Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.53K subscribers
34.9K photos
4.19K videos
17 files
15.1K links
Download Telegram
#Tabrik

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Chirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Elmurod Azatbekovich Sultonovning tavallud topgan kuni.

Shu munosabat bilan Elmurod Sultonovni chin dildan muborakbod etamiz.

Uzoq umr, sihat-salomatlik va mas’uliyatli kasblarida muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz.

Shukrona kuningiz muborak bo‘lsin!

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega fuqarolarga xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

“Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–162-son, 24.05.2023-y.) qabul qilindi

🔰Qaror bilan, jumladan, quyidagilar tasdiqlandi:

🔹“Raqamli hukumat” va “Raqamli hudud” dasturlari doirasida 2023–2024-yillarda amalga oshiriladigan 300 ta ustuvor loyihalar ro‘yxati;

🔹2023-yil yakunigacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sonini 570 taga yetkazish doirasida portalda birinchi navbatda joriy etiladigan 95 ta xizmat va servislar ro‘yxati;

🔹2023-yil 1-dekabrdan aholi va tadbirkorlardan talab qilish bekor qilinadigan 47 turdagi ma’lumotlar ro‘yxati;

🔹aholi va tadbirkorlarga xizmatlardan foydalanish holati bo‘yicha yuboriladigan eslatma va xabarnomalar ro‘yxati.

📝 2023-yil 1-iyundan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tashqi kredit va beg‘araz ko‘mak mablag‘lari asosida amalga oshiriladigan loyihalarning raqamli komponentlarga yo‘naltiriladigan qismi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan majburiy tarzda kelishiladi.

🔘 Qarorga ko‘ra, “Raqamli geoportal” axborot tizimi va “Xalq nazorati” platformasi:

▫️2023-yil 1-sentyabrgacha Angren, Ohangaron, Yangiyo‘l, Chirchiq va Nurafshon shaharlarida;

▫️2023-yil yakunigacha Jizzax va Urganch shaharlarida ishga tushiriladi.

☑️ 2023-yil 1-oktyabrdan tadbirkorlarga elektron tijorat faoliyati doirasida erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

“Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichi sifatida xorijiy nufuzli ta’lim platformalarida IT-yo‘nalishdagi onlayn o‘quv kurslarda tahsil olish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.

🗓 2023-yil 1-oktyabrdan B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega fuqarolar tomonidan tegishli yo‘nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 100 foiz qismini qoplash tizimi joriy etiladi.

📌 Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi IT-park rezidenti bo‘lgan kompaniyalarga ishga joylashgan nodavlat o‘quv markazlariga har bir bitiruvchi uchun BHMning 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Зироат Мирзиёева Қорақалпоғистонда очилган «Меҳрли мактаб»да яратилган шароитлар билан танишди

Қорақалпоғистон тиббиёт институти клиникасида госпитал турдаги "Меҳрли мактаб" филиали очилди.

"Меҳрли мактаб"га ташриф чоғида Зироат Мирзиёева бу ерда яратилган шароитлар билан танишди, болалар билан самимий суҳбатлашиб, педагоглар ва ота-оналарга далда сўзларини изҳор этди.

"Меҳрли мактаб" – таълимдан, ким қандай вазиятга тушиб қолганидан қатъи назар, барча баҳраманд бўлиши мумкинлигига ёрқин мисол. Бу ерда узоқ вақт давомида даволанаётган ҳамда оддий мактаб ёки боғчага қатнаш имконияти бўлмаган болалар билим олмоқда ва тарбияланмоқда. Улар реабилитация жараёнидан ҳам шу ернинг ўзида ота-оналари иштирокида ўтадилар.

Йил якунига қадар "Меҳрли мактаб" филиаллари Андижон ва Фарғонада очилади.

MediaKontentUz

Каналга аъзо бўлиш учун:

https://t.me/mediakontentuz
Forwarded from Toshkent viloyati statistika boshqarmasi (TOSHVIL.STAT Axborot xizmati)
📊Chirchiq shahrining aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 4 576,7 ming so‘mni tashkil etdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-.yilning yanvar-aprel oylarida Chirchiq shahrining ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 771,2 mlrd. so‘mga yetdi.

2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 104,1 %ni tashkil etdi.

Bundan tashqari:

☑️Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar – 4 576,7 ming so‘m

☑️Transport xizmatlari – 169,5 mlrd. so‘m

☑️Moliyaviy xizmatlar – 149,2 mlrd. so‘m

☑️Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari - 27,3 mlrd. so‘m

☑️Ta’lim xizmatlari – 61,7 mlrd. so‘m

☑️Sog‘liqni saqlash xizmatlari – 13,2 mlrd. so‘m

☑️Yashah va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 16,1 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi
.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
#obodlik

Bugun Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda “Yangi Oʻzbekiston” massividagi maktab qurilish ishlarini hamda A.Navoiy shox ko'chasida olib borilayotdan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, ekilgan daraxt va butalarni sug’orish ishlari qay darajada amalga oshirilganligini koʻzdan kechirdi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahri 3-kichik nohiya hududida joylashgan 6-8-uylarning orasini qazib ketishgani, bu yo‘ldan “tez yordam” mashinasi hamda yong‘in sodir bo‘lsa o‘t o‘chiruvchi mashinalari o‘tolmasligi, natijada katta xavfli vaziyat kelib chiqishi mumkinligi" mazmunidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining
RASMIY MUNOSABATI
Murojaatda Chirchiq shahri 3-kichik nohiya hududida joylashgan 6-8-uylarning orasini qazib ketishgani, bu yo‘ldan “tez yordam” mashinasi hamda yong‘in sodir bo‘lsa o‘t o‘chiruvchi mashinalari o‘tolmasligi, natijada katta xavfli vaziyat kelib chiqishi mumkinligi to'g'risida shikoyat qilingan.
Shuni ma’lum qiladiki ushbu murojaat mas'ullar tomonidan nazoratga olingan.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

“KIMYOGARLAR KUNI” KENG NISHONLANDI

🟢Bugun shahrimizdagi “Maxam-Chirchiq” AJ tomonidan korxonaning barcha xodimlari uchun bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Kimyogarlar madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirga korxonaning barcha ishchi-xizmatchilar, mutaxassislar taklif etildi.

🟢Tadbirda “O’zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Timur Muhammadjonov, Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari Shukrullo Mahmudov va sektor rahbarlari ishtirok etdi.

🟢Shahar hokimi D.Xidoyatov barchani qutlug‘ shodiyona bilan qutlar ekan, xodimlarga ezgu tilaklarini bildirib, barchaga sog‘lik, oilaviy xotirjamlik tiladi. Korxona rivojida fidokorona ishchi - xodimlarning mehnatlari beqiyos ekanligini alohida qayd etdi.

🟢Tantanali tadbirda korxonada uzoq yillardan buyon samarali xizmat qilib kelayotgan bir guruh ishchi-xodimlar viloyat va shahar hokimligi hamda korxonaning faxriy yorliqlari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM