CanadAli πŸ‡¨πŸ‡¦πŸ€πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
9.06K subscribers
327 photos
290 videos
1 file
424 links
Kanada davlatiga o'qish, ishlash va yashash istagida bormoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun...
Menga shaxsan bog'lanish uchun: @Mr_Ali_Canada
Xizmatlar: www.canadali.net
Instagram: https://instagram.com/kanadalik_uzbek
Download Telegram
Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ bo'ylab qish kirib kelgan. Qishki manzaralar bilan tanishtiraman.

4 ta fasl borligi, yoz juda isib-qaynab ketmasligi, lekin plyajga boradigan darajada iliq bo'lishi, qishda yetarli miqdorda oppoq qor yog'ishi va bolalikdagi kabi qorbo'ron o'ynash, chana uchish kabi zavqli mashg'ulotlar qila olishing, bahorda yashillik tezda tugab qolmasligi, chunki daraxtlar, suv va namlik yetarli darajada ekanligi, kuz ham xazonlari bilan o'zgacha manzara kasb etishi tufayli ham aynan Kanadani tanlagan bo'lsam kerak yashash uchun.

Mazkur videolarda Kanadaning turli shaharlarida davom etayotgan sokin qishning bir parchasini ko'rishingiz mumkin. Kanada sovuq deydiganlarga yana takrorlayman, siz o'ylagan darajada sovuq emas. Mana men eng shimoliy hudud Yukonda yashayotganimga bir yarim yildan oshdi. Hozircha eng sovuq gradus minus 31 bo'ldi, lekin sezilgani yo'q xatto. Chunki sovuqqa qarshi barcha choralar ko'rib qo'yiladi oldindan. Qolaversa Kanadani okeanga yaqin hududlarida qish deyarli uncha bo'lmaydi. Vankuver, Viktoriya (British Columbia provinsiyasi), Halifax(Nova Scotia provinsiyasi) kabi joylarda havo harorati kamdan kam hollarda noldan pastga tushadi xatto. Kelgusi videolarda ham tez-tez shunga o'xshash Kanada hayoti manzaralarini sizlar bilan baham ko'rishga harakat qilaman.

Aslida Instagram tarmog'i orqali har kuni shunday videolarni storis ko'rinishida joylab boraman. Mana bu yerda kuzatib borishingiz mumkin:
πŸ‘‰https://instagram.com/kanadalik_uzbek

Kanada
πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun telegram kanalga ulanib oling, boshqalarga yuborsangiz, ularga ham qiziq bo'ladi: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
πŸ‘60😍12πŸ”₯8🀩1
Viza olishga kafolat bormi? "Otkaz" chiqmaydimi? πŸ‡¨πŸ‡¦

Yaqindan bir mijoz nolib qoldi. "Otkaz" olgan edi. Go'yoki biz faqat shablonlarni tashlab bergan ekanmiz va buni o'zi ham bilar ekan qanday qilishni. Ba'zi isonlar shunaqa o'zi, biroz noshukr bo'ladi. Hamma narsani tayyor qilib bersang ham baribir ko'ngli to'lmaydi agar natijaga yetishmasa. Agar natija chiqsa "biz dunyodagi eng yaxshi odammiz", agar chiqmay qolsa "dunyodagi eng razil muttaxam". Axir biz ham super qahramon emasmiz, viza ofitseri hal qiladi yakuniy qarorni. Biz faqat sababini qilishga ko'maklashamiz, shuning uchun ham bu konsalting xizmati deyiladi. Yuz foiz natijaga kafolatni faqat qallob firibgarlar bera oladi oldindan.

Ba'zilar o'ylaydiki, mana men shartnoma qildim, to'lov qildim, hammasini qilib berishi shart deb. Endi tasavvur qiling, bizga bog'liq bo'lmagan hujjatlarni biz havodan yasay olmaymizku. "Uni bering buni bering der ekanmizda, shunchaki akkaunt ochib, hammasini olib yuklab qo'yar ekanmiz xolos." Shuncha hujjatni qanday tayyorlashni, qanday qilib to'g'ri strategiya tuzishni, viza ofitseriga ma'qul keladigan hujjatlarni aslida qanday shakllantirish kerakligini noldan tizimlashtirib bersakda, baribiz biz yomon agar natija chiqmay qolsa.

E'tibor bering bir narsaga. Agarda hammani hujjati shablon bo'lsa, inkubatordan chiqqanday bir xil qilinaversa, ijod qilinmasa, ofisterlar ham ahmoq emas. Ko'rib bilib turadi, chunki kuniga yuzlab hujjat ko'radi ular ham. Agarda hujjatlar o'ziga xos bo'lmasa, boshqalarga o'xshab bir xil bo'laversa, darrov sezishadi. Qaysidir firmadan kelyapti bu hujjat "optom" bo'lib deb.

Shuning uchun ham hujjatlar ro'yxatini mijozni o'ziga tanishtiramiz va chizib beramiz yo'l xaritasini. Nimadir hujjatni yozib bersak, o’qib ko’ring deymiz. Xato va kamchilik bo’lsa birgalashib bartaraf etaylik yoki taklif bo'lsa qo'shaylik deb.

Mukammal inson bo’lmaydi albatta. Robot kabi nuqsonsiz ishlashni talab qilish xato aslida. Qayerdadir nimadir kamchilik yoki xatolik bo'lsa buni ko’rsatib berib, o’zaro fikrlashib yechimini topsa bo’ladi.

Doimo bosh qotirib yuramiz. Qanday qilsak "otkaz" emas natija bo'ladi deb. Maqsad vizaga juda qattiq tirishib harakat qilayotganlarga qanday qilib bo'lmasin foydamiz tegishi. Natija qilish. Shuning uchun ham biz bilan ishlayotgan barchani to'g'ri yo'naltirib turamiz, shoshma sharlik qilib vizaga chala-chulpa hujjat topshirib yubormaslik uchun. Bekorga shunchaki "otkaz" olib qolmaslik uchun. Agar niyatimiz tezroq bir mijozdan qutulib, boshqa yangi mijozga e'tibor qaratishga vijdon yo'l qo'ymaydi.

Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy huquqiy yordam zarur bo’lsa, bizga www.canadali.net sayti yoki telegram orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: πŸ‘‰ @Mr_Ali_Canada

Telegram kanalga ulanish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
πŸ‘83πŸ”₯6🀣4πŸ€”3🀩2
KANADA πŸ‡¨πŸ‡¦ davlatida o'qiyotgan O'zbekistonlik studentlar nima ishlar qilishmoqda?

Student viza bilan Kanadaga kelgan yurtdoshlarimiz o'z xarajatlarini qoplab, qolaversa o'qish va ishni bir vaqtda eplay olishadimi deb ko'p so'rashadi? Bugun shu savolga javobni mazkur davlatda o'qiyotgan O'zbekistonlik studentlarning o'zidan eshitamiz. Ba'zi bir yurtdoshlarimizdan intervyu oldik. Albatta videodagi vaziyat va holatlar hammada ham bir xil emas, har kimning o'z hayot tashvishlari bor. Lekin o'ylaymanki, o'z kuchiga ishonadiganlar uchun foydali bo'ladi.

Videoda quyidagi mavzular haqida gapirishgan?

Student viza bilan borganlar O'zbekistonga qaytib ketyaptimi?
Kim nima ish qilib tirikchilik qilmoqda?
O'qish bilan ishni bir vaqtda eplasa bo'ladimi?
O'qishni bitirgandan keyingi rejalaringiz qanday?
Kanadaning plyuslari va minuslari nimalar?
Qaytib ketayotganlarga nima deysizlar?


Kelajak uchun yuqori maqsad qo'yganlarga omad tilaymiz. Bu kabi insonlar sekin astalik bilan bo'lsada albatta o'z rejalariga erishadilar. Bu shunchaki ba'zi misollar xolos. O'zini eplab yurgan ko'pchilik yurtdoshlarimiz omma oldida chiqishga uyaldi va video loyihada qatnashmaslikni iltimos qilishdi. Mazkur videoni quyida YouTubeda ko'rishingiz mumkin. Video ostida savollaringizni kommentariya shaklida qoldiring.

Telegram kanalga ulanish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli

YouTube videoπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://www.youtube.com/watch?v=poa2Pi8chxs
πŸ‘49πŸ”₯8πŸ€”1🀩1🀣1
Qaysi kasblarda yuqori maosh to'lanmoqda Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ davlatida.

Hozirgi kunda Kanada davlatida yuqori maosh to'lanadigan kasblar ro'yxati va ularda soatiga o'rtacha necha dollar ish haqi berilishini ko'rsatib beruvchi ro'yxat. Bu ro'yxatda maksimal ish haqi ham minimal ish haqi ham ko'rsatilmagan, shunchaki o'rtacha summa statistikasi aks etgan. Qolaversa boshqa sohalarga qaraganda ish o'rinlari ko'proq bo'lgan kasblar bu ro'yxatdan joy olgan. Ro'yxat ingliz tilida va agarda siz bu sohalarni tarjimasini tushunmasangiz, demak ingliz tilini kuchaytirishni boshlash kerak, agar haqiqatda rivojlangan chet davlatga chiqish rejangiz bo'lsa.

Software engineers and designers - $51
Data scientists - $49
Software developers and programmers - $47
Civil engineers - $45
Business systems specialists - $45
Information systems specialists - $45
Mechanical engineers - $44
Physiotherapists - $41
Professional occupations in business management consulting - $40
Financial and investment analysts - $39
Registered nurses and registered psychiatric nurses - $37
Plumbers - $37
Technical sales specialists – wholesale trade - $37
Human resources professionals - $35
Financial auditors and accountants - $35

Agarda allaqachon qaysidir kasb egasi bo'lsangiz o'z kasbingiz yoki shunga yaqin kasbni ro'yxatdan topa oldingiz deb umid qilaman, agar hali kelajak uchun qaysidir sohani tanlash bosqichida bo'lsangiz mana sizga tayyor "shpargalka". Ro'yxatdagi soha egasi bo'lish uchun shu yo'nalishlarda ta'lim olishga harakat qiling. Va aslida har qanday sohaning ustasi bo'lsangiz o'sha sohada yaxshi daromad qilish mumkin albatta. Yoki qaysidir sohada yuqori maosh olishga erishib olsangiz, endi uni biznesga aylantirish imkoniyatini ham qidirsa bo'ladi. Chunki bunga yetarlicha tajriba va boshlang'ich investitsiya to'plab olsa bo'ladi qanchadir muddatda.

Kanada vizasiga hujjat topshirish uchun amaliy-huquqiy yordam: πŸ‘‰ www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: πŸ‘‰
https://t.me/CanadAli
πŸ‘55πŸ”₯9🀩3πŸ€”1🀣1
Chet elda (masalan Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦) ta'lim olish uchun universitet qanday tanlanadi?

Batafsil maqolani quyida o'qingπŸ‘‡
https://telegra.ph/Chet-elga-masalan-Kanada-talim-olish-uchun-oqish-qanday-tanlanadi-12-27

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: πŸ‘‰ @Mr_Ali_Canada

Telegram kanalga ulanish uchun: πŸ‘‰
https://t.me/CanadAli
πŸ‘41πŸ”₯7πŸ€”1🀩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkinlikni ham chegarasi bo'lishi kerak. Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ davlat rahbariga bemalol istalgan gapni gapirish mumkinmi?

BatafsilπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
πŸ‘31🀣18πŸ‘€7
πŸ‘†πŸ‘†πŸ‘†
Yuqoridagi video oddiy bir fuqaro Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga nisbatan kuni kecha hurmatsizlik qilganini ko'rish mumkin. Nima bo'lgan taqdirda ham fikrimcha bunday hurmatsizlik qilingani yaxshi ish bo'lmabdi. To'g'ri, Kanada erkin davlat, fikr erkinligi bor, lekin hech bo'lmasa shunchaki inson sifatida kulib turgan odamga nisbatan bunaqa shafqatsizlik qilishni oqlab bo'lmaydi. Buni ko'rgan yosh avlod ham shunaqa tiyiqsizlik mumkin ekan degan fikrga bormaydimi? Afsus...

Mana bunday dialog ketgan videoda(tilni yaxshi tushunmagan bo'lsangiz):

- "Janob Bosh vazir"
- "Ha"
- "Iltimos, BC dan (British Columbia provinsiyasi qisqartmasi) yo'qolib ket jin ursin"
- "Haha, kuningiz xayrli o'tsin xonim"
- "Jonimizga tegding"


Hozirgi kunda bosh vazir siyosatidan ko'plab fuqarolar norozi, deyarli 70 foiz Kanadalik uni qo'llab quvvatlamasligini bildirmoqda so'rovnomalarda. Lekin bu videoga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda 90 foiz Kanadaliklar qarshilik bildirib, negativ qabul qilishdi. Sababi Kanadaliklar qo'shni davlat Amerikaliklarga nisbatan o'zining xushmuomala va yumshoq xarakterligi bilan ajralib turadi. Yaqqol misol bosh vazir ham bu muomalaga kulib javob qaytarmoqda xattoki salbiy gaplar bo'lsa ham. Bu birinchisi emas, oldin ham 1-2 marta omma oldida bosh vazirga "yo'qol, ket, qo'lingdan hech qanday ish kelmayapti" qabilidagi xitoblar yangragan oddiy fuqarolar tomonidan, lekin davlat rahbari buni shunchaki kulib qarshi olgan edi.

Bosh vazir hozir ta'tilda. Chang'i uchib yuribdi tog'da. Qizig'i uni qattiq qo'riqlaydigan qo'riqchilar ham yo'q o'zi. Har qanday fuqaro borib gaplasha oladi oddiy inson sifatida.

To'g'ri, mukammal inson yo'q, xato hammada ham bo'ladi. 9 yildan beri hukumat tepasida bo'lib turgan Jastin Tryudoni ketish vaqti allaqachon keldi, lekin navbatdagi saylovgacha muddatidan oldin ketmoqchi emas shuncha qarshiliklar bo'lishiga qaramay. Hokimiyat "shirin" bo'ladi deyishgani shu bo'lsa kerakda. Hozirgi yuz berayotgan barcha ichki muammolarga aynan shu insonni aybdor qilib ko'rsatish avj oldi. Aslida shu inson davrida ko'plab immigrantlar Kanadaga viza olib kirib olishdi. Shu jumladan biz ham. Balki 2025-yil yanvar oyida muddatidan oldin ketar o'z xohishi bilan yoki ishonchsizlik votumi yordamida. Aks holda saylovni 2025-yil kuzgacha kutishga to'g'ri keladi.

Aytgancha bu va bunga o'xshash fuqarolarning erkin muomalasiga javobgarlik mavjud emas. Fikr va so'z erkinligi tufayli. Bu muomala haqorat qilishga kirmaydi. Endi tasavvur qiling shunaqa holat boshqa qattiqroq rejimdagi davlatlarda yuz bersa bormi? Oqibatini tasavvur qilish qiyin. Shunga aloqador bir voqea esimga tushib ketdi. Bir kuni Turkiya prezidenti Erdo'g'andan bir Amerikalik jurnalist savol so'raydi: "Bizda, Amerikada davlat rahbarini bemalol tanqid qilish mumkin, masalan ko'chaga chiqvolib "Tramp ahmoq" deb baqirib yursangiz ham hech kim javobgarlikka tortmaydi, sizlarda ham shunaqa so'z erkinligi bormi?" Shunda Turkiya prezidenti javob beradi: "Ha bizda ham bor so'z erkinligi, istalgan kishi ko'chaga chiqvolib Tramp ahmoq deb baqirib yursa hech kim hech nima demaydi...😁"

Xulosa: demak bu darajada erkinlik ham ba'zan negativ tarafga ham ishlab ketishi mumkin ekan. Muhimi inson ekanligimizni unutmasak bo'ldi...

Telegram kanalga ulanish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
πŸ‘66πŸ”₯6🀣6πŸ€”2
Bolalar rivojlanishi uchun kichik e'tibor yoxud nega Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ 500 dollarni shunchaki berdi?

Xabaringiz bor, Kanada davlatida tug'ilish darajasi yuqori emas. Shuning uchun ham farzandingiz bo'lsa davlat ularga har taraflama g'amxo'rlik qilishni o'z burchi deb biladi. Aynan yosh avlod uchun turli darajadagi imtiyozlardan biri haqida aytib bermoqchiman, lekin ular son-sanoqsiz aslida. Xattoki xabarimiz ham yo'q ba'zilaridan. Sekin sekin bilib boryapmiz va foydalanishga harakat qilyapmiz.

Yaqindagina Yukon viloyatida mavjud bo'lgan va mahalliy hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan kichik bir dasturga ariza berib ko'rdim. "Kids Recreation Fund" deb nomlanadigan bu loyiha 18 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun. Mazkur loyiha maqsadi bolaning sport bilan shug'ullanishi uchun har bir farzandga har yili bir martalik 500 dollar mablag' ajratish ekan. Mazkur mablag'ni faqatgina sport jihozlari yoki qandaydir sport to'garagi uchun a'zolik badaliga sarflash mumkin. Chunki kvitansiya talab qilishadi, mablag' to'g'ri maqsadda sarflanganini nazorat qilish uchun.

Ariza berganim ertasi kuni natijasi tasdiqlandi va mablag' o'tkazib berishdi. Hech qanday ortiqcha qog'ozbozliksiz va byurokratiya to'siqlarisiz. Bundan tashqari yana bir dasturga ariza topshirib qo'ydik, unisi har oylik to'lov usulida to'lab beriladi. Bu haqda kelgusi postlarda yana batafsil yozaman. Xullas, farzandi bor oilalar uchun farzand bilan bog'liq xarajatlarning katta qismi davlat tomonidan qoplab berilishi ham dunyo bo'ylab ko'plab insonlarning aynan shu davlatga intilishi uchun sabablardan biri bo'lsa kerak.

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
πŸ‘85πŸ”₯14🀩9πŸ€”2
Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ nega bizga bepul stomatologiya xizmatini ko'rsatdi yoxud nega tish shifokorlari xizmati bunchalik qimmat?

Bu Kanada tibbiyoti rosa "vahimachi" bo'lar ekanda o'ziyam. πŸ˜€Ayniqsa stomatologlar. Kuni kecha 2,5 yoshli o'g'limni tishlariga ozgina kariyes tushgani uchun vaqtida oldini olish kerak va sut tishlarini asrash kerak deb ba'zi bir tishlariga "plomba" qilish amaliyotini o'tkazishdi. Yukon viloyatida bolalar uchun "Dental program" mavjud. Unga ko'ra barcha bolalarni stomatologiya bilan bog'liq xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Dastlab xususiy klinikaga yuborishdi ko'rik uchun. Bir dollar ham to'lamadik tekshiruv uchun. Aslida juda qimmat turadi bunday xizmatlar. Undan so'ng plombalash amaliyotini belgilab berishdi. O'sha kungi ahvolni ko'rsangiz, Kanadada tibbiyot xodimlari yetishmaydi degan gaplar rostmi o'zi deb o'ylab qolasiz. Bitta yosh bolakay uchun 6 ta xamshira. Biri qon bosimini o'lchasa, biri vaznini, yana biri yurak urishini o'lchaydi. Odam xijolat ham bo'lib ketadi bularni yelib yugurgani va muomalasiga. Ishini yaxshi ko'rsa kerakda oyligi yuqori va stressdan yiroq bo'lgani uchun. Aytgancha Yukonda xamshiralar soatiga o'rtacha 50 dollar ish haqi oladi va yana turli tuman bonuslar va imtiyozlarga ega. Qizig'i barcha xamshira va yordamchi shifokorlar Kanadalik oq tanli aholi, lekin bosh stomatolog yo Pokistonlik yoki hind edi ko'rinishi va ingliz tilidagi aksentidan.

Bola xarxasha qilmasin deb muzlatkichni ham to'ldirib qo'yishar ekan, olma sharbati, sut, yogurt va hokazolar bilan. Xonadagi barcha tibbiy jihozlar toza va ozoda. Bosh xamshira yoki shifokor erinmasdan har bir masalani uzoq tushuntiradi. Shoshilmaydi, bolani kasallik tarixi bazada turibdi tayyor. Nimaga allergiyasi bor, qanaqa vitaminlarni qabul qiladi va boshqa barcha ma'lumotlar kiritib qo'yilgan. 3 soat davomida barcha muolaja qilinib iliq xayrlashishdi. Mana shu jami jarayon 2100 Kanada dollari atrofida baholandi va bizga hech qanday hisob-kitob uchun kvitansiya berilmadi, chunki yuqorida aytganimday hamma xarajatni davlat budjetidan to'lab berishadi. Ha, Kanada stomatologiyasi qimmat. Shuning uchun ham bu kabi xizmatlarni odatda ish beruvchi sug'urtasi yoki shunaqa davlat dasturlari qoplab beradi.

Nima uchun Kanada stomatologiyasi qimmat? Birinchidan stomatolog bo'lish ancha vaqt oladi va o'qish qimmat. Avvalo bakalavr darajasi va yana 4 yillik Doctor of Dental Surgery programmasini bitirish kerak. Klinikalarda eng so'nggi modeldagi apparatlardan foydalaniladi va tabiiyki ular juda qimmat turadi. Mutaxassislar soni ko'p emasligi ham ular qadrini oshiradi. Kanada xalqi tishlarini kasallanmasligi uchun yaxshi parvarish qiladi va natijada stomatologlar uchun ish hajmi yuqori bo'lmaydi.

Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
πŸ”₯48πŸ‘43🀩4😍4πŸ‘€2🀣1
Kanadaga πŸ‡¨πŸ‡¦ ishchi viza bilan borsa bo'ladimi rasmiy ish topmasa ham?
Turmush o'rtog'imni student vizaga topshirmoqchi bo'lsam, lekin unda faqat o'rta maxsus ma'lumoti bo'lsachi? Ya'ni, magistraturaga kirish imkoni mavjud bo'lmasa ham imkon bormi?


Ko'pchilik so'raydi, qanday qilib ishga borsak bo'ladi Kanadaga deb. Lekin oldindan aytish kerakki, ayni hozirgi kunda bu davlatga ishga ketish anchagina qiyin, ammo juda qiyin bo'lsada ba'zi yo'llar mavjud albatta ish topmasdan turib ham.

Kanada avvaldan kelajakda o'ziga mos kadrni tayyorlab olish uchun ularni o'qitish usulidan foydalanadi. O'qishga kelgan studentlar kontrakt to'laydi va iqtisodga hissa qo'shadi, ularning turmush o'rtoqlari esa ishlab soliq to'laydi va budjetga foyda keltiradi, oila mahalliy sharoitga moslashadi va yaqin kelajakda o'qishni tugatib ishlab qolishadi, oxir oqibat "doimiy yashovchi" statusini qo'lga kiritishadi. Bu azaldan ishlab kelayotgan sxema. To'g'ri, oxirgi paytda, ayniqsa oxirgi 2 yil ichida bunday usuldan foydalanganlar soni nixoyatda ko'payib ketdi. Shu jumladan yurtdoshlarimizning ko'pchiligi ham shu usuldan foydalanib mamlakatga kirib olishdi va boshida tavakkal qilib to'g'ri ham qilishdi.

Endi esa hamma raqamlarda qisqartirish ketyapti, ammo har kimni nasibasi o'zi bilan. Ko'p "otkaz" chiqishni boshlasa, kam nomzod topshirishni boshlaydi, qarabsizki kimdir yana yutadi bundan. Vizalar sonida pasayish va ko'tarilish doimo bo'lib turadi. Bir narsani unutmaslik lozim, 2025-yil uchun 300 mingdan ortiq student viza kvotalari ajratilgan Kanada hukumati tomonidan. Nima deb o'ylaysiz, bu yil nechta O'zbekistonlikka student viza nasib qilar ekan? O'tgan yili mingdan ortiq edi, bu yil kamaysa kerak baribir, lekin katta raqamlar haliyam.

Masalan oldindan ma'lum bo'lgan usullardan biri bu turmush o'rtog'i student vizaga topshiradigan holatda o'ziga ishchi viza so'rash huquqi. Odatda asosan magistratura yoki doktoranturaga o'qishga kirganlar uchun bu usul qo'l kelsada, lekin ba'zi yo'nalishlar borki, turmush o'rtog'i bakalavrga o'qishga kirsa ham ishchi viza so'rash huquqi mavjud. Bu yo'nalishlar quyidagilar:

Bachelor of Nursing
Bachelor of Education
Bachelor of Engineering

Doctor of Dental Surgery
Bachelor of Law or Juris Doctor
Doctor of Medicine
Doctor of Optometry
Doctor of Veterinary Medicine

Pharmacy

Nega aynan bu yo'nalishlarga magistr bo'lmasa ham imkoniyat berilgan? Chunki mazkur yo'nalishdagi mutaxassislar hozirda Kanada mehnat bozori uchun haqiqatda kerakli bo'lgan kadrlar va ularga ehtiyoj katta. Shu yo'nalishlardan birida bakalavr o'qimoqchi bo'lgan nomzodlarning turmush o'rtoqlariga ishchi viza berilishi ham ularni qo'llab quvvatlash hisoblanadi. Ayniqsa xamshiralik yo'nalishida bakalavr qilib olish ham viza chiqishida, ham keyinchalik ishlab qolib ketishda va qolaversa yaxshi daromad topishda ham juda yaxshi strategiya bo'ladi nazarimizda. O'ylab ko'rish kerakdir balki...

Kanada vizasiga hujjat topshirish uchun amaliy-huquqiy yordam: πŸ‘‰ www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: πŸ‘‰
https://t.me/CanadAli
πŸ‘49πŸ”₯7
Kanada πŸ‡¨πŸ‡¦ uchun turist viza anchagina qiyinlashgan bo'lsada, nasib qilgan bo'lsa natija chiqaveradi.πŸ”₯Student vizada nima gaplar?

Xabaringiz bor, ayni paytda Kanada hukumati viza berishda qisqartirish siyosatini boshlab yuborgan. Lekin kimnidir rizqi qo'shilgan bo'lsa, mana bu yurtdoshimiz Akbaraliga o'xshab omadi chopaveradi. Ancha vaqt kutdi o'ziyam natijani. Angliyadan student bo'lib topshirgan edi.

Chet elda, ayniqsa rivojlangan davlatlarda (Yevropa, Koreya, Yaponiya, Singapur, Xitoy, va boshqalar) o'qib yoki ishlab yurganlar o'sha yerdan turib Kanadaga viza uchun harakat qilsa, viza olishda imkoniyati O'zbekistonda turib topshirganlarga qaraganda ko'proq bo'ladi. Lekin bu degani O'zbekistondan topshirsa natija bo'lmaydi degani emas.

2025-yil bahor faslida student viza uchun topshirganlarda ham natijalar ko’payib qoladi degan umiddamiz. Student viza uchun ham 300 mingdan ortiq kvota ajratilgan 2025-yil uchun. Naxot shular orasida 500-600 ta yurtdoshimizga o'rin ajratilmasa, axir bu adolatdan bo'lmaydi. Ayniqsa hindlarga student viza kamaygan paytda. Shunday ekan harakatdan to'xtamaslik kerak. Ba'zan kamayib, ba'zan ko'payib turadi o'zi har qanday davlatda viza berish soni ham.

Agarda sizga ham Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy huquqiy yordam zarur bo’lsa, bizga www.canadali.net sayti yoki telegram orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: πŸ‘‰ @Mr_Ali_Canada

Telegram kanalga ulanish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
πŸ‘55πŸ”₯8😍4🀩2🀣1
Yap-yangi kvotalar e'lon qilindi 2025-yil πŸ‡¨πŸ‡¦ Kanada student vizalari soni bo'yicha.

Demak raqamlar bilan tanishamiz:
PAL talab qilinadigan va magistratura bo'lmagan o'qishlar uchun deyarli 243 mingta;
Magistratura va Doktorantura uchun 73 mingdan ortiq;
PAL talab qilinmaydigan holatlar uchun 48 mingdan ortiq.

Har bir provinsiya bo'yicha beriladigan student vizalar soni:
Ontario - 116.700 dan ortiq (523 ta oliygoh uchun)
Kvebek - 72.900 dan ortiq (413 ta oliygoh uchun)
British Columbia - 53.500 dan ortiq (263 ta oliygoh uchun)
Alberta - 32.600 dan ortiq (170 ta oliygoh uchun)
Manitoba - 10.000 dan ortiq (44 ta oliygoh uchun)
Nova Scotia - 8200 dan ortiq (40 ta oliygoh uchun)
Saskatchewan - 8.800 dan ortiq (33 ta oliygoh uchun)
New Brunswick - 6.400 dan ortiq (39 ta oliygoh uchun)
Newfoundland va Labrador - 4600 dan ortiq (29 ta oliygoh uchun)
Prince Edward Island - 1200 dan ortiq (19 ta oliygoh uchun)
Yukon - 300 dan ortiq (1 ta oliygoh uchun)
Northwest Territories - 200 dan ortiq (1 ta oliygoh uchun)
Nunavut - 200 dan ortiq (1 ta oliygoh uchun)

Rasmiy manba πŸ‘‰ 2025
Xulosa: Student vizalari soni qisqartirilgan bo'lsada bu raqamlar baribir anchagina katta. Nasib qilsin bu yil student vizani mo'ljal qilganlarga! Omad!

Kanada vizasiga hujjat topshirish uchun amaliy-huquqiy yordam: πŸ‘‰ www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: πŸ‘‰
https://t.me/CanadAli
πŸ‘79πŸ”₯10🀩3πŸ€”2😍2🀣1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2025-yilda πŸ‡¨πŸ‡¦ Kanadaga kelish usullarida nima o’zgardi?

Kanada oxirgi 2 yilda haddan tashqari ko'p chet ellikni qabul qilgani uchun ba'zi muammolarga duch keldi. Natijada esa hozirda vizalar sonini qisqartirishni boshlagani sir emas. Lekin bu bilan boshqa davlatlardan hech kimni mamlakatga qabul qilmaydi deyish xato. Imkoniyat hamisha mavjud. Keling raqamlarga to'xtalamiz. Student viza, ishchi viza, turist vizasi va doimiy yashovchi statusi misolida.

2025-yil uchun Kanada 305 mingdan ortiq yangi student viza berishni reja qilgan. Yaxshiroq o'qishga kirib, bu davlatga kerakli sohalarni (masalan tibbiyot, qurilish, IT, transport va qishloq xo’jaligi) tanlab, mutaxassis yordamida yoki o'zingiz mustaqil hujjatlarni tayyorlasangiz student vizani olish imkoni hamisha saqlanib qolaveradi. Muhimi yil oxiriga borib ajratilgan kvotalar tugab qolmasidan ertaroq harakat qilish zarur. Agarda viza rad etiladigan bo’lsa taslim bo’lmasdan yana harakat qilishni ham o’ylab ko’rish zarar qilmaydi.

Bu yil uchun 82 mingta ishchi xorijdan olinadi va ularning asosiy qismi ish haqi yuqori bo'lgan malakali ishchilar va qurilish sohasida kerakli bo'lgan kadrlardan olinadi katta ehtimol bilan. Aslida ishchi vizaning umumiy soni ko’p, lekin asosan Kanada bilan shartnomasi bor davlatlar va shu davlatda o'qishni bitiradiganlarga 367 mingta ishchi viza beriladi.
Turmush o'rtog'i student viza olganlar esa kasbidan qat'iy nazar ochiq ishchi viza olish uchun mana shu kvota doirasida nomzod bo'la olishadi har doimgiday. Sharti shundaki turmush o’rtog’ingiz 16 oydan kam bo’lmagan magistraturaga kirishi, unday bo’lmasa xamshiralik yoki ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrga qabul qilinishi kerak.

Turist viza masalasi nima bo'ladi endi? 2026-yilgi futbol bo'yicha jaxon chempionati arafasida o'yinlarga chipta olishga erishsangiz bu vizaga yaxshi imkoniyat albatta. Shuningdek nomingizda biznes bo’lsa konferensiyaga borishni asos qilib, viza tarixingiz ko’p bo’lsa sayohatga yoki Kanada hududida yaqin qarindoshingizni ziyorat qilib kelish, bundan tashqari sportchi bo’lsangiz sport musobaqasida ishtirok etish asosi bilan ham visitor vizaga urinib ko’rsa bo’ladi.

Doimiy yashovchi statusi bu yil 395 mingta nomzodga berilishi belgilangan va ularning katta qismi allaqachon Kanadaga kirib yashayotganlarga beriladi. Lekin fransuz tilini yaxshi biladiganlar uchun 30 mingga yaqin kvota yoki tibbiyot sohasida ishlasangiz ingliz tilini bilish darajangiz baland bo’lsa yoki texnik kasb egalarida (masalan engineer, arxitektor) ham imkoniyat bo'lishi kutilmoqda Express Entry balli tizimida. Chunki aynan shu yo’nalishlarda o'tish bali nisbatan pastroq bo’lishi mumkin. PNP ya’ni chekkaroq provinsiyalarga PR (doimiy yashovchi statusi) uchun imkoniyat faqat Kanada ichida yashayotganlarga nasib qilishi ehtimoli yuqori. Chunki bu hududlardan ish topish ichkaridagilardan ortmaydi.

Xulosa shundaki, urinib ko'rmasangiz hech nima o'zgarmaydi, agar o'xshab qolsa nimaga endi harakat qilib ko'rmaslik kerak?

Kanada vizasiga hujjat topshirish uchun amaliy-huquqiy yordam: πŸ‘‰ www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: πŸ‘‰
@Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: πŸ‘‰
https://t.me/CanadAli
πŸ‘56πŸ”₯12😍2πŸ‘€1
Kanada hukumati chekka hududlarga borib yashash istagi borlar uchun yangi dasturni e'lon qildi. Undan tashqari fransuz tilini B1 darajada bilganlar uchun ham qo'shimcha programma ishga tushdi.

"Rural Community Immigration Pilot" deb nomlangan bu programma Kanadaning uzoqroq va qishloq hududlarida doimiy yashashni xohlaganlarga mo'ljallangan bo'lib, borib olib 3-4 yil yashab, keyin ma'lum bir asosni ko'rsatib boshqa katta shaharga ko'chib ketish imkoniyatidan ham mahrum qilmaydi.

Nima uchun bu dastur ishga tushdi? Sababi ko'plab immigrantlar katta shaharlarga intiladi va chekkaroq hududlar aholi kamayib ketmoqda. Biroq 2024-yil oxirigacha 8500 dan ortiq nomzod chekka hududlar uchun tanlab olingan. Bu safar ham ular soni 10 mingdan oshiq bo'lishi kutilmoqda.

Shu maqsadlar uchun jami 14 ta hudud tanlab olindi va ushbu hududlarga yetishmayotgan ishchilarni olib kelishga asosiy e'tibor qaratilmoqda.

Kim ariza bera oladi?
1) Mazkur hududlarda ish taklifi olsangiz;
2) Oxirgi 3 yil ichida o'z kasbingizda, qaysi davlatda bo'lsa ham kamida 1 yil ishlagan bo'lsangiz.
3) Ingliz tilini o'rtacha darajada bilsangiz.
4) Kamida o'rta ta'lim darajasi (11-sinf attestat, kollej yoki litsey diplomi) bo'lishi.

Qaysi hududlar tanlab olindi?
Ontario
provinsiyasi: North Bay, Sudbury, Timmins, Sault Ste. Marie, Thunder Bay, Steinbach;
British Columbia provinsiyasi: West Kootenay, North Okanagan Shuswap, Peace Liard;
Alberta provinsiyasi: Claresholm;
Nova Scotia provinsiyasi: Pictou County;
Manitoba provinsiyasi: Altona/Rhineland, Brandon;
Saskatchewan provinsiyasi: Moose Jaw;

Fransuz tilini B1 darajada bilganlar uchun hududlar quyidagilar:
British Columbia
provinsiyasi: Kelowna
New Brunswick
provinsiyasi: Acadian Peninsula
Ontario
provinsiyasi: Sudbury, Timmins, Superior East Region
Manitoba
provinsiyasi: St. Pierre Jolys

Yaqin orada har bir hudud o'z vebsaytini ishga tushiradi va maxsus vakansiyalarni e'lon qiladi. O'sha vakansiyalarga rezyume topshirib ish taklifini olishga muvaffaq bo'lsangiz, oila bilan birgalikda doimiy yashovchi sifatida ko'chib borishga imkoniyat ochiladi. Turmush qurmagan bo'ydoqlar uchun ham bundan mustasno emas albatta. Vakansiyalar ochilishi bilan bu haqda e'lon qilaman va o'z omadingizni sinab ko'rsangiz bo'ladi.

Dasturda qatnashmoqchi bo'lganlar @Mr_Ali_Canada akkaunt orqali telegramdan shaxsan bog'lanishlari mumkin.

Telegram kanalga ulanish uchun: πŸ‘‰https://t.me/CanadAli
πŸ‘121πŸ”₯22🀩5😍5πŸ€”2
Bola puli deb 3600 dollardan ko'proq summani Kanada hukumati biryo'la to'lab berdi va yana oyiga 725 dollardan to'lab borishlarini ma'lum qilishdi.

Qanday qilib deysizmi? Ushbu postda batafsil tushuntiraman.

Kanadaga vaqtincha viza (student, ishchi vizalari) bilan kelganingizdan so'ng 18 oy o'tgach, farzandingiz uchun Canada Child Benefit (CCB), oddiy tilda aytganda "bola puli"ga ariza bersangiz bo'ladi. Bunda siz yillik soliq davri, ya'ni yanvardan aprelga qadar albatta o'z daromadlaringizni soliq deklaratsiyasida taqdim etgan bo'lishingiz kerak.

Odatda farzandning onasiga bola puli to'lab beriladi va uning miqdori oila jami rasmiy daromadi miqdoriga bog'liq bo'ladi. Qanchalik ko'p summa ishlab topsangiz shunchalik kam, qanchalik kam daromad qilsangiz shuncha ko'p to'lab berishadi. Har qanday viza bilan kelishingizdan qat'iy nazar Kanada ichida qonuniy 18 oy yashasangiz bo'ldi, bola puliga ariza berish huquqi paydo bo'ladi. Mazkur summa bola 18 yoshga to'lgunga qadar har oy to'lab boriladi. Summani bolaning kundalik xarajatlariga ishlatish yoki voyaga yetgunga qadar jamg'arib qo'yish tavsiya etiladi, lekin buni hisobini hech kim nazorat qilmaydi. Agarda mazkur summalarni noqonuniy yoki g'irromlik yo'li bilan olmasangiz albatta.

Bola puli uchun CRA accounti orqali ariza beriladi va uning uchun kerakli hujjatlar ro'yxati so'raladi. Jarayon juda oson va tez. Ortiqcha qog'ozbozliklar mavjud emas, mahalladan spravka olib keling kabi... πŸ˜„

Mening ham farzandimga dastlabki 5 oy uchun 3600 dollardan ko'proq to'landi, keyingi oylar uchun oyiga 725 dollardan to'lab borilishi belgilandi. Shunchaki respect! Bola rivojlanishi uchun davlat tomonidan har qanday taraflama yordam berilar ekan. Farzand bu davlatda qadrlanadi va uning kelajagi uchun ota-ona bilan bir xil qayg'uradi. Buning uchun turli ijtimoiy dasturlar mavjud: masalan bepul sifatli ta'lim, bepul tibbiyot, bola puli, kelajakda bola oliy ta'limda o'qish istagini bildirsa turli grantlar, subsidiyalar va xokazo.

Keyingi postlarda qanday qilib farzandimni oyiga deyarli ming dollarlik bog'chaga mutlaqo bepul joylashtirganimiz haqida kontent qilaman.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: πŸ‘‰ @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: πŸ‘‰
https://t.me/CanadAli
πŸ‘125πŸ”₯27🀩3😍3