CanadAli πŸ‡¨πŸ‡¦πŸ€πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
9.26K subscribers
308 photos
284 videos
1 file
404 links
Kanada davlatiga o'qish, ishlash va yashash istagida bormoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun...
Menga shaxsan bog'lanish uchun: @Mr_Ali_Canada
Xizmatlar: www.canadali.net
Instagram: https://instagram.com/kanadalik_uzbek
Download Telegram
Kanada bolalar orasida ijtimoiy tarmoqlarni ta'qiqlashga qaror qildi.

Kanada hukumati 14 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar orasida ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Tik Tok va xokazolar)dan foydalanishga ta'qiq o'rnatish bo'yicha qonun qabul qilishga tayyorlanmoqda.

Maqsad bolalar orasida stressni kamaytirish, virtual hayotda emas real hayotda yashashga qiziqtirish, ularni turli salbiy illatlardan asrash deyilmoqda.

Bu qanday tartibda amalga tadbiq etiladi?

14 yoshgacha bo'lganlar ijtimoiy tarmoqlarda texnik jihatdan akkaunt ocha olmaydi bu qonun qabul qilinsa. Ya'ni ijtmoiy tarmoq platformalarini ochishda ID karta va biometrika ma'lumotlari orqali ro'yxatdan o'tish joriy qilinadi. 14-16 yosh orasidagilar uchun esa ota-ona roziligi joriy etiladi.

Yaxshi yangilik! Kanadadan oldin Avstraliya va Fransiya ham bu kabi tartibni boshlab bergan edi. Boshqa davlatlar ham o'rnak olsa arziydi, bizningcha!

Siz nima deb o'ylaysiz?

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
πŸ‘85πŸ”₯27πŸ‘14πŸŽ‰2πŸ€”1
Kanada mehnat bozorida nima gaplar? Qaysi sohalarda eng ko'p vakansiya bor bugungi kunda? O'rtacha ish haqi qancha?

Job Bank deb nomlanadigan va Kanada milliy mehnat tashkiloti tomonidan yuritiladigan maxsus platformada eng so'nggi rasmiy statistik ma'lumotlar joylab boriladi.

Unga ko'ra bugungi kunda Kanada davlatida mehnatga layoqatli aholis soni 22 milliondan ortiq, ishsizlik darajasi 6.8%, 1 haftalik o'rtacha ish haqi miqdori 1,312$, ya'ni 1 oyda 5,250$ va vakansiyalar soni 492 mingdan ortiq ekan.

Xo'sh, eng ko’p vakansiyalar qaysi sohalar va kasblarda hozirda?

Tibbiyot: Hamshiralar, stomatolog yordamchilari, farmatsevt yordamchilari.

Mehmonhona va restoran sohasi: oshpaz, ofitsiant, hotel attendant.

Qurilish va infrastruktura: elektrik, santexnik, duradgor, og’ir transport mashinisti.

Logistika va transport: truck driver, forklift(kara) operatori.

Savdo va mijozlarga xizmat ko’rsatish: savdo agentlari, customer-service xodimlari, buxgalter.

Har bir kasb uchun o'rtacha ish haqlarini esa mana bu havoladan kasb nomini kiritgan holda, har bir viloyat kesimida bilib olishingiz mumkin: πŸ‘‰ Wages

Albatta bu umumiy statistika. Har bir viloyatda holat turlicha va har bir kasb bo'yicha vaziyat har xil. Malaka talab qiluvchi soha va kasblarda esa o'ziga yarasha raqobat yetarlicha. Shuning uchun ham bu davlatga immigratsiya qilib kelayotganda boshida o'z sohasidan quyiroq sohada ishlab turishga tayyor bo'lib kelish kerak. Mahalliy mehnat bozoriga moslashib, karyerangizni boshqa davlatda qurib olishgacha shu kabi ishlarni qilishga to'g'ri kelishi mumkin.

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
πŸ‘29πŸ”₯7πŸ‘3πŸ€”3🀩1
Kamida 2029-yilgacha oshib boradi fransuz tili orqali Kanadaga immigratsiya qiluvchilar kvotasi. Qolaversa so'nggi 4 yildan beri belgilangan limitdan chetga chiqib, kvotadan tashqari qo'shimcha sonda qabul qilinmoqda nomzodlar.

"Fransuz tilini o'rganaveraylikmi, bu dasturlar 1-2 yilda yopilib ketmaydimi?" deb ko'p so'raydigan va ikkilanib yuradiganlar uchun juda yaxshi rasmiy statistika bu. Lekin, men tilni o'rganguncha bu dasturlar yopilib ketsachi, ballar oshib ketsachi deb har narsaga shubha bilan qaraydiganlar, yuraveradi hech qachon hech narsaga erishmasdan.

Fransuz tilidan kamida B2 darajada sertifikat olish - Kanadaga immigratsiya qilishga yo'l ochayotgani sir emas. Bu tilni o'rganuvchi nomzod oliy ma'lumotli bo'lsa, yoshi 40 dan oshmagan bo'lsa, qolaversa ingliz tilini ham yaxshi bilsa, Kanadaga doimiy yashash huquqini olish imkoni nisbatan osonroq bo'ladi.

Boshqa talablar ham bor albatta. Faqat fransuz tilini o'zini o'rganish bilan ish bitib qolmaydi. Bu borada bizga bog'laning va biz imkoniyatingizni o'rganib chiqib, baholab beramiz. Tilni o'rganib keyin hujjatlarga harakat qilaman desangiz xato qilgan bo'lasiz. Chunki oldindan tayyorlab boriladigan hujjatlar mavjud.

Yangi tilni o'rganishdan cho'chib, faqat ingliz tili bilan immigratsiya qilmoqchiman desangiz ancha vaqt yo'qotasiz. Harakat natijasiz tugashi ham mumkin. Hozir fransuz tili yordamida imkoniyat yaxshi bo'lib turganida "otni qamchilab qolish" zarur.

Immigratsiya uchun aslida juda katta mablag' ketmaydi. Kanadaga o'qishga kelishdan ham kamroq summa ketadi. Kanadaga kelib 2-3 oy ichida sarflangan xarajatlarni chiqarib olsa bo'ladigan miqdordagi summa sarflanadi butun jarayon uchun.

Shunday ekan, agar kimdir mendan bugungi kunda Kanadaga immigratsiya qilishda "eng ideal" usul qaysi deb so'rasa, hech ikkilanmasdan aynan mana shu yo'lni tavsiya qilgan bo'lar edim. Agar hali Kanadaga kelmagan bo'lganimda ham, kelish uchun aynan shu yo'lni tanlagan bo'lar edim shaxsan.

Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
πŸ‘‰ www.canadali.net

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
πŸ‘33πŸ”₯11πŸŽ‰7πŸ€”2
Kanada hukumati aholini hayoti haqida qayg'urishini yana bir bor isbotladi. 12 million insonga moddiy yordam beriladi. Mamlakat fuqarosi bo'lish shart emas, qonuniy yashab soliqlarni o'z vaqtida to'lab yurgan chet elliklar ham uni olishga haqli.

Xabaringiz bor, butun dunyoda narx-navo, ayniqsa oziq-ovqat narxi oshib borayotgani sir emas. Biznes qilmaydigan va oylik maoshga yashaydigan oilalar uchun yashash xarajatlariga buni katta ta'siri bor albatta.

Kimlarga va qancha miqdordan moddiy yordam beriladi?
Ushbu yordam past va o'rtacha daromadli aholiga, ya'ni yillik daromadi 56 mingdan 74 ming Kanada dollari orasidagi aholiga beriladi asosan. Oyiga o'rtacha 4500-6000$ topadiganlar haqida gap ketyapti. (Bu miqdor sizningcha kam ta'minlangan oila toifasiga kiradimi o'zi? πŸ˜‰)

Bu mablag'ni asosan oilada bir kishi ishlaydigan juftliklar, nafaqa oluvchi qariyalar, talabalar va yosh ishchilar, shuningdek bolali oilalar (umiy daromadni bolalar soniga bo'lganda) topadi.

Daromad qancha yuqori bo'lsa moddiy yordam olish imkoni shuncha past, aksincha daromad qancha past bo'lsa ko'proq moddiy yordam olish mumkin.

πŸ’° Odamlar qancha olishlari mumkin?
Miqdor daromad va oila a'zolari soniga bog'liq.
Masalan, 4 kishilik oila bu yil jami bir martalik 1890 dollargacha yordam olishi mumkin. Umuman olganda, 12 milliondan ortiq inson bundan foyda ko'rishlari kutilmoqda.

Qanday olinadi bu pul?
Bir dunyo hujjat yig'ish va uzun navbatda turib ariza topshirish shart emas. Vaqtida soliq deklaratsiyasini topshirgan bo'lsangiz, avtomatik ravishda hisoblangan summa bank hisob raqamingiz, odatda kartangizga kelib tushadi. Ertalabdan kartangizga tushgan pulni ko'rib "Iye, mehribon va saxiy hukumatdan aylanay" deb ketaverasiz ishlatib.

O'z aholisini o'ylagani uchun ham Kanada Tramp tomonidan tashkil qilingan "Tinchlik kengashi"ga 1 milliard dollar berib a'zo bo'lishdan bosh tortdida o'zi. Bu pulni havoga sovurgandan ko'ra ijtimoiy himoyaga yo'naltirsa yaxshi emasmi, nima deb o'ylaysiz? πŸ˜€πŸ«£

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
πŸ‘49πŸ”₯18πŸŽ‰6🀩3πŸ€”2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har kim o’z izlaganini topadi. Illat izlaganga illatdir dunyo deyishadi...
Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ haqida mutlaqo bo'lmag'ur uydirma ma'lumotlar ham bor.

Menga oxirgi paytlarda Kanada haqida bitta YouTube videoni yuborib, shu haqda fikringiz qanday deb ko'p so'rashdi. Oxiri shu videoga nisbatan munosabatimni bildirishga qaror qildim. 1 yarim minut ichida qisqacha shu haqda gapirib berishga harakat qildim.

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
πŸ”₯43πŸ‘35πŸ‘5
Kanadaga ishga kelish orqali immigratsiya qilish uchun ajoyib imkoniyat! Buni o'tkazib yubormang. 1 kun qoldi! Lekin ulgurmagan bo’lsangiz ham boshqa saytlarga rezyumeni doimiy ravishda yuborib turish mumkin.

Kanadaning πŸ‡¨πŸ‡¦ Newfoundland va Labrador deb nomlangan provinsiyasida shu yilning 11-fevral sanasida virtual immigratsiya va ish yarmarkasi o'tkaziladi. Mazkur hudud ish beruvchilari chet ellik nomzodlarni tanlab oladi o'ziga kerakli sohalar va ishchilarni.

Tadbirga ro'yxatdan o'tishning asosiy sharti sifatida nomzodlar o'z rezyumelarini onlayn yuklashlari kerak. Ish beruvchilar ushbu rezyumelar orasidan o'ziga qiziq bo'lganlarini saralab olishadi.

Agarda sizning rezyumengiz qiziqish doirasiga tushadigan bo'lsa, ishga taklif olish mumkin va oxir-oqibat bu immigratsiya qilishga ham yo'l ochadi.

Ushbu hudud uchun talab yuqori bo'lgan sohalar va kasblar qaysilar?
Barcha kasb va sohalardagi ishchilar murojaat qilishlari mumkin bo'lsa-da, Newfoundland va Labrador provinsiyasi quyidagi sohalarda malakali mutaxassislarni qidirmoqda:

* Bolalar bog'chasi tarbiyachilari;
* O'qituvchilar (boshlang'ich va o'rta ta'lim maktablari uchun)
;
* Sog'liqni saqlash, ya'ni tibbiyot;
* Qurilish va qo'l mehnati kasblari;
* Mehmonxona, savdo va oziq-ovqat xizmatlari
;
* Transport va logistika;
* Aviatsiya;
* Veterinariya.


Bu to'liq ro'yxat emas, chunki viloyat shuningdek, "boshqa ko'plab sohalarda" malakali mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda.

Tadbirda ishtirok etadigan ish beruvchilar yil davomida sizning yuklangan rezyumengizga kirish huquqiga ega bo'ladilar - ya'ni sizning ko'nikmalaringizga ega odamni qidirayotgan ish beruvchi keyinchalik ham, yil davomida platformaga tashrif buyurib, siz bilan bog'lanishi mumkin.

Rezyume qanday talabga javob berishi kerak?
Bu haqda quyidagi maqolada batafsil yozilgan.
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
Kanada formatida rezyume tayyorlash.

Yarmarkada albatta o'z rezyumengiz bilan ishtirok eting va imkoniyatni o'tkazib yubormang. Omad!

⚠️ Disclaimer: This post is informational and does not constitute immigration advice. Always check the latest conditions on official websites.

Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
πŸ‘‰ www.canadali.net

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
πŸ‘46πŸ”₯12πŸ‘7πŸŽ‰2
Nima uchun Kanada oziq-ovqat sifati bo'yicha qo'shnisi AQSHdan ko'ra inson sog'lig'iga ko'proq e'tibor qaratadi?

@zambarakning_oqi telegram kanali muallifi, Kanadaning Calgary shahrida yashovchi yurtdoshimiz Farhod aka Fayzullayev post qoldiribdi:
Rasmda bir xil mahsulot β€” Foot Loops yormasi. Chap tomondagi quti Kanadada, oΚΌng tomondagisi esa АQShda ishlab chiqarilgan.

АQShda ishlab chiqarilgan mahsulotda sunʼiy ranglardan foydalanilgan. Yaʼni, yormaga kimyoviy moddalar tomonidan rang berilgan. Bu kimyoviy ranglardan foydalanish, masalan, Yevropa mamlakatlarida yoki cheklangan, yoki batamom taʼqiqlangan.

Kanadadagi mahsulotga esa tabiiy moddalar: tarvuz va buta mevasi (golubika) sharbatlari yordamida rang berilgan. Shu sababli mahsulot rangi unchalik yorqin emas.

Qizigʼ-a: biznes ishiga aralashmaydigan АQShda kompaniyalar bemalol kimyoviy moddalardan foydalanaveradilar. Kanada oʼrtacha umr koʼrish davomiyligi boʼyicha dunyoda 20-oʼrinda, АQSh esa 55-oʼrinda ekanligiga yuqoridagi holat ham sababchi boʼlsa kerak.

Rostdanam oziq-ovqat sifatiga qattiq nazorat bilan yondashadi Kanada. Shuning uchun ham bu davlatda AQSH ga qaraganda ortiqcha vaznli insonlar soni ancha kamroq. Buni ko'cha-ko'yda darrov fahmlash mumkin. O'rtacha hayot kechiruvchi kanadalik insoning vazni anchagina kamtarroq janubdagi qo'shnisiga solishtirganda.

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
πŸ”₯35πŸ‘15πŸ€”1
Kanada davlatida yashash uchun to'g'ri shahar tanlash juda muhim. 2026-yilda eng xavfli va xavfsiz Kanada shaharlari qaysilar?

Ha, Kanada dunyoda o'zining xavfsiz va bag'rikeng davlat ekani bilan o'z obro'siga ega. Biroq, bu xavfsizlik hamma shaharlarda ham birday emas.

2026-yil uchun e’lon qilingan ma’lumotga koβ€˜ra, ayrim Kanadadagi shaharlar jinoyat va xavfsizlik indekslari boβ€˜yicha boshqalarga nisbatan yuqoriroq xavf darajasiga ega deb baholangan. Bu borada politsiyaning rasmiy jinoyat statistikasi emas, biroq har bir shaharda yashovchi odamlarning his-tuygβ€˜usi asosida o'tkaziladigan onlayn so'rovnomalardan kelib chiqib maxsus reytinglar yuritiladi. Bu reyting asosan odamlar fikri va Numbeo Crime Index (jinoyat indeksiga) asoslanadi.

πŸ“Œ Eng xavfli top 10 ta Kanada shahri (2026)

1.Surrey
2.Lethbridge
3.Sudbury
4.Kelowna
5.Winnipeg
6.Brantford
7.Sault Ste. Marie
8.Oshawa
9.Hamilton
10.Brampton

Yuqorida ta'kidlanganidek, bu rasmiy statistika emas. Shuning uchun ham bitta shahar ichida juda xavfsiz mahallalar ham bo'ladi, ya'ni xavfliroq shahar degani yashab boβ€˜lmaydi degani ham emas. Shaxsan o'zim ham 6 oy davomida xavfli shaharlar reytingida 1-o'rinda turgan Surrey shahrida yashab ko'rganman. Hech qanday otishmalar yoki gangsterlarga ko'zim tushmagan. Hozir ham bu shaharda juda ko'p O'zbekistonlik yurtdoshlarimiz yashab kelmoqda.

πŸ“Œ Eng xavfsiz top 10 ta Kanada shahri (2026)

1.Quebec City
2.Oakville
3.Burlington
4.Ottawa
5.Montreal
6.Guelph
7.Calgary
8.Kingston
9.Halifax
10.Victoria

Yangi keluvchilar o'zlari uchun har taraflama qulay shahar tanlaganda xavfsizlik omilini ham e'tiborga olsalar maqsadga muvofiq bo'ladi. Shunda ular haqiqiy tinch Kanadani his qila olishadi.

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
πŸ‘42πŸ”₯12πŸ€”2🀩2
Nimalar bo'lyapti? Namuncha ko'p? Kanadani fransuz tilini biluvchilarga ishtahasi ochilib ketdimi? To'xtatib bo'lmay qoldiku! πŸ€©πŸ‡¨πŸ‡¦πŸ₯³

8500 ta nomzodni bittada tanladi-ey. Shu bugun, 6-fevral sanasida. Bu Express Entry tarixida eng ko'p nomzod tanlangan rekord raqamlar ekan. O'tish bali ham kamtargina 400 ball xolos.

Endi shuncha nomzod(agar bularni oilasi ham bo'lsa unda 15-20 mingta inson) Kanadaga doimiy yashovchi bo'lib keladi. Bu lotoreya emas "green card" kabi. Bu mehnat, harakat, uyqusiz tunlar bo'lishi mumkin. Oiladan bir kishi, yo ayoli yo eri fransuz tilini yetarli darajada o'rgangani uchun, endi ushbu oilalarning hayoti keskin o'zgaradi.

Eng ko'p beriladigan savollar:
1)Ingliz tili darajam baland bo'lsa ham meni tanlashadimi? Ha, ingliz tili katta yordam beradi ball olishda! Muhimi French B2 bo'lishi shart.
2)Faqat fransuzlar yashaydigan hududga borib yashash kerakmi? Yo'q, istalgan Kanada shahrida yashay olasiz!
3)Nega fransuz tiliga buncha e'tibor? Bu tilni biluvchilar kamayib ketgani uchun.
4)Qanchada o'rgana olaman bu tilni? O'zingizga bog'liq, bizni tajribamizda rekord natija noldan 5 oy ichida B2. O'rtacha esa 6-12 oy deyiladi qobiliyatga qarab.
5)Faqat shu tilni bilsam bo'ldimi? Yo'q, boshqa talablar ham bor albatta!
6)Katta mablag' ketadimi? Yo'q, o'rtacha 2 oylik Kanada ish haqi atrofida sarflanadi.
7)Bu usulda PR olishga qancha vaqt ketadi? Tilni bilgandan keyin 4-6 oy o'rtacha.
8)Tini o'rganib olgandan keyin hujjat boshlash kerakmi? Yo'q, tilni o'rganishni boshlashingiz bilan ertaroq tayyorlashni boshlash kerak bo'lgan ishlar bor.

Xullas, kecha boshlaganlar bugun natijaga erishib o'tiribdi. Bugun harakat qilayotganlar ertaga natijali bo'lishadi. Ertaga boshlayman deganlar esa bilmaymiz qachon manzilga yetib oladi. Bunaqa imkoniyat oldin hech qachon bo'lmagan edi. Hammani omadini bersin...

Services are provided by a team led by licensed immigration consultant Reynaldo Concepcion (License #R531671). I work with this team as a contractual assistant, while all immigration matters are handled by the licensed consultant.

⚠️ This content is for informational purposes only and does not constitute immigration advice. Always refer to official sources for the latest information.


Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
πŸ‘‰ www.canadali.net

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
πŸ‘41πŸ”₯14πŸ‘7πŸ€”2πŸŽ‰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday qilib Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ pasportini hech bir qiyinchiliksiz, tez va oson olish mumkinligini bilasizmi? Buni o'ziga xos bir usuli bor... πŸ˜‰

πŸ‘†Videoda Kanada va O'zbekiston pasporti yonma-yon...

Esingizda bo'lsa bundan bir necha hafta avval Kanada pasportini pochta orqali qabul qilib olganimiz haqida video joylagan edim. O'sha pasport Kanada davlatida yaqindagina dunyoga kelgan farzandimniki. Bizni ancha vaqtdan beri kuzatib boradiganlar buni darrov fahmlashdi. Ba'zilar esa pasportni men oldim deb o'ylashibdi. πŸ˜‡ Tabriklaganlar ham bo'ldi, negativ yozganlar ham.

Bizga hali biroz vaqt bor Kanada pasportini olishga. Hozircha esa eng kichkina farzandim shu davlatda tug'ilgani uchun avtomatik ravishda Kanada fuqaroligini qo'lga kiritdi. Bizga ham tez orada nasib qilsin deb o'zimiz ham havas qilib o'tiribmiz. Bir o'zimizni pasportga, bir qizimizni pasportiga termulib. Farzandim esa hali o'zi xabari yo'q, qo'lida dunyoning 180 dan ortiq davlatiga vizasiz chiqish huquqini beruvchi hujjati borligiga. πŸ˜† Ha maylida, bizga ham navbat yetib keladi hali, oz qoldi.

Xabaringiz bo'lsa kerak Kanada "doimiy yashovchisi" statusi bilan 3 yil, ya'ni jami 1095 kun yashab bersangiz, sizda ham bu pasportni olish huquqi yuzaga keladi. Bu muddat uzluksiz bo'lishi shart emas. Shunchaki orada boshqa davlatlarga chiqib kelgan kunlaringizni bu muddat ichiga qo'shmay turasiz xolos. Qachonki jismonan Kanada hududida yashalgan 1095 kunni jamlab yig'ib bersangiz bo'ldi. Pasportga hujjat topshiraverasiz va istalgan rivojlangan davlat eshigini "bir tepib" kirib boraverasiz mag'rur.

Axir har qanday davlatda sizga pasportingizga qarab muomala qilishadi. Pasport bu "brend". Sizga boshqacha status beradi. Hurmat qilishni boshlashadi darrov. Sababi oddiy: Kanada nafaqat iqtisodiy taraflama rivojlangan, shuningdek o'zining "tinchliksevar" davlat ekani bilan ham boshqa davlatlar ko'z o'ngida hurmat qozongan mamlakat. Barcha niyat qilganlarga ham nasib qilsin bu pasport. Axir aytishadiku "farzand uchun ota-ona tomonidan qilinadigan eng katta sovg'a - bu qaysidir rivojlangan davlat pasportini hadya qilish" deb...😎

Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
πŸ‘‰ www.canadali.net

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
πŸ‘59πŸ”₯22πŸ‘5πŸ€”2πŸŽ‰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanadaga ish taklifisiz ishchi viza olish usuli bu. Qolaversa oilaviy kelish yo'llaridan biri. πŸ€©πŸ‡¨πŸ‡¦πŸ₯³

To’g’ri, bu usul bilan borib keyin doimiy yashab qolib ketish uchun ancha vaqt ketadi. Lekin shunaqa usulda oilaviy Kanadaga borib olgach, student o’qishni bitirguncha turmush o’rtog’i ishlab tursa doimiy yashovchi statusini olish tezlashib ketishi ham mumkin.

Bu hozirgi kunda kimlar uchun to'g'ri keladi?
1) Ingliz tili darajasi yaxshi bo'lganlar;
2) Immigratsiya uchun fransuz tilini o'rganishni xohlamaydiganlar;
3) O'qish kontrakti uchun yetarli mablag'i borlar;
4) Risk qilishga ruhan tayyorlar.

Services are provided by a team led by licensed immigration consultant Reynaldo Concepcion (License #R531671). I work with this team as a contractual assistant, while all immigration matters are handled by the licensed consultant.

⚠️ This content is for informational purposes only and does not constitute immigration advice. Always refer to official sources for the latest information.


Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
πŸ‘‰ www.canadali.net

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
πŸ‘37πŸ”₯12πŸ‘6πŸ€”6πŸŽ‰2
Kanadaga "otkaz" olish ehtimoli ham mavjudmi, fransuz tili yordamida immigratsiya qilish, ya'ni doimiy yashash statusini olishda?

Qisqa javob: ehtimoli ancha past rad javobini olishni, agar hamma hujjatlar qonuniy topshirilsa.

Nega?
Chunki siz agar bu programma orqali tanlab olinib, hujjat topshirish bosqichiga o'tgan bo'lsangiz, demak Kanada hukumati qo'ygan talablarni bajargansiz va sizni kelishingizni davlatni o'zi xohlayapti. Faqatgina haqiqiy, sifatli va puxta hujjat tayyorlab, to'plab topshirish kerak xolos.

Bu usul bilan Kanadaga harakat qilishning student viza, turist viza yoki ishchi vizadan farqi shundaki, ushbu 3 ta vaqtinchalik viza hujjatlarini 100 foiz ko'ngildagiday qilib topshirgan bo'lsangiz ham, viza ofitseri ko'ngli chopmasa viza bermasligi mumkin. Qandaydir bahona bilan, masalan sizni vatanga qaytib kelishingizga ishonmayapmiz yoki maqsadingiz o'qish, ishlash, sayohat emas, Kanadaga borib qolib ketish bo'lsa kerak, uzr deyishi ham mumkin arizani rad qilib.

Sifatsiz hujjat topshirib, omadim kelib qolar deyish bo'lsa umuman xato. Juda puxta holatda hujjat topshirib bu kabi vaqtincha vizalarga umid qilish mumkin, lekin shunda ham hukumat viza siyosati va ofitser qosh-qovog'i ham ko'p narsani hal qiladi. Demak omad ham bo'lishi kerak bunda.

Ammo, yaxshi xabar shundaki "doimiy yashovchi statusi" uchun hujjat topshirganda qo'pol xato yoki aldov holatlari bo'lmasa ariza rad qilinmaydi. Qandaydir kamchilik aniqlangan hollarda ham ariza darrov rad etilmay, undagi kanchiliklarni bartaraf qilib berish so'raladi. Bunga imkon beriladi. Faqatgina soxta hujjat topshirish, aldov va o'ta jiddiy jinoiy qilmish, og'ir kasallik kabi sabablar "otkaz"ga sabab bo'lishi mumkin immigratsiya qilishda.

Shunday ekan, shuncha harakat qilib fransuz tilini o'rgansam-u, lekin oxirida kichik bir bahona bilan rad qilib yuborishsachi deb xavotir olmaslik zarur. Yana takrorlaryman: chunki siz student, turist yoki ishchi viza uchun emas, immigratsiya maqsadida "doimiy yashash" huquqi uchun harakat qilgan bo'lasiz.

Services are provided by a team led by licensed immigration consultant Reynaldo Concepcion (License #R531671). I work with this team as a contractual assistant, while all immigration matters are handled by the licensed consultant.

⚠️ This content is for informational purposes only and does not constitute immigration advice. Always refer to official sources for the latest information.


Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
πŸ‘‰ www.canadali.net

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
πŸ‘24πŸ”₯11πŸ‘2πŸ€”2
Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ immigratsiya vaziri bugun rasmiy bayonot berdi. 2026-yilda Express Entry dasturida Kanada domiy yashovchisi statusini berishda yangi kategoriyalar kiritilmoqda.

Asosiy yangiliklar quyidagilar:

*Kanada ish tajribasiga ega bo'lgan ilmiy tadqiqotchilar va top menejerlar uchun maxsus tanlov;
*Transport sohasi mutaxassislari, masalan pilot, samolyot mexaniklari va inspektorlari, parvoz injenerlari, uchuvchilar instruktorlari, avtomobil texniklari, yuk mashina va avtobus mexaniklari, uchun maxsus tanlov;
*Harbiy vrachlar, harbiy xamshiralar va harbiy uchuvchilar uchun maxsus tanlovlar o'tkaziladi.

Bundan tashqari yana bir marta rasman ta'kidlandiki, quyidagi 3 ta toifa nomzodlar uchun 2026-yil davomida maxsus tanlovlar asosiy o'rinni egallashda davom etadi:

1. Tibbiyot xodimlari, masalan stomatolog, xamshira, farmatsevt, psixologlar va xokazo.
2. Hunar egalari, masalan duradgor, santexnik, mashinist va xokazo.
3. Fransuz tilini biladigan har qanday malakali kasb egalari.

Mana bu ro'yxatda to'liq kasblar berilgan, kirib o'z kasbingizni qidirib ko'ring.
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
Express Entry: Category-based selection

Yuqoridagi kasbg egalari tanlovda yetarli ball to'plashi uchun ingliz tilini kamida IELTS 6.5-7.0 darajada bilsa va boshqa xususiyatlari (yoshi, ta'lim darajasi, ish tajribasi) bilan yetarli ball to'plasalar tanlovda ilinib qolishlari mumkin. Fransuz tili yo'nalishida esa fransuz tilini kamida B2 darajada bilishlari talab etiladi.

Agarda siz yuqoridagi talablarga mos kelsangiz Kanadaga immigratsiya qilish imkoni yuzaga kelishi mumkin sizda.

Services are provided by a team led by licensed immigration consultant Reynaldo Concepcion (License #R531671). I work with this team as a contractual assistant, while all immigration matters are handled by the licensed consultant.

⚠️ This content is for informational purposes only and does not constitute immigration advice. Always refer to official sources for the latest information.


Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
πŸ‘‰ www.canadali.net

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
πŸ‘44πŸ”₯6πŸ‘3πŸ€”2πŸ‘€1
Ko'chib borib yashash uchun qaysi Kanada viloyati ideal? πŸ‡¨πŸ‡¦

Kanadaga yashash uchun borganda o'zingizga har taraflama mos bo'lgan hudud tanlash bu davlatdan to’laqonli zavqlanishingizda katta rol o'ynaydi. Siz bormoqchi bo’lgan provinsiya qancha ko'p aholiga ega bo'lsa, ish imkoniyatlari shuncha yaxshi bo'ladi. Yoki umumiy qoidaga ko'ra daromad qancha yuqori bo'lsa xarajat ham shunga yarasha baland bo'ladi.

Quyida Kanada provinsiyalari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

1. Ontario: Kanadaning eng katta iqtisod va aholiga ega viloyati. Moliya markazi, koβ€˜p millatli va faol shahar hayoti. Bu yerda ish imkoniyatlari nisbatan ko'proq agar mutaxassis bo’lsangiz albatta. Agar siz tirbandlik bilan gavjum shahar hayotini yoqtirsangiz, unda bu joy siz uchun. Ontariodagi ob-havo boshqa viloyatlarga qaraganda mo’tadil va siz bu yerdan AQShga mashinada ham borishingiz mumkin. Bir narsa aniq, agar siz Ontario viloyatida yashasangiz, Kanadadan zavqlanasiz, lekin yashash narxi sizni biroz o'ylantirib qo'yishi mumkin. Chunki uy-joy narxi arzon emas. Eng yaxshi shaharlari: Toronto, Ottawa, Kingston, Hamilton.

2. British Columbia: Qishda eng yaxshi ob-havoga ega bo'lgan viloyatlardan biri. IT va xalqaro savdo rivojlangan. Tabiati go'zal viloyat. Tog’lar va okean uyg’unligi. Ko'p ish imkoniyatlariga ega. Ajoyib sayyohlik jozibasi. Kanadadagi boshqa har qanday viloyatga qaraganda Britaniya Kolumbiyasida ko'proq odamlar Tesla haydashadi. Lekin bu yerdagi uylarning narxi sizni hayratga solishi mumkin. Eng yaxshi shaharlari: Vankuver, Viktoriya, Burnaby, Kelowna.

3. Alberta: Neftga boy viloyat. Albatta, British Columbia va Ontario kabi qimmat emas, lekin u yerda ish imkoniyatlari va shahar hayoti gavjum. Agar siz Albertaga ko'chib o'tsangiz, u yerdan hech qachon ketishni xohlamasligingiz mumkin. Viloyat o'zi uchun sayyohlik jozibasi va uy-joy narxi arzonligi bilan ajralib turadi. Chunki soliq pastroq (provincial sales tax yoβ€˜q). Eng yaxshi shaharlari: Kalgari, Edmonton.

4. Quebec: Agar siz fransuz tilida gapiradigan bo'lsangiz, Kanadaning siz ko'chib o'tishingiz kerak bo'lgan eng ideal viloyati. Bu yerda ishlash uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud. Kvebek go'zal. Estetik jihatdan Yevropaga o'xshaydi. Montreal shahri Torontoning tinchroq versiyasiga o'xshaydi. Bu shahar sizni hayratda qoldiradi. Uy-joy nisbatan arzonroq. Eng yaxshi shaharlari: Montreal, Quebec city.

5. Saskatchewan: Saskatoon va Regina shaharlaridan tashqari boshqa shaharlari juda sokin. Agar siz qishloq xo'jaligi va sog'liqni saqlash sohasida bo'lsangiz, juda ko'p ish bor. Qishi go'zal. Aholi zich emas. Agar tinch hayotni xohlasangiz va arzonroq yashashni istasangiz shu viloyatga keling. Eng yaxshi shaharlari: Saskatoon va Regina.

6. Nova Scotia: Siz endi Kanadaning Atlantika tomonidasiz. Suv bo'yida yashashdan zavqlansangiz unda bu siz uchun. Okean yonida joylashgan. Nova Scotia - bu o'zgacha muhitga ega va dengiz sohasida ish imkoniyatlariga boy viloyat. Hayot sokin, uy-joy oβ€˜rtacha narxda. Eng yaxshi shahri: Halifax.

7. New Brunswick: Ingliz va fransuz tillari rasmiy til. Aholi kamroq, yashash nisbatan arzon. Uy-joy narxi arzonroq. Atlantika okeani sohillari, milliy bogβ€˜lar va oβ€˜rmonlar koβ€˜p. Tinch, shovqinsiz muhit - oila uchun qulay. Eng yaxshi shaharlari: Moncton, Fredericton, Saint John.

8. Manitoba: Qishda juda sovuq viloyat. Shunga qaramay, o'ziga xos hayot tarzi bilan gavjum. Sog'liqni saqlash sohasida, qishloq xo'jaligida, davlat ishlarida va hokazolarda ko'proq ish bor. Agar siz qishki kurtkalar kiyishni yaxshi ko'rsangiz, bu sizning manzilingiz bo'lgan viloyat. Uy-joy narxi arzonroq. Eng yaxshi shahri: Vinnipeg.

Sizga qaysi viloyat ko'proq yoqdi ro'yxatdagilar orasidan?

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
πŸ”₯52πŸ‘24🀩2πŸ€”1
Kanada vizalari uchun berilgan arizalarning ko'rib chiqilishi va hal etilishi hozirgi kunda qancha muddatni tashkil qiladi?

Eng ko'p so'raladigan savol: qancha muddatda Kanadaga ketsa bo'ladi deb so'rashadi.

Ma'lumki Kanada immigratsiya bosh tashkiloti - IRCC ofitserlari tomonidan topshirilgan hujjatlar har bir keys bo'yicha individual ko'rib chiqiladi. Lekin arizalarning ko'rib chiqilishi o'rtacha muddatlari statistikasi doimiy yuritib boriladi hukumat tomonidan. Quyidagi muddatlar eng so'nggi rasmiy muddatlar bo'lib, odatda 80 foiz arizalar ayna shu muddat ichida va undan tezroq ko'rib chiqiladi qoidaga muvofiq.

Ba'zi keyslar hech qanday aniqlashtirishlarga xojat qoldirilmagan holatda topshirilgan va nomzodning hujjatlari va vaziyati muammolarsiz kechgan bo'lsa odatda bu muddatlardan tezroq uning arizasi hal qilib beriladi. Biroq, ba'zi keyslarda murakkab jihatlar bo'lsa o'rtacha ishni ko'rib chiqish 20 foiz holatda muddatdan cho'zilishi kuzatiladi.

Demak hozirgi kundagi muddatlar:
Fuqarolik uchun berilgan arizani ko'rib chiqish muddati - 14 oy
Yangi pasport olish (Kanada hududida tug'ilgan bola uchun) - 10 kun

Kanada hududida bo'lmagan turmush o’rtog'iga Kanada doimiy yashovchisi bo'lganlarning sponsorlik qilishi orqali doimiy yashovchi statusini olish muddati - 15 oy
Super viza (ya'ni Kanada doimiy yashovchisi bo'lganlarning ota-onasiga 10 yillik viza) - 4 oy
Ota-onaga sponsorlik qilish orqali ularga doimiy yashovchi statusini olish muddati - 35 oy

Express Entry (masalan fransuz tili orqali) PR - 7 oy
Kanada ish tajribasi orqali (Canadian Experience Class) PR - 7 oy
PNP (provinsiyalardan ish taklifi olish orqali) PR - 13 oy
Yangi PR card(permanent resident kartasi)ni yuborilishi muddati - 2 oy

Turist viza (O'zbekiston hududidan topshirganda) - 1 oy
Student viza (O'zbekiston hududidan topshirganda) - 1,5 oy


Mazkur muddatlar tez-tez o'zgarib turadi. Har oy boshida ushbu muddatlarning taxminiy hisob-kitoblari e'lon qilib boriladi. Ba'zan muddatlar qisqarib, ba'zan uzayib turadi. Masalan Express Entry dasturida fransuz tili orqali PR olish uchun topshirilgan arizalar o'tgan yili 4-6 oy orasida ko'rib chiqilagn bo'lsa hozirda 7 oy, yoki student vizalar avvalari 3-4 oyda ko'rib chiqilgan bo'lsa, hozirda 1,5 oy va xokazo.

Mana bu rasmiy sayt orqali ayni paytdagi muddatlarni tekshirib borish mumkin:
πŸ‘‰ IRCC processing times

⚠️ This content is for informational purposes only and does not constitute immigration advice. Always refer to official sources for the latest information.

Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
πŸ‘‰ www.canadali.net

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
πŸ‘31πŸ”₯14πŸ€”1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‡¨πŸ‡¦Kanadaga magistratura uchun student viza olgan navbatdagi yurtdoshimizni tabriklaymiz! πŸ₯³

Janubiy Koreyadan hujjat topshirdi jamoamiz yordami bilan.


Xizmatlar Litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligida ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent bo’lib ishlayman.

Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
πŸ‘‰ www.canadali.net

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
πŸ‘‰ https://t.me/CanadAli
πŸ‘34πŸ‘19πŸ”₯7πŸ€”2