinchiliksiz, tez va oson olish mumkinligini bilasizmi? Buni o'ziga xos bir usuli bor... ๐Ÿ˜‰

๐Ÿ‘†Videoda Kanada va O'zbekiston pasporti yonma-yon...

Esingizda bo'lsa bundan bir necha hafta avval Kanada pasportini pochta orqali qabul qilib olganimiz haqida video joylagan edim. O'sha pasport Kanada davlatida yaqindagina dunyoga kelgan farzandimniki. Bizni ancha vaqtdan beri kuzatib boradiganlar buni darrov fahmlashdi. Ba'zilar esa pasportni men oldim deb o'ylashibdi. ๐Ÿ˜‡ Tabriklaganlar ham bo'ldi, negativ yozganlar ham.

Bizga hali biroz vaqt bor Kanada pasportini olishga. Hozircha esa eng kichkina farzandim shu davlatda tug'ilgani uchun avtomatik ravishda Kanada fuqaroligini qo'lga kiritdi. Bizga ham tez orada nasib qilsin deb o'zimiz ham havas qilib o'tiribmiz. Bir o'zimizni pasportga, bir qizimizni pasportiga termulib. Farzandim esa hali o'zi xabari yo'q, qo'lida dunyoning 180 dan ortiq davlatiga vizasiz chiqish huquqini beruvchi hujjati borligiga. ๐Ÿ˜† Ha maylida, bizga ham navbat yetib keladi hali, oz qoldi.

Xabaringiz bo'lsa kerak Kanada "doimiy yashovchisi" statusi bilan 3 yil, ya'ni jami 1095 kun yashab bersangiz, sizda ham bu pasportni olish huquqi yuzaga keladi. Bu muddat uzluksiz bo'lishi shart emas. Shunchaki orada boshqa davlatlarga chiqib kelgan kunlaringizni bu muddat ichiga qo'shmay turasiz xolos. Qachonki jismonan Kanada hududida yashalgan 1095 kunni jamlab yig'ib bersangiz bo'ldi. Pasportga hujjat topshiraverasiz va istalgan rivojlangan davlat eshigini "bir tepib" kirib boraverasiz mag'rur.

Axir har qanday davlatda sizga pasportingizga qarab muomala qilishadi. Pasport bu "brend". Sizga boshqacha status beradi. Hurmat qilishni boshlashadi darrov. Sababi oddiy: Kanada nafaqat iqtisodiy taraflama rivojlangan, shuningdek o'zining "tinchliksevar" davlat ekani bilan ham boshqa davlatlar ko'z o'ngida hurmat qozongan mamlakat. Barcha niyat qilganlarga ham nasib qilsin bu pasport. Axir aytishadiku "farzand uchun ota-ona tomonidan qilinadigan eng katta sovg'a - bu qaysidir rivojlangan davlat pasportini hadya qilish" deb...๐Ÿ˜Ž

Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
๐Ÿ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
๐Ÿ‘‰ www.canadali.net

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐Ÿ‘‰ https://t.me/CanadAli
๐Ÿ‘59๐Ÿ”ฅ22๐Ÿ‘5๐Ÿค”2๐ŸŽ‰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanadaga ish taklifisiz ishchi viza olish usuli bu. Qolaversa oilaviy kelish yo'llaridan biri. ๐Ÿคฉ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ๐Ÿฅณ

Toโ€™gโ€™ri, bu usul bilan borib keyin doimiy yashab qolib ketish uchun ancha vaqt ketadi. Lekin shunaqa usulda oilaviy Kanadaga borib olgach, student oโ€™qishni bitirguncha turmush oโ€™rtogโ€™i ishlab tursa doimiy yashovchi statusini olish tezlashib ketishi ham mumkin.

Bu hozirgi kunda kimlar uchun to'g'ri keladi?
1) Ingliz tili darajasi yaxshi bo'lganlar;
2) Immigratsiya uchun fransuz tilini o'rganishni xohlamaydiganlar;
3) O'qish kontrakti uchun yetarli mablag'i borlar;
4) Risk qilishga ruhan tayyorlar.

Services are provided by a team led by licensed immigration consultant Reynaldo Concepcion (License #R531671). I work with this team as a contractual assistant, while all immigration matters are handled by the licensed consultant.

โš ๏ธ This content is for informational purposes only and does not constitute immigration advice. Always refer to official sources for the latest information.


Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
๐Ÿ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
๐Ÿ‘‰ www.canadali.net

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐Ÿ‘‰ https://t.me/CanadAli
๐Ÿ‘37๐Ÿ”ฅ12๐Ÿ‘6๐Ÿค”6๐ŸŽ‰2
Kanadaga "otkaz" olish ehtimoli ham mavjudmi, fransuz tili yordamida immigratsiya qilish, ya'ni doimiy yashash statusini olishda?

Qisqa javob: ehtimoli ancha past rad javobini olishni, agar hamma hujjatlar qonuniy topshirilsa.

Nega?
Chunki siz agar bu programma orqali tanlab olinib, hujjat topshirish bosqichiga o'tgan bo'lsangiz, demak Kanada hukumati qo'ygan talablarni bajargansiz va sizni kelishingizni davlatni o'zi xohlayapti. Faqatgina haqiqiy, sifatli va puxta hujjat tayyorlab, to'plab topshirish kerak xolos.

Bu usul bilan Kanadaga harakat qilishning student viza, turist viza yoki ishchi vizadan farqi shundaki, ushbu 3 ta vaqtinchalik viza hujjatlarini 100 foiz ko'ngildagiday qilib topshirgan bo'lsangiz ham, viza ofitseri ko'ngli chopmasa viza bermasligi mumkin. Qandaydir bahona bilan, masalan sizni vatanga qaytib kelishingizga ishonmayapmiz yoki maqsadingiz o'qish, ishlash, sayohat emas, Kanadaga borib qolib ketish bo'lsa kerak, uzr deyishi ham mumkin arizani rad qilib.

Sifatsiz hujjat topshirib, omadim kelib qolar deyish bo'lsa umuman xato. Juda puxta holatda hujjat topshirib bu kabi vaqtincha vizalarga umid qilish mumkin, lekin shunda ham hukumat viza siyosati va ofitser qosh-qovog'i ham ko'p narsani hal qiladi. Demak omad ham bo'lishi kerak bunda.

Ammo, yaxshi xabar shundaki "doimiy yashovchi statusi" uchun hujjat topshirganda qo'pol xato yoki aldov holatlari bo'lmasa ariza rad qilinmaydi. Qandaydir kamchilik aniqlangan hollarda ham ariza darrov rad etilmay, undagi kanchiliklarni bartaraf qilib berish so'raladi. Bunga imkon beriladi. Faqatgina soxta hujjat topshirish, aldov va o'ta jiddiy jinoiy qilmish, og'ir kasallik kabi sabablar "otkaz"ga sabab bo'lishi mumkin immigratsiya qilishda.

Shunday ekan, shuncha harakat qilib fransuz tilini o'rgansam-u, lekin oxirida kichik bir bahona bilan rad qilib yuborishsachi deb xavotir olmaslik zarur. Yana takrorlaryman: chunki siz student, turist yoki ishchi viza uchun emas, immigratsiya maqsadida "doimiy yashash" huquqi uchun harakat qilgan bo'lasiz.

Services are provided by a team led by licensed immigration consultant Reynaldo Concepcion (License #R531671). I work with this team as a contractual assistant, while all immigration matters are handled by the licensed consultant.

โš ๏ธ This content is for informational purposes only and does not constitute immigration advice. Always refer to official sources for the latest information.


Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
๐Ÿ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
๐Ÿ‘‰ www.canadali.net

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐Ÿ‘‰ https://t.me/CanadAli
๐Ÿ‘24๐Ÿ”ฅ11๐Ÿ‘2๐Ÿค”2
Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ immigratsiya vaziri bugun rasmiy bayonot berdi. 2026-yilda Express Entry dasturida Kanada domiy yashovchisi statusini berishda yangi kategoriyalar kiritilmoqda.

Asosiy yangiliklar quyidagilar:

*Kanada ish tajribasiga ega bo'lgan ilmiy tadqiqotchilar va top menejerlar uchun maxsus tanlov;
*Transport sohasi mutaxassislari, masalan pilot, samolyot mexaniklari va inspektorlari, parvoz injenerlari, uchuvchilar instruktorlari, avtomobil texniklari, yuk mashina va avtobus mexaniklari, uchun maxsus tanlov;
*Harbiy vrachlar, harbiy xamshiralar va harbiy uchuvchilar uchun maxsus tanlovlar o'tkaziladi.

Bundan tashqari yana bir marta rasman ta'kidlandiki, quyidagi 3 ta toifa nomzodlar uchun 2026-yil davomida maxsus tanlovlar asosiy o'rinni egallashda davom etadi:

1. Tibbiyot xodimlari, masalan stomatolog, xamshira, farmatsevt, psixologlar va xokazo.
2. Hunar egalari, masalan duradgor, santexnik, mashinist va xokazo.
3. Fransuz tilini biladigan har qanday malakali kasb egalari.

Mana bu ro'yxatda to'liq kasblar berilgan, kirib o'z kasbingizni qidirib ko'ring.
๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
Express Entry: Category-based selection

Yuqoridagi kasbg egalari tanlovda yetarli ball to'plashi uchun ingliz tilini kamida IELTS 6.5-7.0 darajada bilsa va boshqa xususiyatlari (yoshi, ta'lim darajasi, ish tajribasi) bilan yetarli ball to'plasalar tanlovda ilinib qolishlari mumkin. Fransuz tili yo'nalishida esa fransuz tilini kamida B2 darajada bilishlari talab etiladi.

Agarda siz yuqoridagi talablarga mos kelsangiz Kanadaga immigratsiya qilish imkoni yuzaga kelishi mumkin sizda.

Services are provided by a team led by licensed immigration consultant Reynaldo Concepcion (License #R531671). I work with this team as a contractual assistant, while all immigration matters are handled by the licensed consultant.

โš ๏ธ This content is for informational purposes only and does not constitute immigration advice. Always refer to official sources for the latest information.


Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
๐Ÿ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
๐Ÿ‘‰ www.canadali.net

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐Ÿ‘‰ https://t.me/CanadAli
๐Ÿ‘44๐Ÿ”ฅ6๐Ÿ‘3๐Ÿค”2๐Ÿ‘€1
Ko'chib borib yashash uchun qaysi Kanada viloyati ideal? ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ

Kanadaga yashash uchun borganda o'zingizga har taraflama mos bo'lgan hudud tanlash bu davlatdan toโ€™laqonli zavqlanishingizda katta rol o'ynaydi. Siz bormoqchi boโ€™lgan provinsiya qancha ko'p aholiga ega bo'lsa, ish imkoniyatlari shuncha yaxshi bo'ladi. Yoki umumiy qoidaga ko'ra daromad qancha yuqori bo'lsa xarajat ham shunga yarasha baland bo'ladi.

Quyida Kanada provinsiyalari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

1. Ontario: Kanadaning eng katta iqtisod va aholiga ega viloyati. Moliya markazi, koโ€˜p millatli va faol shahar hayoti. Bu yerda ish imkoniyatlari nisbatan ko'proq agar mutaxassis boโ€™lsangiz albatta. Agar siz tirbandlik bilan gavjum shahar hayotini yoqtirsangiz, unda bu joy siz uchun. Ontariodagi ob-havo boshqa viloyatlarga qaraganda moโ€™tadil va siz bu yerdan AQShga mashinada ham borishingiz mumkin. Bir narsa aniq, agar siz Ontario viloyatida yashasangiz, Kanadadan zavqlanasiz, lekin yashash narxi sizni biroz o'ylantirib qo'yishi mumkin. Chunki uy-joy narxi arzon emas. Eng yaxshi shaharlari: Toronto, Ottawa, Kingston, Hamilton.

2. British Columbia: Qishda eng yaxshi ob-havoga ega bo'lgan viloyatlardan biri. IT va xalqaro savdo rivojlangan. Tabiati go'zal viloyat. Togโ€™lar va okean uygโ€™unligi. Ko'p ish imkoniyatlariga ega. Ajoyib sayyohlik jozibasi. Kanadadagi boshqa har qanday viloyatga qaraganda Britaniya Kolumbiyasida ko'proq odamlar Tesla haydashadi. Lekin bu yerdagi uylarning narxi sizni hayratga solishi mumkin. Eng yaxshi shaharlari: Vankuver, Viktoriya, Burnaby, Kelowna.

3. Alberta: Neftga boy viloyat. Albatta, British Columbia va Ontario kabi qimmat emas, lekin u yerda ish imkoniyatlari va shahar hayoti gavjum. Agar siz Albertaga ko'chib o'tsangiz, u yerdan hech qachon ketishni xohlamasligingiz mumkin. Viloyat o'zi uchun sayyohlik jozibasi va uy-joy narxi arzonligi bilan ajralib turadi. Chunki soliq pastroq (provincial sales tax yoโ€˜q). Eng yaxshi shaharlari: Kalgari, Edmonton.

4. Quebec: Agar siz fransuz tilida gapiradigan bo'lsangiz, Kanadaning siz ko'chib o'tishingiz kerak bo'lgan eng ideal viloyati. Bu yerda ishlash uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud. Kvebek go'zal. Estetik jihatdan Yevropaga o'xshaydi. Montreal shahri Torontoning tinchroq versiyasiga o'xshaydi. Bu shahar sizni hayratda qoldiradi. Uy-joy nisbatan arzonroq. Eng yaxshi shaharlari: Montreal, Quebec city.

5. Saskatchewan: Saskatoon va Regina shaharlaridan tashqari boshqa shaharlari juda sokin. Agar siz qishloq xo'jaligi va sog'liqni saqlash sohasida bo'lsangiz, juda ko'p ish bor. Qishi go'zal. Aholi zich emas. Agar tinch hayotni xohlasangiz va arzonroq yashashni istasangiz shu viloyatga keling. Eng yaxshi shaharlari: Saskatoon va Regina.

6. Nova Scotia: Siz endi Kanadaning Atlantika tomonidasiz. Suv bo'yida yashashdan zavqlansangiz unda bu siz uchun. Okean yonida joylashgan. Nova Scotia - bu o'zgacha muhitga ega va dengiz sohasida ish imkoniyatlariga boy viloyat. Hayot sokin, uy-joy oโ€˜rtacha narxda. Eng yaxshi shahri: Halifax.

7. New Brunswick: Ingliz va fransuz tillari rasmiy til. Aholi kamroq, yashash nisbatan arzon. Uy-joy narxi arzonroq. Atlantika okeani sohillari, milliy bogโ€˜lar va oโ€˜rmonlar koโ€˜p. Tinch, shovqinsiz muhit - oila uchun qulay. Eng yaxshi shaharlari: Moncton, Fredericton, Saint John.

8. Manitoba: Qishda juda sovuq viloyat. Shunga qaramay, o'ziga xos hayot tarzi bilan gavjum. Sog'liqni saqlash sohasida, qishloq xo'jaligida, davlat ishlarida va hokazolarda ko'proq ish bor. Agar siz qishki kurtkalar kiyishni yaxshi ko'rsangiz, bu sizning manzilingiz bo'lgan viloyat. Uy-joy narxi arzonroq. Eng yaxshi shahri: Vinnipeg.

Sizga qaysi viloyat ko'proq yoqdi ro'yxatdagilar orasidan?

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐Ÿ‘‰ https://t.me/CanadAli
๐Ÿ”ฅ52๐Ÿ‘24๐Ÿคฉ2๐Ÿค”1
Kanada vizalari uchun berilgan arizalarning ko'rib chiqilishi va hal etilishi hozirgi kunda qancha muddatni tashkil qiladi?

Eng ko'p so'raladigan savol: qancha muddatda Kanadaga ketsa bo'ladi deb so'rashadi.

Ma'lumki Kanada immigratsiya bosh tashkiloti - IRCC ofitserlari tomonidan topshirilgan hujjatlar har bir keys bo'yicha individual ko'rib chiqiladi. Lekin arizalarning ko'rib chiqilishi o'rtacha muddatlari statistikasi doimiy yuritib boriladi hukumat tomonidan. Quyidagi muddatlar eng so'nggi rasmiy muddatlar bo'lib, odatda 80 foiz arizalar ayna shu muddat ichida va undan tezroq ko'rib chiqiladi qoidaga muvofiq.

Ba'zi keyslar hech qanday aniqlashtirishlarga xojat qoldirilmagan holatda topshirilgan va nomzodning hujjatlari va vaziyati muammolarsiz kechgan bo'lsa odatda bu muddatlardan tezroq uning arizasi hal qilib beriladi. Biroq, ba'zi keyslarda murakkab jihatlar bo'lsa o'rtacha ishni ko'rib chiqish 20 foiz holatda muddatdan cho'zilishi kuzatiladi.

Demak hozirgi kundagi muddatlar:
Fuqarolik uchun berilgan arizani ko'rib chiqish muddati - 14 oy
Yangi pasport olish (Kanada hududida tug'ilgan bola uchun) - 10 kun

Kanada hududida bo'lmagan turmush oโ€™rtog'iga Kanada doimiy yashovchisi bo'lganlarning sponsorlik qilishi orqali doimiy yashovchi statusini olish muddati - 15 oy
Super viza (ya'ni Kanada doimiy yashovchisi bo'lganlarning ota-onasiga 10 yillik viza) - 4 oy
Ota-onaga sponsorlik qilish orqali ularga doimiy yashovchi statusini olish muddati - 35 oy

Express Entry (masalan fransuz tili orqali) PR - 7 oy
Kanada ish tajribasi orqali (Canadian Experience Class) PR - 7 oy
PNP (provinsiyalardan ish taklifi olish orqali) PR - 13 oy
Yangi PR card(permanent resident kartasi)ni yuborilishi muddati - 2 oy

Turist viza (O'zbekiston hududidan topshirganda) - 1 oy
Student viza (O'zbekiston hududidan topshirganda) - 1,5 oy


Mazkur muddatlar tez-tez o'zgarib turadi. Har oy boshida ushbu muddatlarning taxminiy hisob-kitoblari e'lon qilib boriladi. Ba'zan muddatlar qisqarib, ba'zan uzayib turadi. Masalan Express Entry dasturida fransuz tili orqali PR olish uchun topshirilgan arizalar o'tgan yili 4-6 oy orasida ko'rib chiqilagn bo'lsa hozirda 7 oy, yoki student vizalar avvalari 3-4 oyda ko'rib chiqilgan bo'lsa, hozirda 1,5 oy va xokazo.

Mana bu rasmiy sayt orqali ayni paytdagi muddatlarni tekshirib borish mumkin:
๐Ÿ‘‰ IRCC processing times

โš ๏ธ This content is for informational purposes only and does not constitute immigration advice. Always refer to official sources for the latest information.

Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
๐Ÿ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
๐Ÿ‘‰ www.canadali.net

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐Ÿ‘‰ https://t.me/CanadAli
๐Ÿ‘31๐Ÿ”ฅ14๐Ÿค”1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆKanadaga magistratura uchun student viza olgan navbatdagi yurtdoshimizni tabriklaymiz! ๐Ÿฅณ

Janubiy Koreyadan hujjat topshirdi jamoamiz yordami bilan.


Xizmatlar Litsenziya raqami R531671 boโ€™lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligida koโ€™rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent boโ€™lib ishlayman.

Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
๐Ÿ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
๐Ÿ‘‰ www.canadali.net

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐Ÿ‘‰ https://t.me/CanadAli
๐Ÿ‘34๐Ÿ‘19๐Ÿ”ฅ7๐Ÿค”2
Tibbiyot xodimlarining davri keldi ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ Kanadaga kelish uchun!

Xabaringiz bor, Kanada hukumati immigratsiya uchun o'zida mavjud muammolarni bartaraf qila oladigan chet ellik mutaxassislarni tanlab olishga qaror qilgan. Shulardan biri bu tibbiyot xodimlari yo'nalishidir.

Hozirda quyidagi kasb egalariga Kanada hukumati ehtiyoj sezmoqda:
Umumiy amaliyot shifokori va oilaviy shifokor
Stomatolog
Farmatsevt
Psixolog
Fizioterapevt
Jarroh
Akusher
Paramedik
Dietolog/Nutritsiolog
Audiolog va nutq patologi
Kardiologiya texnologi va elektrofiziologik diagnostika texnologi
Xiropraktor
Oliy toifali amaliy hamshira
Tibbiy laboratoriya texnologi
Tibbiy nurlanish texnologi
Tibbiy ultrasonograf
Oftalmolog va okulist
Pulmonolog
Veterinar
Stomatologik gigienist va stomatologik terapevt
Massaj terapevti va boshqalar.


2026-yilgi oxirgi tanlovda 4 mingta tibbiyot xodimi tanlab olindi va o'tish bali 467 ni tashkil qildi. Bu ball tushishi ehtimoli ham bor albatta. 2025-yilda ham 7 marta tanlov bo'lib o'tgan bu yo'nalishda.

Talablar:
oliy malumot (o'rta maxsuslar uchun alohida programmalar bor);
ingliz tili (french shart emas);
kamida 1 yildan ko'p ish tajriba;
yoshi 40 dan oshmasligi (aks holda yetarli ball to'plab bo'lmaydi).

Masalan real keys: A. ismli nomzod yoshi 29 da. Tibbiyot yo'nalishida oliygohni tugatgan. IELTS 7. Bo'ydoq. O'qishni 25 yoshda tugatib, 3 yildan ortiq muddatdan beri ishlab keladi. Umumiy bali 469. Demak oxirgi tanlovda o'tgan bo'lar edi.

"Medik" tanishlarga yuborib qo'yishni unutmang! ๐Ÿ˜Ž

โš ๏ธ This content is for informational purposes only and does not constitute immigration advice. Always refer to official sources for the latest information.

Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
๐Ÿ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
๐Ÿ‘‰ www.canadali.net

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐Ÿ‘‰ https://t.me/CanadAli
๐Ÿ‘27๐Ÿ”ฅ9๐Ÿค”4
"Kanadaga ketish osonlashdimi: Kanada kimlarga o'z eshiklarini ochadi 2026-yil? Immigratsiya bo'yicha eng so'nggi yangiliklar" mavzusida YouTube platformasida batafsil video joyladik.

Agarda 15 minutlik videoni to'liq ko'rib chiqishga vaqtingiz kam bo'lsa, yo'lda yoki biror bir ish qilayotganda podkast tarzida eshitib qo'yilsa ham bo'ladi.

Kanada immigratsiyasi bo'yicha eng so'nggi ma'lumotlarni tahlil qilishga harakat qildik. Ancha foydali bo'ldi deb umid qilamiz. Ko'rib "like" tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali "prosmotr" oshirishda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Raxmat kattakon! ๐Ÿค

Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:๐Ÿ‘‡
https://youtu.be/G7M9aftjkVI?si=zF579M6uxCyD2DJ8

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: ๐Ÿ‘‰https://t.me/CanadAli
๐Ÿ‘54๐Ÿ”ฅ10๐Ÿ‘3๐ŸŽ‰2๐Ÿคฉ2๐Ÿค”1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kun yangiligi! ๐Ÿ‘๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ

Fransuz tilini oโ€™rganayotganlar uchun yana bir motivatsiya boโ€™ldi bugun.

Kanadaga immigratsiya haqida oโ€™ylab yurganlarga yuborib qo'yishni unutmang! ๐Ÿ˜Ž

โš ๏ธ This content is for informational purposes only and does not constitute immigration advice. Always refer to official sources for the latest information.

Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
๐Ÿ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
๐Ÿ‘‰ www.canadali.net

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐Ÿ‘‰ https://t.me/CanadAli
๐Ÿ‘45๐Ÿ”ฅ11๐ŸŽ‰9๐Ÿค”2๐Ÿ‘1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chet elga immigrant boโ€˜lib ketadigan ota-onalar, koโ€˜pincha, oโ€˜z farzandlari kelajagi uchun yoโ€˜l ochadi.

Ular yangi mamlakatda yangi hayot boshlashadi, boshida oโ€˜zlarini qulay his qilmasalar ham, har bir qiyinchilikni sabr bilan yengishadi. Chunki ular biladi, barcha harakatlari kelajakda farzandlarining o'zidanda yaxshi hayot kechirishiga sabab bo'ladi.

Har bir yangi bosqich, har bir yangi shahar, har bir yangi ish โ€” bu farzandlari uchun qurilgan koโ€˜prik. Ular biladiki, bugungi fidoyilik ertangi kunning imkoniyati boโ€˜ladi. Farzandlar oโ€˜qiydi, oโ€˜sadi, orzulariga erishadi. Va shu payt, ular tushunadi: ota-onalari chet elga ketish bilan ularga eng qimmat sovgโ€˜a โ€” kelajak sari mustahkam poydevor yaratganini.

Immigrant ota-onalarining har bir qadamida mehr, fidoyilik va umid yashirin. Bu yolgโ€˜iz oโ€˜zi emas โ€” bu farzandlar kelajagi uchun qurilgan koโ€˜prikdir.

O'zlari barchasini noldan boshlab, kelajak qurgan bo'lsada, farzandlari noldan boshlamaydi shunda. Bu qurbonlik emas, qahramonlik aslida. Har qanday ota-ona o'z bolasi uchun eng yaxshi sharoitlarni ravo ko'radi. Barcha ota-onalarga kelajakda o'z farzandlari faxrlanib yuradigan, yorqin hayot uchun tashakkur aytadigan davrlarni ko'rish nasib qilsin...

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐Ÿ‘‰ https://t.me/CanadAli
๐Ÿ‘48๐Ÿ”ฅ25๐Ÿ‘8๐ŸŽ‰5
Kanada hududida yashaydigan yurtdoshlarimiz diqqatiga!

Joriy yilning 14-mart kuni AQSHning Vashington shahrida joylashgan O'zbekiston elchixonasi konsullik vakillari Kanada hududida yashaydigan hamyurtlarimizga konsullik xizmati koโ€˜rsatish maqsadida tashrif buyurmoqda. Masalan pasport almashtirish, tug'ilganlik guvohnomasi(metrika), nikohdan o'tkazish, ishonchnoma va boshqa xizmatlar ko'rsatiladi. Yo'lkira qilib, bilet olib, qaysidir hujjatingizni O'zbekistonga borib yangilab kelish shart emas bu imkoniyat orqali.

Chunki xabaringiz bor Kanada hududida hozircha alohida elchixona yoki konsullik mavjud emas. Yaqin kelajakda (shu yil yakuniga qadar degan gaplar ham bor) Kanada hududida yashovchi O'zbekiston fuqarolariga xizmat ko'rsatuvchi alohida elchixona ochilishi reja qilinmoqda ekan.

Manzil:
1120 Finch Ave West, Unit 105
Toronto, ON M3J 3H7

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐Ÿ‘‰ https://t.me/CanadAli
๐Ÿ”ฅ30๐Ÿ‘24๐Ÿคฉ4๐Ÿค”1
๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆKanadaga til kursi uchun viza olgan yana bir yurtdoshimizni tabriklaymiz! ๐Ÿฅณ

Yaponiyadan hujjat topshirdi jamoamiz yordami bilan. Fevralda topshirilgan hujjat mart oyida 1 oyga qolmasdan ko'rib chiqildi. O'qishga qabul, hujjat to'plash va tayyorlab topshirishga ham 2 oylar ketganini hisobga olinsa, juda tez hal bo'ldi.

Endi hamma yoppasiga til kursiga topshirsin deb aytmaymiz albatta. Risk bor, "otkaz" olish ehtimoli bor. Barchaga ham to'g'ri kelavermaydi. Lekin Kanadaga eshik ochvolib, o'sha yerda yana o'qib, ta'limni keyin ham davom ettiraman deydiganlar uchun mos keladi.

Xizmatlar Litsenziya raqami R531671 boโ€™lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligida koโ€™rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) boโ€™lib ishlayman.

Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
๐Ÿ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
๐Ÿ‘‰ www.canadali.net

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
๐Ÿ‘‰ https://t.me/CanadAli
๐Ÿ‘38๐Ÿ”ฅ15๐Ÿ‘6๐ŸŽ‰3๐Ÿคฉ1
20 yil avval Kanadaga kelib yangi hayot boshlagan yurtdoshimizning muvaffaqiyat yoโ€™li. Navbatdagi podkast-suhbatimizni YouTubega joyladik.

Bu safargi suhbatdoshimiz: Kanadaning Ontario provinsiyasi Niagara Falls shahrida yashovchi yurtdoshimiz Baxtiyor Khodjayev - "Baklingual Solutions" kompaniyasi asoschisi.

Kanada o'zbeklaridan yangi loyiha!
Oโ€™z akvariumidan chiqib hayot okeanida suzayotgan yurtdoshlarimiz bilan intervyu.

Kanadaga 5โ€“10 yil avval kelib, bu yerda oโ€˜rnashib qolgan oโ€˜zbek yurtdoshlarimizning bosib oโ€˜tgan hayot yoโ€˜li va bugungi faoliyati haqida YouTubeda yangi loyiha boshlagan edik. Ular bilan podkast shaklida intervyular tashkil qilyapmiz. Avvalgi sonlardagi mehmonlar sifatida Kanadaning "New Brunswick universiteti" professori, soliq huquqi boโ€˜yicha mutaxassis va huquqshunos Vohid Urinov va Kanadaning Ontario provinsiyasi Kingston shahrida 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega stomatolog, "KMA Dental" klinikasi asoschisi Pazliddin Kobilovni taklif qilgan edik.

๐Ÿ”นKanal nomi - Akvarium. Shiori: Akvariumdan okeanga - muvaffaqiyat sari!

Podkast davomida - Baxtiyor Khodjayev bilan Kanadaga ilk marta kelgandagi taassurotlari, bugungi kunda Kanadada qaysi kasblarga ehtiyoj katta ekani, Yevropani tashlab bu davlatga kelishi sabablari, Kanadada 20 yillik hayot tajribasi, Kanada va O'zbekiston passporti, nega ko'plab yurtdoshlarimiz yashash uchun Torontoni tanlashi, Kanada iqlimi, bu davlatdagi qiyinchiliklar, qaysi xatolarni qilish kerak emasligi, Kanadada farzand tarbiyasi va albatta eng muhim savol "Kanadaga kelish arziydimi?" degan mavzular haqida fikr almashdik.

Ushbu nomdagi YouTube kanalimizga oโ€˜tib intervyuni toโ€˜liq koโ€˜rishingiz mumkin. Loyihamizni qoโ€˜llab-quvvatlash uchun "like" tugmasini bosib, kanalimizga obuna boโ€˜lib qoโ€˜ysangiz, turli kasb egalari bilan shunday qiziqarli intervyularni har ikki haftada bir marta davom ettirish niyatidamiz. Loyiha doirasida kelgusida Kanada davlatida yashayotgan O'zbekistonlik shifokorlar, injenerlar, biznesmenlar, IT mutaxassislar, stomatologlar, o'qituvchilar, davlat tashkilotlari xodimlari, xususiy sektorda faoliyat ko'rsatayotganlar va boshqalarni suhbat uchun taklif qilish rejamiz bor.

Video ostida oโ€˜z fikr-mulohazalaringizni qoldirsangiz, mazkur suhbatning boshqalarga ham yetib borishiga hissa qoโ€˜shgan boโ€˜lgan boโ€˜lardingiz. Oโ€˜ylaymizki, bu suhbat Kanadaga kelishni rejalashtirayotganlar uchun ham, hozirda Kanadada yashayotgan yurtdoshlarimiz uchun ham juda foydali va maroqli boโ€˜ldi.

Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:๐Ÿ‘‡
https://www.youtube.com/watch?v=asv9QHJA0Rg&t=12s

Kanada ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: ๐Ÿ‘‰https://t.me/CanadAli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‘43๐Ÿ”ฅ11๐Ÿ‘4๐Ÿคฉ1