CanadAli πŸ‡¨πŸ‡¦πŸ€πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
8.55K subscribers
205 photos
199 videos
282 links
Kanada davlatiga o'qish, ishlash va yashash istagida bormoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun...
Menga shaxsan bog'lanish uchun: @Mr_Ali_Canada
Xizmatlar: www.canadali.net
Instagram: https://instagram.com/kanadalik_uzbek
Download Telegram
"Har bahor shu bo'lar takror" yoxud bo'ldi yetar endi, "olma pish og'zimga tush" deb o'tirmasdan harakatni boshlash kerak emasmikan?

Mana shu yil ham omadingiz kelmadi-a! Green Card natijalarini umid bilan tekshirdingiz-u, lekin mana shu rasmdagi sovuq "Has not been selected" degan so'zlardan boshqa hech qanday yozuvlarga ko'zingiz tushmadimi yana?

Men bu yozuvlarni naq 10 yil o'qiganman qatorasiga har yili. Hech omadim kelmas edi va bir kun kelib tushunib yetdimki hammasi o'z qo'limizda ekan. Kanadaga survorishdan oldin Amerika orzusi menda ham bor edi. Lekin nasib qilmagan ekan, hech yutuq chiqmadi. Hayron bo'laverar edim har safar, tilni yaxshi bilsam, yosh bo'lsam, oliy ma'lumotli va energiyaga to'lib turgan bo'lsam-u, nega Green Card menga chiqmaydi? Qayerdagi "Eshmat" va "Toshmat" larga chiqadi deb rosa a'lam qilar edi.

Shukr, chiqmagani ham yaxshi bo'lgan ekan. Bugun Kanada hududida yashab, har narsada hikmat borligiga yana bir bor tan berib o'tiribman. Amerika men uchun emas ekan yaxshilab o'ylab qarasam. Qurol, otishmalar, xavfli gangsterlar, qimmat tibbiyot, ximikatlar, yoshlar o'rtasidagi buzuqlik va tarbiyasizlik kabi illatlar tufayli men uchun Amerika endi jozibali emas. Kanadaga kelganimdan keyin Green Card o'ynashni bas qildim. Endi Amerikaga borsam ham sayohatga yoki biznes uchun borib turishim mumkin vaqti vaqti bilan.

Fikrlar shunchaki shaxsiy, har kim dunyoni o'z qarichi bilan o'lchaydi. Qaysidir joylarda oshirib yuborgan bo'lsam meni ma'zur tuting.

Maslahatim, endi faqat omadga ishonishni bas qilish kerakdir balki. Kanada chegarasigacha yetib olsangiz Amerika ham bir qadam bo'lib qolaveradi juda borgingiz kelsa. Nima bo'lgan taqdirda ham nasib qilgani bo'ladi. Siz uchun atalgan narsalar baribir amalga oshaveradi, nasib qilmagan bo'lmasa kuyinmang. Hayot oldinda hali, kurashing!

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
Kanadaliklar uchun butun yoz, may oyi boshidan sentyabr oyi oxirigacha tabiat bag'rida sayohat qilish davri. Camping mavsumi boshlandi. πŸ‡¨πŸ‡¦

Bugun Kanadaning Yukon viloyatidagi Fox lake atrofidagi Campground ga bordik. Har yakshanba shunaqa tinch joylarga chiqib turilsa asab tinchlanadi. Ish jarayonidagi yig'ilib qolgan stresslardan xalos bo'lasiz. O'zi asli shuning uchun ham kelganmiz bu davlatga. O'zbekistonda dam olish kunlarini rejalashtirib bo'lmas edi. Endi biror joyga boraman desangiz, xattoki shanba-yakshanga majlis chiqib qoladimi-ey, yuqori turuvchi tashkilotdan tekshiruv kelardi yoki qandaydir "shanbalik" qilishga majbursan. Umid qilamanki hozir hammasi o'zgargan.

Bu yerda esa hammasi oddiy. Kerak bo'lsa bir oylik reja qilib qo'yasiz va ketaverasiz. Hech qanday kutilmagan o'zgarishlar kirib qolmaydi rejangizga. Chunki bu xalq shunday yashaydi. Hamma narsani oldindan reja qilib olishadi va hech qanday o'zgartirishlar kiritilmaydi kalendarga. Hamma narsa o'z vaqtida bo'ladi, yonib ketsa ham belgilangan rejadan tashqariga chiqish yo'q. Prinsip shunaqa ekan. Ish o'z vaqtida, dam olish o'z vaqtida bo'lishi shart. Hech kim telefon qilib bezovta qilishga jur'at qila olmaydi, chunki bunga haqqi yo'qligini biladi. Shunaqa holatlar uchun ham "besh" ketvoramanda. Bu yilgi yozda ko'p joylarga borishni reja qilganmiz. Kichik lavhalarni yoritib ketaveraman video ko’rinishida kanalda.

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
Mana bu yerda "Geen Card" bo'yicha shuncha negativlarni yozibman-u, lekin omadi kelib bu yil yutuq chiqqanlar bo'lishi mumkinligi va ularda okean ortiga ketish uchun yaxshigina imkoniyat paydo bo'lganini aytish esdan chiqibdi.

Balki kanalimiz obunachilari orasida yoki o'ziga, yoki yaqin tanishiga yutuq chiqqan bo'lishi mumkin. Avvalo tabriklaymiz!

Bilasiz, Green card chiqdi degani 100 foiz viza oldi degani emas. Sifatli va puxta hujjat tayyorlanmasa, keta olmay qolganlar ham anchagina bo'ladi. Bundan tashqari qandaydir xatolik, keys raqami katta bo'lishi va boshqa omillar ham oxirigacha yetib bora olmaslikka sababchi bo'lishi mumkin.

Shuning uchun agarda sizga yoki tanishingizga yutuq chiqib qolgan bo'lsa professional yondashish kerak hujjat ishiga. Bu borada amaliy yordam zarur bo'lsa bizga aloqaga chiqsangiz bo'ladi. Ko'plab yurtdoshlarimizga shu paytgacha Green card chiqqanidan keyin hujjat tayyorlash jarayoniga yordam berganmiz.

Lekin iltimos, yutuq chiqqan yoki chiqmaganligini tekshirib bering deb murojaat qilmang. Bunga vaqtimiz yetmaydi, to'g'ri tushunasiz. Mana bu saytdan tekshirish mumkinligini ko'pchilik bilsa kerak. πŸ‘‰ https://dvprogram.state.gov/

Green card chiqqan bo'lsa Shaxsan bog'lanish uchun: πŸ‘‰ @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: πŸ‘‰
https://t.me/CanadAli
Kim aytdi O'zbekistondan topshirganlarga student viza chiqmay qo'ydi deb? Mana isboti! πŸ₯³πŸ‡¨πŸ‡¦πŸ”₯

Ha, Kanada student viza berishni yaxshigina qisqartirgani rost, chunki oldinroq anchagina eshiklarni ochgan edi xalqaro talabalarga. Lekin oxir-oqibat qisqartirishlarni ham boshladi. Ammo hech kimga viza bermay qo'ydi degan gaplar ortiqcha. πŸ€·β€β™‚οΈ

Alimardon ismli mana bu yurtdoshimiz (menga adash ismi) chet davlatdan emas, aynan O'zbekistondan turib student vizaga topshirgan edi biz bilan birgalikda. Birinchi arizasi "otkaz" bo'lgan edi, ammo 2-urinishda baribir o'z maqsadiga yetdi. O'qib ko'ring hissiyotlarini, buni boshidan o'tkazdan odam his qila oladi faqat. πŸ˜‡

Oldin ham mana bu yerda aytgan edim, endi student viza olish oson bo'lmaydi va faqatgina sifatli, puxta va professional tayyorlangan hujjatlargina viza oladi bundan buyog'iga deb. Viza rad etilishi holatlari ko'p baribir, ochig'ini aytish kerak. Lekin professional hujjatlar va ozgina omad ham bo'lishi kerak Kanada vizasi uchun.

Viza olgan mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot:

Tanlagan o'qish joyi va yo'nalishi: Douglas college (Computing science and Information systems, 2 yillik diplom programma), New Westminister, British Columbia.
Avval tugatgan o'qish joyi: 11-sinfni tugatgan faqat.
Yoshi: 20 (2005-yil)
Til bilish darajasi: IELTS bor.
Asli qayerdan: Namangan

O'qishga kirish jarayoni:
1.Seneca college (Ontario) - Building systems engineering yo'nalishi (til darajasi yetmay qolgani sababli qabul qilinmadi, chunki Duolingo 110 bor edi faqat).
2.Canadore college (Ontario) - Business fundamentals yo'nalishi (qabul juda kechikib keldi, uni kutguncha Kanada hukumati viza siyosatida o'zgarish bo'ldi, biznes sohalarga ishchi viza berilmaydigan bo'ldi bitirsa ham, shuning uchun boshqa soha tanlashga qaror qildik).
3.Bow valley college (Alberta) - Interior decorating yo'nalishi (qabul to'lgani sababli navbatga qo'yildi, keyin esa qabul qildi, lekin o'qish boshlanishiga ancha kam vaqt qolgani tufayli kelasi yilga surib berolmasligini xabar qilishdi, voz kechdik undan ham).
4.Douglas college (BC) - Computing science and Information systems yo'nalishi (IELTS oldi, ammo writing 5.5 bo'lib qoldi, lekin o'qish qabul qildi).
O'qish kontraktiga depozit summasi uchun 6300 USD to'lov qilgan va viza hujjatlarini yig'ishga kirishgan biz bilan birga.

Viza olishga sarflagan vaqti: πŸ‘‡
1-Ariza berilgan sana: 24-oktyabr 2024-yil.
Rad etilgan sanasi, ya'ni "otkaz": 25-noyabr 2024-yil.

"Otkaz" sabablari: 1) assets and financial situation, 2) purpose of visit, 3)limited employment.

"Otkaz"dan keyin tushkunlikka tushmasdan, hech kimni ayblamasdan, sabr bilan yana harakat qilib ko'rishga qaror qildi. Eng muhimi shunaqa stress paytda ham biz bilan muomalani to'g'ri qilib, pozitiv kayfiyatda biz bilan muloqotda bo'ldi yozishmalar orqali. Bundan tashqari oramizda ba'zi hisob-kitoblar chala bo'lgan, bizni esimizdan ham chiqqan bo'lishiga qaramay, vijdon bilan bizga eslatib qarzini ham uzgan ekan jarayon davomida. Shunday insonlarga chiqmay yana kimga chiqsin axir viza? Ota-onasi bergan tarbiya, intiluvchanlik va to'g'ri maqsad orqali natijaga erishdi oxir-oqibat.

2-marta vizaga ariza berilgan sana: 20-yanvar 2025-yil.
Tibbiy ko'rik kelgan sana: 2-aprel 2025-yil.
Natija: 6-may 2025-yil
Jami: 106 kun, ya'ni 3 yarim oy.

Mana shunaqa do'stlar, aslida har bir viza olgan mijozimizni shunday qilib bosib o'tgan yo'lini tasvirlab berish kerak, ammo bunga vaqt qayerda deysiz? Hujjat ishlari qolib ketadi agar hammaga ham shunaqa izoh yozib chiqsak. Bir ilhom kelganda yozib turamanda agarda sizga ham qiziq bo'lsa...

Student viza orqali Kanadaga borishda amaliy-huquqiy yordam: πŸ‘‰www.canadali.net
Shaxsan bog'lanish uchun: πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
Fransuz πŸ‡«πŸ‡· tilini o'rganmoqchi bo'lganlar @DilnozaKuchkorova ga ham murojaat qilsangiz bo'ladi. TCF CANADA imtihoni bo'yicha C1 darajadagi sertifikatga ega fransuz tili o'qituvchisi. Bugungi kunda Kanada davlatida yashaydi. Online dars o'tadi. Yangi guruh shakllantirmoqda, kelasi hafta seshanba kunidan boshlanadi yangi guruh darslari.

Iloji boricha ingliz tilidan bilimi borlar murojaat qilishsin, sababi ingliz tilini o'rta darajadan yuqori biluvchilarda fransuz tilini tezroq o'rganish imkoni yuqori bo'ladi...
"Nima uchun aynan πŸ‡¨πŸ‡¦ Kanadani tanlagansiz?" deb yozib qoldi yaqinda bir yurtdoshimiz. Batafsil javob berishga harakat qildim quyida...

πŸ‘‰Nega Kanada?πŸ‘ˆ

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
Kanada yangi immigratsiya vaziri tayinlandi. Lena Metlege Diab - asli Livanlik bo'lgan arab oilasi farzandi.

Mark Carney Kanada bosh vaziri etib rasman saylangach, yangi hukumat tarkibini tasdiqladi va ko'plab insonlar uchun ahamiyatga ega bo'lgan immigratsiya yo'nalishi mazkur shaxsga topshirilmoqda.

Immigratsiya vazirligini asli kelib chiqishi immigrant bo'lgan shaxs boshqarishi ijobiy natijalarga olib kelishi ta'kidlanmoqda. Oldingi faoliyatida huquqshunos, fransuz tilida so'zlashuvchilar jamiyati rahbari, parlament a'zosi bo'lib faoliyat yuritgan. Shu tufayli ham uning bo'lajak faoliyati davomida fransuz tili bo'yicha immigratsiya dasturiga e'tibor kuchayadi deb aytilmoqda.

Uning davrida Kanadaga allaqachon kirib kelgan yurtdoshlarimiz va endi kirib keladigan yurtdoshlarimizning reja va maqsadlari amalga oshishi yanada osonlashadi deb umid qilib qolamiz.

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
Biz yana davom etamiz! Bu safar magistraturaga viza oldik O'zbekistondan student vizaga hujjat topshirgan mijozimizga. πŸ₯³πŸ‡¨πŸ‡¦πŸ”₯

Nomzodning til bilish darajasi yuqori bo'lsa (IELTS) va reytingi nufuzli bo'lgan universitetga o'qishga kirsa Kanada viza beradi baribir, agarda hujjatlar puxta, sifatli va professional tayyorlansa albatta. Mana bitta misol.

Doniyor ismli mana bu yurtdoshimiz chet davlatdan emas, aynan O'zbekistondan turib magistratura uchun Kanada student vizasiga hujjat topshirgan edi biz bilan birgalikda. Bitta urinishda va qisqa vaqtda viza olishga muvaffaq bo'ldik. Shuncha mehnatimiz o'z mevasini berdi.

Viza olgan mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot:

Tanlagan o'qish joyi va yo'nalishi: Dalhousie university (Master of Digital innovation yo'nalishi), Halifax shahar, Nova Scotia provinsiyasi.
Avval tugatgan o'qish joyi: Toshkentdagi Turin Politexnika universiteti (bakalavr).
Yoshi: 30 (1995-yil)
Til bilish darajasi: IELTS bor.
Asli qayerdan: Xorazm

O'qishga o'z kuchi bilan kirgan va bizga viza olish masalasida murojaat qilgan. Xabaringiz bor, o'qishga kirish bir olam jarayon va vizaga hujjat tayyorlash umuman boshqa jarayon. Ikkalasining ham o'ziga yarasha mashaqqatlari bor. Aytgancha, bu mijozimiz nufuzli tashkilotda ishlaydi va o'ziga yarasha akademik va karyerasida yutuqlarga erishgan.

Viza olishga sarflagan vaqti: πŸ‘‡
Ariza berilgan sana: 5-aprel 2025-yil.
Tibbiy ko'rik kelgan sana: 26-aprel 2025-yil.
Natija: 6-may 2025-yil
Jami: 31 kun, ya'ni roppa-rosa 1 oy.

Viza olayotgan har bir mijoz haqida bunday ma'lumot bera olmaymiz, ba'zi mijozlar iltimos qilishadi natijamni ko'rsatmaylik deb. Qolaversa barcha natijalarni joylashtirishga vaqtimiz ham yetmaydi. Faqatgina o'zidan ruxsat so'rab, rozi bo'lganlarnigina natijasini joylab boramiz gohida. Boshqalarga ham motivatsiya bo'lsin deb. Mana bu yerda vaqt topganda natijalarni qo'yib boramiz. πŸ‘‰Natijalar

Student viza orqali Kanadaga borishda amaliy-huquqiy yordam: πŸ‘‰www.canadali.net
Shaxsan bog'lanish uchun: πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
Kanadaga student viza orqali kelib, o'qishni tugatib ishlash ruxsatnomasini olishga hujjat topshirishda nimalarga e'tibor berish lozim?πŸ‡¨πŸ‡¦

Mazkur maqola Kanada hududida o'qishini tugatish arafasidagilar yoki shu usul orqali kelib qolib ketishni reja qilganlar uchun foydali bo'ladi.

πŸ‘‰BatafsilπŸ‘ˆ

Amaliy-huquqiy yordam: πŸ‘‰www.canadali.net
Shaxsan bog'lanish uchun: πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: πŸ‘‰
https://t.me/CanadAli
Telegramni shu tarafi yoqmaydiki: kanal egasi ruxsatisiz turli reklamalar tashlab turadi. Agarda kanalimda men shaxsan o'zim tavsiya qilmagan qandaydir reklama paydo bo'lsa e'tibordan chetda qoldiring... πŸ€¦β€β™‚οΈ

Kanalda telegramni o’zi qo’yadigan reklamalarni olib tashlash tartibini kimdir bilsa iltimos menga yozing…
YouTube platformasida "Kanada student vizasi uchun qancha xarajat ketadi?" mavzusida batafsil video joyladik.

Ancha foydali bo'ldi deb umid qilamiz. Kirib like tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali "prosmotr" oshirishda bizga yordam bergan bo'lardingiz. Raxmat kattakon! 🀝

Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:πŸ‘‡
https://youtu.be/EuYJEfA4zeU?si=z1z_pQb70kX3QhnF
Youtebedagi ushbu videoni hali ko'rishga ulgurmagan bo'lsangiz, videodagi asosiy mavzuning matn ko'rinishini quyida yozib qoldiraman.

πŸ‡¨πŸ‡¦Kanada student vizasi uchun taxminiy xarajatlar ro'yxati:

Har bir nomzod holati har xil bo'lgani uchun ro'yxatdan o'zingizga tegishli bo'lgan xarajatlarni hisoblab olsangiz bo'ladi. Tushunish oson bo'lishi uchun AQSH dollarida keltirilgan summalar.

Vizaga topshirguncha ketadigan xarajatlar quyidagilar:
O'qishga kirish uchun berilgan arizani ko'rib chiqishga to'lanadigan summa: 100-150$ atrofida, o'qish yo'anlishi va tanlangan ta'lim muassasiga qarab hamma o'qishlarda har xil. Ba'zi o'qishlar ariza uchun pul olmaydi.

O'qish kontrakt summasi, ya'ni depozit to'lovi, (asosan yarim yoki bir semester uchun kontrakt to'lovi): Eng kamida 3000$, o'rtacha 6000$ atrofida, o'qish reytingi va tanlangan yo'nalishga qarab albata.

Elchixonaga to'lanadigan vizaga berilga arizani ko'rib chiqish va biometrika uchun davlat boji: dollar kursiga qarab 175$ atrofida.
Hujjatlarni tarjima qildirish va yig'ish uchun sarflanadigan summa: o'rtacha 100$ atrofida.

Vizaga topshirishda amaliy yordam beruvchi konsalting firmalar to'lovini ham yodda turish kerak, va bu tolovlar hammada xar xil ish sifati va natijalariga qarab.

Viza chiqishi aniq bo'lishi arafasida sarflanadigan summalar:
Tibbiy ko'rikdan o'tish narxi: voyaga yetgan har bir inson uchun 230$ atrofida.
Farzandlar uchun yoshiga qarab 100-150$ atrofida.

Viza chiqqanidan keyin ketadigan xarajatlar qaysilar?
Pasportni viza urib berishlari uchun elchixonaga pochta orqali yuborish va olib keltirish xarajatlari.
Kanadagacha yetib olish uchun aviachipta olish.
Bir oylik yashash va uy-joy ijara haqini oldindan o'zi bilan tayyorlab kelish ham tavsiya etiladi.

Amaliy-huquqiy yordam: πŸ‘‰www.canadali.net
Shaxsan bog'lanish uchun: πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: πŸ‘‰
https://t.me/CanadAli